Последние посты

Rasmiy axborot
26 сент., 11:33
🇺🇿 O‘zbekiston xalqaro turistlar oqimi o‘sishi bo‘yicha Yevropa yo‘nalishlari orasida yetakchi bo‘ldiBMT Turizm tashkiloti (UN Tourism) yaqinda e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O'zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga oshdi. Shu davrda global o‘sish 0,4 foizni, Yevropada esa 3 foizni tashkil etdi.Bu natija 2030-yilgacha xorijiy turistlar sonini 20 millionga yetkazish maqsadi sari muhim qadam bo‘ldi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
26 сент., 09:31
⚡ Muhammаdaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildiPrezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammadaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi.Shuningdek, Muhammadali, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official




Rasmiy axborot
26 сент., 08:53
📍 Zarafshon cho‘llarida samimiy suhbatZarafshon shaharchasining olis ovullaridan birida, qariyb 2 ming nafar aholi istiqomat qiladigan maskanda gulxan atrofida aholi bilan samimiy suhbatlashdik.Suhbat davomida odamlarning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini asrash imkoniyatlari haqida fikr almashdik. Aholi olis hududda yashashiga qaramay, sifatli va bepul tibbiy yordamdan foydalanmoqda.Gulxan atrofidagi samimiy suhbatlar yana bir haqiqatni eslatdi: inson salomatligi va uning roziligi — eng katta qadriyat.Odamlarning samimiy minnatdorligi ezgu ishlarni davom ettirish uchun yana bir kuch berdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
26 сент., 04:26
🇺🇿O‘zbekiston — AQSH 2.5 : 1.5!Bugungi muhim bahsda erkaklar terma jamoamiz AQSH terma jamoasini 2.5 : 1.5 hisobida mag‘lub etdi!Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev o‘z partiyalarida g‘alaba qozonib, jamoaviy zafarni ta’minlashga katta hissa qo‘shdi.Samarqanddagi shaxmat bayrami davom etmoqda. Terma jamoamiz esa oltin medallar sari dadil qadam tashlamoqda.Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿https://t.me/Rasmiy_axborot_official




Rasmiy axborot
25 сент., 15:10
Husan Ermatov mahorat maktabi ish boshladi🗣O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi qoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, senator Husan Ermatovning “Mahorat maktabi” o‘z faoliyatini boshladi.➡️25-sentabr kuni maktabning ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistika sohasiga qiziqayotgan talabalar, yosh jurnalistlar va soha vakillari ishtirok etdi.➡️Ilk darsda ustoz jurnalist Husan Ermatov yoshlar bilan ko‘p yillik kasbiy tajribasi, jurnalistika sir-asrorlari va amaliy faoliyatda muhim bo‘lgan jihatlar haqida fikr almashdi.➡️Mashg‘ulotlarda nazariya bilan bir qatorda axborot to‘plash, intervyu olish, jurnalistik material tayyorlash, matn ustida ishlash va zamonaviy media vositalaridan foydalanish kabi amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratildi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official




Rasmiy axborot
25 сент., 14:43
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.✔️ Bugungi kunga qadar 80 dan ortiq korxona ko‘rgazmada o‘z stendi bilan ishtirok etish uchun, yana 250 ta korxona esa tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.Avtomobil uchun detal, butlovchi qism, material yoki uskuna ishlab chiqarasizmi? Yoki ishlab chiqarish quvvatingizni avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirish imkoniyatingiz bormi?Unda hoziroq ro'yxatdan o'ting.⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish🗓️29–30-sentabr, 2026-yil 📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 754 23 99 +998 97 888 10 01https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
25 сент., 13:34
🟦🟦🟦✅Pokistonlik olimlar O‘zbekiston paxtachilik tajribasini Pokiston uchun ham o‘rganishga arzigulik model sifatida e'tirof etdi🔺Pokistonlik bir guruh olimlar O‘zbekiston va Pokistonning paxtachilik tajribasini qiyosiy o‘rganib, ilmiy maqola chop etdi. Tadqiqotda O‘zbekistonda paxta yetishtirish samaradorligining oshishida bir nechta muhim omillar alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bular; ✔️ suvdan samarali foydalanish; ✔️zamonaviy agrotexnologiyalar; ✔️iqlimga mos navlar; ✔️mexanizatsiya; ✔️raqamli texnologiyalar; ✔️ paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimi.🟡Tadqiqot mualliflari O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni faqat texnologiyalar bilan izohlamaydi. Ularning fikricha, paxtachilikdagi natijalarga ilm-fan, ishlab chiqarish, fermerlar, klasterlar va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘zaro uyg‘unligi ham muhim ta’sir ko‘rsatgan.✅Qizig‘i shundaki, olimlar O‘zbekiston tajribasini Pokiston uchun ham o‘rganishga arzigulik model sifatida tahlil qilgan. 🟢Ular Pokistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun suvni tejash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mexanizatsiyani rivojlantirish, raqamlashtirish va ilm-fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.☁️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
25 сент., 12:20
🚨 Salkam 95 kilogram "gashish" noqonuniy muomaladan olindiBojxona qo‘mitasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi oldi olindi.Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida dala maydonidagi daraxtlar orasiga 4 dona xo‘jalik qopi yashirib ketilganligi aniqlandi.Qoplar ichida esa 109 dona o‘ram bor edi. O‘ramlardagi modda esa Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, salkam 95 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlandi.Tezkor tadbir shu yerda yakunlanmadi. Giyohvandlik vositalarini olib ketishga keladigan shaxslarni aniqlash maqsadida ushbu hudud bir necha kun davomida uzluksiz kuzatuv ostiga olindi.Nihoyat, oradan 8 kun o‘tib, narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki nafar fuqaro tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.Holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.Tergov harakatlari davomida esa bu moddalarni yashirib ketilangan joydan olib ketish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxs ham aniqlanib, qo‘lga olindi. Ushbu jinoyat tashkilotchisi muqaddam benzin kontrabandasi bilan shug‘ullanganligi bois Bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs bo‘lib chiqdi.Mazkur holatda eng xavotirli jihat — bu raqamlarda namoyon bo‘ladi. 95 kg. gashish salkam 700 mingta doza degani. Ya’ni bu miqdordagi giyohvandlik vositasi qora bozorga chiqarilganida, yuz minglab insonlar, ayniqsa yoshlar hayoti va taqdiriga jiddiy xavf solishi mumkin edi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati oxirgi iste’molchiga yetib borguniga qadar 10 million AQSH dollaridan oshishi mumkin edi.Shunday ekan, giyohvandlikka qarshi kurash — bu eng avvalo insonlar hayoti, yoshlar kelajagi va jamiyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan kurashdir.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
22 сент., 14:10
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official




Rasmiy axborot
22 сент., 13:49
🏁O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Spa-Frankorshamdagi xalqaro poygada g‘olib bo‘ldiO‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Belgiyada o‘tkazilgan Ultimate Cup Seriesning navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.20-sentabr kuni Spa-Frankorsham trassasida o‘tgan Ultimate GT Sprint Cup musobaqasida Ismoil Ahmedxo‘jayev Roman Rusinov bilan birgalikda Rossa LM GT avtomobilida bahs olib bordi va jamoasiga navbatdagi g‘alabani keltirdi.Musobaqa davomida ob-havoning o‘zgarishi va trassaning bir necha bor namlanishiga qaramay, ekipaj yuqori sur’atni saqlab qoldi. Saralash bahslarida esa ikkita poul-pozitsiya qo‘lga kiritildi.🏆 Bosqich yakuniga ko‘ra, Rossa Racing jamoasi ikkita poul-pozitsiya va ikkita podium bilan turni yakunladi. Ismoil Ahmedxo‘jayevning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki “O‘zavtosanoat” AJ ko‘magida milliy avtosportni rivojlantirish va



Rasmiy axborot
22 сент., 13:16изменён
❗️Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi: Toshkentda shahrida yashil hududlar saqlab qolinishi shart!Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim yashil hududlar o‘rnida atoturargoh qurilishi, jamoat parki rejalashtirilgan hududlar auksion savdosiga chiqarilgani bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilinmoqda.Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo‘mitasiga ko‘ra, shahar markazidagi mavjud yashil hududlarni kamayishi, aholining sayr qilishi va dam olishi uchun qulay jamoat joylari o‘rnida konstruktiv qurilishlar bo‘lishi mutlaqo maqsadga muvofiq emas. Avtoturargohlarni tashkil etishda ko‘kalamzor maydonlarning qisqarishiga hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.Shuningdek, sotuvga chiqarilgani aytilayotgan "Navro‘z" bog‘iga tegishli ko‘chmas mulk obyektlaridan birining yer maydonida Vazirlar
Rasmiy axborot
22 сент., 12:51
Markaziy bank: ANORBANK faoliyati barqaror. Hammasi joyida.Ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi. Bankning rasmiy munosabatiga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy masala bo‘lib, bankning kapitali, boshqaruvi va operasion faoliyatiga aloqador emas. Vakolatli organlar tomonidan bankka hech qanday rasmiy so‘rov ham kelib tushmagan.O‘z navbatida, Markaziy bank ham vaziyatni nazoratga olganini, ANORBANK faoliyati barqaror ekanini, bankning barcha majburiyatlari bajarilayotgani va mijozlarga xizmat ko‘rsatish odatiy rejimda davom etayotganini ma’lum qildi.Umuman, biznesda rahbarlar almashishi, aksiyadorlar atrofida turli jarayonlar bo‘lishi — normal holat. Har bir tarqalgan xabarni bankda muammo boshlandi, deb qabul qilish shart emas. Axborot maydonida raqobat ham bor, manipulyasiya ham, turli manfaatlar ham bo‘lishi mumkin.https://t.me/Rasmi


Rasmiy axborot
22 сент., 09:31
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Rasmiy axborot
22 сент., 07:01
🌿O‘zbekiston tabiati dunyo sahnasiga chiqmoqda: 12 ta noyob surat xalqaro bosqichga yo‘l oldi🌎 O‘zbekistonda xalqaro Wiki Loves Earth 2026 fototanlovining milliy bosqichi yakunlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 12 ta eng yaxshi surat endi xalqaro bosqichda mamlakatimizning noyob tabiiy merosini dunyoga namoyish etadi.📸 Bu yil tanlov ishtirokchilari yurtimizning turli hududlariga borib, tog‘lar, ko‘llar va daryolar, o‘rmonlar, noyob hayvonot dunyosi hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tasvirga oldi. Jami 1 172 ta fotosurat yuklandi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Wiki Loves Earth 2026’da ishtirok etgan mamlakatlar orasida 20-o‘rinni egalladi.📯 Saralangan ishlarda Toshkent botanika bog‘i, Zomin milliy tabiat bog‘i, Ugam-Chotqol




Rasmiy axborot
22 сент., 06:22
📢 O‘ZBEKISTONDAGI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI ISPANIYADA TERRES OLTIN MUKOFOTINI QO‘LGA KIRITDI🎗O‘zbekistonning ilmiy-ma’rifiy merosi xalqaro ekranlarda yana bir bor yuksak e’tirof etildi. “Oskar” mukofoti sovrindori Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” filmi Ispaniyada o‘tkazilgan Terres Travel Festival – Films & Creativity 2026 festivalida oltin mukofotni qo‘lga kiritdi.🏵 Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan loyihalar ishtirok etgan festivalda film “Turistik xizmat” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. “Ma’rifat aks-sadosi” bunga qadar New York Festivals va Kann korporativ media va televideniye festivali finalchisi bo‘lgan. Film O‘zbekistonni buyuk allomalar, ilm-fan va ma’rifat salohiyatiga ega zamin sifatida xalqaro auditoriyaga tanitishga xizmat qilmoqda.https://t.m




Rasmiy axborot
21 сент., 20:44
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Rasmiy axborot
21 сент., 17:49изменён
#Yangi_loyiha🟡 🟦🟦🟦🎙SSV Matbuot xizmati tomonidan yangi loyiha — "OCHIQ MIKROFON".🕒 Tez kunda!🚑 SSV Matbuot xizmati.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
21 сент., 15:53
Samarqandda oʻtkazilayotgan shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etgan tarixiy gʻalaba FIDEning rasmiy sahifalarida yoritildi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Rasmiy axborot
21 сент., 14:01
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official




Rasmiy axborot
21 сент., 13:40
🟢🟦🟦🟦Qizamiq COVID-19dan ham yuqumli...❓Kasallik bir boladan boshqalarga qanday tez tarqalishi mumkin?🎤 Bu haqida Sanepidqo‘mita bosh mutaxassisi Xursanoy Jamalova batafsil ma’lumot berib o'tdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
