Последние посты

Birburchak
22 сент., 17:22
Men bilan koʻrishib choy ichish variantini tanlarmidingiz yoki 3 ta kitobnimi? Javobingizni yozing va nega unaqaligini izohlang. Fikri yoqqan bir kishiga javobiga qarab “sovgʻa”sini beramiz.
Birburchak
22 сент., 13:45
Bu oyni Drayzerga bagʻishladim desa ham boʻladi.Oy boshrogʻida shu muallifning katta asarlaridan biri “Sarmoyador”ni oʻqib chiqqandim. Oy yakuniga yaqinlashib esa yana ulkan asari “Amerika fojiasi”ni boshladim. Hozircha birinchi kitobdaman.Bu muallifni SSSR davrida bekorga “sevib” tarjima qilishmagan-da. Chunki u asarlarida kapitalizmning insonlar hayotidagi achchiq va iztirobli izlarini juda kuchli ochib bergan.Sizga muallifning qaysi asarlari juda yoqadi? Va aynan nimasi uchun?➡️@qora_yigit


Birburchak
22 сент., 04:22
Eshitdik-da! 🚨1000 Kitob endi badiiy kitoblarni ham tarjima qilib, boshqa ilmiy kitoblar kabi kutubxonalarga tarqatadi. Mutolaaga ham chiqaradi.Faqat bu yerda nozik bir nuqta bor. Loyiha hamma nashriyotlar tarjima qilayotgani kabi romanlarni emas nihoyatda ogʻir, yuqori saviyali, unchalik xaridorgir boʻlmagan, ammo oʻzbek kitobxoni oʻqishi shart boʻlgan asarlarni saralaydi. Ya’ni odatda nashriyotlar qoʻl urmaydigan kitoblarnigina tanlaydi.Menimcha, bu juda yaxshi yangilik. Siz nima deb oʻylaysiz ishni qaysi asarlardan boshlashgani yaxshi, sizningcha?➡️@qora_yigit


Birburchak
21 сент., 14:10
переслано из @ufq_nashriyoti
Yangilik!“UFQ” nashriyoti zamonaviy yapon yozuvchisi Yu Mirining “Tokyo Ueno Station” romanini oʻzbek tilida nashr etish huquqini qoʻlga kiritdi.Roman Yaponiyaning yaltiroq iqtisodiy moʻjizasi va modernizatsiyasi ortida qolib ketgan, unutilgan qashshoq qatlam, uysizlik muammosi hamda 2011-yildagi Fukusima fojiasining xalq hayotidagi oqibatlarini bor shafqatsizligi bilan ochib beradi.©️ Kitob 2020-yilda AQShda Tarjima adabiyoti yoʻnalishida nufuzli National Book Award mukofotini qoʻlga kiritgan. Va shu yili New York Times tomonidan yilning eng eʼtiborga molik, oʻqilishi tavsiya etilgan muhim asarlari roʻyxatiga kiritilgan.⚡️ UFQ nashriyoti


Birburchak
21 сент., 01:41

Birburchak
20 сент., 14:05
Dagʻal umrlarni yashadik, gulim, Bir necha visol-u, hijronli minglar. Koʻngilning tilidan tarjimam oʻzing, Qolgani soʻzlarga sigʻmagan munglar.Hech qanday bezaksiz goʻzalsan, goʻzal, Qaynoq tuygʻularga kerakmas pardoz. Yana qogʻozlarning ustida yurak! ...andak sogʻinchingdan qilingan parvoz....yana she'rlarimni oʻqib yig'laysan, Yuragingni osib metin bardoshga. Yigʻlayver, yigʻlayver, toʻxtama gulim, Bu xudbin dunyoni choʻktir koʻz yoshga...©️Muhiddin Nido➡️@qora_yigit


Birburchak
20 сент., 04:20

Birburchak
19 сент., 16:05изменён
#finishedAntuan de Sent-Ekzyuperi – “Insonlar sayyorasi”“Kichkina shahzoda” aslida 1943-yilda yozilmagan. Uning soyasi, gʻoyasi bundan ancha oldin Sahroi Kabir qumlarida, halokatga uchragan samolyot yonida, suvsizlikdan o‘lim kutayotgan uchuvchining, Ekzyuperining, xayollarida paydo bo‘lgan edi.Antuan de Sent-Ekzyuperining “Insonlar sayyorasi” asarini o‘qiganda shu fikr xayoldan hech ketmadi. Chunki “Kichkina shahzoda”dagi sahro, uchuvchi, tashnalik, yulduzlar, yolg‘izlik va insonni inson qiladigan rishtalarning deyarli barchasi avval “Insonlar sayyorasi”da boshqa, realroq va og‘irroq shaklda yozilgandi.Faqat bitta va katta farq bor bu ikki asar oʻrtasida. “Kichkina shahzoda”da Ekzyuperi haqiqatni ertakka aylantiradi, “Insonlar sayyorasi”da esa ertakka o‘xshab ketadigan voqealarning o‘zi top-toza haqiqat. Shu sababli ham bu asarni bitta janrga kiritish mushkul. Kitob biroz


Birburchak
19 сент., 12:09изменён
Boshshshshqacha sovgʻalar keldiHozircha sir boʻlib qolsin qayerdan kelgani😂😂Ichida nimalar borligi bilan sizlarni keyinroq tanishtiraman 😉➡️@qora_yigit


Birburchak
18 сент., 15:14
Bu kitobning ichida urush ham bor, sevgi ham, ayriliq ham. Lekin “Alvido, qurol!”ning ortidagi haqiqiy voqealar romanning o‘zidan ham dramatikroq...Ernest Hemenguey 1918-yilda, hali 19 yoshida, Italiyada Amerika Qizil Xochi tarkibida xizmat qiladi va frontda mina portlashidan og‘ir yaralanadi. Davolanish uchun Milandagi kasalxonaga yotqizilganida esa o‘zidan yetti yosh katta hamshirani sevib qoladi.Hemenguey bu munosabatni jiddiy qabul qiladi. Ammo Amerikaga qaytgach qizni yoniga olib kelish choralarini izlayotganda qizdan alvido xati oladi. Oradan qariyb o‘n yil o‘tib, ana shu yaralanish, kasalxona, urush va yo‘qotilgan muhabbat voqeasi “Alvido, qurol!”ga aylanadi.Bu kitob muallif uchun shunchaki oddiy asar emasligini romanning oxirgi betini 39 marta qayta yozganini aytganidan ham bilsa bo‘ladi. Buncha urinishning sababi sifatida kerakli so‘zni topishga, qalbi istaganidek yakunni


Birburchak
18 сент., 06:18
Yangilik 🚨Turklarning eng katta yozuvchilaridan biri Oʻgʻuz Atayning kitoblari nihoyat oʻzbekchada nashr etiladigan kunlarni ham koʻrishni nasib etadi shekilli.Bu yozuvchining ayniqsa “Tutunamayanlar” asari juda kuchli, juda mashhur. Kitoblarni nashr etayotgan Factor books nashriyoti esa bu kitobni “Sarkashlar” nomi ostida tarjima etibdi.Bundan tashqari muallifning “Otamga xat” nomi asarini ham tarjima qilibdi. Kitoblar tez orada sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kutamiz, oʻqiymiz…❓Oramizda bu muallifni taniydiganlar, asarlarini oʻqib koʻrganlar bormi? Yoki birinchi marta eshitib turibsizmi?➡️@qora_yigit


Birburchak
17 сент., 14:35
Avgust oyida koʻp yaxshi kitoblar chiqibdiki biroz kech boʻlsa-da ular bilan birma-bir tanishib chiqmasangiz boʻlmaydi.Buni qanday qilaman deysizmi? Kamina oy davomida yangi nashr qilingan kitoblarni bitta stol boshida jamlab hammasini koʻrsatdim. Shunchaki yonboshlab olib videoni koʻrsangiz boʻldi: ➡️ https://youtu.be/YUj71WIZtoo📌Aytgancha, video izohida nimalarnidir yozib ketishni unutmang. Biror taklifmi, kamchilik yoki yutuqmi degandek. Istasangiz meni, istamasangiz oʻzingizni maqtab ketsangiz ham boʻladi.➡️@qora_yigit


Birburchak
17 сент., 04:44
Bu kitobga juda qiziqqanimga uning nomi sabab bo‘ldi. "Qizil dushanba". Qiziq nom a?Nega shunday go‘zal kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan deb yaxshilab o‘rganib chiqsam, bu o‘zimizning "Oshkora qotillik qissasi" yoki "Oshkora qotillik solnomasi" ekan.Markez ushbu asarida bir insonning o‘limi orqali beparvolik, mas’uliyatni boshqalarga yuklash va jamiyatning jimligi ba’zan jinoyatning o‘zidan qolishmaydigan halokatli bo‘lishini ko‘rsatib beradi.Batafsilroq bu kitob haqida yozgan taqriz maqoladan o‘qib ko‘rishingiz mumkin: 🖥 https://t.me/qora_yigit/1848Xo‘sh, sizningcha asarning turkcha tarjimadagi nomi "Kırmızı Pazartesi" (Qizil dushanba) qanchalik muvaffaqiyatli tanlangan?➡️@qora_yigit


Birburchak
16 сент., 04:25
Oynur bog‘chasidan raqsga tushishni o‘rganib kelibdi. Jismoniy tarbiyani shunaqa qiziqarli qilib o‘rgatishgan shekilli-da. Uyda ham ana shu o‘rganganlarini biz muxlislariga namoyish qilib turganida birdan to‘xtab qoldi.Shunda ayasi yana o‘ynab ber desa, Oynur endi qolganini to‘yda o‘ynayman deydi. Ayasi ham gapni shu joyida to‘xtatmasdan kimning to‘yida degandi, Dadamning to‘yida desa bo‘ladimi. Nima ham derdim, bola beg‘ubor, uning qalbi toza bo‘ladi va dadasiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi.😂😂😂Men esa suhbatni chetdan turib tinglab bir haqiqatini o‘zim uchun kashf etdim. Odam ko‘p gapirishdan o‘zini qancha ko‘p tiysa shuncha foydali bo‘larkan😂😂😂➡️@qor
Birburchak
15 сент., 16:02изменён
#finishedTeodor Drayzer – “Sarmoyador”Pulning qiyofasi bo'lmasa-da insonning asl yuzini juda tez ko‘rsatib beruvchi vositalardan biri ekani Drayzerning “Sarmoyador” romanida yaqqol ko'ringan. Yozuvchining har bir voqea va his-tuyg'ularni kichik detaligacha shahrlashiga qarab esa bu kitobni inson instinktlarining anatomiyasiga o'xshatdim.Boshqalar ko‘chalar, binolar, banklar va obligatsiyalarni alohida-alohida hodisa va buyum sifatida ko‘rsa, asar qahramoni Kaupervud ularning orasidagi bog‘lanishlarni ilgʻab bir butunlikda ko‘radi. U tizimni, qayerda pul aylanishini, kimga bosim o‘tkazish mumkinligini va bozor qayerga qarab evrilayotganini hammadan yaxshi tushunadi.Uning eng katta sarmoyasi cho‘ntagidagi mablag‘ emasligi, odamlarni va moliyaviy maydonni shu qadar chuqur anglashi, vaziyatni tez baholashi va mag‘lubiyat oldida vahimaga tushmasligi hozirigi zamon oʻquvchisini-da


Birburchak
15 сент., 04:35изменён
Kelayotgan shanbada sizlarni nihoyatda qattim azoblaydiganga o'xshayman 😏Turkiyadan menga nima kelayotganini taxmin qilib ko'ring qani?Aytgancha, bu bir qismi. Qolgani sal keyinroq keladi 🙂➡️@qora_yigit


Birburchak
14 сент., 14:51
#videotaqrizFashistlar changalidan begunoh bolalarni o'limdan qutqarib qolgan, biroq keyinchalik sovet tuzumi tomonidan beshafqat surgun qilingan qrim-tatar qizining qismatini hikoya qiladi Iren Rozdobudkoning “Farida” romani.➡️@qora_yigit
Birburchak
14 сент., 04:15
"Kichkina shahzoda"ni yozgan inson aslida qanday yashaganini bilasizmi? Antuan de Sent-Ekzyuperi "Insonlar sayyorasi" romanida aynan ana shuni ichkaridan va juda yaqindan ko'rsatib beradi.U uchuvchi bo'lgan. Ammo u davrdagi uchuvchilik kasbi va hozirgi hashamdor uchuvchilik o'rtasida farqlar juda katta. Buni shu kitobni o'qiyotib yanada aniq-tiniq tasavvur qildim.Ekzyuperi o'zining shaxsiy kechinmalari orqali o'quvchini osmon kengliklaridan tortib, inson qalbining eng tubiga qadar yetaklaydi. Bir ko'klarga ko'tarsa, bir yer qariga botiradi...Siz Antuan de Sent-Ekzyuperining qaysi asarlarini o'qigansiz? Fikrlaringizni izohlarda kutaman! 👇➡️@qora_yigit


Birburchak
13 сент., 15:02
Youtubedagi 55-video ❤️🔥Kuzdan kitob bozori jonlanadi. Shu boisdan aksar nashriyotlar AVGUST oyidayoq yangi kitoblar bilan tayyorgarlikni boshlab yuboribdi. Marhamat, “Oy yangiliklari” dayjestimizni tomosha qiling!Videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/YUj71WIZtoo⚡️Ushbu videoni tayyorlashda hamkorlik qilgani uchun Book.uz kitob doʻkoniga hamda Pir, Info kapital books, Huzur, Booktopia, Asaxiy va Tarbiyachi nashriyotlariga tashakkur.➡️@qora_yigit
Birburchak
13 сент., 04:53
🗓 Bugun yakshanba! Nonfiction kitoblar mehmonimiz boʻldi.Shaxsni rivojlantirishda yordam beradigan turli yoʻnalishlardagi kitoblardan yuboribdi Info kapital books nashriyoti.Ichida eng koʻp “Diqqatni jamlash erkinligi” kitobi yoqdi. Bu zamondagi hammada fokusni bir narsaga davomli jamlashda muammo kuzatilsa kerak. Shu jumladan menda ham bu muammodan yoʻq emas.❓Xoʻsh, sizga qaysi kitob qiziq tuyildi? Va nima uchun?➡️@qora_yigit

