gram news
Аватар канала Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

@rmmm_gijduvon_bolinmasi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tumani bo'linmasi rasmiy kanali 📱 Bizni Instagramda ham kuzatib boring! https://www.instagram.com/manaviyat_saboqlari?igsh=MWRoODY1ZjluZ2Nodw%3D%3D&utm_source=qr Murojaat uchun: @Qaxorovazizjon

ПроектыUZОбразование

2,100подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    22 сент., 07:15

    Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    22 сент., 06:26

    #maʼrifat_soatiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori hamda tumanning 2026-yil 4-mart kungi 49-sonli kengash bayoni 3-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi hamkorligida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda joriy yilning 22-sentabr kuni "Ommaviy madaniyatning-milliy ma'naviyatimizga ta'siri" mavzusida.“Ma’rifat soati” tadbiri tashkil etildi. ✨ Tadbir davomida ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga va milliy qadriyatlarga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilindi, milliy ma’naviyatni asrash, an’analarimizni avlodlarga yetkazish yo‘llari muhokama etildi, axborot maydonida milliy ruhni mustahkamlash, yot ta’sirlarga qarshi immunitetni oshirish masalalari yoritildi.🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    22 сент., 04:58

    🔰JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT✅Bugungi globallashuv va axborot makonining jadal rivojlanishi davrida inson tafakkuriga ta’sir etuvchi turli g‘oyalar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday sharoitda yosh avlodni jaholat, befarqlik, loqaydlik va turli zararli g‘oyalardan asrashda ilm-ma’rifat, ta’lim - tarbiya va sog‘lom dunyoqarash muhim ahamiyat kasb etadi. Jaholat insonni fikrlashdan, izlanishdan va yangilikka intilishdan uzoqlashtiradi. Ma’rifat esa inson qalbida ezgulik, bunyodkorlikni shakllantiradi.♻️Shu bois, jamiyatda ma’rifat muhitini mustahkamlash, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga, ilm olishga, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish — bugunning muhim vazifalaridan biridir.Zero, jaholatga qarshi kuch — ma’rifat, befarqlikka qarshi kuch — faol fuqarolik pozitsiyasi, turli yot g‘oyalarga qarshi eng ishonchli qalqon esa — mustahkam
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    22 сент., 03:54изменён

    #iqtibosBolalarni kitobga o'rgatish kerak. Toki, ular ishchi kuchi bo'lib emas, ongli, katta jamiyatning bilag'on a'zolari bo'lib yetishsinlar. ✍️ Said Ahmad "Jimjitlik" romani🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    21 сент., 09:40

    🔰G‘ijduvon tumanidagi 8-maktabda “Jadidlar izidan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.✅Tadbirda o‘quvchilar jadidchilik harakati, uning yirik vakillari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa ma’rifatparvarlarning hayoti, faoliyati hamda o‘zbek xalqi ma’naviyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida suhbatlashdilar.♻️Yoshlarimiz jadidlar me'rosini o‘rganish, ularning g‘oyalari — ilm, ma’rifat, milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lidagi sa’y-harakatlarini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir o‘quvchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qildi.🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    21 сент., 09:36

    Milliy o‘zlikni anglash — bu tariximizni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni qadrlash va uni kelajak avlodga yetkazishdir. Istiqlol g‘oyasi esa xalqimizning ozod va farovon hayot sari intilishlarini, Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchini ifodalaydi. Bugungi yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash — muhim vazifalardan biridir.🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    21 сент., 03:51изменён

    #kun_hikmati🔔 Yodingda bo‘lsin: muvaffaqiyatsizlik — bu bir hodisa, odam emas. — Zig Ziglar🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    19 сент., 10:42

    #Sog‘lomAvlod #Birdamjamiyat 🔰“Biz giyohvandlikka qarshimiz!”🚫✅G‘ijduvon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda zararli illatlardan yoshlarni asrashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. ♻️Tadbir davomida giyohvandlik inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazishi haqida fikrlar bildirilib, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda sog‘lom va farovon hayot tarzini tanlash, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi qat’iy munosabatda bo‘lishga chaqirildi.🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    19 сент., 05:36

    🔰G‘ijduvon tuman hokimi o‘rinbosari N.Qo‘ldoshev "O‘zanon" mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud stadion holatini atroflicha o‘rgandi.✅Asosiy maqsad — mahalladagi sport ob'ektlarining bugungi ahvolini baholash hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash. Muloqot va ko‘zdan kechirish jarayonida stadionning infratuzilmasi, maysazor ahvoli, hamda tomoshabinlar va sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. 🔰 Mahalladagi yoshlar va sport ixlosmandlari bilan kechgan samimiy suhbatda ularning taklif va mulohazalari tinglandi, stadiondan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha stadionni bosqichma-bosqich ta’mirlash, zaruriy sport inventarlari bilan ta’minlash hamda hudud atrofiga yashil hudud barpo etish yuzasidan tegishli soha mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi.🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijd
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    18 сент., 17:29

    #YangiruhiyatUNUTILMAYDI! 🇺🇿Haqiqiy ijtimoiylik, vatanparvarlik, g‘urur, ajdodlar yodi va faxr tuyg‘usi ufurib turgan tarona.Eshiting va tafakkur qiling!#Tafakkur🏠Rasmiy sahifalarimiz👇 https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    18 сент., 09:29

    🔰G‘ijduvon tumanida "Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida tadbir o‘tkazildi.✅Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov G‘ijduvon tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tibbiyot texnikumida “Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi tadbirga ishtirok etdila.Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, maktab va tibbiyot texnikumi pedagog jamoasi, o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar ta’sirining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish borasida so‘z yuritildi.♻️Tadbirda giyohvandlikning inson salomatligiga, oila va jamiyatga keltiradigan zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.🏠Rasmiy sahifala
  • Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

    18 сент., 07:43

    🚫 G‘ijduvon tumanidagi 2-son texnikumida “Giyohvandlikka YO‘Q! HAYOTNI tanla!” mavzusida yoshlar bilan tadbir o‘tkazildi!🔰G‘ijduvon tumanidagi 2-son texnikumida yoshlar ishtirokida giyohvandlikka qarshi muhim va dolzarb tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Giyohvandlikka yo‘q degin! hayotni tanla!” shiori ostida tashkil etildi. Unda yoshlar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Yoshlar giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyatga yetkazadigan og‘ir oqibatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar hamda bu illatga qarshi birgalikda kurashish muhimligini tushunib yetdilar. Giyohvandlikning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri,Zararli odatlardan uzoq turish va sog‘lom turmush tarzini tanlash.Hayotni qadrlash, oila va kelajak uchun mas’uliyat hissini kuchaytirishdi.Ushbu tadbir yosh avlodni zararli odatlardan himoya qilish, ularni sog‘lom, baxtli va maqsadli hayot sari yo‘naltirishga xizmat