gram news
Аватар канала Q I Z I M G A

Q I Z I M G A

@qizimgaa

Qizimga atalganlarim🌸 Bu yerda faqat QALB sózlaydi, qalbingiz bólsagina QOLING.... Manba bilan olinsin!

ПроектыUZРазное

1,750подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Q I Z I M G A

    17 сент., 18:53

    Duo…Allohim, oʻzing qizimni rahmating va magʻfirating ila tarbiya qil. Gʻazabing va jalolingdan asra.Uni ikki dunyo yomonlardan va yomonliklardan yiroq qil. Qalbiga Oʻzingni va oʻzingga boʻlgan muhabbatni jam qil. Qalbini oʻzing yomonliklardan, barcha yomon illatlardan, haromdan uzoq qil, yaqinlashtirma. Oʻzing hidoyating, dining ila uni rizqlantir, qalbini Islomda sobit qil, unga xayrixoh qilib qoʻy.Oʻzing uni sev va seni sevganlar qatoridan qil, amiyn…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    17 сент., 17:44

  • Q I Z I M G A

    19 авг., 17:55изменён

    Kurash…Zikring koʻpaygani, ibodating ortgani yaxshi qizim, ammo bular xulqing yaxshilanishiga vasila boʻlmasa hali nafsing bilan kurash tugagani yoʻq qizim.Nafsni yengish faqat ibodatlarni ortishi, tilingni zikr bilan band boʻlishi emas qizim, nafsingni oʻlishi sunnatiy axloq bilan xulqlanmoqdir. Xulqi Qur’on boʻlmoqdir. Birovdan xafa boʻlmaydigan, malomat qilmaydigan, ayblamaydigan, kechirishni sevuvchi, hammaga yaxshilik ilinovchi biri boʻlmoqdir, jonim qizim.Oʻzni tanish Robni tanishdir. Qachon oʻzingni taniysan? Oʻzingni tarbiyalashni boshlaganingda, nazaringni, oʻyingni, fikringni tashqaridan olib, faqat va faqat oʻzingga qaratganingda, oʻzingni islohing bilan band boʻlganingda.Unutma qizim, din faqat ibodat emas, din bu xulqdir, din bu odobdir. Xulqsiz, odobsiz din chala yarimdir.Xulqing goʻzal boʻlsin Ona qizim. Robbim suysin seni. Paygʻambarlar xulqi, sahobalar odobi
  • Q I Z I M G A

    30 июл., 18:15

    Huzurli hayot…Qizim huzurga, halovatga toʻla bir hayotni, kamlarsiz bus-butun, toʻla-toʻkis hayotni istayapsanmi? Chuchvarani xom sanabsan! Bu dunyo Jannatmidiki senga abadiy huzur, halovat berilsa. Bu dunyoga nega kelgan eding? Imtihon uchun, sinovlardan munosib oshib oʻtish uchun emasmidi? Dardlarni, ogʻriqlarni yengib qayta va qayta unga borish, uni topish uchun emasmi?Unutma qizim, bu dunyoda toʻla toʻkis hayot Firavnga berildi. Dardlarsiz, ogʻriqlarsiz, muammolarsiz hayot. Agar Firavn boʻlishni istasang mayli ega boʻl oʻsha hayotingga, ammo unutma paygʻambarlarning, sahobalarning har biriga dard berildi, ogʻriq berildi, iztirob berildi… Biri kasallik bilan, biri zulmat bilan, biri birodarlari bilan, biri farzandi bilan, biri ahli oilasi bilan sinaldi.Hech biri yashamadi bus-butun goʻzal hayotni, huzurli- halovatli hayotni. Ammo ular topdi. Dardida ham, ogʻrigʻida ham Uni
  • Q I Z I M G A

    25 июл., 07:25изменён

    Eng toʻgʻri…Qizim, eng toʻgʻri vaqtda, eng toʻgʻri zamonda, eng toʻgʻri joyda, eng toʻgʻri insonlar orasidasan…Zotan, Alloh bilmasmidi? U seni boshqa joyga, boshqa insonlar orasiga, boshqa zamonga oid qila olmasmidi? Tabiiy-ki qila olar edi. Ammo sen ayni shu zamonda, ayni shu joyda, ayni shu insonlar qarshisidasan. Isyon qilish, malomat qilish, kibrlanish uchun emas. Oʻzingni tanish, isloh qilish, kamolotga yetish uchun…Bu joylar, bu insonlar, bu zamon aynan sen uchun kerak. Sening takomuling, sening oʻsishing, uni topishing uchun kerak…Unutma, har bir ish buyuk bir hikmat, buyuk bir reja ortidan sodir boʻlmaqda. Shunchaki oʻz-oʻzidan, shunchaki tasodifan roʻy bermayapti! Hikmatini qidir, tafakkur qil, rozi boʻl qizim…“Qayerdan ham bu yerdaman” dema, “Nima hikmati bor-ki bu yerdaman” de…Qizim, Robbim seni ikki dunyo yomonlardan yiroq qilsin, tafakkur qilish ne’matini,
  • Q I Z I M G A

    14 июл., 15:13изменён

    Ulgʻayish…Qizim, ulgʻayish yoshingga yosh qoʻshilishi, sochinga oq, yuzingga ajin tushishi bilan belgilanmaydi. Ulgʻayish qiyinchiliklar ortidagi osonchiliklarni koʻra olish, sinovlar ortidagi hikmatni jim kutish, sabr bilan vaziyatlarni jim kuzatish, boriga ham yoʻgʻiga ham sabr qilib, tavakkul qilish bilan oʻlchanadi…Ulgʻayish bu erkin boʻlish, mustaqil boʻlish, oʻz haqlarini tanish emas, qizim. Ulgʻayish bu qalbning ulgʻayishidir. Boshqalarni his qilish, tushunish, kechirish, yordam berish qobiliyatidir…Ulgʻayish - bu haq boʻlgan taqdiringda ham jim turish, ustun boʻlgan holingda ham boshingni egish, yomon soʻzlar ichra qolganingda ham yaxshi soʻzlaringni sarf qilishdir…Ulgʻayish… Hammani ayblash, kamsitish, yerga urish emas! Ulgʻayish bu oʻzini tanish, oʻzi bilan kurashish, oʻzini malomat qilishdir…Goʻzal xulq ila ulgʻay qizim, munosib tarzda ulgʻay, Haqni tanib, unga
  • Q I Z I M G A

    20 июн., 17:45изменён

    Samimiy qalb…Qizim, qarshingdagini oqlay olish uchun har doim bahona topa oladigan bir samimiy qalb egasi boʻl…Mayli qarshingdagi zolim boʻlsin, mayli u nohaq boʻlsin, mayli chindan ham u aybdor boʻlsin, lekin senda har doim yaxshi gumonda boʻla olish qobiliyati boʻlsin…Qalbingni doim tozalab bor-ki yomon gumon qilish hayolingni bir chetiga ham kelmasin. Goʻzal bir samimiyating boʻlsin-ki aybdor odamni ham aybdor deyishga tiling bormasin…Qizim, gumoningni goʻzal qil, hayollaringni, soʻzlaringni goʻzal qil, tilingni, ibodatingni goʻzal qil, eng muhimi qalbingni goʻzal qil….Ayblash, yomonlash, xato izlash, yerga urish oson… Imkon berish, tushunish, vaziyatni yengillatish esa qiyin…Qalbingni asra, undagi samimiyatni, begʻuborlikni asra, qizim. Robbim qalbingni poklab qoʻysin, yomon gumonlardan, yomon hayollardan oʻzi yiroq qilsin, amiyn…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    4 июн., 06:32изменён

    Qizim, bu yoʻlning boshi xafa qilmaslik, oxiri esa xafa boʻlmaslikdir…Ustozdan@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    29 мая, 08:23изменён

    Tavbakor tulkilarMoʻmin nafs tarbiyasi yoʻliga tushgan kundan boshlab uning ismi solik ya’ni yoʻlovchidir. Solikka esa atrofidagi har bir narsa, har bir hodisa nimadir oʻrgatadi, dars beradi. Solik faqat sayr, tomosha qiladi. Sayru suluk budir. “Koʻramiz Mavlom naylar, naylarsa goʻzal aylar” budir…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    29 мая, 07:19

    ….@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    21 мая, 09:19

    Yoʻl…Qizim, pichoq ham oʻtkir boʻlishi uchun avval azobda charxlanishi kerak, temir ham goʻzal shaklga kelmoq uchun avval olovda erib, qiynalib, oʻz shaklini yoʻqotishi kerak. Gilam ham tozalanishi uchun obdon changdan qoqilishi kerak…Koʻrdingmi, qizim?… Har bir goʻzal yakunga eltuvchi yoʻl ogʻriqdan, azoblardan, qiyinchilikdan iborat… Hech yerda osonlik, bardavom lazzat yoʻq…Yonasan, sinasan, nafsingni eritasan soʻngra goʻzal shaklga kelasan temir kabi. Sinovlar, dardlar, insonlar ila charxlanasan, har yerdan siquvga olinasan, keyin oʻtkir pichoq kabi keskir moʻmin boʻlasan. Ogʻriqlar, muammolar, qiyinchiliklar har tomondan tepkilaydi changingni qoqadi, kibringni, meningni toʻkadi, soʻngra toza qalb ila nafis gilamdek boʻlasan…Qizim, osonlikka, yengillikka yugurma, aldanma… Sinovlar qarshisida yengilma, ortga ketma… Zotan sinovlaring ortida ham, qarshisida ham U bor. Seni
  • Q I Z I M G A

    21 мая, 08:03

  • Q I Z I M G A

    11 мая, 13:43

    Ayni vaqtda ayni joydasan, qizim…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    9 мая, 15:51изменён

    Kuzat…Qizim, kuzatishni oʻrgan. Jim va sokin kuzatishni. Atrofni qoʻy, insonlarni qoʻy, holatlarni qoʻy, janjallarni qoʻy, hamma-hammasini oʻz holiga qoʻy… Shunchaki kuzat, xuddi bir kinoni koʻrgandek kuzat, xuddi bir sahnani kuzatayotgandek kuzat.Kino tugashini bilar ekansan, kino haqiqat emasligini bilar ekansan, kino bir ssenariy ustiga qurilgani, aktyorlar oʻz rolini oʻynayotganini bilar ekansan, u uchun siqilish, xafa boʻlish, malomat qilish aqldanmi?Kuzat va aralashma. Jim boʻl. Zotan bu hayot shundoq ham teatr, rollar tayin, qalamlar qurigan, kitob yopilgan. Qoʻlingdan keladigani shukur qilish va jim kuzatish.Kuzata olsang, koʻp ishlarni guvohi boʻlasan, koʻp qulflarning kalitini topasan, halovatni, rozilikni topasan. Taslim boʻlib shunchaki jim kuzata olsang boʻlgani…Hali ham atrofga termulib, boshqalardan jahling chiqyaptimi? Janjallar ichra oʻralashib, har kimdan
  • Q I Z I M G A

    25 апр., 06:48

    Muhit…Qizim, gap har yerda Islomiy muhitni topishda, shunday muhitda ulgʻayishda emas. Asl masala qanday muhit, qanday sharoit boʻlishidan qat’iy nazar diningda sobit tura olishda.Islomiy muhitda Islom ila yashash har kimning qoʻlidan keladi. Ammo atrofi fahshga, haromga, masiyatga, fitnalarga toʻla bir davrada Islom bilan qola olish faqatgina chin moʻminning qoʻlidan keladi.Qizim, har xil maskanlarda, har xil yerlarda, har xil insonlar davrasida, har xil sharoitda boʻlishing mumkin. Ammo unutma, har doim qalbingda ham, tilingda ham, amalingda ham dining boʻlsin. Mayli tashqari fahshga toʻlsin, ammo qalbing Islom ila nurlanib tursin. Mayli, atrofing toʻla badxulqlar, bema’ni gap-soʻzlar bilan toʻla boʻlsin, ammo tiling soniyaga boʻlsa-da zikrdan toʻxtamasin.Togʻ-u toshlarga qochib, yolgʻizlikda diniga amal qilgan bilan, fitnaga toʻlgan insonlar jamoasida diniga amal qilganning
  • Q I Z I M G A

    22 апр., 04:37изменён

    Baxt - hashamatda emas qizim halovatda, halovat esa rozi boʻlgan, taslim boʻlgan qalblarda…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    15 апр., 07:53

    Uygʻon…Qizim, bir bor ekan bir yoʻq ekan hayotda yashar ekanmiz bilsang edi hech narsa aslida hech nimaga arzimasligini… Hechliklar, yoʻqliklar aro oʻzimizni oʻtmish va kelajak aro sarson qilayotganimizni…Bugun bor deb oʻylayotgan muammolaring, joningdan toʻydirgan ogʻriqlaring aslida yoʻq ekanligini, ahamiyatsiz ekanini bilganingda edi… Qizim, vaqtingni, umringni, hayotingni bu voqeliklar ichra sarson qilma, bekorga sarflab yuborma…Uygʻon qizim uygʻon, bu dunyo saroblaridan, yolgʻonlaridan, illyuziyasidan uygʻon…. Oʻlmasdan avval uygʻon…@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    7 апр., 08:02изменён

    Qizim, quyidagilar senga aslo yarashmaydi, unutma:- baland ovoz - jilovlanmagan til - tartibsiz koʻrinish - yomon hid - tik qarovchi koʻz - ochiqlik va torlik (libos) - hayosizlik - badjahllik - qoʻpollik - soxtalik - munofiqlik - ochkoʻzlik - qizgʻonchiqlik@qizimgaa
  • Q I Z I M G A

    29 мар., 11:12изменён

    Til…Qizim, yillar davomida eng koʻp anglaganim shu boʻldi-ki, insonning eng xavfli dushmani ham, falokati ham bu uning tili ekan… Qizim, tilingga ehtiyot boʻl, oʻz erkiga qoʻyib berma. Bekorga tiling tishlar ortida ,tanglay ostida mahbus ekanligini unutma…Ortiqcha aytilgan bir soʻz boshingga albatta isyon qilichini koʻtarib keladi. Ba’zan oʻz oʻrnida aytdim deb oʻylagan soʻzlaring ham oʻrinsiz, keraksiz, ahamiyatsiz boʻlib qoladi. Qizim, tilingni asra, mahkam tut… Sukutni doʻst bil, tingla, eshit, kuzat… Soʻzga usta boʻlishing shart emas, jim tura olishni oʻrgansang kifoya, zotan…Qizim, tilning ozigʻi zikrdir, xuddi qalbing ozigʻi singari… Zikr qil, toʻxtovsiz zikr qil, shunda tiling ham boʻsh turmaydi, soʻzlaring ham uvol boʻlmaydi… Ham sukut qilasan, ham soʻzlagan boʻlasan ona qizim…Qizim, talashma, tortishma, soʻzlar ila jang qilma… Isbotlama, kurashma… Jim boʻl, eshit,
  • Q I Z I M G A

    18 мар., 08:05

    -qalbim ila soʻzlaganlarim…@qizimgaa