Последние посты

Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 14:04
#vakansiyaYoshlar uchun 21 mingga yaqin ish imkoniyatiIsh qidirayotgan yoshlar uchun «Oson ish» platformasida ayni paytda 20 941 ta vakansiya mavjud.💼 Yo‘nalishlar turli xil: — xizmat ko‘rsatish; — savdo va marketing; — ishlab chiqarish; — IT va texnologiyalar; — ta’lim; — moliya va boshqa sohalar.📍 Vakansiyalar — O‘zbekiston bo‘ylab 🎯 Yoshlar uchun maxsus saralangan imkoniyatlarO‘zingizga mos ishni toping. Birinchi qadamni bugun tashlang.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 11:50
переслано из @qashvilhokimligi
Кеча Президентимиз ҳудудларда аҳоли бандлиги ва даромадини ошириш борасида амалга оширилаётган ишлар юзасидан кенгайтирилган йиғилиш ўтказдиВилоят ҳокими Муротжон Азимов бу борада воҳамизда амалга оширилаётган ишлар юзасидан давлатимиз раҳбарига ҳисобот берди.Батафсил видеода. ☝️📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 11:15
3 ёшга тўлмаган фарзанди борлар учун қисқартирилган иш вақти: қандай имтиёзлар бор?Уч ёшга тўлмаган боласи бор ота-она (ёки васий) учун:✅Буджет ташкилотларида ҳафталик иш вақти 35 соатдан ошмаслиги шарт.✅Қолган ташкилотларда қисқартирилган иш вақти жамоа шартномаси ёки иш берувчининг ички ҳужжатларида келишилган ҳолда белгиланади.✅Иш ҳақи эса тўлиқ иш кунида ишловчилар билан тенг миқдорда тўланади.Олиш тартиби: 📝 Иш берувчига ариза ва боланинг туғилганлик гувоҳномаси тақдим этилади.Ҳуқуқий имтиёз — вақтни тўғри тақсимлаш имкониятидир.Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 08:24
переслано из @press_secretary_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 06:53
#Nishon_tumani_OAV_nigohida#Axborot24 | 2500 gektar cho‘l hududi o‘zlashtirilib, 130 mlrd so‘mlik 2 ta megaloyihaga start berildiBoshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️ Sayt | Telegram | Instagram
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
10 сент., 06:07
переслано из @mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣O‘rtacha ish haqi qanday hisoblanadi?💳 O‘rtacha ish haqi — bu xodimning oxirgi 12 oy ichida olgan mehnatga doir daromadlarining o‘rtacha miqdori hisoblanadi.U xizmat safari, mehnat ta’tili, kasallik ta’tili, o‘qishga ketish, tibbiy ko‘rik, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish va boshqa hollarda kerak bo‘ladi.Hisoblash tartibi:✅ Faol ishlagan 12 oy ichidagi maosh, ustama va mukofotlar jamlanadi. ✅ O‘rtacha kunlik ish haqi = jami daromad / (12 oy x 25.3 kun).❌ Shaxsiy to‘lovlar (moddiy yordam, yo‘lkira va h.k.) kiritilmaydi.
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 15:05
📊 Dehqonobodda tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildiDehqonobod tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.Shu maqsadda tuman hokimligining Faollar zalida tuman hokimi Sherzod Shokirov, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muxammadiyev, Respublika ishchi guruhi vakillari hamda tijorat banklari mas’ullari ishtirokida dehqonobodlik tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.Muloqotda joriy yilning 3-sentabr kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Uchr
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 14:01
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 11:25
переслано из @mehnatvazirligi
🟦🟦🟦Siz ekspert, ish beruvchi yoki soha mutaxassisimisiz?Vaucher asosidagi qisqa muddatli kasbiy tayyorgarlik dasturlarini yangilash loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz!Dasturlar mehnat bozori talablari asosida qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilmoqda.Loyiha quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:🔹 Texnik kasblar 🔹 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 🔹 Zamonaviy kasblar 🔹 Hunarmandchilik 🔹 Xorijiy tillar 🔹 Restoran xizmati 🔹 Ma’muriy boshqaruv 🔹 Qishloq xo‘jaligi✅ Dasturlarni ishlab chiqishda xalqaro tajriba, zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt elementlaridan foydalanish, shuningdek, ularni kasb standartlari va milliy malaka talablariga moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 07:50
#uzb_vaqti_bilanAnjir yetishtirish ortidan 60 million so'mgacha daromadBoshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️ Sayt | Telegram | Instagram
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 06:46
🛑 Korrupsiya haqida xabar berganlar qanday rag‘batlantiriladi?Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolarning faolligi va daxldorligi muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikka muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.Ushbu videoda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlari haqida ma’lumot beriladi.📹Videoni ko'ring va yaqinlaringiz ham ulashing!Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️ Sayt | Telegram | Instagram
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
9 сент., 06:07
#мослашувчан_иш_режими💼 Ҳар куни бир хил соатда ишлаш шарт эмас!🧭 Ким айтди, иш фақат эрталаб бошланади, деб?👉 Меҳнат кодексининг 193-моддасига кўра, ишнинг бошланиш ва тугаш вақтини ўзингиз белгилашингиз мумкин.✅ Муҳими — иш соати нормаси бажарилиши ва натижалар ўз вақтида топширилиши!Бу иш услуби айниқса, қуйидагилар учун жуда қулай:✅ SMM мутахассислари; ✅ дизайнерлар; ✅ маркетинг соҳаси вакиллари.Кечроқ бошланг, эрта тугатинг ёки аксинча — қандай қулай бўлса, шундай ишланг.👉 Бундай пайтда меҳнат шартномаси асосида раҳбар билан келишилган мослашувчан график қонуний ва самарали ечим ҳисобланади.
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
8 сент., 13:56
Mirishkorlik oila tomorqa, chorva va parranda bilan yiliga 800 milliondan 1 milliard so‘mgacha daromad topmoqdaMa’lumot o‘rnida, viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ushbu xonadonda bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirgan edi.Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️ Sayt | Telegram | Instagram
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
8 сент., 11:43
📊 Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindiDehqonobod tumanida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etishga qaratilgan videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi.Unda tuman hokimi Sherzod Shokirov hamda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muxammadiyev ishtirok etdi.Yig‘ilishda mahallalardagi “yettilik” vakillari ham Zoom platformasi orqali qatnashib, hududlardagi bandlik, kambag‘allik va ishsizlik holati, belgilangan reja hamda ko‘rsatkichlar yuzasidan ma’lumot berdi.Yig‘ilish davomida joriy yilning 3-sentabr kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
8 сент., 07:57
Yangi yondashuv asosida hokim yordamchilarining asosiy vazifalari ishlab chiqildi:☑️ aholini doimiy ishga joylashtirish va bandlik holatini kuzatib borish;☑️ aholini kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, oʻqishni tamomlagach bandligini taʼminlash;☑️ kambagʻal oilalar uchun individual reja tuzib, shu asosda barqaror bandlikni taʼminlash;☑️ mikroloyihalarni aniqlash, moliyalashtirish va ishga tushirish;☑️ mahallaning “oʻsish nuqtalari” va ixtisoslashuvini belgilash;☑️ tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish;☑️ boʻsh bino va yer uchastkalarini aniqlab, auksionga chiqarish;☑️ aholida
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
8 сент., 06:00
переслано из @mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun mehnat taʼtili☑️18 yoshga to‘lmagan xodimlarga har yili kamida 30 kalendar kunlik mehnat taʼtili beriladi.☑️Ular taʼtilni o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda olish huquqiga ega.☑️Agar ish yili davomida xodim 18 yoshga to‘lsa, taʼtil kunlari 18 yoshgacha va undan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib hisoblanadi.❗️18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
7 сент., 12:05
переслано из @shmirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом.#Mirziyoyev #tashrif #SerbiyaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
7 сент., 11:00
Муротжон Азимов вилоятда камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш бўйича навбатдаги "ZOOM" йиғилишини ўтказдиУнда жорий йилнинг 3 сентябрь куни Президентимиз раҳбарлигида ўтказилган видеоселектор йиғилишида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар муҳокама қилинди.📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
7 сент., 09:55
