Последние посты

SANATSIYA
22 сент., 06:03
Sudga VKS orqali ulanish tartibi ishtirokchi uchun aniq bo‘lishi kerak.VKS orqali sud majlisida qatnashishdagi tashkiliy muammolar yuzasidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilaman.Ko‘tarilgan holat sud ishtirokchisiga ulanish jarayonida aniq yo‘l-yo‘riq va tezkor aloqa zarurligini ko‘rsatadi.Sudda birinchi marta qatnashayotgan fuqaro yoki advokat sudya yordamchisining shaxsiy telefon raqamini bilmasligi tabiiy. U rasmiy platformadagi ma’lumotlar orqali qaysi sudga, kimga va qanday tartibda murojaat qilishini tushuna olishi kerak. Raqam boshqa sudga tegishli bo‘lib chiqishi yoki qo‘ng‘iroqlarga javob berilmasligi esa ishtirokchini noaniqlikda qoldiradi.Menimcha, sud majlisi haqidagi xabarnomaning o‘zida VKSga ulanish bo‘yicha yo‘riqnoma, ulanish vaqti hamda mas’ul xodimning xizmat telefoni ko‘rsatilishi lozim.Platformadagi aloqa ma’lumotlari sud turi va hududi bo‘yicha aniqTelegramBahodir AhmedovВКС орқали судга қатнашишни айрим ташкилий масалалари ҳали-ҳануз яхши йўлга қўйилмаган. Масалан сиз биринчи марта судга қатнашиб турибсиз. Судья ёрдамчисини рақами йўқ. ВКС орқали боғланмоқчисиз. Қандай қилиб боғланасиз? Аввал vka.sud.uz орқали судни топиб…
SANATSIYA
22 сент., 05:13
⚖️ Ish joyida xavfsizlik va hurmat — inson qadr-qimmatining muhim kafolatiPrezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Ish joyidagi munosabatlar insonning salomatligi, ruhiy holati va mehnat natijasiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli xodim bilan muomala qilish madaniyati har bir tashkilot uchun jiddiy masala bo‘lishi kerak.Xodimdan vazifasini bajarishni talab qilish, ishini baholash va kamchiliklarini ko‘rsatishda uning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi lozim. Haqorat, tahdid, kamsitish va ruhiy bosimni odatiy ish uslubiga aylantirishga befarq qarab bo‘lmaydi.💬 Menimcha, ushbu tashabbusning amaliy ahamiyati xodim o‘z muammosini qo‘rqmasdan ayta oladigan, murojaati xolis eshitiladigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘linadigan muhitni
SANATSIYA
18 сент., 16:02
t.me/davletovuz kanali xabar berishicha, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ham ayni paytda Nukusda.Hududlar rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining tegishli tumanlariga biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.@sanatsiya



SANATSIYA
18 сент., 15:36
🏛 DAVLAT XARIDI — SHUNCHAKI ENG ARZON TAKLIFNI TANLASH EMASDavlat xaridining asosiy maqsadi faqat past narxdagi taklifni aniqlash emas, balki ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanib, tovar, ish yoki xizmatning narxi, sifati va undan foydalanish davridagi xarajatlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashdir.“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, xaridlar quyidagi asosiy prinsiplarga tayanishi kerak:🔹 kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;🔹 asoslanganlik;🔹 tejamkorlik va samaradorlik;🔹 ochiqlik va shaffoflik;🔹 raqobat va xolislik;🔹 korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.❗️ Davlat xaridlarida:
SANATSIYA
18 сент., 13:59изменён
“Ummu Muxammad” taxallusi ostida “Telegram” messenjerida diniy taʼlim niqobida ayollarni “hijrat” qilishga chorlab, xorijdagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar safiga yollayotgan Meʼrojixon Abobakirova kabilarning aldov qurboniga aylanib qolmang!@sanatsiya
SANATSIYA
18 сент., 12:03
⚖️ NOTARIUSNING IJRO XATI: 10 KUNNI O‘TKAZIB YUBORMANG!Notariusning ijro xati qarzdorlikni sud qarorisiz majburiy undirish imkonini beradi. U faqat qarzdorlik hujjatlar bilan shubhasiz tasdiqlangan va talab nizosiz bo‘lgan hollarda yoziladi.❗️ Qarzdor ijro xati nusxasini olgan yoki uning yozilganidan xabar topgan kundan boshlab 10 kun ichida notariusga e’tiroz bildirib, ijro xatini bekor qilishni so‘rashi mumkin.E’tiroz o‘z vaqtida berilsa, notarius ijro xatini bekor qiladi. Shundan so‘ng undiruvchi talabini sudga da’vo tartibida kiritishi mumkin.Agar 10 kun ichida e’tiroz bildirilmasa, ijro xati Majburiy ijro byurosiga yuborilishi mumkin.@sanatsiya
SANATSIYA
17 сент., 09:25
⚖️ Sud va advokat o‘rtasidagi tezkor muloqot — ijobiy tajriba“Advokat Qosimov” kanalida Andijon viloyati sudlarida advokatlar bilan hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgani haqida yozildi.Unda advokatlar uchun ochilgan maxsus guruhda qoldirilgan murojaatga Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi mas’ullari 15 daqiqa ichida munosabat bildirib, yuzaga kelgan tushunmovchilikni tezkorlik bilan hal qilgani qayd etilgan.E’tiborlisi, guruhdagi boshqa murojaatlar ham ortiqcha kuttirilmasdan ko‘rib chiqilgan.Bu — sudlar va advokatlar o‘rtasida ochiq, tezkor hamda amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish mumkinligining yaxshi namunasi. Bunday yondashuv masalalarning o‘z vaqtida hal etilishiga, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga va sud tizimiga nisbatan ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.Andijon viloyati sudi rahbariyati va mas’ullarining ushbu tashabbusi e’tirofga loyiq.TelegramAdvokat QosimovУшбу каналда адвокат Хайрулло Қосимовнинг мулохазалари ва ҳуқуқий маслаҳатлари бериб борилади. Мурожаат учун: @qosimovadvokatbot Адвокатлик хизмати учун:(+998 90) 537 20-71;(+998 50) 002 04 43
SANATSIYA
16 сент., 18:53
переслано из @revizor_uzb
20 МЛРДЛИК ХАРИДЛАР: БИР МАНЗИЛ, БИР ТЕЛЕФОН ВА БИР ШАХСГА ТЕГИШЛИ «РАҚОБАТЧИЛАР»2024 йил августда «Ўзйўлкўприк кластери» Самарқанд филиали ўзи фаолият юритадиган Самарқанд шаҳри Чўпонота массивидаги 486 кв.м майдонни «DARXON BETON» МЧЖга 36 ойга ижарага берган.Шундан кейин «DARXON BETON» мунтазам равишда «Ўзйўлкўприк кластери» Самарқанд филиали томонидан эълон қилинган харидларда ғолиб бўла бошлаган.Икки йил ичида «DARXON BETON» 36 та харид бўйича жами 20 млрд 288 млн сўмлик шартномаларни қўлга киритган.Айрим манбаларда «Ўзйўлкўприк кластери» Самарқанд филиали ва «DARXON BETON» учун бир хил — +998 91 522-08-53 рақами кўрсатилган.Бу шунчаки эски ёки адашиб киритилган маълумот бўлиши ҳам мумкин эди. Аммо 2019 йилги аудиторлик ҳужжати ушбу рақамдан ҳақиқатан ҳам Самарқанд филиали фойдаланганини кўрсатади.Шунингдек, убшу телефон рақамдан айрим танловларда «DARXON BETON» билан
SANATSIYA
16 сент., 07:29
переслано из @davletovuz
Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражада ўзгаришсиз қолдирди.
SANATSIYA
16 сент., 06:30изменён
⚖️ ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKI QANDAY BO‘LINADI?Oila kodeksining 28-moddasiga ko‘ra, nikoh shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, er va xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushlari teng hisoblanadi.Biroq sud quyidagi holatlarda ulushlar tengligidan chekinishi mumkin:▪️ voyaga yetmagan bolalarning manfaatlari talab qilsa;▪️ er yoki xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatlari mavjud bo‘lsa;▪️ taraflardan biri uzrsiz sabablarga ko‘ra daromad olmagan bo‘lsa;▪️ umumiy mol-mulk oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflangan bo‘lsa.💳 Umumiy qarzlar-chi?Er-xotinning umumiy qarzlari mol-mulkni bo‘lish natijasida ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi.❗️Agar er yoki xotindan biri ikkinchi tarafning roziligiga zid ravishda hamda oila manfaatiga mos bo‘lmagan holda umumiy mol-mulkni sarflagan yoki boshqa shaxsga o‘tkazgan bo‘lsa,
SANATSIYA
14 сент., 12:53
⚖️ MULKINGIZ BOSHQA SHAXSNING NOQONUNIY EGALIGIDAMI?O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli. Bu huquqiy himoya usuli vindikatsiya da’vosi deb ataladi.Bunday da’vo qanoatlantirilishi uchun, odatda:🔹 da’vogar mol-mulkning mulkdori ekanini tasdiqlashi;🔹 mol-mulk aynan o‘z holicha mavjud bo‘lishi;🔹 mol-mulk javobgarning amaldagi egaligida ekanligi;🔹 javobgar uni qonuniy yoki shartnomaviy asossiz egallab turganligi isbotlanishi lozim.📌 Masalan: fuqaroning o‘ziga tegishli avtomobili, uskunasi, chorva mollari yoki boshqa mol-mulki uning roziligisiz boshqa shaxs egaligiga o‘tgan bo‘lsa, mulkdor sud orqali aynan shu mol-mulkni qaytarishni talab qilishi mumkin.Muhim jihat: mol-mulkni insofli egallovchidan qaytarib olish masalasi Fuqarolik kodeksining
SANATSIYA
14 сент., 09:07
✈️ XORIJIY XIZMAT SAFARLARI: YANGI TARTIBXorijiy xizmat safarlarini tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.Vazirlar Mahkamasining 303-son qarori avvalgi 2730-son Nizom talablarini yangilab, xizmat safarini rasmiylashtirish, safar xarajatlarini moliyalashtirish va qoplash, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish hamda safar yakuni bo‘yicha hisobot berish tartiblarini aniq belgiladi.Yangi tartib xorijiy xizmat safarlarida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan.@sanatsiya
SANATSIYA
11 сент., 13:49
⚖️ EKOLOGIYA BILAN BOG‘LIQ SUD ISHIDA MUHIM NATIJAGA ERISHDIKToshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ekologiya organining “Engipro” MCHJga nisbatan 142 844 286 so‘m tabiatga yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vosi yuzasidan navbatdagi sud muhokamasi yakunlandi.Birinchi instansiya sudi tomonidan Jamiyat zimmasiga 72 873 312 so‘m zarar to‘lovini undirish majburiyati yuklatilgan edi. Bildirilgan huquqiy vajlar, taqdim etilgan dalillar hamda ishning haqiqiy holatlari qayta baholanishi natijasida undiriladigan summa 47 677 147,94 so‘mgacha kamaytirildi.Sud jarayonida quyidagi muhim holatlarga alohida e’tibor qaratildi:zarar aynan “Engipro” MCHJning harakati yoki harakatsizligi oqibatida kelib chiqqani yetarli va ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagani;huquqbuzarlikni bevosita sodir etgan shaxslar to‘liq aniqlanmagani;Jamiyatning aybi, noqonuniy
SANATSIYA
11 сент., 11:13
🔤 O‘ZBEK ALIFBOSIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILMOQDASenat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunni ma’qulladi.Yangi tahrirga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat alifbo o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat alifbo joriy etilishi nazarda tutilmoqda.Muhimi, yangi qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan:▪️ hujjatlar;▪️ milliy valyuta;▪️ qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi.Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha, ko‘rsatkich hamda boshqa atributlaridan ular yaroqsiz holga kelguniga yoki belgilangan tartibda yangilanguniga qadar foydalanish mumkin bo‘ladi.Mazkur tartib amaldagi hujjatlar, blankalar, peshlavhalar va boshqa moddiy vositalarni bir vaqtning o‘zida
SANATSIYA
11 сент., 11:05
⚖️ NAVBATDAGI SUD ISHI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDIHozirgina Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi yakunlandi.Ishni ko‘rish jarayonida arizachi tomonidan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida belgilangan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjudligini tasdiqlovchi yetarli va ishonchli dalillar taqdim etilmagani yuzasidan huquqiy pozitsiyamiz bayon qilindi.Sud taraflarning vajlari va ishdagi dalillarni baholab, arizachining arizasini rad etdi.Mazkur natija qarzdorlikning o‘zi yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish uchun yetarli emasligini, Qonunda belgilangan alomatlar tegishli dalillar bilan tasdiqlanishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.Arizani rad etishga asos bo‘lgan moddiy va protsessual holatlar yuzasidan batafsil huquqiy tahlilni keyingi postlarda ulashamiz.To‘lovga
SANATSIYA
10 сент., 08:18
KODEKSDA YO‘Q, HISOBDA BOR: SOLIQ QANDAY PAYDO BO‘LDI?Termiz tumanlararo ma’muriy sudida sudya S.Z. Karimov raisligida ish ko‘rilmoqda.Nizo Soliq qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizimidagi soliq organi tomonidan jamiyat nomiga rasmiylashtirilmagan ko‘chmas mulk va yer obyektlari bo‘yicha soliq majburiyati shakllantirilgani bilan bog‘liq.Sud ajrimida arizachining vajlari bayon qilinib, nizoli davrda ushbu obyektlarga bo‘lgan mulk yoki yer huquqi jamiyat nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani qayd etilgan. Sud majlisida soliq mutaxassisiga aniq savol berildi:Jamiyat qaysi modda va qaysi hujjat asosida soliq to‘lovchi deb topilgan?Javob umumiy: “Soliq kodeksi asosida”.Ammo qaysi modda? Qaysi yuridik fakt? Qaysi tasdiqlovchi hujjat?Soliq kodeksida muayyan holat soliq solish obyekti sifatida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uni mutaxassisning fikri yoki elektron
SANATSIYA
9 сент., 09:49
🏢 QAYSI KO‘CHMAS MULKLAR MOL-MULK SOLIG‘IGA TORTILADI?Amaldagi Soliq kodeksining 411-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari mol-mulk solig‘i solish obyekti hisoblanadi.Soliqqa tortiladigan obyektlar:davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bino va inshootlar;belgilangan muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari;temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari hamda ularning ajralmas texnologik inshootlari;quruvchi balansida sotish uchun hisobga olingan, foydalanishga topshirilganidan keyin 6 oy davomida sotilmagan turar joylar.❗️Quyidagilar mol-mulk solig‘i obyekti hisoblanmaydi:✅ notijorat tashkilotlarining notijorat faoliyatida foydalaniladigan obyektlari;✅ belgilangan maqsadda foydalaniladigan uy-joy-kommunal va umumfuqaroviy ahamiyatga ega shahar xo‘jaligi obyektlari;
SANATSIYA
7 сент., 11:46
🏎 “Shumaxer” endi shunchaki familiya emasYetti karra “Formula-1” jahon chempioni Mixael Shumaxerning familiyasi rus tilida rasman turdosh ot sifatida e’tirof etildi.Rossiya Fanlar akademiyasining V.V. Vinogradov nomidagi Rus tili instituti “шумахер” so‘zini “Akademos” akademik imlo lug‘atiga kiritdi. Endilikda mazkur so‘z poygachi, tezlikni yaxshi ko‘radigan yoki tavakkal haydovchi ma’nolarida qo‘llanadi.Ba’zan insonning mahorati shu darajada iz qoldiradiki, uning nomi til tarixining bir qismiga aylanadi. Shumaxer bunga yorqin misol! 🏁@sanatsiya
SANATSIYA
5 сент., 11:39изменён
Saidali aka, fikrlariga to‘liq qo‘shilaman.Sud tizimini raqamlashtirish deganda faqat da’vo arizasini elektron yuborish yoki sud hujjatini onlayn olishni emas, balki sud majlisiga kelishdan boshlab, unda ishtirok etishgacha bo‘lgan butun jarayonning aniq va qulay tashkil etilishini tushunishimiz kerak.Afsuski, bugun tarafning sudga belgilangan vaqtda yetib kelgani uning sud majlisida ishtiroki ta’minlanishini anglatmaydi.Majlisning qachon boshlanishi, qaysi zalda o‘tkazilishi yoki kechikayotgani haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa, taraf koridorda kutishga, sud majlisi kotibini izlashga yoki turli telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ladi.Natijada sudga o‘z vaqtida kelgan shaxs ham majlis o‘tkazilganidan bexabar qolishi mumkin.Yaqinda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudidagi 4-1001-2619/47556-sonli iqtisodiy ish doirasida shunday holatga duch keldik. Sudya XusanovningTelegramYURISTKADRНаҳотки, судлар оддий лавашхоначалик бўлолмаса? Судларда, хусусан, Тошкент шаҳридаги судларда ҳалигача эскича тизимда ишлаяпмиз. Тараф судга белгиланган вақтда етиб келади ва қанчадир вақт суллайиб кутиб ўтиради суд бошланишини. Навбати келганда эса, кўпинча…
SANATSIYA
3 сент., 07:53изменён
📌 Yangi tayinlovPrezidentning tegishli qarori bilan Nu’mon Usmonovich Muhammadiyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari - Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.Shu munosabat bilan u ilgari egallab kelgan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.@sanatsiyaTelegramПрезидентнинг тегишли қарори билан Нуъмон Усмонович Мухаммадиев Ўзбекистон Республикаси адлия вазири ўринбосари —Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Тўловга қобилиятсизлик ишлари агентлиги директори лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан…
