Последние посты

The Stranger
20 сент., 07:10
Ibrohim G‘afurov, Ozod Sharafiddinov, Miraziz A'zam... yoki she'riy tarjimada Rauf Parfi, Xurshid Davron, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov... O‘zbek adabiy tarjima maktabi deganda asosan shu siymolar ko‘z oldimizga keladi. Ularni faqat yaxshi asarlarni yaxshi3,510Открыть в Telegram
The Stranger
20 сент., 07:04
переслано из @bobil_kutubxonasi
Ibrohim G‘afurov, Ozod Sharafiddinov, Miraziz A'zam... yoki she'riy tarjimada Rauf Parfi, Xurshid Davron, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov...O‘zbek adabiy tarjima maktabi deganda asosan shu siymolar ko‘z oldimizga keladi. Ularni faqat yaxshi asarlarni yaxshi tarjima qilishgani uchun emas, o‘ziga xos markaziy til va uslub yarata olishgani uchun ham qadrlaymiz. Lekin bugun mana shunday markaziy til, adabiy lison yaratish qanchalik mumkin?O‘zbekistonga bir hafta avval qaytdim. Ayni "Qilichlar Bo‘roni" ga so‘ngi bor ishlov berayotgan kunlarim. Va, bir narsa e'tiborimni tortdi. Bugun standart o‘zbekcha degan tushuncha umuman yo‘q. Buni nolish yo tanqid uchun aytmayapman. O‘zingiz qarang, televizorda til kanaldan kanalga o‘zgaradi. Milliy Tv dagi suhandonning o‘zbekchasi bilan Madaniyat va Ma'rifatniki orasida katta farq bor. Reklamalardaku umuman boshqa o‘zbekchani eshitamiz. Ijtimoiy3,400Открыть в Telegram
The Stranger
15 сент., 13:53
переслано из @zabarjadmedia
#premyera🎉 “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” kitobi sotuvda“Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” chexiyalik yozuvchi Milan Kunderaning qalamiga mansub, adabiyotshunoslar XX asr Yevropa adabiyotining choʻqqisi, deya e’tirof etgan asar. Mazkur kitob insondagi murakkab his-tuygʻular, chigal munosabatlar haqida hikoya qiladi.Kitob nomi: Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi Muallif: Milan Kundera Muqova: yumshoq Sahifa: 288 bet Narxi: 50 000 soʻm✍️ Xarid uchun: @Sotuv_Zabarjad +998904400560🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!🕊@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!
6,110Открыть в Telegram
The Stranger
13 сент., 10:22изменён

The Stranger
13 сент., 10:21
переслано из @ijoddardi
Mashhur “Mihriban” qo‘shig‘ini bilasiz, she’rining muallifi shoir Abdurrahim Karakoç...Uzoqroq qishloqda shoirning sevgilisi bo‘ladi, qiz onda-sonda yigitga xat jo‘natib turadi. Shoir esa qiz bolaga xat yozish ayb, ertaga kimdir sezib qolsa, sevgilimning nomiga dog‘ tushadi deb, o‘sha qishloqning tuman gazetasida she’rlar e’lon qilib yuradi. Bu shoirning qizga yozgan maktublari edi...Taxminlarga ko‘ra, qizning asl ismi Shehriban bo‘lgan. Ismini Mihribanga o‘zgartirib she’r yozgan ekan.Lekin qizning uydagilari yigitga bermaydi, ikki qalb birlashmaydi. Abdurrahim Karakoç bilan intervyularning birida, Mihriban hozir tirikmi deb so‘rashsa, ha, yashayapti, lekin ortiq menga mehribon emas deb javob bergan ekan...Qizning sochi rostdan sariq bo‘lganmi yo‘qmi, ismi rostdanam Mihribanmidi, aniq emas, lekin she’r asosida yaralgan qo‘shiq hali-haligacha qalblarning to‘ridan joy egallab
The Stranger
12 сент., 14:26
Yuqoridagi postdan ilhomlanib, endi til oʻrganishni yorvoraman deyotganlar boʻlsa sizlarni turk tilidan yangi guruhga taklif qilamiz. Uch oy davomida milliy yoki xalqaro sertifikatga tayyorlaymiz.Darslar haftada uch kun. Yakshanba – suhbat. Kurs narxi oyiga 300 ming.Natijalar bilan @Shaxnoz_filolog kanalida tanishishingiz mumkin.Batafsil maʼlumot va kursga yozilish uchun @Shaxnoza_filolog profiliga murojaat qiling. Qabul bugun va ertaga ochiq. Dushanbadan darslar boshlanadi.3,250Открыть в Telegram
The Stranger
12 сент., 09:14
Til oʻrganish maqsad emas, vosita boʻlsin. Oʻrgandingizmi, nima uchundir ishlating. Oʻsha tilda kitob oʻqing, kino koʻring, oʻsha tilda gaplashiladigan joylarga boring. Sertifikat olib magistratura yoki doktoranturaga kiring.Til oʻrganishni imkon qadar erta boshlang. Ayniqsa talabalar koʻp ortga surishadi. Oliygohga qadam qoʻyganda goʻyoki butun hayot oldindaday, bitiruv juda uzoqday tuyuladi. Toʻrtinchi kursga kelgachgina magistraturada oʻqigisi kelib qoladi, biroq sertifikat olishga ulgurmaydi. Keyin esa katta hayot, oila bilan til oʻrganish karrasiga qiyinlashadi.Til oʻrganishga yengil qaramang. Bu sizga vaqtichogʻlik emas. Dars zerikarli ekan, oʻqituvchi qiziq oʻtmayapti, qattiqqoʻl kabi bahonalar bogʻcha bolalarga xos. Yangi til bu ilm, ilm esa mashaqqatli yoʻl. Intizom, qatʼiyat, masʼuliyat kerak.Toʻrt yil oliy taʼlim olib bekor oʻqibman deganlarni koʻp koʻrdim, ammo til8,250Открыть в Telegram
The Stranger
11 сент., 18:22

The Stranger
11 сент., 15:23
Yaqinda qabul qilingan alifbo islohotidan keyin oʻzimni Uveday his qilyapman.Fredrik Bakmanning Uve degan qahramoni bor. U butun umr "Saab" mashinalarini mingan. Chunki "Saab" milliy mahsulot edi. Xorij mashinalarini hech qachon minmagan, minadiganlarni esa qoralagan. Ammo bir kuni oʻsha milliy mahsulot aksiyalarini xorij kompaniyasi sotib oladi. Uve shunda oʻzi butun umr himoya qilgan prinsipi bilan nima qilishni bilmay qoladi.Mening savodim kirillda chiqqan. Oʻqigan kitoblarimning yetmish-sakson foizi kirillda. Ammo mustaqillik farzandi boʻlganim uchun har doim lotin alifbosini ustun koʻrganman. Shu alifboda yozganman, boshqalardan ham shuni talab qilganman. Qachondir butun millat darajasida rostmanasiga toʻliq lotin alifbosiga oʻtilishiga ishonganman.Endi esa oʻsha men ishongan, men himoya qilgan, men uchun prinsip masalasi boʻlgan alifboning oʻzi ham oʻzgardi...@salimov_blo7,770Открыть в Telegram
The Stranger
10 сент., 14:33
Aleksandr Dyumaning "Qora lola" kitobini oʻqiyotib, garchi asar bir necha asr avvalgi Gollandiya haqida boʻlsa-da, bugungi kunga doir xulosalarni oldim. Hozir tushuntiraman.Kitobda Bokstel degan qahramon bor. U lola yetishtirishni yaxshi koʻradi. Hayotini shu ishga bagʻishlagan. Eng zoʻr gulchi boʻlishni xohlaydi. Hatto yaxshi natijalarga ham erishayotgandi. Keyin qoʻshnisi Van Berlening ham lola yetishtirayotganidan xabar topib tinchini yoʻqotadi.Van Berle boy, taniqli, qobiliyatli edi. U tez orada lolachilikda Boksteldan oʻtib ketadi. Bokstel hasaddan jizgʻanak boʻladi. Butun kunini Van Berleni kuzatish, uni qargʻash, unga chox qazish bilan oʻtkazadi. Aslida uning oʻzi ham yomon gulchi emasdi, ammo hasad natijasida oʻz ishini unutib, faqat raqibi bilan band boʻlib qoladi, natijada lolalari butkul qurib qoladi.Mening Bokstelga oʻxshagan raqiblarim bisyor. Ayrimlarini bilsam,7,540Открыть в Telegram
The Stranger
9 сент., 18:39
Bugun kanal ochilganiga besh yil boʻlibdi.6,440Открыть в Telegram
The Stranger
8 сент., 13:05изменён
Hozir Nassim Talebni oʻqiyapmanu, bir tomondan maza qilyapman, boshqa tomondan maʼlum bir qatlam uchun kitob naqadar tushunarsiz boʻlishi mumkinligini oʻylayapman. Taleb mashhur shaxs, oʻzining bahsli fikrlari bilan shuhrat qozongan. Siz shunga qiziqib kitobni olasiz va oldingizdan quyidagilar chiqadi:Induksiya, deduksiya, epistemologiya, empirizm, falsifikatsiya, verifikatsiya, skeptitsizm, apriori, platonizm, fenomenologiya, evristika, narrativlik, volatillik va hokazo. Bundan tashqari, Gegelning murakkab falsafasi, Kantning narsa oʻzida gʻoyasi, Karl Popperning ochiq jamiyat tanqidi, Vena toʻgaragi, mantiqiy pozitivizm.Bularning ayrimlari haqida hech boʻlmasa tushunchaga ega boʻlish talab qilinsa, ayrimlarini chuqur bilishi kerak. Eng qizigʻi, bular kitobdagi asosiy gʻoya va tushunchalar emas. Taleb asosiy fikrlarini tushuntirish uchun yuqoridagi kabilarni yoʻl-yoʻlakay tilga9,050Открыть в Telegram
The Stranger
6 сент., 18:47

The Stranger
4 сент., 08:17
#tez_kunda Milan Kunderaning “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” kitobi sanoqli kunlarda kitobxonlar qoʻliga yetib boradi 🎉 “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” chexiyalik yozuvchi Milan Kunderaning qalamiga mansub, adabiyotshunoslar XX asr Yevropa11,500Открыть в Telegram
The Stranger
4 сент., 08:13
переслано из @zabarjadmedia
#tez_kundaMilan Kunderaning “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” kitobi sanoqli kunlarda kitobxonlar qoʻliga yetib boradi 🎉“Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” chexiyalik yozuvchi Milan Kunderaning qalamiga mansub, adabiyotshunoslar XX asr Yevropa adabiyotining choʻqqisi, deya e’tirof etgan asar. Mazkur kitob insondagi murakkab his-tuygʻular, chigal munosabatlar haqida hikoya qiladi.@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!
11,600Открыть в Telegram
The Stranger
3 сент., 17:58
Alqissa, bog‘larni to‘ldirdi shodlik, Oyning yuzlaridan dog‘lar aridi. O‘rindiqda ayol bolachalardek Quvnab, oyoqlarin silkitar edi. Tog‘lar boshidagi qorlardek asta Erib oqayotgan edi dardu g‘am. Gul keltirsam bo‘lar ekan bir dasta, Deya xayol qildi shunda erkak ham. Shimol taraflardan sovuq havoni Haydab kelayotgan shamol ham tindi. Ayolga erkakning ko‘zlari go‘yo Issiq, juda issiq bo‘lib ko‘rindi. G‘oliblik gashtini surardi erkak, Labida papiros hamda tabassum. Do‘stlarim, shu yerda tugadi ertak, Shu yerda dunyoni to‘xtatib qo‘ydim.Garchi davomini yaxshi bilaman, Otam aytganidek, ishqdan pishmas osh. Xudoyim, men sendan so‘rab qolaman,
11,000Открыть в Telegram
The Stranger
2 сент., 14:33
Men yoshligimdan ahmoq edim, lekin u paytlar internet boʻlmagani uchun buni faqat uydagilarim bilishardi.Morgan Friman10,900Открыть в Telegram
The Stranger
1 сент., 15:46
"Tasodifga aldanganlar"ning birinchi bobini Rumiyning bitta shu gapi bilan ifodalasa boʻlarkan: "Yoʻl uzun. Hali manzilga yetmading. Shu uchun hech kimning ustidan kulma".Albatta, Rumiy buni birovni tanqid qilma, hali oʻzingniyam boshingga tushishi mumkin, degan maʼnoda aytgan. Nassib Taleb esa boylarga havas qilma, hali kafangado boʻlishadi deydi.Birdan boyib ketish mumkin boʻlgan tavakkallardan qochishni, xavfsiz, yoʻqotish ehtimoli kam ish bilan muntazam shugʻullanishni tavsiya qiladi.Umuman olganda, Talebning hayot tarzi, dunyoqarashi yoqdi. U doimiy stress, yugur-yugur, muntazam bandlik evaziga erishiladigan shuhrat, boylik, hashamatga qiziqmaydi. U XIX asr odamlariga oʻxshab axborot xurujisiz tinch davrda yashashni va kunlari xotirjam oʻtishini xohlaydi.Yoqqan iqtiboslar:"U mehnatsevarlik, ehtiyotkorlik va intizom hayotda qulay yashashning asosiy mezonlari ekaniga11,800Открыть в Telegram
The Stranger
30 авг., 20:14

The Stranger
28 авг., 15:26изменён
Bitta boʻlgan voqeani aytib beraman. Faqat ismlarini oʻzgartiraman. Chunki voqea ishtirokchilarining ikkitasi haliyam kanalimda bor boʻlishi mumkin. Xotin – Zuhro. Er – Tohir. Doʻst – Qora Botir.Tohir va Qora Botir avvaldan doʻst edi. Ularning umumiy qiziqishlari bor edi, zalga, futbolga borib turishardi. Gaplari qovushardi. Keyin Tohir Zuhroga uylandi. Vaqt oʻtdi, farzandli boʻlishdi.Zuhro eri har safar Qora Botir bilan chiqib ketganida asabiylasha boshladi. Bizga vaqt ajratmaysiz, sizga faqat oshna-ogʻayni boʻlsa boʻldi, deb janjal qiladigan boʻldi. Holbuki eri uydaligida hamma oʻzicha telefon oʻynab oʻtirar yoki janjallashishardi.Albatta, Zuhro chiqmaysan, bormaysan deb erini oʻtirgʻizib qoʻya olmasdi. Ammo doimiy qovoq-tumshuq, gʻidi-bidi, yigʻi-sigʻi, baqir-chaqir bilan passiv bosim qildi. Oxiri janjaldan zada boʻlib ketgan Tohir Qora Botirdan uzoqlashishga qaror qildi.15,000Открыть в Telegram
