gram news
Аватар канала Qizingiz yozdi...

Qizingiz yozdi...

@qizingizyozdi

ПроектыENРелигия

6,380подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Qizingiz yozdi...

    22 сент., 18:28

    Ortiqcha bezak berilgan, yaltir-yultir, hashamdor narsalar baraka topib ishlatish uchun ishlabchiqarilmaydi, deb o‘ylayman.Baʼzan mushaflar ustiga oltin-kumush yoki shu kabi metallardan qo‘lni tirnaydigan g‘ilof va gazakli muqovalar qilinganini ko‘ramiz.Shu kabi kitoblarni dars qilib o‘rganuvchi va qorilikka harakat qilayotganlar xaridor bo‘lmaydi, chunki bunday musʼhaflarni ishlatish, olib yurish mashaqqat.Ularni musʼhafni shkaf tepasiga suvenir qilib qo‘yadiganlar oladi.Doimiy o‘qib yuradigan kishi ushlash va ko‘tarishga qulay, varaqlari sifatli, yorqin rangda bo‘lmagan, chiroyli va tiniq yozuvli musʼhafni qidiradi.Donalari orasida temir bezak bilan ajratilgan kokilli tasbehlar, yuziga toshcha yopishtirilgan zikirmatiklar ham shunaqa.Hayvon terisidan qilingan hashamdor joynamozlar ham shunday.Ibodat qilaman degan odamga pokiza yer yoki ixcham buklanadigan, yengil
    Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...
    917461611Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    22 сент., 12:41

    Ustoz bir ko‘rib chiqsalar, paxmoqqina ilmiy ishim keratin qildirganga o‘xshab qoladi😂
    2,1901822823Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    22 сент., 11:45

    — So‘ramasezam etaman😌:— So‘ramasam, aytmang. So‘rasam ham aytmasangiz, roziman😏
    2,4801693830Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    22 сент., 11:43

    Tilaklarim bo‘ladi.Ularning amalga oshishi menga nega kerakligi haqida ko‘p o‘ylayman.Ijobat bo‘lib ketsa, ular menga nima beradi, nimalarimni evaz sifatida oladi, deb ko‘p o‘ylayman.Keyin istaklarim ikkiga ajralib qoladi, ko‘pining ahamiyati kamayib, istamay qolaman.Neʼmatlar qanotlarida sinovlar bilan keladi. Har narsaning badali bor.Aql va qalb uchun foydali mashq.@qizingizyozdi
    2,670111379Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    20 сент., 12:31

    Universitetda o‘qiyotgan qizlarga yaxshi yerdan sovchi kelib, «o‘qishini davom ettiraveradi, o‘zimiz o‘qitamiz», degan va’daga ishonib berib, kelinni olgandan keyin o‘qitmay qo‘yishgani sabab janjallar yoki xafagarchiliklarni ko‘ramiz.Birinchidan, agar qizingizning o‘qishi siz uchun juda qimmatli bo‘lsa, uni birovning insofiga topshirmasligingiz kerak edi.Topshirdingizmi, demak, siz uchun o‘qish u qadar qiymatli emas ekan, «yaxshi joydan» kelib qolgani uchun imkonni boy bergingiz kelmagan bo‘lsa.O‘zingiz qo‘riqlay olmagan narsani boshqa birov qo‘riqlab bermagani uchun xafa bo‘lib yurmang.Ikkita stulga birdan o‘tirib bo‘lmaydi.Xullas, tanlov qilish kerak. Tanlov oqibatlariga ham rozi bo‘lish kerak. Men student qizimning 6 yillik o‘qishi tugamaguncha hech qanday sovchilar va takliflarni ko‘rib ham o‘tirmaymiz, deb qat’iy tayinlaganman. Ayolimga kim bo‘lishidan qat’i nazar, menga
    7,7702571226610Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    19 сент., 10:44изменён

    «اعلم أن أول تلبيس إبليس على الناس صدهم عن العلم؛ لأن العلم نور، فإذا أطفأ مصابيحهم خبطهم في الظلام كيف شاء»Bilgil-ki, Iblisning odamlarni yo‘ldan ozdirishdagi ilk hiylasi — ularni ilm olishdan to‘sishidir.Chunki ilm yorug‘likdir. Qachonki (shayton) ularning chiroqlarini o‘chirib olsa, odamlarni qorong‘ilik ichida istaganicha adashtirib-uloqtirib yuradi.©Ibn Javziy
    4,400766049Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    19 сент., 10:22

    Butun dunyo menga hasad qiladi, deb o‘ylaydigan ayolga achinaman. Holbuki, uning hayotda bor-yo‘g‘i erishgani — turmushga chiqqani, xolos.©Ayman Yog‘iy
    4,76024836299Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    16 сент., 12:31изменён

    MAHR NEGA KERAK🕯️«Nikohning foydalari va (undan ko‘zlangan) maqsadlarga oʻzaro hamjihatlik orqaligina erishiladi.Agar ayol kishi erining huzurida aziz-u mukarram boʻlmasa, bu hamjihatlikka aslo erishib boʻlmaydi.Ayol kishining qadr-qimmati unga yetishish yoʻllari qiyin boʻlgandagina er kishining nazarida yuqori boʻladi.Chunki qoʻlga kiritish qiyin boʻlgan narsa insonga aziz ko‘rinadi va uni mahkam tutishga (yoʻqotib qo‘ymaslikka) harakat qiladi.Aksincha, erishish oson boʻlgan narsaning qadri pasayadi va uni qoʻlda ushlab turish ham oson (ahamiyatsiz) boʻlib qoladi.Qachonki ayolning eri oldida qadri pasaysa, ayol o‘zidan xavotirga tushadi hamjihatlik yoʻqoladi va nikohdan koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.Negaki, (nikoh shartnomasi bilan erga o‘tadigan) egalik huquqi ayolning o‘z nafsi va jinsiy yaqinlikdan bahramand bo‘lish huquqi
    Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...
    6,3902654Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    14 сент., 12:39изменён

    Eski post ekan:Qurʼonni noldan boshlab 3 kunda yodlash, qayta unutmaslik va bir soatda 6 ta xatm qila olish nomidan ham maʼlum, imkonsiz ishlar.🩷Qurʼonni o‘qish va o‘qitish tez bitmaydigan, sabr talab qiluvchi, ko‘plab talabalarga bir kishining vaqti yetmaydigan, nozik jarayon. Shu sababli ham, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari talaba o‘laroq ikkiga bo‘lingan: 1. Ibn Mas‘ud kabi Rosulullohdan taʼlim olgan sahobalar. 2. Rosululloh yo‘naltirishlari orqali sahobalarda o‘qigan sahobalar.Musʼhafingizni ochib qarang. 604 sahifa. Odatda 15 qatorda, baʼzan 14,13 qatorda suralar yozilgan. 6000 dan ziyod oyatlar bor. U arab tilida.Uch kunda yodlab bo‘ladimi?Uni o‘qish uchun maxsus qoidalar bor. Ularni o‘rganish uchun ixlos, qunt, sabr, doimiy harakat va albatta keng VAQT kerak.Baʼzi talabalarning Qurʼonni tez 2-3 oyda yodlab
  • Qizingiz yozdi...

    14 сент., 12:11изменён

    3️⃣➡️«qayta unutmaydigan bo‘lib»Buning esa iloji yo‘q. Payg‘ambarimiz 💚: « Qurʼonni mahkam ushlab (takror qilib) turinglar, chunki u bog‘langan tuyadan ham qochqoqdir», deganlar.Ustozlar:« Shu hadisdan bandaning xotirasida Qurʼon saqlanib turishi uchun Alloh rozi bo‘lgan yo‘l takror yo‘li ekani bilinadi», deydilar.Takror qilsangiz, esingizda turadi. Bo‘lmasa kishi bilmas esingizdan chiqib ketadi.2016-yilda murattab qori bo‘lgan odam 2026-yilda unday bo‘lmasligi mumkin.Bu oradagi yillarda takror axloqi va odati qanday bo‘lganiga bog‘liq.➡️«bir soatda oltita xatm»Xatm qilish — Fotihadan Nas surasigacha arabiy Qurʼonni joiz bo‘lgan tezliklardan birida o‘qib chiqish ekanini hisobga olsak,Qiroat harfning maxrajdan chiqishi va odam o‘zi
    5,05050156Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    14 сент., 11:54изменён

    2️⃣➡️«o‘n kunda yodlash» - hijjalab o‘qish davomida, yodlashni boshlayman; - oldin bajarmagan ishim bo‘lganidan 5 qatordan boshlaymiz; - uni avval yaxshilab tinglayman. Audiodan qori o‘qir ekan, ko‘zimni satrlardan uzmayman. Natijada to‘g‘ri o‘qiyman. Keyin ravon o‘qish uchun yana takrorlayman. Keyin yodlashga kirishaman. Chala yarim yodlagach, yana 33 ta o‘qiyman. Boshida bu mening 3 soatimni oladi.- ikki-uch haftadan so‘ng 10, keyin 15 qator (1 bet) yodlay boshlayman. Kuniga 3-4 bet dars qilish darajasiga yetgunimcha 6-7 pora yodlagan bo‘laman.Va bunga 4 oycha vaqt ketadi. 15 juz yodlagandan keyin, o‘xshash oyatlarni oldin yodlaganim, soatlab dars qilish ko‘nikmasi hosil bo‘lgani va jarayonga to‘liq kirganim hisobiga Qurʼon borgan sari osonlashadi.- 22 juzlardan keyingi 8 pora bir oyda tugashi mumkin, lekin bu
  • Qizingiz yozdi...

    14 сент., 11:38изменён

    🔴Qurʼonni 10 kunda yodlasa bo‘ladimi?Oxirgi kunlarda berilayotgan savollardan biri: ⤵️⤵️⤵️10 kunda noldan boshlab to‘liq, uch yil yodlab yurganlardan pishiq yodlash va uni qayta unutmaslik sirlari nomli seminar o‘tilayotgan ekan, rostdan shunaqa qilish mumkinmi🕯️Savolni uchga bo‘lib ko‘rib chiqamiz: 🩷«noldan boshlab» 🩷«o‘n kunda yodlash» 🩷«qayta unutmaydigan bo‘lib»1️⃣➡️«noldan boshlab»- Qurʼon arab tilida, arabcha yozuv bilan yozilgan, 604 sahifali kitob. - Men esa, lotinchada savodi chiqqan, o‘zbek tilida gapiradigan va oldin arab tiliga mutlaqo
  • Qizingiz yozdi...

    14 сент., 08:15

    — Qurʼonni o‘n kunda yodlasa bo‘ladimi? — Tugashiga o‘n bet qolgan bo‘lsa, bo‘ladi.
    5,5103799144Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    13 сент., 13:38

    #tavsiya Talabaligimda mutaxassislik fanidan darslik kitobni sotib olishga imkonim bo‘lmay tanish bir opadan olib turgan, uni ixlos bilan o‘qib, ustoz aytgan sharh va lug‘atlarni qora qalam bilan hoshiya qilib chiqqandim.Yil oxirladi, biz kitobni tugatdik, keyin kitobning egasi kitobini so‘radi, darrov qaytardim.Albatta, kitob uniki va qaytarib olishga yuz foiz haqqi bor. Ammo baribir kitobni topshirgach ichimdan bir nima uzilgandek bo‘ldi. Hoshiyada yozganim sharhlar shu kitobda qoldi.Imkonim bo‘lganda o‘sha kitobdan sotib oldim, lekin ustozimni, u kishi bilan birga dars o‘qilgan davrani topolmadim.Xulosatul kalom, issiq ovqatga pul qolmasa ham, yangi tufli kiymasak ham, maxsus fanlardan kitoblar o‘zimizniki bo‘lsin ekan.Uzoq vaqt ishlatilagan, qalam bilan zaruriy eslatmalar yoziladigan, xullas, ustozingiz bilan o'qiydigan kitoblarni kutubxonadan yoki biror o‘rtog‘ingizdan
    Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...
    5,480126271Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    13 сент., 13:00

    Girlz, hozir kutubxonani tozalayotib, litsey paytimdagi kitobimni topib oldim.Birinchi betiga inglizchalab: "Agar o‘qishga kirib ketsam, dunyodagi eng baxtli qiz bo‘laman" deb yozib qo‘ygan ekanman. (100% ishonch bilan, LOL)Keyin esimga tushdi, maktab bolalariga boshlang‘ich ingliz tikidan dars berib topgan pulimga olganman. O‘n olti yoshimda, birinchi oyligimdan. Kitob shahrida "Ali Qushchi" degan kitob do‘koni bor. O‘sha joydan, olti ming so‘mga. A bitta bolaga sakkiz ming so‘mga 12 ta dars o‘tardim.Olti ming so‘mlik kitob. Uning birinchi betiga yozilgan orzu-umid.Shu joyda ikkita narsani o‘yladim:Inson o‘tgan umrga yaxshilab nazar solsa, qachonlardir orzu qilgan hayotida yashayotgani ko‘radi.Hozir oddiy tuyilgan, vaqti kelganda biz qoniqmay qarayotgan iqtisodiy, intellektual, maʼnaviy neʼmatlar bir paytlar yashash maqsadi, uni harakatga keltirgan kuch (dopamine)
    Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...
  • Qizingiz yozdi...

    13 сент., 08:43изменён

    +tavsiyaKitob qo‘yishga javon yasatayotgan bo‘lsangiz, ochib-yopiladigan shishali eshik qildirish kerak ekan.Ochiq javonlar foydalanish uchun qulay, ammo Toshkent havosi juda changli. Ochiq javondagi kitoblar (xonalar plastik romli bo‘lsa ham) ustiga ko‘p chang yig‘iladi, muqovani artib olarsiz, lekin kitobning varaqlarini eplab bo‘lmas ekan.Oldingi javonim derazali edi. Kitoblar zo‘r saqlangan.Hozirgi ochiq javonda unaqamas. Balki uyimiz atrofida juda ko‘p qurilish borligi va kutubxonaning yarmi derazadan iborat bo‘lganigadir.
    4,550119541Открыть в Telegram
  • Qizingiz yozdi...

    13 сент., 07:28

    Yaxshi o‘qimay bitirgan talaba o‘qituvchi bo‘ldi. Ustoz bo‘lib qoldi, lekin o‘z ustida ishlamadi.Endi nima bo‘ladi?Maʼlum mavzu haqida qandaydir xulosaga kelib oladi.Uni takrorlash natijasida o‘zi ham ishona boshlaydi. Keyingi bosqichda mazkur dogmalarini (kristallashgan tushuncha) ilm deb tiqishtirishga urinadi.Ayrim mavzular haqidagina o‘qib olgan narsalari bo‘lsa, shuni hamma joyda takrorlab yuradi.O‘qimasdan dars o‘tavergach, shaxsiy tushuncha va qarashlarini ilm sifatida taqdim qilishga o‘rganib ketadi.Oldin kibrsiz bilmasvoy bo‘lgan bo‘lsa, endi kibrli bilmasvoyga aylanadi.(O‘rganishga bandlik, kibr va ustozlik illuziyasi to‘siqdek ko‘rinadi.)O‘qigan odam ilm, u esa o‘qimagani sabab virus tarqatadi.Salafi solihlar bejizga:
  • Qizingiz yozdi...

    12 сент., 19:29

    #kun_xulosasi Talabalik chog‘i qanchalar aʼlochi o‘quvchi bo'lmagin, o‘qishni bitirgach rivojlanishdan to‘xtasang, ishlamasang, haminqadar o‘qiganlar esa o‘z ustida ustida ishlasa va o‘qigan sohasida faoliyat yuritsa, yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra bo‘lib qolar ekan.Consistency matters.@qizingizyozdi
  • Qizingiz yozdi...

    11 сент., 11:01изменён

    Kitobni tayyorlashda ishtirok etgan barchaga, xususan, faqiha Surayyo ustoz Ibragimovaga alohida tashakkur!Ular nafaqat Qur'oni karimni, balki "Muxtasar"ni ham yod olgan sanoqli yetuk olimalarimizdan. Alloh taolo ilmlari, umrlari va amallarini ziyoda qilsin, hifzida saqlasin!
  • Qizingiz yozdi...

    11 сент., 10:55

    #sotuvda ✅🎉 «MUXTASAR AL-VIQOYA» MUKAMMAL SHAKLDA SOTUVDA!🎉📖✅Uzoq kutilgan ilmiy tuhfa — «Muxtasar al-Viqoya» kitobi rasman sotuvga chiqdi!✅Toshkent islom instituti ustozlari tomonidan chuqur tahqiq qilingan, manbalar va mukammal hoshiyalar bilan boyitilgan ushbu nashr endi barcha tolibi ilmlar va fiqh muxlislari uchun tayyor.📖 Kitob haqida: • Xususiyati: Yangi tahqiq, izoh va hoshiyalar bilan • Hajmi: 350 sahifa • Sifati: Yuqori darajadagi bosma va qulay format💰 Narxi: 95.000 soʻm🚚 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!📌 Shoshiling, buyurtmalar qabul qilinmoqda!📥 Buyurtma berish uchun:
    Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...Иллюстрация к посту канала Qizingiz yozdi...