gram news
Аватар канала Rozaliya Gabdulhakova

Rozaliya Gabdulhakova

@psixolog_rozaliya

Bola tarbiyasi, oilaviy munosabatlar Konsultatsiya uchun @psixolog_rozaliya_admin instagram.com/psixolog_rozaliya

ПроектыENПсихология

9,520подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Rozaliya Gabdulhakova

    22 сент., 15:21

    Aybni isbotlash tuzog'iKecha va'da berganimdek, janjal paytida nega sizni eshitishmayotgani haqida gaplashamiz🥰Izohlaringizda bir gap e'tiborimni tortdi: "Aybini isbotlab bersang ham, tan olmaydi". Javob aynan shu gapning ichida.Janjal vaqtida biz ko'pincha odamning qilgan ishi haqida emas, uning o'zi haqida gapiramiz: "Siz doim o'zingizni o'ylaysiz", "Siz hech qachon meni eshitmaysiz", "Siz oilangizni yaxshi ko'rmaysiz".Bunday gapdan keyin qarshimizdagi odam endi masalani hal qilishga emas, o'zini himoya qilishga e'tiborini qaratadi. Chunki odam xatosini tan olishi mumkin, lekin o'zi yomon ekanini hech qachon tan olmaydi. Yoki u sizga "Ha, sizlarni yaxshi ko'rmayman!" deb aytishini xohlaysizmi?Balki siz bu suhbatni o'zingiz ham sezmagan holda, yaxshi va haq ekaningizni isbotlash uchun boshlagandirsiz. Siz isbotlaysiz, u rad etadi. Maqsadsiz janjalning o'zi shu.Boshqa yo'l
    Иллюстрация к посту канала Rozaliya GabdulhakovaИллюстрация к посту канала Rozaliya Gabdulhakova
    68220118Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    21 сент., 15:49изменён

    Nega janjalda baqir-chaqir bo'ladi?So'rovnomada uchdan biringiz "baqir-chaqir bo'ladi, tinchiydi, keyin yana o'sha janjal takrorlanadi" degan javobni tanladingiz. Umuman olganda esa 70% oilada janjal hech narsani hal qilmay tugar ekan.Aslida janjal yomon emas. Janjal ikki norozi odamning rozilikka kelishi uchun kerak (albatta, ur-to'palonsiz). Norozilik bor ekan — uni aytish kerak.Unda nega janjal rozilikka emas, baqir-chaqirga olib keladi? Asosiy ikki sabab bor.Birinchisi , odam o'zi nimadan norozi ekanini aniq tushunmaydi. "Hammasidan charchadim", "Hech narsa qilmaysan" deydi. Asl sabab aytilmasa, qarshi taraf nimaga javob berishini bilmaydi. Ovoz esa balandlashaveradi.Ikkinchisi, ikkalasi ham gapiradi, lekin hech kim eshitmaydi. Har kim o'z gapini o'tkazishga shoshiladi. Eshitilmagan odam esa ovozini ko'taradi.Ikkala holatda ham janjal paytida maqsad nimanidir hal qilish
    Иллюстрация к посту канала Rozaliya GabdulhakovaИллюстрация к посту канала Rozaliya Gabdulhakova
    1,3006951201733Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    21 сент., 06:20

    1,480опрос116Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    19 сент., 16:43

    Frustratsiyaga chidamlilikni bolalarda qanday tarbiya qilamiz?@psixolog_rozaliya
    1,730голосовое311161Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    17 сент., 14:41изменён

    Chidamlilik — bu chidash emasKecha frustratsiyaga chidamsizlik haqida yozdim, izohlarni o'qib bir narsani payqadim. Ko'pchiligingiz buni "chidash", "sabr qilish" deb tushundingiz.Shuning uchun alohida aytmoqchiman: bu ikkisi bir narsa emas. Hatto qarama-qarshi desayam bo'ladi.Avvalo, frustratsiya nima ekanini qisqacha takrorlab o'tsam. Frustratsiya — bu xohlagan narsamiz bo'lmay qolganda, yo'limizga to'siq tushganda paydo bo'ladigan holat. (Vaziyatga rozi bo'lmaslik) Ya'ni imtihondan o'tolmasligingiz, farzandingiz o'zini siz xohlagandek tutmasligi — bunga misol.Chidash — bu hech narsa qilmasdan ichga yutish. Norozisiz, lekin indamaysiz. Og'ringansiz, lekin bildirmaysiz. Janjal chiqmasin deysan. Va o'sha his hech qayerga ketmaydi — ichingizda to'planib boraveradi. Buni ko'pchilik adashib sabr deb ataydi, lekin bu sabr emas.Frustratsiyaga chidamlilik esa — noxush hisni portlab
    Иллюстрация к посту канала Rozaliya GabdulhakovaИллюстрация к посту канала Rozaliya Gabdulhakova
    2,9601074218641Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    17 сент., 09:38

    Izohlaringizni o'qib chiqib ba'zilar frustratsiyaga chidamlilikni chidash, sabr qilish(hech narsa qilmasdan chidash) deb tushunganini ko'rdim.Bu haqida kengroq tushuncha beraymi? Ko'p reaksiya qoldirsangiz, yozishga ilhom bo'ladi🤍
    2,2301435419137Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    16 сент., 17:14изменён

    Frustratsiyaga chidamsizlikHozir gaplashib o'tirgan edik, Mustafo maktabdagi bir voqeani aytib berdi.Bolalar koridorda turishgan ekan, bir kichkina bola juda qattiq baqirib, yig'lab, oshxonadan yugurib chiqibdi. Mustafo uni kimdir xafa qildi shekilli deb orqasidan yuribdi. Kichkina bolani direktor o'rinbosari to'xtatib: "Bolam, nima bo'ldi?" deb so'rabdi. Bola esa chinqirib yig'laganicha: "Qornim ooooooch!" — deb baqiribdi.Mustafo qorni ochgani uchun bolaning shunchalik qattiq reaksiya qilganidan hayron qolibdi.Mana shu voqeani frustratsiyaga chidamsizlikni tushuntirish uchun ishlatsa bo'ladi.Frustratsiya — bu xohlagan narsamiz bo'lmay qolganda, yo'limizga to'siq tushganda paydo bo'ladigan holat. Unga chidamsizlik esa — o'sha to'siqni ko'tara olmaslik, shu ondayoq portlab ketish.E'tibor bersangiz, kichkina bolalar bananni boshqa tarafdan tozalaganingiz uchun ham juda qattiq
    Иллюстрация к посту канала Rozaliya GabdulhakovaИллюстрация к посту канала Rozaliya Gabdulhakova
    2,550931612104Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    12 сент., 15:58

    Qaysi birida o'zingizni ko'rdingiz?Yuqorida ikkita video ulashdim, siz qaysi birida o'zingizni ko'rdingiz?Ovozlaringiz ikkiga bo'lindi. Ko'pchilik "bu men" dedi, ba'zilaringiz esa "bu uydagilarim" deb yozdi )Endi eng qizig'ini aytay, bu ikki video ikki xil odam haqida emas. Bu — bir muammoning ikki tomoni.Birinchi videodagi odam sizga juda pozitiv va sabrli odamdek tuyulishi mumkin, lekin asli u jahli chiqmaydigan odam emas. Uning ham jahli chiqadi, faqat u tashqariga chiqarishni, ifodalashni bilmaydi. Uning bunga qandaydir sabablari bor. Janjal chiqmasin, meni yomon ko'rishmasin, o'zim chidayman deydi. Lekin jahl yo'qolmaydi — to'planadi. Va bir kun kutilmagan joyda, kutilmagan odamga chiqadi. Ko'pincha eng yaqin odamga. Ko'pincha bolaga. (Ba'zida o'ziga yo'naladi va psixosomatik (tana orqali chiqadigan) muammolarga sabab bo'lishi ham mumkin.)Ikkinchi videodagi odam esa juda
    3,920видео102361083Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    11 сент., 15:02

    Assalomu alaykum, Rozaliya opaning kanalini kuzatganimga 4 yil bo‘libdi. Avvaliga shunchaki foydali ma’lumotlar o‘qib yuradigan kuzatuvchi edim. Keyinchalik esa hayotimdagi muammolar sabab bu kanal men uchun o‘zimni anglash, savollarimga javob izlash va ichki dunyomga boshqacha qarashni o‘rgatgan joyga aylandi. Avvaliga “Baxtli oila quraman”, “Maqsad qo‘yish”, “Juftim bilan baxtli bo‘laman”, “Ovqat bilan sog‘lom munosabat”, “O‘zini sevish” “Xiyonat”, “Qaynona bilan murosa”, “Ramazon”, kabi ko‘plab vebinarda qatnashdim. Vebinarlarda men uchun yana bir juda muhim narsa — psixolog tanlashda qadriyatlarning bir-biriga mos kelishi ekanini tushundim. Xuddi bir tilda gaplashgandek bo‘lish suhbatni yanada mazmunli qiladi. Shu bilan hayotimdagi katta o'zgarish sabab konsultatsiya ola boshlaganimga ham roppa rosa 1 yil bo'libdi. Aniq esimda u payt miyamda o'tmish haqida eski xotiralar, kelajak
    3,660462173Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    11 сент., 08:28изменён

    Sizlar bilan boshqalarni o’zgarishi haqida gaplashdik. Endi o’zimiz haqimizda gaplashamizmi?Siz o’zingizda o’zgartirolgan, o’zgartirolmagan, o’zgartirishni xohlagan qanday hislat yoki odatlaringiz bor?Yoki bizda hech narsa o’zgarishga muxtoj emasmi😂🙈?
    2,830видео126983Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    9 сент., 15:22изменён

    Odamlar qachon o'zgaradi va qachon o'zgarmaydi?Bugun sizlar bilan shu haqda gaplashdik. Va'da berganimdek, batafsil yozaman.Boshlashdan avval ogohlantiraman: bu savolda ikkita nuqta bor va ikkalasi ham xavfli.Birinchisi — "odamlar umuman o'zgarmaydi".Agar shunga ishonsak, o'zimizga ham ishonmagan bo'lamiz, odamlarga ham tavba qilishga imkon qoldirmaymiz. Unda kechagidan yaxshiroq ona bo'lishga urinishning ham ma'nosi qolmaydi. Odamlar o'zgaradi, men buni qabulimda ko'raman.Ikkinchisi — "hamma o'zgaradi, sabr qilsam(hech nima qilmay kutsam) bo'ldi".Aynan shu⬆️ fikr ko'pchilikka qimmatga tushadi.Shuning uchun savol "o'zgaradimi yoki yo'qmi" emas, bu o'zgaradigan vaziyatmi yoki yo'q qanday farqlaymiz?1️⃣ Odam haqiqatan o'zgarayotgan bo'lsa, buni nimadan bilamiz?➖ Odam xatosin
    3,580851573Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    9 сент., 10:08

    Video bilan na’muna ham ko’rsatishim kerak albatta)Siz qachon o’zingizni shunday holatda his qilgansiz?@psixolog_rozaliya
    3,300видео7434129Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    9 сент., 09:16

    Odamlar o’zgaradimi yoki yo’qmi?Odam o’zgarmaydi desak o’zimizda ham yaxshiroq inson bo’lishga umid va ishonch yo’q bo’ladi. Shu bilan birga davomli zulmda qolib ketgan odamni mo’jizaviy o’zgarishga bo’lgan umid ushlab turadi.@psixolog_rozaliya
    3,460видео43249Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    8 сент., 14:52изменён

    Qizlar, shu zulm, xato, ozor berish haqida gaplashaylik.Odamlar zulm va xato qilishdan to’xtashlari uchun nima kerak? Sizlarning hayotingizda shunday odamlar o’zgargan holatlar bo’lganmi? Nima ta’sir qilgan?
    3,2405813643Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    6 сент., 16:15изменён

    Kvartira qizimizni zulmdan saqlab qola oladimi?"Qaynonang ...ga tepadi" va "Ering zulm qilsa, ketishing uchun senga uy olib beramiz" degan gaplarning qanday umumiy tarafi bor?Ikkalasi ham qizimizda bo'lajak oilasi haqida oldindan salbiy fikr shakllantirishi mumkin.Kecha shu haqda sizlar bilan so'rovnoma o'tkazdik, javoblar ikkiga bo'lindi. Keling, batafsil gaplashamiz.Avvalo, ota-onalarning tashvishini yengil deb hisoblamayman.Haqiqatan ham, zulm bor joyda ayolni ushlab turadigan narsa mehr emas, balki imkonsizlik bo'lishi mumkin. Zo'ravonlik bo'lsa — ketish kerak, bu yerda chidash haqida gap yo'q. Tanlov qilish imkoni bo'lishi — bu chindan ham himoya.Kvartira haqiqatda ayolni zulmdan saqlay oladimi?Kvartira — imkoniyatning bir bo'lagi, xolos. Ayolning uyi bo'lsa ham:➖yashashga daromadi bo'lmasligi, ➖o'ziga
    4,930961313Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    5 сент., 15:42изменён

    Hozir “qizlarimizga turmushdan avval kvartira olib berish kerak, toki eri zulm qilsa ketishga joyi bo’lsin” degan gaplarni eshitib qolyapmiz.Bu fikr to’g’rimi?
    4,4507146149Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    31 авг., 13:17изменён

    Davlat maktabi yaxshimi yoki hususiy maktab?Podcast 3 qismdan iborat:1. Maktablar haqida umumiy fikrlar: a) Maktabni ehtiyoj va imkoniyatdan kelib chiqib tanlash b) Davlat maktabining qulaylik va noqulayliklari c) Hususiy maktablarning qulaylik va noqulayliklari d) maktab tanlashda ota-ona tushadigan 3ta qopqon.2. Biz maktablarni almashtirishdagi sharoit va maqsadlarimiz3. Bolalarning maktablar haqidagi fikrlari.HulosaPodcastni eshitib fikringizni yozib keting🤍@psixolog_rozaliya
    6,600голосовое47941Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    31 авг., 10:34изменён

    Qizlar, basseyndan ilhom bilan chiqdim 😁 “davlat maktabi yoki hususiy maktab?” degan mavzuda podcast qoldirmoqchiman.Savollar bo’lsa yozinglar🤍
    Иллюстрация к посту канала Rozaliya GabdulhakovaИллюстрация к посту канала Rozaliya Gabdulhakova
    5,240972610Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    29 авг., 15:37

    A'lochi qiz sindromi: u qayerdan keladi?Bu haqida yozishdan avval muhim bir narsani bilishingiz kerak:"A'lochi qiz sindromi" degan kasallik yo'q. Bu — o'z qadrini qandaydir shartlarga bog'laydigan odamlar holatini tasvirlash uchun ishlatiladigan ibora.Ularning ichida qanday ishonch yashaydi?Zo'r bo'lsam — men qadrliman. Xato qilsam — men hech kimman.Bu shunchaki fikr emas. Bu — fon. Ya'ni ta'sir qilayotganini sezmaydigan, anglanmagan ishonch .Va u har xil sabablarga ko'ra shakllanishi mumkin. Asosiylarini ko'rib chiqaylik.1️⃣ Shartli qabulBola yoshligidan yaxshi ko'rilishi uchun nimadir qilishi kerak bo'lgan.Hech kim urmagan, baqirmagan ham. Shunchaki mehr natijaga bog'langan. Masalan, ish qilganida erkalangan, qilmaganida eng yomon farzandga aylangan.
    5,21010423105Открыть в Telegram
  • Rozaliya Gabdulhakova

    29 авг., 06:20

    4,460опрос1395Открыть в Telegram