gram news
Аватар канала Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali

@qashqadaryo_mmtb

|Boshqarmaning rasmiy kanali Instagram: mmtbqashqadaryo Facebook: Qashqadaryo_MMtb 📬 e-mail:

ПроектыUZОбразование

35,619подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 12:47

    #Qodiriy_izdoshlari🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Qodiriy izdoshlari” yangi loyihasi yo‘lga qo‘yildi.✍️ #Qodiriy_izdoshlari rukni orqali maktabning iste’dodli o‘quvchilari ijodidan namunalar muntazam taqdim etib boriladi.Ruknning ilk sonida Marjona Eshqulovaning ijodiy ishlari bilan tanishishingiz mumkin.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
    985видео1Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 11:45

    Joriy yil 22-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 29 va Shahrisabz shahridag'i 11-umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2026-2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida fanlar yo‘nalishida mentor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan seminar-treninglar boshlandi.📊 Ushbu jarayonlarda 12 ta fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha master-trenerlar tomonidan 480 nafar mentor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening jarayonlari olib borilmoqda.⏩Seminar-treninglar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion va interaktiv uslublarni dars jarayonlariga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda xizmat qiladi.🌍🌍🌍🌍🌍
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 11:36изменён

    ⚖️ Huquqiy ong va korrupsiyaga qarshi kurashish — muhim vazifaQashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma hamda tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari ishtirokida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripov hamda Komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Olmos Murodov so‘zga chiqib, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirish muhimligini ta’kidladilar.Tadbir davomida huquqiy nigilizmning salbiy oqibatlari, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi.Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 08:00

    📢 MUROJAATLAR UCHUN YANGI BOT ISHGA TUSHDI!Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida yangi Telegram bot ishga tushirildi.🤖 Qashqadaryo MMTB Murojaat Bot orqali fuqarolar:📝 murojaatlarini yuborishi; 📎 murojaatga foto, video yoki hujjat biriktirishi; 📋 yuborilgan murojaat holatini tekshirishi; 📞 zarur hollarda boshqarma bilan bog‘lanishi mumkin.📌 Murojaatingizni yuborish uchun:👉 @QashqadaryoMurojaatBot⁠Sizning murojaatingiz — bizning e’tiborimizda!🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 05:37

    #LIVE_“ZAKOVAT”➡️ Ayni damda Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasida Qarshi shahridagi 3-14- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini bo‘lib otmoqda.Mazkur intellektual bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik va intellektual faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.“ZAKOVAT” o‘yinida o‘quvchilar, vazifa qilib berilgan "Yulduzli tunlar" asaridan tuzilgan savollarga belit tortish orqali javob berishmoqda..📚 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar munosib rag‘batlantiriladi.🌍🌍🌍🌍🌍
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    22 сент., 04:21

    “Oldin 1-oktabrni paxta dalalarida nishonlar edik, bugun esa o‘quvchilarimiz yonida, aziz maktabimizda bayram qilmoqdamiz!”Bugun yurtimizda ustoz va murabbiylarning mehnati, ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidoyiligi yuksak qadrlanmoqda.Buni Dehqonobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabi misolida ham ko‘rish mumkin. Ayni paytda maktabdagi 24 nafar pedagog turli fan sertifikatlari va oliy toifaga ega bo‘lib, ularning ayrimlari 1 000 AQSH dollari va undan ortiq daromadga ega.O‘tgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilari 200 dan ortiq sertifikatni qo‘lga kiritdi, 15 nafar bitiruvchi esa oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talaba bo‘ldi.Bu natijalar — ustozlarning fidokorona mehnati, o‘quvchilarning izlanishi va ta’limga qaratilayotgan e’tiborning amaliy samarasidir.🌍🌍🌍
    1,900видео4Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 12:59

    переслано из @uzedu

    #KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.Jadi
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 10:50

    #Xushxabar Yakkabog‘lik o‘qituvchi — “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi!Matluba Eshtuxtarova Muxammadiyevna o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi.Tanlovda respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan bo‘lib, 208 nafar o‘qituvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Matluba Eshtuxtarovani ushbu yuksak natija bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram
    2,610видео511Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 09:54

    #ShukronalikMuborak tumanidagi 34-maktabda Ona tili va adabiyoti fanidan dars berib kelayotgan Tog’ayeva Fotima Ma’rufjonovna "Yil o'qituvchisi" tanlovi g’olibi deb topildi va 616 mln so’m pul mukofotiga sazovor bo’ldi.Fotima Tog’ayeva 2014-2018-yillarda Jizzax davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oliy toifali o’qituvchi. Dastlab, tumandagi 3-maktabda, so’ngra 2023-yildan to hozirgi vaqtgacha 34-maktabda mehnat faoliyatini olib bormoqda.Quvonarlisi, ayni vaqtda Fotima Tog’ayeva vazir jamg’armasi hisobidan olayotgan ustamasi bilan qo’shib hisoblaganda har oy 2000 $ dan ortiq maosh ham olib kelmoqda.“Pedagoglarga yaratilayotgan e’tibordan behad xursandman. Shu bois muhtaram Prezidentimizga o’z minnatdorchiligimni bildirib o’taman” - dedi Fotima Tog’ayeva.🌍🌍
    2,480видео44Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 09:33

    переслано из @uzedu

    #Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 07:46

    "Jarayon". Bugun yoshlarga puxta bilim berish eng muhim vazifalardan biridir.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 07:31

    “Ustozga ehtirom”Qarshi shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faxriy ustozlar va o‘quvchilar ishtirokida “Ustozga ehtirom” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.Unda maktab direktori, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimi Sevin Ochilov, faxriy o‘qituvchilar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasi, ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati haqida so‘z yuritilib, yosh avlodga ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.Ustozga hurmat — ilmga hurmat!🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 07:20

    🇺🇿 Yakkabog‘da navbatdagi “Kelajak soati” darslari o‘tkazildiYakkabog‘ tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida navbatdagi “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.📚 Darslarda: 🔹 1–4-sinflar — “Men O‘zbekistonlikman” 🔹 5–8-sinflar — “Men uchun Vatan nima?” 🔹 9–11-sinflar — “Yangi O‘zbekiston – yangi yutuqlar maskani” mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.✍️ O‘quvchilar mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini esse shaklida ifodalab, Vatanga muhabbat, yurtimizning buguni va kelajagi, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni hamda ezgu maqsadlari haqida fikr yuritdilar.🌟 Yurt kelajagi — bilimli, vatanparvar va faol yoshlar qo‘lida! 🇺🇿🌍🌍🌍🌍
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    21 сент., 06:43

    📚 O‘QITUVCHIGA 616 MLN SO‘MLIK MUKOFOTJoriy yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi.Tanlov yakunlariga ko‘ra, 208 nafar o‘qituvchi tuman va shaharlar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.🏆 Tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 million so‘m — BHMning 1 400 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Bu kabi rag‘batlar o‘qituvchilarning mehnati va kasbiy mahoratini munosib e’tirof etishga xizmat qiladi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram
    2,110видео2Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    20 сент., 09:11

    переслано из @ezozagafurjanovna

    Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridaUstozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga
    1,890видео4Открыть в Telegram
  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali | pinned a photo

    20 сент., 08:48

  • Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

    20 сент., 08:46

    ‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining QASHQADARYO VILOYATI g‘oliblari🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота