Последние посты

QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 14:27
Muborakda yangi suv inshooti foydalanishga topshirildiMuborak tumani markazida rekonstruksiya qilingan suv to‘plash va uzatish inshooti foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bugun yangi inshootning ochilish marosimi o‘tkazildi.Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov, tuman hokimi G‘olib Murodov, soha va tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi.Mazkur ishlar Vazirlar Mahkamasining “Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yerosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.Qariyb 51 million dollarlik loyiha natijasida Muborak tumani markazi va unga tutash 7 ta mahalla ilk bor markazlashgan ichimlik suvi tizimiga ulandi.Bundan tashqari, 5 ta1,730Открыть в Telegram
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 11:40
Hunardan baxt topayotgan chevarlarTikuvchilik — oddiy kasb emas. Unda sabr, did, mahorat va mehnat uyg‘unlashadi. Chevar qo‘lidagi igna nafaqat matoni birlashtiradi, balki xonadonlarga fayz, ro‘zg‘orlarga baraka olib kiradi.Bejizga xalqimizda "Hunarli inson xor bo‘lmas" degan hikmat aytilmagan. Zero, o‘z hunariga ega inson qayerda bo‘lmasin, mehnati ortidan o‘z yo‘lini topadi.Zulfiya Muxtorovaning hayot yo‘li ham ana shu hikmatning yorqin ifodasidir.Batafsil bu👉yerda👈.Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X1,660Открыть в Telegram
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 10:36
Ko‘kdala tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqdaAyni kunlarda tumandagi paxta maydonlarida terim jarayonlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Tumandagi paxta maydonlarining 70 foizidan ortig‘ida hosil zamonaviy paxta terish mashinalari yordamida yig‘ib olinmoqda. Bu esa terim ishlarini mexanizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish hamda hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish imkonini bermoqda.Dalalarda terim jarayonlari davom etmoqda.Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X1,680Открыть в Telegram
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 08:26
🔴 #LIVE | Muborakda yangi suv inshooti foydalanishga topshirilmoqdaAyni paytda Muborak tumani markazida rekonstruksiya qilingan suv to‘plash va uzatish inshootining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov hamda “O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov ishtirok etmoqda.
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 07:42
O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Afg‘onistonda yangi imkoniyat!Afg‘onistonda xalqaro ko‘rgazma va B2B uchrashuvlarida ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar uchun muhim taklif!Joriy yilning 7–13-oktabr kunlari Kobul shahridagi “Afg‘oniston xalqaro ko‘rgazmalar markazi”da Imom Abu Hanifa nomidagi 5-Milliy xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ko‘rgazmada: - biznes-forumlar; - B2B uchrashuvlar; - ikki tomonlama shartnomalar tuzish; - o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yaratiladi.Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, qurilish, transport va logistika, gigiyena va sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.Xalqaro bozorga chiqish, yangi hamkorlar topish va eksport geografiyasini kengaytirish istagidagi tadbirkorlar uchun ushbu ko‘rgazma1,550Открыть в Telegram
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 07:10
#Axborot24Paxtachilikda ilmiy yondashuv va ilg‘or texnologiyalar yuqori hosil hamda sarf-xarajatlarni tejashni ta’minlamoqdaXususan, Qashqadaryo viloyatida ham paxtachilik sohasida yuqori hosildorlik va unumdorlikka erishilayotgani so'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e'tibor natijasidir.Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 04:56
Hosil mo‘l bo‘lsa, mehnatning qadri yanada bilinadiPaxta dalalarida mehnatning eng mas’uliyatli pallasi — hosilni yig‘ib olish jarayoni davom etmoqda.Yil davomida yerga mehr berib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etgan fermerlar endilikda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda, sifatini saqlagan holda yig‘ib olishga e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish esa terim samaradorligini yanada oshirmoqda.Kasbi tumanidagi “Bekmurodov Sodiq To‘lqinovich” fermer xo‘jaligi dalalarida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.Bu yil xo‘jalikning 26 gektar maydonida ikki xil nav — Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zao-72” hamda “Buxoro-10” paxta navi parvarishlandi. Endilikda fermer xo‘jaligi jamoasi oldida yetishtirilgan hosilni sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash vazifasi turibdi.
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 04:14
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное1,400Открыть в Telegram
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ
22 сент., 02:28
Shukronalik Bugungi dorilamon kunlarga shukronaBugun yurtimizning qaysi bir go‘shasiga nazar tashlamaylik, avvalo, inson qadri va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan ezgu ishlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlariga guvoh bo‘lamiz.Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar odamlarning kundalik hayotida, mahallalar qiyofasida va hududlar taraqqiyotida o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Xususan,- Shahrisabz shahrida; - Shahrisabz tumanida; - Qarshi tumanida; - Kasbi tumanida; - Qamashi tumanida; - Kitob tumanida; - Dehqonobod tumanida; - Nishon tumanida; - Yakkabog‘ tumanida; - Chiroqchi tumanida.Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →