Последние посты

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
10 сент., 09:14
🏗 Qashqadaryoda qurilish ishlari hajmi o‘sishda davom etmoqda🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida viloyatda 11 066,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi.2022-yilda qurilish ishlari hajmi 3 891,1 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilda u 7 175,3 mlrd so‘mga ko‘paydi. Ya’ni, to‘rt yil ichida qurilish ishlari hajmi 184,4 % ga oshgan.🏙 2025-yilga nisbatan esa bir yilning o‘zida qurilish hajmiga yana 1 832,8 mlrd so‘m qo‘shildi.📌 Qurilish sur’atlari — hudud taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri.✅Bizni kuzatib boring📱 Web-sahifa1,090Открыть в Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
10 сент., 06:53
переслано из @davletovuz
Сенат “Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш киритиш ҳақида”ги қонунни маъқуллади.Янги қонун кучга киргунига қадар амалдаги алифбо асосида расмийлаштирилган ҳужжатлар, миллий валюта ва қимматли қоғозларнинг муомалада бўлишига тўсқинлик қилинмаслиги белгиланмоқда.Давлат органлари ва ташкилотларининг айрим рамзий белгилари, пешлавҳа ва кўрсаткичлардан эса улар яроқсиз ҳолатга келгунига қадар ёки белгиланган муддатгача фойдаланишга рухсат берилади.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
10 сент., 04:11изменён
🏭 Kichik biznesning sanoatdagi ulushi oshmoqda🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan 13 902,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.📊 Ularning jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 41,1 % ni tashkil etdi.🔹 2025-yil: 40,4 %🔹 2026-yil: 41,1 %✅Bizni kuzatib boring📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
9 сент., 13:43
переслано из @statistika_rasmiy

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
9 сент., 09:28
переслано из @statistika_rasmiy
💸 Ўзбекистонда илмий-тадқиқот ишларига қарийб 1,7 трлн сўм маблағ сарфланган🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда илмий-тадқиқот ва тажриба-конструкторлик ишларини бажарган мутахассис-тадқиқотчилар сони 43,1 минг нафарни ташкил этган.📊 Бу 2024 йилга нисбатан 9,5 минг нафарга ёки 28,3 фоизга кўп.Шундан аёллар сони 17,4 минг нафарни (жамига нисбатан 40,4 фоиз), эркаклар сони 25,7 минг нафарни (жамига нисбатан 59,6 фоиз) ташкил этган.💸 2025 йилда илмий-тадқиқот ва тажриба-конструкторлик ишларига жами 1 680,6 млрд сўм маблағ сарфланган. Бу 2024 йилга нисбатан 106,5 млрд сўмга ёки 6,8 фоизга ошган.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
9 сент., 04:59
переслано из @u_generalissimus
📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi.🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi.🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi.📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
8 сент., 13:46
переслано из @statistika_rasmiy
🛫 Ўзбекистонликларнинг Саудия Арабистонига сафарлари 4 йилда 3,3 баробарга ошди🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь–июль ойларида 167 337 нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда Саудия Арабистонига сафар қилган.📊 Бу кўрсаткич 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 15,6 минг нафарга ёки 10,3 фоизга ошган.📊 Мазкур кўрсаткич йиллар кесимида қуйидагича (январь–июль):2022 йил — 50 минг нафар;2023 йил — 35,2 минг нафар;2024 йил — 106,5 минг нафар;2025 йил — 151,7 минг нафар;2026 йил — 167,3 минг нафар.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
8 сент., 12:20
📊 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishida o‘sish2026-yil yanvar–iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida ayrim sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o‘sish qayd etildi.Jumladan, yumshoq bug‘doy va spelta uni — 21,5 ming tonna, ip kalava — 47,4 ming tonna, kaliy xlorid — 124,1 ming tonna, portlandsement esa 999,2 ming tonnani tashkil etdi.📌 Batafsil ma’lumot infografikada.✅Bizni kuzatib boring📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
8 сент., 04:15
📊 Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil oshmoqda!Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda barqaror o‘sib, 2026-yilda 9 068,3 ming so‘mga yetdi.🏭 Ayniqsa, Nishon tumani, G‘uzor tumani va Qarshi shahri yuqori natijalari bilan ajralib turmoqda.📈 O‘sish sur’ati bo‘yicha esa Koson, Mirishkor, Shahrisabz shahri va Qamashi yetakchi hududlar safida.🔹 Batafsil raqamlar va tahlil — infografikada.✅Bizni kuzatib boring📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
7 сент., 09:21
🤩 Qashqadaryoda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil avgust oyida Qashqadaryo viloyatida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan qiymati 122 257 so‘mni tashkil etdi.🤩 Hisob-kitob uchun quyidagi mahsulotlar inobatga olingan:🌻 kungaboqar yog‘i — 0,3 litr🧅 piyoz — 300 gramm🥩 mol go‘shti — 700 gramm🥕 sabzi — 1 kilogramm🍚 guruch (lazer) — 1 kilogramm🤩 no‘xat — 100 gramm🤩 zira — 10 gramm
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
7 сент., 04:05
🏭 Qashqadaryo sanoatida yetakchi yo‘nalish — ishlab chiqarish!2026-yil yanvar–iyun oylarida ishlab chiqarish sanoati viloyat sanoatining asosiy tarmog‘i bo‘lib, jami hajmning 84,8 % ini tashkil etdi.📊 Shuningdek:🔹 Tog‘-kon sanoati — 1 117,4 mlrd so‘m🔹 Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash — 3 834,4 mlrd so‘m🔹 Suv bilan ta’minlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish — 179,1 mlrd so‘mSanoat tarkibidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan infografikada tanishing.✅Bizni kuzatib boring📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram1,920Открыть в Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
5 сент., 14:03
переслано из @statistika_rasmiy

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
5 сент., 14:03
переслано из @statistika_rasmiy

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
4 сент., 14:42
переслано из @statistika_rasmiy

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
4 сент., 08:04
переслано из @statistika_rasmiy
🌎 Ўзбекистон ташқи савдо айланмасидаги ТОП-10 давлатлар🏢 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь–июль ойларида Ўзбекистон жаҳоннинг 200 дан ортиқ мамлакати билан савдо алоқаларини амалга оширди.🌍 Мазкур даврда Ўзбекистон ташқи савдо айланмасидаги ТОП-10 ҳамкорлар:Хитой — 11,3 млрд АҚШ доллари;Россия Федерацияси — 8,1 млрд АҚШ доллари;Қозоғистон — 3,3 млрд АҚШ доллари;Туркия — 1,6 млрд АҚШ доллари;Афғонистон — 1,2 млрд АҚШ доллари;Франция — 1,1 млрд АҚШ доллари;Корея Республикаси — 1,1 млрд АҚШ доллари;
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
3 сент., 04:24
📊 Qashqadaryo sanoati raqamlarda: yetakchi hududlar qaysilar?🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida viloyatda 33 836,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.📍 Eng katta sanoat hajmi — Nishon tumanida: 8 211,6 mlrd so‘m📈 Eng yuqori o‘sish sur’ati — Koson tumanida: 120,2 %🏙 Shaharlar orasida esa Shahrisabz shahri 112,4 % ko‘rsatkich bilan ajralib turdi.🔎Qaysi hududda sanoat hajmi qancha? O‘sish sur’atlari qanday? Barcha hududlar kesimidagi batafsil raqamlarni infografikada kuzating.✅Bizni kuzatib boring3,220Открыть в Telegram
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
3 сент., 04:18
переслано из @uzstataxborot
https://youtu.be/lv9GM-GORQA?si=PSCksMcqfUqWhPPtYouTubeМиллий статистикада маълумотларни бошқаришнинг янги модели жорий этиладиПрезидент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш якунлари ҳамда миллий статистика тизимида ислоҳотларни жадаллаштиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди. Телеграм: t.me/uzstataxborot Сайт: www.stat.uz
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
3 сент., 04:18
переслано из @uzstataxborot
https://youtu.be/3_Xzi47EUuc?si=K8NFNhqXmbMRFJPyYouTubeВ национальной статистике будет внедрена новая модель управления даннымиПрезидент Шавкат Мирзиёев ознакомился с итогами переписи населения и сельского хозяйства, а также презентацией предложений по ускорению реформ в национальной системе статистики. Телеграм: t.me/uzstataxborot Сайт: www.stat.uz
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
2 сент., 14:09
🎉 Ko‘p yillik mehnatga ehtirom, ustozlarga hurmatQashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida ko‘p yillik samarali mehnat, kasbga sadoqat va fidoyilikni e’tirof etishga bag‘ishlangan samimiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda boshqarma boshlig‘i N. Xamrayev so‘zga chiqib, statistika tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning boy tajribasi, mas’uliyati va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida qadrlanishini ta’kidladi.Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqovga ko‘p yillik samarali faoliyati, kasbiga sadoqati va tizim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun esdalik sovg‘asi topshirildi.Shuningdek, boshqarmada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan N. Atamurodovning 60 yoshli yubileyi ham alohida e’tirof etildi. Uning ko‘p yillik halol mehnati, boy kasbiy
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
2 сент., 13:25
Миллий статистикада маълумотларни бошқаришнинг янги модели жорий этиладиПрезидент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш якунлари ҳамда миллий статистика тизимида ислоҳотларни жадаллаштиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.Мамлакатимиз аҳолиси 1989 йилдан буён қарийб икки баробар, иқтисодиётимиз эса сўнгги саккиз йилда икки карра ўсди. Бундай ўзгаришлар аҳоли таркиби, яшаш манзиллари, ер ресурслари, қишлоқ хўжалиги ҳамда озиқ-овқат манбалари тўғрисида аниқ ва ишончли маълумотларга бўлган эҳтиёжни оширди.Шу мақсадда жорий йилда ўтказилган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижалари бўйича ахборот берилди.Дастлабки натижаларга кўра, юртимизда доимий аҳоли сони 39 миллион 47 минг нафарни ташкил этди. Амалдаги ҳисобда акс этмаган 810,6 минг нафар аҳолининг яшаш манзили ва ижтимоий мақомига аниқлик киритилди.Амалдаги маълумотлар билан
