Последние посты

Qudrat Abdurahimov
17 сент., 10:40изменён
Baxtli tentak!Bir tentak bor ekan. Bir kuni turmush o‘rtog‘i bilan kino ko‘rib o‘tirgan ekan. Kinoda ayol kishi eriga gitara chalib, qo‘shiq aytib berayotgan emish.Shunda haligi tentak ayoliga qarab:— Sen menga gitara chalib bermaysan. She’r ham aytib bermaysan, — deb o‘pkalanibdi.Ayoli esa xotirjamlik bilan:— Bularning o‘rniga Qur’on o‘qib beraman-ku, — deb javob qaytaribdi.Tentakning ko‘ngli yorishib, rosa xursand bo‘libdi: "To‘g‘ri aytasan, Qur’on o‘qiganing afzal!"O‘sha tentakka rosa havasim keldi.Shunaqa baxtli tentaklar hozir ham bor ekanmi?.. :)@QudratAbdurahimov
Qudrat Abdurahimov
13 июл., 04:54
Institutsional boshqaruvInstitutsional boshqaruvda hatto biznes egasi (asoschisi) ham o‘zi o‘rnatgan tizim va qoidalarga bo‘ysunadi. U endi "men xo‘jayinman, nima xohlasam shuni qilaman" deb individual qarorlar chiqarolmaydi.Bu nima uchun kerak va amalda qanday ishlaydi? 1. Biznes egasi va Biznesning o‘zi ajratiladi Egasining shaxsiy hamyoni bilan kompaniya g‘aznasi, egasining shaxsiy xohishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari bir-biridan huquqiy va amaliy jihatdan ajratiladi. Biznes alohida yashaydigan, o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan "organizm"ga aylanadi.2. Qarorlar his-tuyg‘u bilan emas, protokol bilan qabul qilinadi. Biznes egasi kompaniyani o‘zi xohlagandek emas, balki tasdiqlangan qoidalar (reglamentlar, standartlar, KPI va uzoq muddatli strategiya) asosida boshqaradi. Masalan, ehtiyoj bo‘lmasa, xo‘jayin o‘zining tanishini shunchaki xohlagani uchun yuqori lavozimga
Qudrat Abdurahimov
10 июл., 06:47
"Biz faqat mashinalar ishlab chiqarmaymiz, biz avvalo odamlarni yetishtiramiz."Bu so‘zlar dunyo avtosanoati giganti – Toyota kompaniyasining boshqaruv falsafasini belgilab beruvchi eng bosh mezon hisoblanadi. Ko‘pchilik bizneslar bor e'tiborini faqat mahsulot sifatiga yoki texnologiyaga qaratadi. Toyota esa muvaffaqiyat kalitini butunlay boshqa joydan topgan. Ular buni ikkita egizak tushuncha bilan tushuntirishadi:🛠 1. Monozukuri (モノづくり) – bu "narsa/mahsulot yaratish san'ati" degani. Bu shunchaki konveyerda mahsulot yig‘ish emas, balki eng oliy sifatga, mukammallikka va isrofgarchiliksiz ishlab chiqarishga intilishdir.👤 2. Hitozukuri (ヒトづくり) – bu "odamlarni (iste'dodlarni) yetishtirish va rivojlantirish san'ati" degani.Toyota falsafasiga ko‘ra: Hitozukuri bo‘lmasa, Monozukuri ham bo‘lmaydi! Ya'ni, siz top-menejer yoki muhandislaringizni qanchalik aqlli qilmang, agar konveyerda
Qudrat Abdurahimov
7 июл., 03:38
переслано из @dralgorithm
AI Darslar YouTube kanalimizda bitta jild qilib qo‘yildi:📱 https://youtube.com/playlist?list=PLT4dZW3IfXqw2w6fHspUnyVAOWe5RWtaXSavollar bo‘lsa, izohlarda qoldiring. Ko‘rib chiqib, javob yozamiz.TelegramUzTech UK🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧 Assalomu alaykum, do‘stlar! AI Dars turkumidagi sun’iy intellekt bo‘yicha darslarimizning 1-faslini tugatib oldik. AI Darslarimiz AI bilan ishlashni boshlamagan va endi boshlashni o‘ylab ko‘rayotganlar uchun edi. Sodda narsalardan…
Qudrat Abdurahimov
5 июл., 03:39
Bu sizning qaroringiz!Psixologiyada juda ajoyib bir qoida bor: "Hech kim sizning roziligingizsiz sizni xafa qila olmaydi." Ya’ni, tashqi ta’sirlardan ranjish yoki ranjimaslik — bu mutlaqo sizning tanlovingiz. Buni bugungi kunda hissiyot ilmi, ya’ni hissiy intellekt (EQ) ham to‘liq tasdiqlaydi.#Baxt ham xuddi shunday...Inson o‘zini baxtli deb his qilsa — baxtli, baxtsiz deb bilsa — baxtsizdir. Negaki, moddiy olamda (tashqi muhitda) birdaniga hech narsa o‘zgarib qolmaydi. "Men baxtsizman" degan tushuncha shunchaki insonning ongida yashaydi, xolos.Agar inson haqiqatda baxtli ekaniga ishonsa, bunga o‘z ichki olamidan yetarlicha dalillar topa olsa, o‘zidagi bor ne’matlarni qadrlab, ularning hisobsiz ekanini yurakdan his qila bilsa — u inson shubhasiz baxtlidir.Yaratganning O‘zi ham: "Agar shukr qilsangiz, ziyoda qilaman", deb va’da bergan. Inson chin dildan shukr qilishni boshlagan
Qudrat Abdurahimov
2 июл., 07:07
📈 Муаммоларни кабинетда эмас, «воқеа жойида» ҳал қиламиз #Gemba Management: Кайдзен фалсафасида Gemba (Гемба) — бу қиймат яратиладиган, яъни бевосита иш кетаётган жой (ишлаб чиқариш, қурилиш майдони, офис ёки хизмат кўрсатиш нуқтаси). Муваффақиятли раҳбар жараёнларни фақат ҳисоботлардан эмас, Гембага бориб ўрганади.📌 Гемба бошқарувининг 5 та олтин қоидаси: 1️⃣ Go to Gemba — Воқеа жойига боринг ва вазиятни ўз кўзингиз билан кўринг. 2️⃣ Фактларни йиғинг — Тахминларга таянманг, рақамлар ва аниқ маълумотлар билан ишланг. 3️⃣ Вақтинчалик чораларни кўринг — Муаммо катта зарар келтирмаслиги учун тезкорлик билан уни тўхтатиб туринг. 4️⃣ Find the Root Cause — Асл муаммони (илдизини) аниқланг. Бунинг учун «5 Нега?» (5 Why) усулидан фойдаланинг. 5️⃣ Стандарт ёзинг — Муаммо тизимли равишда қайта такрорланмаслиги учун янги қоида ёки йўриқнома ишлаб чиқинг.🔄 Gemba Walk (Гемба айланиши) 2 турга
Qudrat Abdurahimov
22 июн., 10:14
Oliy maqsad!Mening oliy maqsadim McKinsey elagidan oʻtdi (10/10 ball!) 🎯 Yaqinda oʻz oldimga qoʻygan oliy maqsadimni McKinsey & Company’ning mashhur "Centered Leadership" (Markazlashgan yetakchilik) modeli asosida tahlil qildim.Natija men kutgandan ham aʼlo — 10 dan 10 ball! Sunʼiy intellekt bu maqsad shunchaki orzu emas, balki shaxsiy iqtidor, biznes-mantiq va jamiyat ehtiyojini birlashtirgan mukammal strategik kompas ekanligini tasdiqladi.Siz ham oʻz maqsadingizni tekshirib koʻrmoqchimisiz? Quyida siz uchun maxsus prompt tayyorladim. Uni ChatGPT, Claude yoki Gemini’ga tashlab, maqsadingiz qanchalik kuchli ekanligini professional tahlil qildirib oling.@QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
Qudrat Abdurahimov
17 июн., 09:57
Zamonaviy tadbirkor!Qarang odamlar AI orqali nimalar qilyapti.Bu boladan zo'r tadbirkor chiqadi. Faqat sal AI ni imkoniyatlarini o'rganishi kerak.Tadbirkor do'stlarga jo'natib qo'yamiz :)@QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация экспертиP.S. Ko'rib maza qildim. Avaz Oxun xazillaridan kam emas :)
Qudrat Abdurahimov
13 июн., 10:51
Bodo Sheferdan shaxsiy moliya arxitekturasi: 3 ta oltin bosqichKo‘pchilik birdaniga milliarder bo‘lishni xohlaydi — bu sport zaliga birinchi kuni kelib 200 kg tosh ko‘tarishga urinishdek gap. Bodo Shefer boylikni bosqichma-bosqich, poydevordan qurishni maslahat beradi.🛡 1-bosqich: Moliyaviy Himoya (Финансовая защита) Maqsad: Kutilmagan inqirozlarda (kasallik, ishdan ayrilish) sizni asraydigan "xavfsizlik yostiqchasi". Formula: 1 oylik minimal xarajat 6 oy. Qoida: Bu pul faqat naqd yoki depozitda turadi. Vazifasi — daromad keltirish emas, sizga xotirjamlik berish.🔒 2-bosqich: Moliyaviy Xavfsizlik (Финансовая безопасность) Maqsad: Umuman ishlamasangiz ham, kapital foizi sizni umrbod boqadi. Formula: 1 oylik minimal xarajat 150 (yillik 8% daromadlilik standarti bo‘yicha). Misol: Oyiga $1 000 kerak bo‘lsa, daxlsiz kapitalingiz $150 000 bo‘lishi shart. Qoida: Pul keltirayotgan
Qudrat Abdurahimov
4 июн., 14:03
Tavsiya qilaman!Video 2 soat ekan. 1 soatdan oshganda to'xtatmoqchi edim, lekin oxirigacha ko'rdim.Maslahatim to'liq ko'ring, afsuslanmaysiz.Toni Robbins (Tony Robbins) — dunyodagi eng taniqli motivator, shaxsiy rivojlanish bo'yicha murabbiy (life coach), biznes-strateg va bestseller kitoblar muallifidir. U o'zining jo'shqin nutqlari, multimillion dollarlik biznes imperiyasi va inson psixologiyasini o'zgartirishga qaratilgan seminarlari bilan tanilgan.https://www.youtube.com/watch?v=I_w81rptxkcYouTubeTony Robbins: No One Is Ready For What's Coming (The truth about AI).Tony Robbins, a world-renowned author, coach and entrepreneur, reveals the SINGLE question that defines your future, how trauma shapes identity, and how to control your mind, emotions, and decisions…FAST! Tony Robbins is best known for transforming millions…
Qudrat Abdurahimov
28 мая, 18:06
переслано из @dralgorithm
Claude Opus 4.8+ Narxi o‘zgarmapti. + Fast mode 3x marta arzonlashgan. + Vazifaga qanchalik chuqur kirishi nazorati qo‘shilibdi (Effort control) + Xatosini tan olish 4x marta kamaygan.- Katta o‘zgarish yo‘q. Bor narsani sifati oshgan. - Token soni ko‘paydi: Effort control rejimida "extra" yoki "max" yoqilsa.Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8Ertaga MeetUp'imiz bor: https://t.me/UzTechUK/122 ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz.28.05.2026 London @DrAlgorithmAnthropicIntroducing Claude Opus 4.8Claude Opus 4.8 brings stronger performance across coding, agentic tasks, and professional work, and the consistency to handle long-running work.
Qudrat Abdurahimov
1 мая, 11:04
Менежментнинг отаси!Питер Друкер — замонавий менежментнинг «отаси» ва асосчиси. Қуйида унинг сара фикрлари берилган:1️⃣ Ҳаётимизнинг мақсади — одамларга ижобий таъсир қилиш, ўзимизни ақлли эканимизни исботлаш эмас. (Цель нашей жизни — оказывать положительное влияние на людей, а не что-то доказывать).2️⃣ Бошқарув (менежмент) — ишларни тўғри бажариш; Лидерлик эса — тўғри ишларни бажариш. (Management is doing things right; leadership is doing the right things).3️⃣ Кераксиз ишни самарали бажаришдан кўра ёмон иш йўқ "There is nothing so useless as doing efficiently that which should not be done at all." "Нет ничего более бесполезного, чем эффективно делать то, что вообще не следовало делать."@QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
Qudrat Abdurahimov
24 апр., 12:34
переслано из @uzgeekscommunity
Dasturchidan Raqamli boshqaruvga o‘tishFaqat sun’iy intellektning o‘zini o‘rganish xato yoki yana kodingga qaytish ham xato. Chunki koding narxi arzonlashyapti, lekin Sizning narxingiz oshishi kerak!Ertaga tajribali dasturchilar keyingi qadamda nima qilishi kerak? (Next Level: Senior to Digital Management) Qanday qilib har qanday vaziyatda talabgir kadr bo‘lish haqida gaplashamiz.✍️ Qudrat Abdurahimov “Mega Build” holdingining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi🗺Manzil: Muminov 4/1; ⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00.@UzGeeksCommunity
Qudrat Abdurahimov
23 апр., 13:00
Бошқарув назариясиБошқарув назариясида Шахсий ва Технологик ёндашув бор. 1. Шахсий ёндашув Бу раҳбарнинг инсоний фазилатлари, характери ва харизмаси. Яъни, хамма ҳам раҳбар бўлолмайди. Жамоани эргаштириш учун сизда 1. етакчилик (лидерлик), 2. қатъият ва 3. одамлар билан тил топишиш қобилияти бўлиши керак.Агар ишчи раҳбарни ҳурмат қилса ва раҳбар унга инсондек муносабатда бўлса, иш яхшироқ юради.2. Технологик ёндашув Бу ерда гап тизим, алгоритм, рақамлар ва инструментлар ҳақида кетяпти. Психологиянинг бу ерга УМУМАН алоқаси йўқ.Маъноси: Бошқарув — бу математика. Сизда аниқ регламентлар, ишлаб чиқариш технологияси ва ҳисоб-китоб тизими бўлиши керак. Кимнидир яхши кўриш ёки кўрмаслик муҳим эмас, муҳими — жараён (технология) тўғри ишлаши.Яъни, ҳамма нарсани рақамлар (KPI, тонна, соат) билан ўлчаш.Хулоса:
Qudrat Abdurahimov
23 апр., 10:34
переслано из @uzgeekscommunity
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.Barchangizni kutamiz.@UzGeeksCommunity
Qudrat Abdurahimov
18 апр., 05:09
переслано из @dralgorithm
Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdiBugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491 Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas.Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam.Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:Sening yoshingda mumkin emas!degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi.Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak.Xato nimada edi?
Qudrat Abdurahimov
16 апр., 10:05
НанокорпорацияЗамонавий иқтисодиётда "нанокорпорация" тушунчаси кичик, лекин ўта юқори самарадорликка эга бўлган ташкилотни ифодалайди.1️⃣ Ихчамлик ва куч: Бунда компания ходимлари сони жуда кам (баъзан 1-10 киши), лекин уларнинг бозордаги таъсири ва айланма маблағлари йирик корпорациялар билан тенглаша олади.2️⃣ Тўлиқ аутсорсинг: Нанокорпорация фақат "интеллектуал марказ" (стратегия ва бренд)ни ўзида сақлаб қолади. Қолган барча жараёнларни (ишлаб чиқариш, логистика, сотув) ташқи ҳамкорларга (аутсорсинг) топширади.3️⃣ Рақамли асос: Бундай компаниялар юқори даражада рақамлаштирилган бўлади. Биз ишлаб чиқаётган "Mega Control" каби тизимлар нанокорпорацияларнинг "юраги" ҳисобланади, чунки кам сонли одам катта жараёнларни фақат тўғри қурилган IT-тизим орқали бошқара олади.Хулоса: Нанокорпорация — бу келажакнинг бизнес модели бўлиб, унда каттa бинолар ёки минглаб ишчилар эмас,
Qudrat Abdurahimov
10 апр., 11:11изменён
Топ-менежерЮқори лавозимда техник билим (Hard Skills) ўз аҳамиятини йўқота бошлайди, мулоқот санъати эса биринчи планга чиқади.Муҳим жиҳат: Директор билан тил топишиш, бўлимлар ўртасидаги низоларни ҳал қилиш ва ходимларни умумий мақсадга ишонтириш.Топ-менежер — бу компаниянинг "дипломати" ва "архитектори".@QudratAbdurahimov - КаналиP.S. Сениор дастурчи, Team Lead, Лойиха менежерларига Soft Skills сув ва хаводек зарур
Qudrat Abdurahimov
9 апр., 12:01
Public & Corporate Procurement Forum UzbekistanKechagi ta'minot (procurement) bo'yicha o'tkazilgan forum networking va yangi g‘oyalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida soha mutaxassislaridan juda ko'p foydali insaytlar oldik. Ayniqsa, sohadagi asosiy 'pain point'lar va ularning raqamli yechimlari bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan fikr almashganimiz strategik rejalarimizni yanada oydinlashtirdi. Oldinda bizni katta tizimli o‘zgarishlar kutmoqda.To'liq ma'lumotni va taqdimoqlarni 👉 @tender1uz olishingiz mumkin.@QudratAbdurahimov - Raqamli boshqaruv maslahatchisiP.S. Tashkilotchilarga, ayniqsa "Sotuv bo'limi rahbari" Komron Ikramovich va konsultant Shahloga katta rahmat aytaman.
Qudrat Abdurahimov
5 апр., 06:34
переслано из @narzullayev_murad
Ман учун ҚАДРЛИ булган шогирд ва обуначиларимиз мавзуни тушунмаганини ёзибди Максимал даражада оддий тилда тушунтираман.Моҳияти жуда оддий. 🤔 Инсон: — ижарани қандай тўлайман — кредитни қандай ёпаман — ой охиригача қандай етказаман деб ўйлар экан, у омон (яшаб) қолиш режимида яшайди. Ва у қанча пул топмасин, шу муаммолар гирдобида айланаверади. --- Энди ўз ҳаётингизга бир қаранг. Бирор жиддий воқеа юз берганда: — шошилинч даволаниш керак бўлса — тўй қилиш керак бўлса — уй қуриш керак бўлса — бозордан арзонроққа машина сотиб олиш имкони пайдо бўлса Пул топасиз-ку, тўғрими? Яна оз эмас, катта суммаларни. Баъзан одатдаги харажатларингиздан 5–10 баравар кўп миқдорда.
