Последние посты

Renessans oromgohi
21 сент., 09:32
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi!🏆 Renessans oromgohida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar tashkil etildi.Musobaqalar davomida ishtirokchilar jamoaviy hamjihatlik, chaqqonlik, sport mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etishdi. Har bir bellashuv qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.✨ Bunday sport musobaqalari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ishtirokchilar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Bizni kuzatib boring Telegram I InstagramI | Facebook I YouTube
Renessans oromgohi
20 сент., 10:41
Renessans oromgohida navbatdagi Zakovat intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi!📍 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari o‘rtasida tashkil etilgan navbatdagi Zakovat bellashuvida yoshlar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.Musobaqa davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi mantiqiy va bilimga asoslangan savollarga javob topish uchun o‘zaro bellashdilar. Har bir savol tezkor fikrlash, tahlil qilish va jamoaviy qaror qabul qilishni talab etdi.🏆 Bellashuv yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!🌟 Zakovat musobaqasi yoshlar uchun nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki o‘zaro tajriba almashish, sog‘lom raqobat muhitida ishtirok etish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.Bizni kuzatib boring Telegra
Renessans oromgohi
16 сент., 17:37
Renessans oromgohida HKUST vakili bilan mazmunli uchrashuv📍 Renessans oromgohida o‘quvchilarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🎓 Tadbir doirasida Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti (HKUST) qabul komissiyasi vakili, talabalarni qabul qilish ofisi menejeri Crystal Lui ishtirok etdi.📚 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga universitetga hujjat topshirish jarayoni, qabul talablari, hujjatlarni topshirish muddatlari va muhim deadline’lar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitetdagi talabalar hayoti, kampus imkoniyatlari hamda xalqaro talabalar uchun qilingan sharoitlar haqida ham suhbatlashildi.✅ Renessans — o‘quvchilarga nafaqat bilim olish, balki xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kashf etish uchun ham yangi eshiklarni ochadigan maskan.Bizni kuzatib boring Telegram I
Renessans oromgohi
7 сент., 06:32
🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining navbatdagi mavsumi boshlandi!Renessans oromgohida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining navbatdagi mavsumiga start berildi.Mavsumning ochilish tadbiri ishtirokchilar uchun ko‘tarinki kayfiyat va katta maqsadlar bilan boshlandi. Tadbir davomida yangi mavsumning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim jarayoni va ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.📚 Darslar rasman start oldi! Bugundan boshlab ishtirokchilar belgilangan fan va yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarga kirishdilar. Ta’lim jarayoni davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy loyihalar va turli intellektual faoliyatlarga ham alohida e’tibor qaratiladi.✨ Yangi mavsum — yangi bilimlar, yangi
Renessans oromgohi
31 авг., 18:29
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak!Renessans oromgohi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etadi.Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagimiz yanada porloq bo‘lishini tilaymiz.🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!Bizni kuzatib boring Telegram I InstagramI | Facebook I YouTube
Renessans oromgohi
12 авг., 17:33
переслано из @piimauz
#YagonaVatan35🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;
Renessans oromgohi
4 авг., 05:51
📚 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 8-mavsumi ishtirokchilari imtihon topshirmoqda!📍 “Renessans” oromgohida o‘tkazilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng, 8-mavsum ishtirokchilari egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida imtihonda ishtirok etmoqda.✨ Dastur davomida o‘zlashtirilgan bilimlar, shakllangan ko‘nikmalar va orttirilgan tajriba aynan ushbu bosqichda o‘z aksini topadi.📢 Imtihon natijalari Milliy dastur platformasi orqali e’lon qilinadi.🚀 Har bir savol — yangi imkoniyat, har bir natija esa kelajakdagi yutuqlar sari tashlangan muhim qadamdir. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!Bizni kuzatib boring Telegram I InstagramI | Facebook I YouTube
