Последние посты

SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 08:52
#Ijara_oʻrganish #Pedagogika_fakultetiTalabalar ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi.🏘🍏Pedagogika fakulteti Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Gulchehra Fayzullayeva hamda kafedra professor-o'qituvchisi Shahlo Xudoyqulova 1-kurs pedagogika yo'nalishi va 2-kurs boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida joylarga chiqishdi.O‘rganish jarayonida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining yashash uchun qulayligi, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda maishiy sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 08:25
Orzularingni yo‘q qilma!Giyohvandlikning ta’siri faqat sog‘liq bilan cheklanib qolmaydi. U oilalarni parokanda qiladi, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatda axloqiy inqirozni yuzaga keltiradi.Eng achinarlisi, ayrim yoshlar bu illatni “zamonaviylik” yoki “erkinlik” belgisi sifatida qabul qilmoqda. Aslida giyohvandlik erkinlik emas, balki qaramlikdir. U insonning orzu-maqsadlarini yo‘q qiladi, kelajagini zulmatga aylantiradi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 08:24
#4_son_TTJ_oʻrganish #Pedagogika_fakulteti🏫🍏 Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi mudiri Elbek Abdumannotov 4-son talaba turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar oldi.Tashrif davomida yotoqxonadagi yashash sharoitlari, xonalar holati, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 07:08
#SamDPI #Jarayon #Aniq_va_amaliy_fanlar📌 Samarqand davlat pedagogika institutida Aniq va amaliy fanlar fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur imtihonlar talabalarning o‘qish davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholash, ularning kelgusida malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga tayyorlik darajasini aniqlashga xizmat qilmoqda. Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartib va shaffoflik tamoyillari asosida, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar ishtirokida tashkil etilmoqda.Bitiruvchi yoshlarga mas’uliyatli sinovlarda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! 🎓✨🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 05:44
#Institut_sport_klubi #Targʻibot_ishlari⚽️🏓 Institut Talabalar turar joyida sport klubi raisi o‘rinbosari H.Raxmonov tomonidan talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.Xususan, o‘tkazilayotgan "Rektor kubogi" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari bo‘yicha talabalarga keng tushuntirildi. Targ‘ibot jarayonida musobaqalarning maqsadi, ahamiyati, ishtirok etish shartlari va sportning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
22 янв., 03:54
#Xayrli_KUNYaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin, Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin. Mol-dunyo barchadan - sendan ham qolur, Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin.✍️ Abdurahmon Jomiy❄️🇺🇿Payshanba kuningiz maroqli oʻtsin!🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 18:35
переслано из @otm_minbari
#DIQQAT #TEZKOR📌 OGOH BO‘LING: TAQIQLANGAN MANBALARDAN DARHOL CHIQIB KETING!O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda mamlakatimiz hududida taqiqlangan manbalarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi (2026-yil 10-yanvar holatiga).❕Nima qilish kerak? Agar Telegram, Instagram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ro‘yxatdagi guruh yoki kanallarga a’zo bo‘lsangiz, huquqiy javobgarlikka tortilmaslik uchun darhol ulardan chiqib keting.🎓Talabalar va o‘qituvchilar: O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda kelajagingizga befarq bo‘lmang.🌀Yaqinlaringizga ham ulashing, ularni ham ogohlantiring✈️Obuna bo’ling ➡️@
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 13:06
#Aniq_va_amaliy_fanlar #Ijara_oʻrganish #Jarayon🏫 Talabalar turmush sharoiti doimiy e’tiborda!🏡❇️ Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani A. Abdullayev hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari ijarada istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.👥 O‘rganish davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, o‘qish jarayonida yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik, tozalik va qulaylik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.✨ Institut rahbariyati tomonidan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 12:15
переслано из @samdpi_uz
📌 Tillar hamda ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun diniy radikallashuvning kelib chiqishi, oqibatlari va oldini olishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildiBugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Diniy radikallashuvning kelib chiqishi, oqibatlari va uni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda institut birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov hamda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyevlar ishtirok etdi.Seminarda diniy mutaassiblik va radikallashuvning kelib chiqish omillari, ularning talabalarga ta’siri hamda oldini olish bo‘yicha profilaktik yondashuvlar muhokama qilindi. Shuningdek, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yot g‘oyalarga qarshi ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 12:13
#Jarayon #Tabiiy_fanlar_fakulteti⚡️Talabalar yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.Tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent Uktam Mirzayev boshchiligida fakultet kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan talabalar yotoqxonasiga tashrif amalga oshirildi.Tashrif davomida yotoqxonadagi yashash sharoitlari, xonalar holati, sanitariya-gigiyena talablari, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsizlik masalalari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yotoqxona faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.Mazkur tashrifning asosiy maqsadi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning ta’lim jarayoniga qulay
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 12:08
#5_son_TTJ_suhbat #Tillar_fakulteti⚡️2026-yilning 21-yanvar kuni Tillar fakulteti dekani I.Utayeva boshchiligida fakultet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova tomonidan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan suhbat tashkil etildi. ✨Uchrashuv davomida talabalar turmush sharoiti, muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar turar joyida ichki tartib-intizom qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 11:59
#Aniq_va_amaliy_fanlar #TTJ_kunlari🎨 Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Tasviriy san'at va texnologik ta'lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida “Ijodkor qo‘l – yurt g‘ururi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.👩🎓👨🎓 Tadbir davomida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik va tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.📚 Professor-o‘qituvchilar san’atning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning estetik didini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qimmatli fikr-mulohazalar bildirdilar.🤝 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tkazilayotgan bunday davra suhbatlari yoshlarning san’atga bo‘lgan intilishi va
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 10:28
переслано из @samdpi_uz
#Kelajak_soati📌 Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat — barkamol avlod tarbiyasining muhim omiliSamarqand davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darslari” izchil davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent O‘ktam Mirzayev tomonidan olib borildi.Darsda talabalarga ma’naviyat, axloq va mehr-oqibatning jamiyat va shaxs kamolotidagi o‘rni keng yoritilib, insoniylik, o‘zaro hurmat hamda ijtimoiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati yuqori ekani ta’kidlandi.Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 10:26
#Jarayon #Aniq_va_amaliy_fanlar🏫 🍏 Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti mas’ullari davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida faoliyat yuritayotgan talaba turar joylariga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar oldilar.👥 Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy muhit masalalari muhokama qilindi.📝 Yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.✨ Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik talabalarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularning o‘zini e’zozda va e’tiborda his etishiga xizmat qilmoqda.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 10:16
#Tillar_fakulteti_tashrif #Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_muzeyi🎗🏛 Tillar fakultetining bir guruh talabalari tyutorlari I. Ochilova boshchiligida Samarqand shahrida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdilar. Mazkur tashrif davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar, hujjatlar va fotosuratlar bilan yaqindan tanishib, qatag‘on yillarida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, begunoh insonlarning taqdiri haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Muzey ekspozitsiyalari orqali talabalarga milliy tariximizning murakkab va fojeali sahifalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi, hujjatlar va tarixiy ashyolar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Ushbu sayohat yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrashni chuqur anglashga xizmat qildi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 09:28
#4_son_TTJ_oʻrganish #Pedagogika_fakulteti🍏 Pedagogika fakulteti dekani M. Ashurov hamda tyutor N. Qayumova tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan suhbatlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar davomida talabalar turmush sharoitlari, yashash jarayonida duch kelayotgan muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi, ularning fikr-mulohazalari diqqat bilan tinglandi.Suhbat chog‘ida talabalarni qiziqtirayotgan masalalarga joyida tushuntirishlar berildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, talabalar turar joyida ichki tartib-intizom qoidalariga qat’iy amal qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, yashash madaniyatini yuksaltirish, hamda xonadoshlar bilan o‘zaro hurmat, hamjihatlik va totuvlikda yashash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 09:11
#Jarayon #Ijtimoiy_fanlar_fakulteti #Ijara_xonadonlar_5_son_TTJIjtimoiy fanlar fakulteti rahbar-xodimlari Ijara xonadonlari va TTJ o‘rganishdaIjtimoiy fanlar fakulteti dekani A.Jo‘raqulov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Raximov hamda fakultet tyutorlari Ijara xonadonlari va 5-son talabalar turar joyida yashovchi talabalarning holidan xabar olishdi.Ijara xonadonlari va TTJlarni o‘rganish davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, darslarga qatnashuv holati, o‘qishda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, kuz–qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, turar joyda tozalik va tartibni saqlash, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikrlar bildirildi🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 05:04
#Birdam_jamiyat #Tafakkur_qilingHech tasavvur qilganmisiz? Agar oilangizda ma'naviyat bir kunga yo‘q bo‘lsa qanday holatlar kuzatiladi?🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
21 янв., 04:41
#Xayrli_KUNAgar siz muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, oltita illatdan qoching:— uyquchanlik — dangasalik — qo‘rquv — g‘azab — bekorchilik va qat’iyatsizlik.Siz bu illatlardan qocha olsangiz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!🌨🇺🇿 Chorshanba kuningiz xayrli oʻtsin!🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
20 янв., 17:31
#Yangiliklar #Ijara_xonadoni #Tabiiy_fanlar⚡️Talabalar ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildiTabiiy fanlar fakulteti dekani Uktam Mirzayev fakultet xodimlari bilan birgalikda fakultet talabalarining ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida joylarga chiqdi. O‘rganish jarayonida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining yashash uchun qulayligi, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda maishiy sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, talabalar uchun munosib va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ul xodimlarga zarur topshiriqlar yuklatildi. Ushbu ishlar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning ta’lim jarayonidagi
