Последние посты

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10 сент., 11:16
📚 KITOBXONLIK — MA’RIFAT SARI YO‘L Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan Al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxona bo‘ylab qiziqarli ekskursiyada ishtirok etib, markazning faoliyati, boy kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 📖Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, ularning bilim, topqirlik va kitobxonlik borasidagi salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning kitobga mehrini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlaydigan, bilimga chanqoq avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.🌱 Kitobxon yosh — ma’rifatli kelajak bunyodkori!
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10 сент., 07:50
✅ SAT “PERFECT SCORE” — 1600 BALL!🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Firdavs Nag‘matullayev xalqaro SAT imtihonida maksimal 1600 ball — “Perfect Score” natijasini qayd etdi.✔️ 1600 ball — SAT imtihonida erishish mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich. Bu natija ortida Firdavsning qat’iy maqsadi va izchil mehnati, ustozlarining bilim va tajribasi, maktabdagi sifatli ta’lim muhiti hamda yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar turibdi.✔️ Firdavsning yutug‘i — bugun yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlar aniq natijalarda namoyon bo‘layotganining yorqin misolidir. Bunday natijalar o‘quvchilarimizning xalqaro maydonda eng yuqori marralarni egallash uchun bilim va salohiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.Bizni kuzating 💻w
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9 сент., 14:22
#Universitet🔉 Dunyoning TOP universitetlari reytingi🌐 Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9 сент., 13:18
переслано из @muqaddas_counseling

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9 сент., 10:57
#Qoʻshtepa_IM #Kitobxonlik📚 Maktab kutubxonasi bilan tanishuv Qoʻshtepa IM ga yangi qabul qilingan 5-"D" sinf oʻquvchilari kutubxonaga tashrif buyurishdi.✅ Oʻquvchilar kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi bilan tanishtirildi; ✅ Kutubxona qoidalari haqida maʼlumot berildi; ✅ Barcha oʻquvchilar kutubxonaga aʼzo qilindi. Kichik kitobxonlarimizga bilim olamida yangi va foydali kashfiyotlar tilaymiz! 📖✨🌐 Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9 сент., 04:54

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8 сент., 04:15
переслано из @muqaddas_counseling

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8 сент., 01:15изменён
#Qoʻshtepa_IM📚✨ Qo'shtepa ixtisoslashtirilgan maktabida “YOSH KITOBXON” tanlovi start oladi!⚡️Maktabimizda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi.📖 1-bosqich G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi asosida bo'lib o'tadi.🌟 Aziz o‘quvchilar! “Shum bola” qissasini mutolaa qiling, asardagi voqealar va qahramonlar bilan yaqindan tanishing hamda o‘z bilim va zukkoligingizni namoyon eting!✅ Tanlov 11-sentabr 5-8-sinflar doirasida test shaklida tashkillanadi.🏆 Eng bilimdon kitobxon bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!📍O‘tkazilish joyi: Maktab kutubxonasi Soat 15:00 da 👥 Tashkilotchilar: 1.B. Umarov 2.D. Murodova
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7 сент., 09:03
Bitiruvchilari eng yuqori natija koʻrsatgan oliygohlar eʼlon qilindi
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7 сент., 08:04
“Eng qiyini bolani operatsiya stoliga yotqizish” — kardiojarrohBolalar kardiojarrohi Bobur To‘rayev Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Tibbiyot novatorlari” medialoyihasidagi chiqishida kasbining mashaqqatli jihatlari haqida gapirib berdi.“Operatsiya stolida bitta yurak uchun kurashasiz-u, biroq eshik ortida bir necha yuraklar uchun javobgar bo‘lasiz.Bizning ishimizda aniqlik — hayot-mamot masalasi”, — deydi 34 yoshli kardiojarroh.Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yaponiya va Avstraliyaning nufuzli klinikalarida tajriba orttirishga ulgurgan Bobur To‘rayev hozirgacha O‘zbekistonda 1000 dan ziyod bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan.👉 @xushnudbek 👈
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7 сент., 06:12
#Qoʻshtepa_IM #Bizni_kuzatib_boring📚 "KELAJAK SOATI" DARSI 🇺🇿 ✨ Bugun maktabimizda "Kelajak soati" darsi doirasida: "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" mavzusida qiziqarli va mazmunli dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi 🎓 — 🔹 Bolalarimiz bilan quyidagi mavzularda samimiy suhbat qurildi: 🇺🇿 Vatanni sevish va uni asrash haqida 🤝 Xalqimizning hamjihatligi va birligi haqida 🌱 Yangi Oʻzbekistonda yoshlar uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida 🎯 Har bir bolaning kelajakni qurishdagi oʻrni haqida⚜️ Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7 сент., 05:31
#Qoʻshtepa_IM #Ertalabki_saflanish🔉 Qoʻshtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida haftalik ertalabki saflanish tantanali tarzda oʻtkazildi. Tadbir davomida maktab maʼmuriyati va pedagoglar oʻquvchilar bilan samimiy suhbat tashkil etishdi.⚡️ Suhbat chogʻida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:🔸 Tartib-intizom — sinf va maktab hududida, dars jarayonida hamda tanaffuslarda oʻzini tutish qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurati taʼkidlandi; 🔹 Hafta davomidagi ishlar rejasi — oʻquv, tarbiyaviy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari jadvali oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilindi; 🔸 Toza va bezatilgan tashqi koʻrinish — maktab formasi va shaxsiy tozalikka rioya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi; 🔹Davomat va oʻzlashtirish — darslarga qatnashish intizomi hamda fanlardan yaxshi baholar olish muhimligi qayd etildi.🌐 Bizni kuzatib boring Telegram| Facebook| Instagram|
