gram news
Аватар канала Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

@radikal_demokrat

>>> Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya — https://t.me/Radikal_Demokrat >>> Xalq hokimiyati (Umumxalq diktaturasi) — https://t.me/Umumxalq_diktaturasi >>> Imperializm XXI asrda — https://t.me/Imperializm_XXI @B_Akhmadkhanov ✍️

ПроектыENПолитика

13,100подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    22 сент., 03:26изменён

    Biroq bu jarayon G‘arb bilimidan butunlay yuz o‘girishni ham anglatmaydi. Bu ham boshqa bir intellektual provinsializm bo‘ladi. Marks, Fuko, Derrida, Said, Burdyo, Freser yoki boshqa nazariyotchilar Yevropa va Amerika akademik an’analaridan chiqqani sababli ularning konsepsiyalaridan voz kechish ilmiy ozodlik emas. Muhim masala nazariyaning geografik kelib chiqishida ham emas, uning tanqidiy ishlatilish imkoniyatidadir. Masalan, Marksning kapitalizm haqidagi tahlilini Yevropaga xos tarixiy hodisa sifatida muzlatib qo‘yish mumkin emas. Uning qiymat, mehnat, kapital jamg‘arilishi va sinfiy munosabatlar haqidagi tushunchalari boshqa tarixiy sharoitlarda ham qayta sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Xuddi shuningdek, Fuko yoki Saidni ham tayyor “haqiqat paketlari” sifatida import qilish ham kerak emas. Ularning o‘zlari bergan metodologiyani o‘zbek materialiga tatbiq etish, zarur bo‘lsa, ularni
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    22 сент., 03:26

    Bunday yondashuvda bir paytlar “Sharq”ni bir butun ekzotik obyektga aylantirgan orientalizmning o‘rniga “O‘zbeklik”ni bir butun, ichki jihatdan bir xil, ziddiyatsiz va abadiy mavjud mohiyatga aylantiruvchi milliy romantizm kelib qolishi mumkin. Bu esa dekonstruksiyaning teskarisi. Chunki dekonstruksiya bir hokimiyat markazini boshqasi bilan almashtirishni maqsad qilmaydi. U markazning o‘zini savol ostiga qo‘yadi. Shu sababli dekolonial o‘zbeklik deganda “o‘zbeklikni g‘arblashtirishdan tozalash”ni tushunish yetarli emas. Uning mazmuni ancha radikal, yaʼni o‘zbeklikning o‘z ichidagi ierarxiyalarni ham tahlil qilish lozim: Kim “haqiqiy o‘zbek” hisoblanadi? Shaharlikmi yoki qishloqlik? Erkakmi yoki ayol? Dindormi yoki sekulyarmi? O‘zbek tilida so‘zlashuvchimi yoki ikki tilli shaxsmi? Boymi yoki kambag‘al? Migratsion ishchilarmi yoki davlat amaldorlarimi? Sovet ta’limida shakllangan ziyolimi
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    20 сент., 05:52

    Agar tanqid faqat vayron qilish bilan tugasa — bu nigilizm; vayron qilingan narsaning o‘rnida yangi imkoniyatlar maydonini ochishga urinsa — bu emansipatiya.Biz avvalo shu ikki holat o‘rtasidagi farqni tushunib olishimiz kerak. Dialektika dunyoda hech narsa abadiy va o‘zgarmas emasligini ochib bersa, unda nega aynan biz yashayotgan ijtimoiy tartibni mutlaq o‘zgarmas va tabiiy holat deb qabul qilishimiz kerak? Agar dekonstruksiya “adolat”, “haqiqat”, “erkinlik” kabi tushunchalarning tarixiy va hokimiyat munosabatlari orqali shakllanganini ochib bersa, unda nega ularni oʻzimiz qayta tasavvur va qayta qura olishimiz mumkinligiga ishonmasligimiz kerak?
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    19 сент., 16:32изменён

    Masalan, bir jamiyat o‘zini uzoq vaqt davomida “qoloq”, “an’anaviy”, “Sharqona”, “modernizatsiyaga muhtoj”, “taraqqiyotdan ortda qolgan” sifatida tasavvur qilsa, alal-oqibat tashqi hukm ichki o‘z-o‘zini baholash mezoniga aylanadi. Endi odamga “sen qoloqsan” deb aytish shart emas. U o‘zini o‘zi shu mezon bilan o‘lchay boshlaydi. Bu nuqtada Fuko bilan Altyusser o‘rtasidagi nazariy aloqani ham ko‘rish mumkin. Altyusser uchun mafkuraviy apparatlar insonni muayyan subyekt sifatida “chaqiradi”; Fuko uchun esa hokimiyat individni tasniflaydi, kuzatadi, normallashtiradi va o‘zini anglash shakllarini ishlab chiqaradi. Dekolonial tahlilda bu ikki yo‘nalish bir-birini to‘ldirishi mumkin: mustamlakachilik faqat hududni boshqarmaydi, u boshqarilayotgan odamning o‘zini qanday nomlashini ham shakllantiradi. Shu sababli epistemik ozodlik “o‘zimiz haqimizda faqat o‘zimiz gapiramiz” degan romantik shior
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    19 сент., 16:32

    Lekin imperiya ma’muriyati va ilmiy institutlari bu xilma-xillikni o‘z boshqaruv ehtiyojlari uchun yangi tasniflash tizimlariga joylashtirdi. Bu yerda dekonstruksiya “ruslar o‘zbeklarni ixtiro qilgan” degan soddalashtirilgan xulosaga olib bormasligi kerak. Bunday yondashuvning o‘zi tarixiy murakkablikni yo‘qotadi. O‘zbek, sart, turkiy, musulmon, mahalliy, qabilaviy va shahar-jamoaviy identifikatsiyalar Rossiya istilosidan oldin ham mavjud bo‘lgan. Masala shundaki, imperiya ularni yangi ma’muriy, statistik va ilmiy kategoriyalar bilan qayta tartibga soldi. Keyinchalik sovet milliy-hududiy chegaralanishi esa bu kategoriyalarga yangi siyosiy va hududiy mazmun berdi. 1924–1929-yillardagi Markaziy Osiyoni milliy-hududiy chegaralash jarayoni aynan shu nuqtada muhim ahamiyat kasb etadi. Sovet hokimiyati mintaqadagi siyosiy makonni o‘zbek, turkman, tojik, qirg‘iz va boshqa milliy-hududiy
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    19 сент., 16:32

    O‘zbeklikni dekolonial qayta talqin qilish: diskursni dekonstruksiya qilish va epistemik ozodlik“Sharq”ning qanday qilib tarixiy, siyosiy va ilmiy diskurslar orqali ishlab chiqarilganini qayta ko‘rib chiqishning o‘zi hali yetarli degani emas. Dekonstruksiya faqat eski tasvirni buzib tashlash bilan yakunlansa, u yana bir intellektual nigilizmga aylanib qoladi. Asosiy masala keyingi bosqichda boshlanadi: agar o‘zbeklik haqidagi tasavvurlar tarix davomida turli hokimiyatlar, davlatlar, ilmiy institutlar, maktablar, tarixnavislik an’analari, til siyosati va madaniy ierarxiyalar orqali shakllantirilgan bo‘lsa, unda o‘zbeklikni qanday qilib o‘z tarixiy tajribasining faol subyekti sifatida qayta tasavvur qilish mumkin? Aynan shu savol dekolonial tafakkurning markaziga olib boradi. Bu yerda “dekolonizatsiya”ni oddiygina mustamlakachi davlatning siyosiy hukmronligidan qutulish bilan
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    18 сент., 19:28изменён

    Marks hali koʻplab qiyofalarda sharpa boʻlib qaytadi...© Jacques Derrida — Spectres de Marx1. “La conjuration n’a pas réussi. Le spectre revient.”— Fitna samara bermadi. Sharpa yana qaytmoqda. Marksni tarixdan o‘chirib tashlashga qilingan har bir urinish alal-oqibat uning yana boshqa qiyofada qaytishiga olib keladi; chunki Marksni yo‘q qilish uchun avvalo u ochib bergan ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘q qilish lozim.2. “Tant qu’il y aura de l’injustice, le spectre de Marx ne cessera de hanter.”— Adolatsizlik mavjud ekan, Marks sharpasi bizni ta’qib qilishdan to‘xtamaydi. Boylik bir qo‘lda to‘planib, zoʻravonlik milliardlab odamlarning zimmasiga yuklanar ekan, Marks sharpasi yo‘qolmaydi; u har bir tengsizlikda, har bir ekspluatatsiyada va har bir “tabiiy” deb ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ierarxiyaning ortida yana paydo bo‘laveradi.3. “Personne ne pourra jamais en finir avec Marx.”— H
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    17 сент., 05:45изменён

    DialektikaDialektika bizga dunyoda hech narsa abadiy emasligini, dunyodagi barcha narsalar o‘tkinchi va o‘zgaruvchan ekanligini o‘rgatadi; tabiat o‘zgaradi, jamiyat o‘zgaradi, qadriyat va urf-odatlar o‘zgaradi, adolat mezonlari o‘zgaradi, haqiqat tushunchalari ham o‘zgaradi. Shuning uchun dialektika hamma narsaga tanqidiy nazar bilan qaraydi; shu uchun ham u bir martalik o‘rnatilgan haqiqatning mavjudligini inkor etadi. Binobarin, u mavhum bir marta o‘rganilgandan so‘ng, shunchaki yod olib takrorlash va itoat qilish shart bo‘lgan dogmatik takliflarni ham rad etadi.DekonstruksiyaDekonstruksiya esa bizga hech bir ma’no tizimi o‘z-o‘zidan tabiiy, mutlaq va o‘zgarmas holda mavjud emasligini ko‘rsatadi; har bir tushuncha muayyan tarixiy, ijtimoiy, til va hokimiyat munosabatlari ichida shakllanadi. Shuning uchun dekonstruksiya har qanday “normal”, “tabiiy”, “abadiy” yoki “shubhasiz” deb
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    14 сент., 17:07

    переслано из @tarjimavatanqid

    Musulmon ayollar haqiqatdan ham qutqarilishga muhtojmi? Madaniy relyativizm va uning «boshqalari» haqida antropologik mulohazalarUshbu maqola 2001-yil sentabr voqealaridan keyingi urush ritorikasiga javob sifatida yozilgan, ammo uning nishoni shunchaki musulmonlar haqidagi tasavvurlar emas. Muallifni ko‘proq ayollarni «ozod qilish» tilining harbiy aralashuvni oqlash uchun ishlatilishi va siyosiy savolning madaniy savolga aylantirilishi qiziqtiradi. Shu nuqtayi nazardan maqolani faqat 2001-yilning tarixiy kontekstida qoldirib qo‘yish to‘g‘ri emas. 2003-yilda Iroqqa qilingan bosqinda ham ayollar huquqi va ozodligi haqidagi tasavvurlar harbiy aralashuvni oqlash tilining bir qismiga aylandi. Oradan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib, 2026-yil 28-fevralda boshlangan AQSh va Isroilning Eronga qarshi hujumlari fonida ham «erkinlik» va «ayollarni ozod qilish» haqidagi tasavvurlar siyosiy
    syg.maMusulmon ayollar haqiqatdan ham qutqarilishga muhtojmi? Madaniy relyativizm va uning «boshqalari» haqida antropologik mulohazalarMusulmon ayollar qutqarilishga muhtojmi?
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    12 сент., 21:22

    1. Haqiqiy inson mohiyati — bu sof ijtimoiy munosabatlarning majmuidir.2. Insonlar o‘z tarixlarini o‘zlari yaratadilar, biroq o‘zlari tanlagan sharoitlarda emas, balki bevosita mavjud va avvalgi davrdan o‘tgan sharoitlarda.3. Eski materialistik ta’limotga ko‘ra, odamlar sharoitlar va tarbiyaning mahsulidirlar, demak, o‘zgargan odamlar — yangi sharoitlar va o‘zgartirilgan tarbiyaning mahsuli hisoblanadi. Lekin bu ta’limot sharoitlarni aynan odamlarning oʻzi o‘zgartirishini, va tarbiyachining o‘zi ham tarbiyalanishga muhtojligini unutadi. Alal-oqibat, bu ta’limot jamiyatni ikki guruhga ajratishga olib keladi: bunda biri oʻzini jamiyatdan yuqori qoʻyadi (masalan, Robert Ouen nazariyasi). Sharoitni o‘zgartirish va inson faoliyatining birligi faqat inqilobiy amaliyot sifatida tushunilishi va aql bilan tahlil qilinishi mumkin.4. Eski materializmning nuqtai nazari fuqarolik jamiyati,
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    11 сент., 10:15

    Men kollektiv manfaat tarafida turganim uchun individual manfaatimdan voz kechmayman. Aksincha, individual manfaatimni boshqalarning avvaldan kafolatlab qoʻyilgan mag‘lubiyatidan olishga majbur qiladigan tizimni rad etganim uchun kollektiv manfaat tarafida turaman. Raqobatdan qoʻrqmayman, shunchaki unga tupirganim bor))Soʻlchilik ham individual manfaatlarning ijtimoiy shartlarini oʻzgartirishdan kelib chiqadi aslida.
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    9 сент., 20:34

    Men bu dunyoda faqat ikki xil odamdan nafratlanib, jirkanaman xolos. Keskin boʻlsa ham yashirib oʻtirmayman. Ochiq gapiraman, oldida ham, ortidan ham aytaveraman.Birinchisi, xech qanday pozitsiyasi yoʻq, befarq-betaraf insonlar (buni qandaydir siyosiy chaqiriq oʻlaroq aytmayapman, umumiy jihatdan). Men uchun yashash — bu tanlash, taraf olish, umuman olganda, nimanidir qoʻllash va nimagadir qarshi turish, va shu tanlovingning oqibatlari uchun masʼuliyatni oʻz zimmangga olishdan iborat, yaʼni yashash — bu muayyan munosabatlar ichida boʻlish degani, munosabatlar esa muqarrar ravishda tanlovlarni tugʻdiradi. Qisqasi, sening betarafliging ham bir taraf.Ikkinchisi, hamma narsani nigilizmga bogʻlab talqin qiladigan insonlar. Agar sen uchun hamma narsa maʼnisiz, qadriyatlar shunchaki quruq uydurma, adolat ham, haqiqat ham, erkinlik va ozodlik ham shunchaki absurd, nisbiy tushunchalar
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    3 сент., 20:13

    Shu bilan birga, “o‘zbeklik”ni yagona va bir xil tajriba sifatida tasvirlash ham tarixiy haqiqatni buzadi. Toshkentlik o‘zbekning o‘zbekligi bilan Xorazmlik o‘zbekning o‘zbekligi bir xil shaklda namoyon bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysidagi shaharlik, Qashqadaryodagi qishloq aholisi, Buxorodagi tarixiy shahar madaniyati, Qoraqalpog‘iston bilan chegaradosh hududlardagi ko‘p qatlamli madaniy muhit, Rossiya yoki Qozog‘istonda yashayotgan o‘zbek diasporalari — bularning barchasi o‘zbeklikning turli shakllarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, sinfiy tafovutlar ham muhim. Boy o‘zbekning milliy madaniyatni boshdan kechirishi bilan kambag‘al ishchining tajribasi aynan bir xil emas. Shahar o‘rta sinfining “o‘zbekona hayot” haqidagi tasavvuri bilan qishloqdagi mehnatkash oilaning tajribasi ham farq qiladi. Demak, “milliy birlik” kategoriyasi ichida sinf, jins, avlod, hudud, ta’lim, kasb va
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    3 сент., 20:12

    Bu yerda milliy identitet tarixiy farqlarni yo‘q qilmaydi; ularni saralab, umumiy obraz ichiga joylashtiradi. Milliy ideologiyaning eng kuchli mexanizmlaridan biri uzluksizlik narratividir. U quyidagi mantiqqa tayanadi: qadimgi sivilizatsiya — buyuk ajdodlar
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    3 сент., 20:12

    Bu holatda tarixiy xotira bilan subyekt o‘rtasiga vositachi institut kiradi. Bu yerda epistemik hokimiyatning nozik shakli yuzaga keladi: kim matnni o‘qiy olsa, kim uni tarjima qilsa, kim qaysi manbani darslikka kiritishni tanlasa, o‘tmishning qaysi shaklda
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    1 сент., 09:39изменён

    KECHINMALARSukunat begona — ko‘ksimda bo‘ron, Sokinlik ichida bo‘g‘ilar yurak. Menga torlik qilar “musaffo osmon”, Qalbim sigʻdirolmas bir dunyo kerak.Oʻzgalar izlagan osoyishta kun, Ravon yo‘l ularga yetarli go‘yo. Men esa kunlarni yoraman har tun, Ko‘ksimda uyg‘oqdir cheksizlik mangu.Meni chorlar uzoq, noma’lum ufqlar, Har bir sir ortida ming sir uyg‘onar. Bir savol tug‘ilsa, ming javob so‘rar, Bir javob topilsa — manzilsiz yoʻllar.Men ummon tubiga tashlamoq ko‘zim, Yerning yuragiga tashlamoq quloq, Borliqni anglashga yetmasa so‘zim,
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    31 авг., 19:51изменён

    Ёки мустақилликка эришган кўплаб Африка мамлакатлари мисоли кўрсатганидек, деколонизация ҳокимиятнинг шахсий таркибини алмаштирган (бизнинг ҳолатда унчалик ҳам эмас), лекин унинг шаклига тегмаган бўлиши мумкин: фуқаролик ўрнига аҳолини маъмурий бошқариш.31 август — жамиятнинг озод бўлган куни эмас, суверенитетнинг иттифоқ даражасидан республика даражасига қайта рўйхатдан ўтказилган куни; айни ўша аппарат ва аҳоли билан муносабатнинг айни ўша мантиғи сақланиб қолган ҳолда. «Жамият учун имконият» бу актда мавжуд эмас эди; аксинча, унда имконият айнан бошқа томон фойдасига тақсимланган эди.Ва ниҳоят, эҳтимол постнинг энг амалий қисми. «Мустақиллик учун ҳар куни курашиш керак» формуласи Ўзбекистон контекстида мухолифат формуласи эмас, давлат формуласидир. Мустақиллик ўттиз йил давомида сакраллаштирилган категория сифатида ишлади: у орқали ҳар қандай норозилик мустақилликка,
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    31 авг., 19:51

    СуверенитетАслида Ўзбекистон мустақиллиги ҳақида ҳеч нарса ёзмоқчи эмасдим. Очиғини айтаман: у мен учун ўз-ўзидан қадрият эмас. Миллий давлат ва унинг суверенитети биз курашишимиз керак бўлган, пайдо бўлганидан хурсанд бўлиб байрам қилишимиз лозим бўлган институтлар деб ҳисобламайман. Ўзбек ўқувчиси учун бу жуда радикал туюлиши мумкин. Майли, байрам қилаверишсин. Байрамни бузишнинг нима кераги бор, шундай эмасми?Аммо тасодифан журналист Латиповнинг мустақиллик ҳақидаги матнига дуч келдим ва, одатдагидек, жавоб ёзмасликдан ўзимни тута олмадим — балки шу жавоб орқали миллий суверенитетга бўлган муносабатимни ҳам ойдинлаштирарман. Агар бугун ушбу байрамни нишонлаётган бўлсангиз, ўқиманг, илтимос.Мени жиғимга теккан жумла бу: «1991 йил 31 августда Ўзбекистон давлат мустақиллигини эълон қилди. Бу жамиятга ўз келажагини мустақил белгилаш учун катта имконият берди». Бу жумла давлат билан
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    30 авг., 18:02

    Demak, “o‘zbeklik” faqat kolonial hokimiyat tomonidan yaratilgan passiv kategoriya sifatida tushuntirilishi ham biryoqlama bo‘ladi. Mahalliy ziyolilar va siyosiy kuchlar bu kategoriyani o‘z maqsadlari uchun qayta ishladilar, unga yangi mazmun berdilar va uni
  • Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya

    30 авг., 18:02

    Millat shaxslar bir-birini shaxsan taniganidan kelib chiqadigan tabiiy birlik emas; u millionlab insonlarni o‘zlarini bir xil siyosiy jamoaga mansub deb tasavvur qilishga imkon beradigan kommunikativ va institutsional tizimlar orqali barpo qilinadi. Bu jarayonda