gram news
Аватар канала Pulnews

Pulnews

@pulnewsuzb

O’zbekistondagi eng qiziq biznes yangiliklar, ma’lumotlar va intervyular! Hamkorlik uchun: (91) 793 82 82

2,640подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Pulnews

    26 апр., 08:32

    ⚡️Qaysi mamlakat eng ko‘p elektromobillar ishlab chiqarayotgani ma'lum bo‘ldi📈2025-yilda to‘liq elektrli, gibrid hamda yurish masofasi uzaytirilgan avtomobillar soni dunyo bo‘yicha 74 millionga yetgan. Bu 2024 yildagi ko‘rsatkichdan 19 millionga ko‘p. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.🔝Elektrokarlarning soni bo‘yicha TOP-5 hudud: 🔹Xitoy — 44 million avtomobil; 🔹AQSH — 7 million avtomobil; 🔹Germaniya — 3,2 million avtomobil; 🔹Buyuk Britaniya — 2,8 million avtomobil; 🔹Fransiya — 2,5 million avtomobil.🚗Elektromobil ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi kompaniyalar: 1️⃣BYD (Xitoy); 2️⃣Tesla (AQSH); 3️⃣Volkswagen (Germaniya).👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    25 апр., 15:57

    🇬🇧Buyuk Britaniyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi✈️2026-yilning yanvar-mart oylarida 2 058 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.📈Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,5 foizga oshgan.Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: 🔹Sayohat – 1 544 nafar; 🔹O‘qish – 292 nafar; 🔹Qarindoshlarni yo‘qlash – 163 nafar; 🔹Xizmat yuzasidan – 58 nafar; 🔹Davolanish – 1 nafar.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    25 апр., 10:56

    Joriy yilning birinchi choragida erishilgan makroiqtisodiy natijalar e'lon qilindi🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni joriy yilning birinchi choragida hudud va tarmoqlardagi iqtisodiy o‘sish tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, yig‘ilishda 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda erishilgan makroiqtisodiy natijalar ko‘rib chiqilgan.📊Jumladan, yanvar-mart oylarida budjet daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 35 foizga koʻpayib, 103 trillion soʻmga yetgan. Mahalliy budjetlarda qoʻshimcha 2 trillion 200 milliard soʻm mablagʻ shakllandi. Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard soʻmi tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilgan. Inflyatsiya yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgacha pasaygan.📈Asosiy ma'lumotlar: 🔹Yalpi ichki mahsulot: +8,7 foiz;
  • Pulnews

    25 апр., 07:18

    🇺🇿O‘zbekistonning eng mashhur sport murabbiylaridan biri hamda motivator Axad Xudayarov bilan intervyu🎞Video davomida: • Axad Xudayarovning yangi mashinalari obzori • Axad Xudayarovning biznes sherigi kim? • Trenajor zaliga kiritilgan investitsiya va daromad • Axad Xudayarov ukollar oladimi? • Axad Xudayarovning negativlarga munosabati👇 To‘liq intervyuni "PulNews" YouTube kanalida tomosha qiling:https://www.youtube.com/watch?v=q-UOEf2OV00
    YouTubeAXAD XUDAYAROV SPORT ZALIGA QANCHA PUL TIKKAN VA NECHA PUL OLIB KELADI?Sal kam yarim million AQSH dollari tikilgan biznes! O‘zbekistonning eng mashhur sport murabbiylaridan biri hamda motivator Axad Xudayarovning "Nero fit" trenajor zaliga borib obzor qildik hamda ushbu biznesga qancha sarmoya kiritilgani va bu biznes necha…
  • Pulnews

    24 апр., 17:05

    🚙UzAuto Motors Cobalt’ga qachon shartnoma ochilishini eʼlon qildi📅UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.📑Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab barcha mijozlar uchun onlayn shartnomalar ochiladi. Kontraktatsiya jarayonida barcha komplektatsiyalar mavjud bo‘ladi.📱Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani uz domenidagi "uzavtosavdo" sayti orqali rasmiylashtirish yoki yaqin hududdagi Chevrolet rasmiy dilerlik markaziga murojaat qilish mumkin.🔍Kompaniya tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatdi. Bundan tashqari, shartnomalarda maxsus QR-kod bo‘lishi shartligi qayd etildi. QR-kodsiz shartnomalar UzAuto Motors va rasmiy dilerlarga aloqador emasligi bildirildi.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    24 апр., 15:13

    🌎Xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?📰2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 072 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.📊Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha: − savdo sohasida – 6 814 ta; − sanoat sohasida – 3 831 ta; − qurilish sohasida – 1 544 ta; − axborot va aloqa sohasida – 1 488 ta; − yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 839 ta; − tashish va saqlash sohasida – 601 ta; − qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 485 ta; − sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 225 ta; − boshqa sohalarda – 3 245 ta.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    24 апр., 11:51

    🚌Toshkentda 1000dan ziyod bekatlar rekonstruksiya qilinadi📜Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qaroriga ko‘ra, poytaxt transport tizimidagi bir qator tizimli muammolar tahlil qilingan.Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi: 🔹Qo‘shimcha 240 ta avtobus xarid qilish orqali harakat tarkibi kengaytiriladi; 🔹16 ta yangi yo‘nalish tashkil etilib, kunlik qatnovlar soni yana 2 000 taga oshiriladi; 🔹Ajratilgan yo‘laklarda nazoratni kuchaytirish uchun 600 dan ortiq kameralar o‘rnatiladi; 🔹Jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash uchun 16,2 km BRT va 56 km ajratilgan avtobus yo‘laklari yaratiladi; 🔹Bekat infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida 1 116 ta bekat rekonstruksiya qilinadi va 70 ta
  • Pulnews

    24 апр., 09:29

    💳1-maydan Humo kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi ikki baravarga oshadi📰Octotelecom kontent-provayderi 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar — Humo kartalari bo‘yicha operatsiyalar va qoldiq to‘g‘risidagi axborot xabarlari narxi o‘zgarishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilingan.📈Unga ko‘ra, joriy yilning 1-mayidan boshlab har bir kiruvchi SMS-xabar narxi ikki baravarga — 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshiriladi.📱“HUMO SMS-xabarnomasi” xizmati narxi oshirilayotgani haqida Mobiuz, Ucell va Beeline kabi mobil operatorlari ham xabar bergan.📨Humo to‘lov tizimi saytida bir martalik olti raqamdan iborat OTP-xavfsizlik kodlari SMS-xabarlar bilan 13131 qisqa raqami orqali yuborilishi ko‘rsatilgan. Bir martalik kod faqat kartaga biriktirilgan mobil raqamda ijobiy balans mavjud bo‘lgandagina yuboriladi.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    23 апр., 16:07

    O‘zbekiston Markaziy banki 24-aprelga belgilangan valyuta kurslarini e'lon qildi.🇺🇸AQSh dollari = 12015.96 so‘m (-26.53) 🇪🇺Yevro = 14051.46 so‘m (-96.06) 🇷🇺Rossiya rubli = 160.30 so‘m (-0.25)👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    23 апр., 13:44

    📚O‘zbekistonda eng ko‘p kitob o‘qigan yoshlarga 10,3 mln so‘mdan beriladi📜O‘zbekistonda eng ko‘p kitob o‘qigan yoshlar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkazilib, g‘oliblarga pul mukofoti beriladi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilandi.💵Unga ko‘ra, eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Top-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarning 100 nafari tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan Yoshlar ishlari agentligi mablag‘i hisobidan BHMning 25 baravari (10,3 mln so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.📈Yoshlarning kitobxonlik darajasini yiliga o‘rtacha 12 ta kitobga yetkazish, elektron kitob platformalaridan foydalanish ko‘rsatkichini 2025-yilga nisbatan ikki baravarga oshirish rejalashtirilgan.📖Chekka qishloq va tumanlarda yoshlarning 30 foizi kitobxonlik loyihalariga, shu jumladan,
  • Pulnews

    23 апр., 09:01

    🇺🇿Korxonalar soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?📰2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 577,2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.📈Qayd etilishicha, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,3 mingtaga yoki 7,7 foizga oshgan.Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni: 🔹Toshkent shahri — 109 781 ta 🔹Toshkent viloyati — 54 542 ta 🔹Samarqand viloyati — 53 457 ta 🔹Farg‘ona viloyati — 49 303 ta 🔹Qashqadaryo viloyati — 44 221 ta 🔹Andijon viloyati — 35 524 ta 🔹Buxoro viloyati — 35 098 ta 🔹Namangan viloyati — 33 796 ta 🔹Xorazm viloyati — 32 512 ta 🔹Surxondaryo viloyati — 32 030 ta 🔹Qoraqalpog‘iston Resp. — 29 471 ta 🔹Jizzax viloyati — 26 741 ta 🔹Navoiy viloyati — 24 208 ta
  • Pulnews

    22 апр., 16:47

    O‘zbekiston Markaziy banki 23-aprelga belgilangan valyuta kurslarini e'lon qildi.🇺🇸AQSh dollari = 12042.49 so‘m (-18.06) 🇪🇺Yevro = 14147.52 so‘m (-35.69) 🇷🇺Rossiya rubli = 160.55 so‘m (-0.77)👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    22 апр., 14:00

    💵Birinchi chorakda xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori ma'lum bo‘ldi📰Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari oshdi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan.📈2026-yilning yanvar-mart oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga jami $3,79 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 13% yoki $433 mlnga ko‘p.💸Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan $604 mln miqdorida valyuta mablag‘lari chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan $39 mlnga kamdir.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    22 апр., 11:16

    ✈️O‘zbekiston aeroportlari 3 oy ichida 4 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi📜Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi choragi yakunlarini e’lon qildi. E'tiborlisi hisobot davrida aviatsiya tarmog‘ining barcha asosiy ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sish sur’atlari qayd etilgan.🛬2026-yilning yanvar—mart oylari davomida respublika aeroportlari jami 30 859 ta aviareysga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.🛩️Reyslarning taqsimoti quyidagicha: 🔹xalqaro yo‘nalishlar: 22 885 ta reys; 🔹ichki yo‘nalishlar: 7 974 ta reys.💺Hisobot davrida xizmat ko‘rsatilgan umumiy yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga o‘sib, 3 987 313 nafarni tashkil etdi; 🔹3 323 759 nafari xalqaro yo‘nalishlar, 🔹663 554 nafari esa ichki yo‘nalishlar.🗺Yo‘lovchi oqimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi shaharlarda qayd
  • Pulnews

    22 апр., 09:41

    Madaniyat vaziri soliq to‘lamayman degan san'atkorlarni tanqid qildi🇺🇿O‘zbekistonda san’atkor va boshlovchilar har bir to‘y yoki konsert uchun soliq to‘lashi nazarda tutilgan qonun loyihasi va unga san'atkorlar tomonidan bildirilayotgan munosabatlar haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kecha, 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot vaqtida fikr bildirdi.📃Ozodbek Nazarbekov so‘zi avvalida u loyiha hali rasman tasdiqlanmagani va san’atkorlar hali loyihaning mohiyatini tushunmayotganini qayd etgan: “San’atkorlar hozir soliq to‘layapti. O‘rtaga “to‘lamayapti”, degan gap chiqib qoldi, hattoki to‘layotgan san’atkorlar “to‘lamaymiz” deb chiqishni boshladi. O‘zi to‘layapti, hatto o‘zi to‘layotganini bilmayapti. Yo‘q, hamma joydan to‘layapti, u to‘ydan ham to‘layapti, konsertdan ham to‘layapti”, degan Madaniyat vaziri.🏛️Bundan tashqari, u O‘zbekistonda hamma soliq to‘lashini,
  • Pulnews

    21 апр., 16:16

    O‘zbekiston Markaziy banki 22-aprelga belgilangan valyuta kurslarini e'lon qildi.🇺🇸AQSh dollari = 12060.55 so‘m (-36.78) 🇪🇺Yevro = 14183.21 so‘m (-50.51) 🇷🇺Rossiya rubli = 161.32 so‘m (+0.79)👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    21 апр., 14:55

    📱Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin💻O‘zbekistonda endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mobil telefon raqamini boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Bu haqda portal Telegram-kanalida xabar berildi.💵Yangi tizimga ko‘ra, ariza yuborishda raqamning amaldagi egasi va yangi egasi uni MyID tizimi orqali tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Ushbu xizmatning narxi mobil operatorning tarif siyosatiga qarab o‘zgaradi.🛣Avvallari ushbu jarayonni amalga oshirish uchun har ikki tomon, ya’ni raqamni topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxs aloqa operatori xizmat ko‘rsatish markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi, ikki tomondan ham shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki ID karta) taqdim etilishi hamda tegishli hujjatlarni imzolashi talab qilingan.👉 @pulnewsuzb
  • Pulnews

    21 апр., 13:04

    👤Kim "Apple"ning yangi bosh direktori bo‘lishi ma'lum bo‘ldi🍏Joriy yil 1-sentabrdan Apple’ning yangi bosh direktori (CEO) Jon Ternus bo‘ladi. 2011-yilda Stiv Jobs iste’fosidan so‘ng kompaniyaga rahbarlik qilgan Tim Kuk esa Apple direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimini egallaydi. Bu haqda Apple'ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.📱Qayd etilishicha, Kuk yoz bo‘yi bosh direktor lavozimida qolib, Ternusga ishlarni topshirishda ko‘maklashadi. Apple’da 25 yillik tajribaga ega Jon Ternus o‘z vazifasiga 1-sentyabrdan kirishadi.💵Apple bayonotida Tim Kuking faoliyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan hamda unig davrida kompaniya bozor qiymati taxminan 350 milliard dollardan 4 trillion dollarga yetgani. Yillik daromad esa 2011-yildagi 108 milliard dollardan 2025-yilda 416 milliard dollardan oshgani e'tirof etilgan.🤝Ma’lum qilinishicha, Kuk butun dunyo bo‘ylab siyosatchilar
  • Pulnews

    21 апр., 08:50

    ❄️Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 73,7 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi📰Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun 73,7 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.📅Oyma-oy to‘lovlar statistikasi: 2025-yil, oktyabr — 38,5 ming nafar oilaga 0,6 mlrd so‘m; 2025-yil, noyabr — 405,2 ming nafar oilaga 12,3 mlrd so‘m; 2025-yil, dekabr — 452 ming nafar oilaga 21,3 mlrd so‘m; 2026-yil, yanvar — 470,1 ming nafar oilaga 26,8 mlrd so‘m; 2026-yil, fevral — 354,4 ming nafar oilaga 12,7 mlrd so‘m.📊O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, kompensatsiya olish bo‘yicha ehtiyojmand oilalardan kelib tushgan 1,3 milliondan ortiq arizadan: 64,9 foizi — 200 kVt gacha ijtimoiy norma doirasida; 19,7 foizi — 200 kVt dan 350 kVt gacha; 15,4 foizi — 350 kVt dan yuqori elektr energiyasi
  • Pulnews

    20 апр., 15:49

    O‘zbekiston Markaziy banki 21-aprelga belgilangan valyuta kurslarini e'lon qildi.🇺🇸AQSh dollari = 12097.33 so‘m (-31.13) 🇪🇺Yevro = 14233.72 so‘m (-70.59) 🇷🇺Rossiya rubli = 160.53 so‘m (+1.49)👉 @pulnewsuzb