Последние посты

Mikrofon ko‘targan ayol
19 сент., 13:48
переслано из @uzedu
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
Mikrofon ko‘targan ayol
18 сент., 16:30
переслано из @minbarortida
🇺🇿 Davlatimiz rahbari 24/7 ko’chada aholi bilan suhbatlashmoqda.@minbar_ortidaMikrofon ko‘targan ayol pinned a video
16 сент., 03:12

Mikrofon ko‘targan ayol
16 сент., 02:30
“9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
Mikrofon ko‘targan ayol
15 сент., 08:01
“Lotte Chemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Shinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “KIND”, “BOMI”, “Kia Corporation”, “Sampyo Group”, “Hansae Mobility” kabi yirik kompaniyalar O’zbekiston-Korea biznes forumida ishtirok etishdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.
Mikrofon ko‘targan ayol
15 сент., 03:48
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasiga borayotgan Prezidentimiz kortejini milliy bayrog‘imiz ranglariga bo‘yalgan dirijabl Seul osmonida kuzatib bordi.
Mikrofon ko‘targan ayol
14 сент., 17:43
🇺🇿🇰🇷 Seul. O‘zbekiston – Janubiy Koreya: yangi bosqich14-sentabr kuni Seuldagi “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralarda O‘zbekiston–Koreya alohida strategik sherikligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Bugun O‘zbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Tashrif yakunlari bo‘yicha esa qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida: — savdo va investitsiyalar; — muhim minerallar; — transport va infratuzilma; — ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar belgilandi.Alohida e’tibor raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik, shuningdek, tibbiyot, farmatsevtika va
Mikrofon ko‘targan ayol
14 сент., 04:26изменён
“Yolg’iz otning changi chiqmas” yoki “Hatto bir varaq qog’ozni ham birgalikda ko’tarish osonroq”Prezident Shavkat Mirziyoyev koreys gazetxonlariga murojaat qildi va ularni “O’zbekistonga bir bor kelib, ko’rib, uni his qilishga” chaqirdi.Ertalabdan mehmonxonaga The Korea Herald gazetasi yetib keldi. Bugungi sonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston-Koreya munosabatlariga bag’ishlangan fikrlari bayon qilingan.Yozma intervyuda Prezidentimiz ikki mamlakat munosabatlarining yangi bosqichini "birgalikdagi rivojlanish sakrashi" deb ta'riflaydi.Hamkorlik g’oyasi— “bir-birini to’ldiruvchi” prinsipida. Ya’ni, Koreyaning modernizatsiya tajribasi va O'zbekistonning o'sib borayotgan bozori bir-birini to'ldiradi.Davlatimiz rahbari urg’u bergan “katta sakrash” raqamlar bilan tasdiqlanadi: savdo hajmi so'nggi yillarda besh barobar oshgan. Koreys investitsiyasi 8 milliard dollardan
Mikrofon ko‘targan ayol
13 сент., 14:26
Seul minoralari 3 kun davomida O’zbekiston bayroqlarida tovlanadiSeuldagi ikki eng mashhur minora bugun O’zbekiston-Korea bayroqlarini namoyish qildi. Lotte World Tower va Namsan Seoul Tower. Har ikki bino Seulning timsollari hisoblanadi. Lotte balandligi 555 metr, 123 qavat. Namsan tower esa Namsan tog‘i cho‘qqisidan yana 243 metr yuqoriga ko‘tariladi. Bino va tog‘ning umumiy balandligi 480 metrni tashkil qiladi.Bu yoqimli manzaralarni va maxsus tadorikni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Koreya munosabatlariga ramziy ehtirom, do’stlik ifodasi deb bildik.Aytishlaricha, Namsan Seoul Towerni O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida 3 kun davomida ko’rish mumkin.
Mikrofon ko‘targan ayol
13 сент., 11:38
переслано из @minbarortida
O’zbekiston prezidentini qutlayotgan Seul! 🇺🇿🤝🇰🇷
Mikrofon ko‘targan ayol
13 сент., 04:41
Prezidentimizni Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz katta xursandchilik bilan kutib olishdi.Janubiy Koreada o’zbek diasporasi yildan yilga o’smoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, ular 100 mingdan ortiq.Korea diasporasi vakillari esa O’zbekistonda 176 mingdan ortiq istiqomat qilishadi.
Mikrofon ko‘targan ayol
13 сент., 03:04
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga uchinchi davlat tashrifi boshlandiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol va boshqa rasmiylar kutib oldi.Mikrofon ko‘targan ayol pinned a photo
12 сент., 16:03

Mikrofon ko‘targan ayol
12 сент., 16:01изменён
Men eng yaxshi ko’rgan “Mutolaa” ilovasida “Davra” tuzyapman. Qo’shilasizmi? Oxirgi paytlar siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarga ruju qo'yganman. Kasbim ham shuni taqozo qiladi. Masalan, nega Rossiya g‘arbga yoki iliq qirg’oqlarga qarab intiladi? Nega Xitoy
Mikrofon ko‘targan ayol
8 сент., 14:41
🇺🇿🇷🇸 Toshkent — Belgrad muzokaralari natijasiBelgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.Shuningdek, 20 dan ortiq hujjat almashildi: erkin savdo bo'yicha muzokaralar boshlanadi, O'rta yo'lak va temir yo'l loyihalari, mehnat migratsiyasi, "yashil" energetika, qo'shma filmlar. Samarqand viloyati Voyevodina bilan sherik bo'ldi. Belgradda esa Toshkent ko'chasi paydo bo'ldi.
Mikrofon ko‘targan ayol
8 сент., 14:35
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi.
Mikrofon ko‘targan ayol
8 сент., 14:33
Endi Serbiya poytaxti-Belgradda ham “Toshkent” ko’chasi bor.
Mikrofon ko‘targan ayol
8 сент., 11:02
O'zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifiga OAVning e'tibori
Mikrofon ko‘targan ayol
8 сент., 10:51
Esingizdami, 2022-yilda ilk marta O'zbekistonning 15 yoshli o'quvchilarining o'qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha bilimlari PISA sinovlaridan o'tkazilganida, 81 ta mamlakat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida 80-o‘rinni egallagandik. Umuman, uchala yo'nalishda ham oxirgi o'rinlarda edik.Bu "o'rta darajadan ham past" ko'rsatkich hammamizga "shapaloq" bo'lib, ta'lim sifati haqida katta muhokamalarga sabab bo'lgandi.Hozir Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi e'lon qilgan xabarni o'qib, ko'nglim yorishdi:❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plabdi.💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha esa 402,4 ball qayd etgan.2022-yil — 19% 2025-yil — 65%Matematika va o'qish savodxonligi bo'yicha natijalarda nomutanosibliklar borligi uchun qo'shimcha o'rganilar ekan.PISA har 3 yildaTelegramMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligiPISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish! O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi. PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining…
Mikrofon ko‘targan ayol
7 сент., 11:37
Алимент — бизнес эмас. Ҳеч бир аёл ажрашиб бойимайди. Болага кетадиган харажат ундириладиган пулдан доим кўп бўлади, бериладиган пул ҳам бола 18 га тўлганда тугайди, доимий ундирилиши ҳам ҳеч қандай кафолатга эга эмас. Юз мингдан ортиқ обуначиси бор жаноб
