Последние посты

Quyosh taraflarda
22 сент., 18:25
Sizningcha kanalga va obunachilarga negativ energiya bermaslik kerakmi? Ichingizdagini boricha yoritish yomonmi?
Quyosh taraflarda
22 сент., 15:09изменён
Masalan mendagi eng bazaviy bilimlar 4-kursgacha egallangan. Ilmiy adabiyotlar o’qiganman, maqolalar nashr qildirganman, dunyoqarashimni o’stirganman, bookblog yuritganman. Lekin buning orqasida ehhe: Toshkent kelganimdan boshlab yashash joy muammo bo’lgan.
Quyosh taraflarda
22 сент., 14:53изменён
Ana bo’lmasa, bular “Mutolaa chelenji”ga qatnashayotgan ishtirorkchilar yozgan fikr.Men hech kim yozilmaydi deb o’ylagan loyiham muvaffaqqiyatli davom etyapti. Hozircha 50 ga yaqin kishidan 18 ta sof odam qoldi. 1-oktyabr kuni yakunlaymiz va shundan keyin uchrashuv kuni belgilaymiz. Xabaringiz bor, chellenjim uchun bonus qilib offline uchrashuv tayinlaganman.@quyoshtaraflarda




Quyosh taraflarda
22 сент., 03:33изменён
Rejamda bitta post yozish rejasi bor. Lekin biroz xijolat bo’lib turibman. Bir dugonam bilan gaplashib qoldik yaqinda: suhbat mavzusi filologiya ta’limi, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, professor ustozlar, shu yo’nlishdagi muammolar
Quyosh taraflarda
22 сент., 03:18изменён
Rejamda bitta post yozish rejasi bor. Lekin biroz xijolat bo’lib turibman.Bir dugonam bilan gaplashib qoldik yaqinda: suhbat mavzusi filologiya ta’limi, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, professor ustozlar, shu yo’nlishdagi muammolar, talabalarning saviyasi haqida edi. Keyin qarasak ikkalamiz ham bütün xayol bilan ishga berilganmiz. Ishlamay o’qishi kerak bo’lganlar o’zbek adabiyotini “Ikki eshik orasi” va “Odam bo’lish qiyin” deb iborat deb o’ylaydi. (Gap bu kitoblar saviyasi haqida emas)Nega ishlashga majbursiz deb savol bersangiz keyingi postimni yozaman.
Quyosh taraflarda
21 сент., 01:46
переслано из @siz_uchun_eslatma
Doʻstlar biz davom etamiz!📖Siz oʻzingiz yoqtirgan chiroyli jumla yoki iqtiboslarni biz bilan boʻlishing.Agar sizda oʻzingizni hayotingizda sodir boʻlgan biron bir qiziq voqea, (boshqalar uchun foydali boʻladi deb oʻylasangiz ) yoki oʻqigan hikoyangiz boʻlsa meng yozing. Telegramdan @Abdulaziz_savdo ga.Qaysi ishtirokchining yozgan xabari 15-oktiyabir soat 23:00 gacha eng koʻp reaksiya toʻplasa, oʻsha odamga 6 oylik Telegram primum 🤩 yoki Kitoblar 📓 sovgʻa qilaman.(Kitobni birga tanlaymiz, kelishgan holda) Ikkinchi oʻrin egasiga esa til oʻrganish uchun Duolingo premium MAX obunasi sovgʻa boʻladi.Bu gal esa har bir ishtirokchida gʻolib boʻlishni imkoniyati mavjud 🥳 Oxirgi kuni ishtirokchilardan biri , ishtirok etgan raqami orqali tasodifan tanlab
Quyosh taraflarda
19 сент., 18:38
Shu gullar sendan, osh va salat mendan bo’lishi mumkin edi…@quyoshtaraflarda



Quyosh taraflarda
18 сент., 20:25изменён
Yozmasam o’lib qolarkanman.Bugun talabalaik payti yuritgan kanalimni titib chiqdim: menda shuncha ko’p xotira, baxtli kunlar, baxtli hayot bo’lgan. Jin ursin bir-ikkita chiqindi odamlar uchun ortga chekinishga nima hojat bor? Nima hojat bor. Hayotni shu qadar to’la yashaganmanki, jinni bo’lib qolish mumkin oddiy video va rasmlardan ham. Shu qadar ko’p xotiralarim, yaxshi damlarim borki meni. Agar charchagan bo’lsangiz dam oling. Ishontirib aytamanki men kabi sizdayam yeb tugatilmagan shirinlik va albatta yonida choynak ko’k choy bor.Yonib ketsin boshqalar, ertaga quyosh chiqadi. Hech narsadan afsuslanmang, hech qachon afsulanmang. Hayotni boricha yashang. Yiqiling, turing, yig’lang, kuling, huh, lekin yashang. U judayam arzirli joy, nafas olish shirin, ko’rish shirin, post o’qish shirin, yurish shirin. Men bugün hammasiga ruxsat berdim, istagan narsamni sotib oldim, kamfortda taksi
Quyosh taraflarda
18 сент., 20:04



Quyosh taraflarda
18 сент., 19:16
Bugundan))@quyoshtaraflarda




Quyosh taraflarda
17 сент., 13:28изменён
Bilasizlarmi? Ta’lim bu faqat ish, pul uchun emas. Talim bu tajriba, dunyoqarash, fikrlash, o’rganish, ko’nikma kabi ko’plab narsalarni qabmrab oladi. Menimcha esa eng muhimi odamning ruhan o’sishi deb o’ylayman. Masalan o’qigan qizlar kelajakda har qanday vaziyatda o’zini eplab ketishi mumkin. Shunchaki diplom olgan bo’lsayam, o’qishga borib kelgan bo’lsayam haqiqiy mehnat qilib kirgan qizlar keyingi hayotiga befarq bo’lmaydilar. Turmush qurib bola bilan o’rlashgandayam rivojlanishda bo’ladi.Men sizlarga uchta misol beraman. 1. Kursdoshim Laylo – ijod maktabini bitirgan, o’qishni men bilan barobar tugatgan, oila qurgan, bolasi bor. Ammo hozir yangi til o’rganyapti ekan. (İngliz tili) Menga yozgan payti ancha gaplashdik, hayotga nisbatan qarashi avvalgidan o’sgan, yana o’qishni, ishlashni istayapti. Bitta joyda qotib qolmoqchimas umuman.2. Sunbula – ijodkor qiz. Taniysizlar.
Quyosh taraflarda
16 сент., 11:51изменён
“Ichingdagi ichingdadir” Jaloliddin RumiyNima izlamoq istasang o’zingdan izla faqat, Olamda sendan o’zga hech narsa yo’qdir, ishon.Ishonasizlarmi bu kitob haqida aytishni istagan shu qadar ko’p gaplarim bor-ki, ammo aytish uchun hech narsam yo’qdek kelyapti. Inson Rumiygacha boshqa uni o’qigandan keyin boshqa bo’ladi deyishadi. Lekin siz bu kitobga tayyor bo’lmaguningizcha qo’lingizda bo’lsayam o’qiy olmaysiz, agar o’qisangiz ham u sizga ochilmagunicha hech narsani anglay olmaysiz. Kishi hikmatni kosasiga siqqunicha oladi deyiladi. Rumiyni ham tafakkuringiz yetganicha tushuna olasiz. Uni unday yoki bunu bunday deb sharblab, yoki izohlab bo’lmaydi.Kishida tafakkur, yaxshi va yomonni, to’g’ri va noto’g’rini ajratish qobiliyati bo’lsa shukur qilishi kerak ekan. Chunki U xohlamasa, qalbingiz yopiq bo’lsa hech narsani bila olmaysiz. Ko’rganlaringizni ajrata olmaysiz, o’qiganlaringizni


Quyosh taraflarda
16 сент., 10:06
Inson yaxshi gapning oshig’i.Rumiy
Quyosh taraflarda
16 сент., 05:29
Sensiz ichar choylarimga maza qaytmoqda.
Quyosh taraflarda
15 сент., 18:07
Darsda ham o’quvchilaring ovozingni maqtashsa bu boshqacha his 🙃Sezen Aksu opam meni)


Quyosh taraflarda
15 сент., 15:10
Izohni qaranglar do’stlar,Ahh Sezen.. “Beraber olamayız benim gibi biliyorsun” derken nasıl ölmuyorsun..? Ben ölüyorum…Ahh Sezen… Birga bo’lolmasligimizni sen ham menchalik bilasan” derkan qanday o’lib qolmayapsan? Men o’lyapman…Turk tilida video yoki kino ko’rgandan ko’ra uning izohlarini ko’rib kelish qiziq bo’ladi doim. Bu odamlarning saviyasini ko’rsatadigan narsa.Hammayam Turk tilini bilmaydi, hammayam Sezen Aksu eshitmaydi, hammayam besh ming rekasiya oladigan izoh yozolmaydi-da.Quyosh qizi


Quyosh taraflarda
11 сент., 18:43изменён
“Kichkina Shahzoda” Antuan De Sent-EkzyuperiOdatda yozishni boshlashim bilan gaplarim ham quyilib keladi. Ammo shunday kitoblar bor-ki, undan anglaganlaringizni so’z orqali chiqarish imkonsiz. Shu sabab nimadir deyishga qiynalyapman. Kitobni yomon kunlarimning birida tabiat qo’yniga olib borib o’qidim. Va ko’nglim osmondagi olis yulduzimni ko’rgandek, u yerda bir yulduzim bor edi degandek, o’sha yulduz ichimga yorug’lik sochganday yorishib ketdi.Bolalar emas, aynan kattalar uchun yozilgan kitobda faqat inson qalbining eng nozik qismlari tushuna oladigan narsalar bor. Men anchadan beri eslamagan, unuta boshlagan narsalar. Kishi bolalikni hamisha qumsab yashaydi. Men uzoq payt bola bo’lganim uchun hammadan ko’p qumsasam kerak. Katta hayotga qadam qo’yar ekanmiz har xil voqealar va odamlar bilan qarshilashamiz. Bularning har bittasi ichingizdagi samimiyatni, beg’uborlikni o’ldirib



Quyosh taraflarda
11 сент., 18:18изменён
— Sening sayyorangda, – dedi Kichkina shahzoda, odamlar bir chamanzorda besh mingta gül o’stirar ekan-u, izlaganini topolmas ekan… — Topolmaydi, – deb ma’qulladim men. — Holbuki, ular izlgan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin. — To’g’ri aytasan, – tasdiqladim yana. Kichkina shahzoda tag’in o’yga cho’mdi: — Afsuski ko’zlar basir. Ko’ngil ko’zi bilan izlamoq lozim.@quyoshtaraflarda
Quyosh taraflarda
11 сент., 17:30
Ana sizlarga “svejiy” “otziv”lar chellenjimiz haqida.Bugun guruhdagilar bilan tanishish qilmoqchiman))Balki bitta community shakllanib qolar yaxshigina.@quyoshtaraflarda




Quyosh taraflarda
11 сент., 12:32изменён
Qanotlaringni oladigan emas, senga qanot bo’lib balandroqqa parvoz qildiradigan insonni tanlang.@quyoshtaraflarda
