gram news
Аватар канала QON'IRAT HAQIYQATI

QON'IRAT HAQIYQATI

@qonirathaqiyqati

QON'IRAT HAQIYQATI Қоңырат районының жәмийетлик-сиясий газетасы

ПроектыKKПолитика

1,350подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • QON'IRAT HAQIYQATI

    22 сент., 15:56

    #YangilikYodlangan osh tuzi va iste’mol sodasi ishlab chiqarish loyihasi qurilishiga start berildiBugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi doirasida yodlangan osh tuzi va iste’mol sodasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga start berildi.Loyihaning umumiy qiymati 6,9 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur loyiha doirasida yillik quvvati 20 ming tonna yuqori sifatli yodlangan osh tuzi hamda 10 ming tonna iste’mol sodasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.Loyiha Xitoyning «Beijing Triumph International Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini 2027-yilning II choragida yakunlash rejalashtirilgan.Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi hamda hududda mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.🟢🟢🟢🟢🟢Yodlanǵan as duzı hám
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    22 сент., 14:26

    Qo'ng'irot tumani hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan Qo'ng'irot tumani Xalq qabulxonasi binosida Jismoniy va Yuridik shaxslarni qabul qilish bo’yicha jadvali ma’lumoti bilan tanishishingiz mumkin ——— Qońırat rayonı hákimi hám onıń orınbasarları tárepinen Qońırat rayonı Xalıq qabıllawxanası imaratında Fizikalıq hám Yuridikalıq shaxslardı qabıllaw boyınsha kestesi maǵlıwmatı menen tanısıwıńız múmkinQo‘ng‘irot tumani hokimligi axborot xizmati📱Telegram|📱Website|📱Instagram|📱УouTube|📱Facebook
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    21 сент., 14:33

    #Xosh_xabar⚡️NMPI akademiyalıq liceyi oqıtıwshısı Gúlchehra Bekniyazova xalıqaralıq tańlawda jeńimpaz boldı▪️Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı akademiyalıq liceyiniń fizika páni oqıtıwshısı Gúlchehra Bekniyazova Franciyanıń Parij qalasında ótkerilgen abıroylı «The Best Education Project International» xalıqaralıq tańlawında jeńimpaz boldı.✍️Ol usı xalıqaralıq tańlawda zamanagóy pedagogikalıq qatnas – fizikanı oqıtıwda real hám virtual laboratoriyalardı birlestiriwge baǵdarlanǵan innovaciyalıq ilimiy maqalası menen qatnasıp, xalıqaralıq ekspertler tárepinen joqarı bahalandı.🏅Xalıqaralıq tańlaw juwmaǵında Gúlchehra Bekniyazova I dárejeli diplom, Xalıqaralıq ilim, mádeniyat hám kórkem óner akademiyası (IASCA) tárepinen altın medal, sonday-aq, estelik belgisi menen sıylıqlandı. Мaǵlıwmat ushın, Gúlchehra Bekniyazova Qońıratlı jas ilimpaz Dawletbay
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    20 сент., 16:57

    #Axborot24 | 19.09.2026Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifiga jamoatchilik munosabatimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    20 сент., 16:57

    #Maxsus_reportaj | 20.09.2026Shamoldan energiya: Qo'ng'irotda yangi energetika loyihasimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    20 сент., 08:11

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 13:48

    Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 13:48

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева в городе Нукусе состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Каракалпакстана.На этом Президент нашей страны завершил поездку в Каракалпакстан и вернулся в Ташкент.#Mirziyoyev #yigilish #Qoraqalpogiston #vazifalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Facebook|Instagram|X
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Qoraqalpog‘istonda 4 million 300 ming gektar yaylov yeri bor. Shundan 2,5 million gektaridan aholi daromadini oshirish va chorvani ko‘paytirish uchun yetarlicha foydalanilmayapti.“Beruniy Agrostar” Qo‘ng‘irot, Beruniy va Chimboyda aylanmadan chiqqan 2 ming gektar yerni tiklab, ozuqa yetishtirishga moslashtirmoqda. Kelasi yili yana 5 ming gektar o‘zlashtiriladi. Bu 14 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasi bo‘ladi.Bo‘zatovda ham 7,5 ming gektar yerni ozuqaga moslashtirishga 100 milliard so‘m ajratiladi. Ozuqa yetishtirishga har gektar uchun 500 ming so‘m subsidiya berish bo‘yicha o‘n kunda qaror kiritish topshirildi.Misr tajribasini o‘rganish uchun 200 dan ziyod fermer, jumladan, qoraqalpog‘istonlik 26 nafar fermer ushbu davlatga yuborilgan. Dastlabki bosqichda Qoraqalpog‘istonning 20 ming gektar maydonida Misr tajribasi yo‘lga qo‘yiladi.Cho‘l hududlarida ozuqa yetishtirishni
  • QON'IRAT HAQIYQATI

    19 сент., 10:01

    Qoraqalpog‘istondagi 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanmoqda. Yo‘qotishlar esa 38 foizni – 2 milliard 100 million kub metrni tashkil etmoqda.To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning 44 millioni yo‘qotiladi. Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkazish va 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish mumkin.Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrini betonlash hisobiga foydalaniladigan yer 3 ming gektarga ko‘payadi, 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi. 3 ta suv inshooti va 22 ta artezian quduq barpo etilishi yana 5 ming gektar ozuqa maydonini yaratish imkonini beradi.Ushbu ishlarga jami 135 milliard so‘m ajratish, ikki kanalni 1-martgacha betonlash topshirildi. To‘rtko‘l va Bo‘zatovda kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qilish