gram news
Аватар канала SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

@samgasn

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi ☎️ +998 (55) 705-97-25 samgasn.uz https://www.facebook.com/samgasn.uz https://Instagram.com/sam_gasn Murojaat uchun: @Xondamir4006 Telegram bot: @SamGASN_murojaatbot

ПроектыUZПолитика

1,920подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    22 сент., 12:02

    ❤️‍🔥Kattaqo‘rg‘on shahridagi qurilish obyektlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan qurilish va ta’mirlash obyektlarida ishlar sifati hamda loyiha talablariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.➡️Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasidagi 17-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish obyektida ichki devorlarga terilgan gazobloklar to‘liq kleylanmagani aniqlandi. Shuningdek, loyihada belgilangan SG-1 setkalar sifati talabga javob bermagani sababli joyida demontaj qilindi.➡️Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahri Kattaqo‘rg‘on mahallasi binosini mukammal ta’mirlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash obyektida ham
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    22 сент., 10:32

    ❤️‍🔥Samarqandda boshqaruv servis kompaniyasiga nisbatan chora ko‘rildi👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida ko‘p kvartirali uylardagi muammolarni o‘rganishda davom etmoqda.🖥 Navbatdagi o‘rganishda "Samarqand Umidli hamkor" mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv organining faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash, shuningdek, yerto‘lalardan foydalanish tartibi ko‘rib chiqildi.⚙️ O‘rganish davomida umumiy mol-mulk va uylarga tutash hududdagi ariqchalarning talab darajasida saqlanmayotgani aniqlandi.✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    22 сент., 08:08

    #Munosabat❤️‍🔥Qorasuv massividagi ko'p-qavatli uy zinalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqdaUlaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
    5,140видео21Открыть в Telegram
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    21 сент., 11:23

    ❤️‍🔥 Urgutda mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi🖥 Ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimida yuzaga keladigan avariya holatlarida nosozliklarni tezkor bartaraf etish bilan birga, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega.👮‍♀️ Shu maqsadda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamda "Samarqand suv ta’minoti" AJ hamkorligida xodimlarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda.⚙️ Navbatdagi amaliy seminar Urgut tumani Yangi O‘zbekiston massivida tashkil etildi. Unda avariyalarni bartaraf etish guruhlari xodimlariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish,
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    21 сент., 04:59

    ❤️‍🔥Hududiy inspeksiya faoliyatidagi natija va kamchiliklar muhokama qilindi👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida A. Shukurov rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda rahbar o‘rinbosarlari, bo‘lim va shu’ba boshliqlari hamda barcha darajadagi xodimlar ishtirok etdi. Yig’ilishda 2026-yil iyul-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.➡️ Xususan, inspeksiya nazoratidagi obyektlarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan iyul-avgust oylarida 7 ming 119 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shundan 6 ming 461 tasining ijrosi ta’minlangan, 557 tasi jarayonda, 101 tasining ijrosi esa
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    18 сент., 12:59

    ❤️‍🔥Sifat talablariga javob bermagan devorlar buzdirildi👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahar markaziy shifoxonasi hududida maslahat-tashxis markazi qurilishida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.🖥 O‘rganish davomida binoning 1-qavatida, "A" o‘qlarining 4–6 oralig‘ida gazoblokdan terilgan o‘zini ko‘tarib turuvchi devorlar sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi.⚙️ Shuningdek, texnik va mualliflik nazorati o‘z vaqtida olib borilmagani, qurilish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani ma’lum bo‘ldi.✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    18 сент., 11:04

    ❤️‍🔥Ichimlik suvidan foydalanish talabini buzganlik uchun jarima rasmiylashtirildi👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi byudjet tashkilotlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.🖥 O‘rganish davomida “Kadan” mahallasida joylashgan Markaziy shifoxona hududida ichimlik suvi orqali belgilangan vaqt talablariga rioya etilmagan holda sug‘orish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.⚙️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 2-ilovasi, 96-bandiga muvofiq, ichimlik suvidan dov-daraxtlarni
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    18 сент., 09:11

    ❤️‍🔥Kotlovan qazish ishlarida loyiha talablari qo'pol ravishda buzilgani aniqlandiUlaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    18 сент., 06:59

    ❤️‍🔥Qurilish sifati laboratoriya sinovlari orqali baholanmoqda👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi huzurida faoliyat yuritayotgan qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan sayyor va laboratoriya sharoitida sinov hamda tekshiruv ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.🖥 Navbatdagi tekshiruv Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Nurobod tumani bo‘limi uchun qurilayotgan yangi binoda o‘tkazildi.⚙️ O‘rganish jarayonida GOST 24992 — 2014 talablari asosida g‘isht terimidagi bog‘lanish mustahkamligini aniqlash bo‘yicha sinov ishlari bajarildi.📌 Eslatib o’tamiz, sinov natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalar buyurtmachiga 1 ish kuni ichida
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    18 сент., 04:51

    ❤️‍🔥Siyosiy-ma’rifat soati: siyosiy bilim va shaxs kamoloti — e’tibor markazida🖥 Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.⚙️ Unda davlat rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi, uning ahamiyati va natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ushbu tashrif yuzasidan jahon ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy siyosiy sharhlovchilarning fikrlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.⛓ Tadbir davomida shaxs kamoloti masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi Javohir Sindorovning bobosi Komil Sindorovning shaxs kamoloti haqidagi fikrlari ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.✅ S
  • SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

    17 сент., 13:47

    ❤️‍🔥Ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari muntazam ko‘zdan kechirilmoqda.🖥 Navbatdagi o‘rganishlar Samarqand shahrining Sattepo maskanidagi ko‘p xonadonli uylarda o‘tkazildi. Unda uy-joylarni mavsumga puxta tayyorlash, shuningdek, ta’mirlanishi belgilangan kirish yo‘laklaridagi ishlarning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.⚙️ O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.✅ Mazkur ishlar aholining