Последние посты

Qoʻqon DU talabalari
22 сент., 14:58
переслано из @eduuz
❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!Guvohnomani olish uchun: - MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling. - Ilovadagi profilingizga kiring. - “Profil” bo‘limiga o‘ting. - Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping. - Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.📲 Batafsil — videoda!Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Qoʻqon DU talabalari
22 сент., 13:08изменён
#Eʼlon #TanlovQo‘qon davlat universitetida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy, ma’rifiy, adabiy va madaniy merosini keng targ‘ib etish, tarixiy xotirani asrash hamda talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar” tanlovi o‘tkaziladi.Ishtirokchilar: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar.Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: 1. Guruhlararo - 15–20-sentabr 2. Fakultetlararo - 20–25-sentabr 3. Universitet bosqichi - 25–30-sentabrTanlovga ilmiy maqola va yozma mulohaza (esse)lar qabul qilinadi. Ilmiy maqola — 5–10 bet. Yozma mulohaza (esse) — 2–4 bet. Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Plagiat darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim.Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari
Qoʻqon DU talabalari
22 сент., 12:39
переслано из @kontentmarkazi
🦋 Kontent markazi 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz bilan yuksalar avlod!” shiori ostida kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.✨ Ustoz — insonning o‘z yo‘lini topishiga yordam beradigan, bir so‘zi bilan kelajakka ta’sir qila oladigan inson. Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy munosabat, unutilmas saboqlar yoki mehribon ustoz qiyofasini o‘ziga xos g‘oya va kreativ yondashuv orqali videorolikda aks ettiring.📲 Tayyor videorolikni Instagram sahifangizga #ustoz2026 xeshtegi bilan joylang. 🎁 Eng yaxshi videoroliklar mualliflari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin — iPhone 17 🥈 2-o‘rin — DJI Osmo Pocket 3 🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini📌 Ishtirok etish shartlari: • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. • Qabul muddati: 1- oktabr, soat 23:59 gacha.📋 Talablar: • 🎨 Ijod
Qoʻqon DU talabalari
22 сент., 09:51
переслано из @eduuz
#7_Milliy_Dastur #35_yil_35_natija #Yetti_Yuksalish_ImkoniyatiBilimli qiz — ma’rifatli jamiyat poydevori“Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani — Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi”, — Shavkat Mirziyoyev.Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigida ilgari surilgan yettita milliy dastur yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Qoʻqon DU talabalari
22 сент., 06:11
переслано из @yoshlareduuz
😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 15:38
переслано из @kokand_su
#EngYuqoriBall #Matematika #Talaba #MuvaffaqiyatSariEng yuqori natija — katta maqsadlar sari ilk qadam!Oyjamol Abdumutalova bu yil Qo‘qon davlat universitetining Matematika yo‘nalishiga eng yuqori ball bilan qabul qilingan.Oyjamolning muvaffaqiyat siri nimada? U nega Qo‘qon davlat universitetini tanladi?Batafsil videoda.Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 15:13
TALABA-QIZLAR DIQQATIGA!“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” innovatsion tanloviga start beriladi!Tanlov yo‘nalishlari:1. Axborot texnologiyalari (IT): - dasturiy ta’minot; - veb-ishlanmalar; - mobil ilovalar; - sun’iy intellekt; - kiberxavfsizlik; - raqamli ta’lim.2. Mexatronika va robototexnika:- mexatronika va robototexnika; - aqlli qurilmalar va IoT yechimlari.📌 Tanlovning Qo‘qon davlat universiteti bosqichi:
Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 11:45
переслано из @kokand_su
☄️«Besh tashabbus olimpiadasi» — 2026-yilgi mavsumga start berildi!Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi.Musobaqalarda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar bugun, 21-sentabrdan boshlab, 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.Barcha talaba-yoshlarni sport musobaqalarida faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etishga chorlaymiz!Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 08:47
переслано из @qoqondutalabayoshlari
#Mustaqillik_35_yil #TanlovDIQQAT TANLOV!Qo‘qon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida ijodiy va ilmiy tanlovlar e’lon qilinadi.🎨 RASMLAR TANLOVI: ▫️“O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida.📝 ILMIY MAQOLALAR TANLOVI: ▫️“Ona Vatanimning buyuk farzandlari” ▫️“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” ▫️“Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida.👥 Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi talabalari.⏰ Qabul muddati: 21-sentabr 2026-yilgacha 📩 Batafsil ma’lumot va ishtirok uchun: 🖼 Rasmlar tanlovi – Telegram: @NILU_ARTQDPI 📝 Ilmiy maqolalar tanlovi — Telegram: @al_irfani
Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 05:45
переслано из @kokand_su

Qoʻqon DU talabalari
21 сент., 04:55
переслано из @eduuz
“Kelajak soati” darsida navbatdagi mavzu: Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyatDars ssenariysi Dars taqdimoti1-kontent: “Yaponlarga bir ogʻiz gap kifoya” – professor mulohazalari 2-kontent: Vaqt va talabalar 3-kontent: “Afandining gapi toʻgʻri...”mi? 4-kontent: Bir asrlik binoning yangi umri – Zamonaviy san’at markazidamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qoʻqon DU talabalari
20 сент., 04:57
переслано из @kokand_su
#International_Day_of_University_Sport20-sentyabr — Xalqaro universitet sporti kuni!Qoʻqon davlat universiteti hayotida sport nafaqat sog‘lom turmush tarzi, balki do‘stlik, jamoaviylik va yangi marralar sari intilish vositasidir.📖Bugun harakat qilgan talaba — ertaga yangi marralarni zabt etadi!Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qoʻqon DU talabalari
19 сент., 13:39
переслано из @fviib_uz
⚠️ Kiberfiribgarlikdan ogoh bo‘ling!⏺️Internetda aldovlar ko‘paymoqda. ⏺️Begona havolalarga kirmang, ma’lumotlaringizni bermang. ⏺️O‘zini bank xodimi deb tanishtirganlarga ishonmang.🔒 Parolingiz — faqat sizga tegishli.Ogoh bo‘ling, aldanmang!Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatiKanalga ulanish 👉 fviib.uz🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
Qoʻqon DU talabalari
19 сент., 12:18
переслано из @vazirotfiv
Bilimli yoshlardan masʼuliyat ham talab etiladi!Bugun xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy ravishda qoʻlga kiritish bilan bogʻliq holat haqida xabar tarqaldi.Eʼtiborimmizni tortgan jihat — bu ishda ishtirok etganlarning aksariyati talabalar ekani. Ular xalqaro test savollarini yecha oladigan, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yoshlar. Ammo, afsuski, oʻz bilim va qobiliyatini halol mehnat, ilm-fan va oʻz kelajagini qurishga emas, noqonuniy sxema tashkil etish, boshqalar oʻrniga test yechish va bu orqali pul ishlashga yoʻnaltirgan.Bu — juda achinarli holat.Bilimli boʻlish insonga qonunni chetlab oʻtish huquqini bermaydi. Aksincha, bilim ortgan sari insonning masʼuliyati ham ortishi kerak.Taʼlimning maqsadi insonga bilim va salohiyat berish, uni mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli va oʻz mehnati bilan natijaga erisha oladigan shaxs sifatida shakllantirishdir. Shuning uchun
Qoʻqon DU talabalari
19 сент., 10:26
переслано из @yoshlareduuz
#ijodkor_talaba☑️Dilhayot Sotiboldiyev, Qoʻqon davlat universiteti talabasiSiz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Qoʻqon DU talabalari
18 сент., 16:04
#UmidliYurtYoshlari #EzguAmalEzgu amal yo‘lida birlashgan talabalarQo‘qon davlat universiteti talabalarining “Umidli yurt yoshlari” volontyorlik jamoasi tomonidan yordamga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya hashari tashkil etildi.Hashar davomida yoshlar xonadonni obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etib, mehr va e’tibor inson hayotidagi eng katta ko‘maklardan biri ekanini amalda namoyon etdilar.Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qoʻqon DU talabalari
18 сент., 15:28
переслано из @kokand_su
“Iqtidorli talaba” statusini olish uchun ro‘yxatdan o‘ting!Qo‘qon davlat universiteti talabalari uchun yangi imkoniyat!“Iqtidorli talaba” statusini olish uchun ro‘yxatdan o‘ting:— yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari; — ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatdagi ishtirok; — IT, xorijiy tillar, ijod va sport sohalaridagi iqtidor; — tanlov, olimpiada va konferensiyalardagi faollik; — loyiha, startap va boshqa yo‘nalishlardagi natijalar.“Iqtidorli talaba” statusi sizga:— Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko‘rish; — ilmiy loyihalar va konferensiyalarda ishtirok etish; — startap va innovatsion loyihalarda qatnashish; — seminar-trening va mahorat darslarida ishtirok etish; — xorijiy tillar va IT yo‘nalishlarida rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Qoʻqon DU talabalari
18 сент., 13:14
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildiQo‘qon davlat universitetining Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida talabalar ta’lim-tarbiyasi hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi.Unda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet rahbariyati, profilaktika inspektori hamda ota-onalar ishtirok etdi. Forum davomida talabalarning ta’lim olishi va tarbiyasi, oliy ta’limda yaratilayotgan imkoniyatlar, ota-ona va universitet hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish hamda kelajakdagi kamoloti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.Tadbir yakunida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etilib, ota-onalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qoʻqon DU talabalari
18 сент., 12:06
Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildiQo‘qon davlat universiteti Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetida 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar uchun ta’lim olishga qulay muhit yaratish, ularning universitet hayotiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet rahbariyati, profilaktika inspektori hamda ota-onalar ishtirok etdi. Muloqot davomida talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, odob-axloqi, universitetning ichki tartib-qoidalariga amal qilishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube1,010Открыть в Telegram
Qoʻqon DU talabalari
18 сент., 11:34
“Rossiya ta’limi. Toshkent – 2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasiO‘zbekiston Respublikasidagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazma-yarmarka bitiruvchi talabalar va magistrantlar uchun Rossiyada ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.📅 Sana: 2026-yil 25–26-sentabr Manzil: Toshkent shahri, MGIMO filialiBitiruvchi talabalar va magistrantlar diqqatiga! Agar kelgusida Rossiyada magistratura yoki qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu ko‘rgazma-yarmarkada ishtirok etib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 (78) 113-75-90Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
