Последние посты

Sarbon universiteti hayoti
21 сент., 15:28
переслано из @sarbonuniversity
Sarbon Universitetining Yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi.Bugun talabalarimiz uchun yangi bilimlar, yangi maqsadlar va katta imkoniyatlarga boy o‘quv jarayonining ilk qadamlari tashlanmoqda. 📚Kelajakda huquq sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lishni maqsad qilgan barcha talabalarimizga o‘qishlarida ulkan omad va muvaffaqiyat tilaymiz!Har bir darsingiz yangi bilim, har bir qadamingiz esa katta kelajak sari xizmat qilsin. 🎓
Sarbon universiteti hayoti
18 сент., 06:13
Hurmatli talabalar!Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.📲 Botga kirib: • universitetingizni tanlang; • qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang; • foydalanadigan transportingizni tanlang; • yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating; • so‘rovnomani yuboring. ⏱️ To‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. ✅ Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin. Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi.👇 So‘rovnomada qatnashish uchun botga kiring: @student_coddbotFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Sarbon universiteti hayoti
14 сент., 06:46
переслано из @sarbonuniversity
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti va xalqaro savdo tobora rivojlanib bormoqda. Mahsulotlarning bir davlatdan boshqasiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri yetib borishi esa logistika tizimining samaradorligiga bevosita bog‘liq.Kelajakda logistika sohasida professional mutaxassis bo‘lib, xalqaro kompaniyalar va yirik loyihalarda faoliyat yuritishni maqsad qilganman. Sarbon Universitetida aynan shu yo‘nalishda tahsil olayotganimdan faxrlanaman. Bu yerda olayotgan bilimlarim kelajakdagi maqsadlarimga erishishim uchun katta qadamdir.❗️ Onlayn hujjat topshirish uchun havola:https://qabul.sarbon.university/📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni
Sarbon universiteti hayoti
30 авг., 06:44
🏢 Sarbon universiteti Davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich bitiruvchi talabasi, “YOSH MENEJERLAR” klubi faol a’zosi — Abdullayev Sunnat Nurulla o'g'li yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!✨ U ilm-fan, ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun 📚 Pinnacie Science xalqaro ilmiy-amaliy tanlov tomonidan 🏅 “Yilning innovator tadqiqotchisi” ko‘krak nishoni va 🏆 “Yilning innovator tadqiqotchisi” statuetkasi bilan taqdirlandi.🎓Ilmiy rahbari Iqtisodiyot va servis kafedrasi o'qituvchisi J.R.Tojiyev tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.🌟 Sarbon yoshlari — kelajak bunyodkorlari!💡 S.Abdullayev va ilmiy rahbarini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!#SarbonUniversiteti #Yoshmenejer
Sarbon universiteti hayoti
28 авг., 12:19
переслано из @xushnudbek
Kontrakt pulini o‘qishni tugatgandan keyin to‘lash mumkin!BRB ta’lim krediti bilan 1 yillik kontrakt summasi ta’lim muassasasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkaziladi. Siz esa o‘qish davomida asosiy qarzni to‘lamaysiz.🔹 Xotin-qizlar uchun — 0% 🔹 Yigitlar uchun — 14% 🔹 O‘qishni tugatgach — 6 oy imtiyozli davr 🔹 Keyin — 7 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash.🎁 BRB ta’lim krediti olganlar avtomatik ravishda «Omadli kredit» aksiyasida qatnashib, 5 mln so‘m yutib olish imkoniga ega bo‘ladi.🌐 Batafsil: brb.uz 📞 1254Reklama1,610Открыть в Telegram
Sarbon universiteti hayoti
21 авг., 11:50
🚀 SARBON UNIVERSTITETI TALABALARI DIQQATIGA!Yangi oʻquv yili uchun “Tanishtiruv haftaligi” (Induction Week) mentorligiga qabul boshlandi!🤔 Mentor kim? Mentor — bu birinchi kurslarning universitetdagi ilk doʻsti, yoʻlkoʻrsatuvchisi va maslahatchisi.💡Muhim: Sarbon University’ning istalgan talabasi mentor boʻlishi mumkin!🤔 Mentorlik sizga nima beradi? • Yetakchilik va Networking: Muloqot koʻnikmalaringizni oshirasiz va kuchli tanishlar orttirasiz. • Katta Tajriba: Tashkilotchilik mahoratingizni rivojlantirib, rezyumeingizni (CV) boyitasiz. • Maxsus Sertifikat: Faoliyatingiz universitet rahbariyati tomonidan rasman eʼtirof etiladi. • Unutilmas Xotiralar: Katta loyihaning markazida boʻlasiz va yorqin taassurotlar yigʻasiz!🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: [Link/Ssilka] ❓Qo'shimcha savollar uchun: @abdixamitov8Kelajak yetakchilarini shakllantirishda oʻz hissangizni qoʻshing!
Sarbon universiteti hayoti
21 авг., 06:45
🌊 Sarbon universiteti vakili Aral Summer School 2026 dasturidaSarbon universiteti Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Akbarov Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan 8-Aral Summer School 2026 xalqaro dasturida ishtirok etmoqda. Kazakh-German University (DKU) boshchiligidagi dastur Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi (IFAS), GIZ, FAO, UNESCO UNITWIN, IHE Delft va boshqa xalqaro hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan. Dastur Orolbo‘yida suv resurslarini boshqarish, ekologik tiklanish, WEFE Nexus va barqaror rivojlanish masalalarini nazariy mashg‘ulotlar hamda dala tadqiqotlari orqali o‘rganishga qaratilgan.#SarbonUniversity #AralSummerSchool2026 #DKU #AralSea
Sarbon universiteti hayoti
17 авг., 07:55
переслано из @sarbonuniversity
Universitet yosh va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Start-up klublarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.Ushbu klublar orqali o‘z Start-up g‘oyasi yoki loyihasiga ega bo‘lgan talabalar o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, tajribali mutaxassislardan maslahat olish, jamoa shakllantirish va loyihalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Sarbon Universiteti talabalarning nafaqat bilim olishini, balki innovatsion g‘oyalar yaratishi, yangi loyihalar ustida ishlashi va o‘z g‘oyalarini real loyihaga aylantirishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Sarbon universiteti hayoti
17 авг., 07:54
переслано из @sarbonuniversity
Turizm — shunchaki sayohat qilish emas. Bu turli xalqlar va madaniyatlar bilan tanishish, insonlar bilan muloqot qilish, yangi joylarni kashf etish va butun dunyo bo‘ylab imkoniyatlar yaratish sohasi.Bugungi kunda turizm mehmonxona va sayohatlar bilangina cheklanmaydi. Unda xalqaro turizm, mehmonxona biznesi, turistik xizmatlar, sayohatlarni tashkil etish, servis va mijozlar bilan ishlash kabi ko‘plab yo‘nalishlar mujassam.Sarbon Universitetida biz turizm sohasini zamonaviy yondashuv asosida o‘rganamiz. Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan birlashtirib, turizmning ichki va xalqaro bozoridagi imkoniyatlarni chuqur anglaymiz.Sarbon Universiteti — turizmni birgalikda o‘rganamiz!❗️ Onlayn hujjat topshirish uchun havola:https://qabul.sarbon.university/📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni📍 Manzilimiz: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi,
Sarbon universiteti hayoti
11 авг., 06:50
переслано из @eduuz
#Eʼlon #Tanlov🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi.“President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes;
Sarbon universiteti hayoti
5 авг., 14:13
Sarbon universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Dexqonboyeva Zulayxo Dilshod qizi 2026-yil 5-avgust kuni “Ayollarda fitnes amaliyotiga munosabatning ijtimoiy-psixologik determinantlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun muvaffaqiyatli himoya qildi. Ushbu natija Zulayxo Dilshod qizining izchil ilmiy izlanishlari, kasbiy salohiyati va fidokorona mehnatining munosib samarasi bo‘lib, Sarbon universitetining ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Sarbon universiteti jamoasi Dexqonboyeva Zulayxo Dilshod qizini mazkur muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy natijalar va yuksak zafarlar tilaydi. Ilmiy yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
Sarbon universiteti hayoti
5 авг., 09:40
переслано из @sarbonuniversity
Sarbon Universiteti va Jiangsu Normal Universiteti o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.Sarbon Universiteti va Jiangsu Normal Universiteti (JSNU) o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash orqali rasmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu esa akademik hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan markazlarni tashkil etish, shuningdek, Sarbon Universiteti talabalari uchun Xitoyda yozgi lagerlarni tashkil etish kabi ta’limiy va madaniy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sarbon universiteti hayoti
3 авг., 15:00
переслано из @nodavlattalim
🏆 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2026"Sarbon universiteti" - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida Toshkent shahrida faoliyat olib boradi.Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Sarbon universiteti tomonidan berilgan diplomlar, davlat oliy ta'lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.🏆 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2026" tanlovida faol ishtirok eting va o'z oliygohingizni qo'llab-quvvatlang!👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG
Sarbon universiteti hayoti
30 июл., 13:09
переслано из @sarbonuniversity
Sarbon Universitetida Muassis stipendiyasi joriy etilgan!Bu stipendiya iqtidorli va intiluvchan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada yuqori natijalarga ruhlantirish maqsadida tashkil etilgan. Agar siz bilim olishga intilsangiz va o‘z ustingizda ishlashga tayyor bo‘lsangiz, Muassis stipendiyasi siz uchun ajoyib imkoniyatdir.Sarbon Universitetida nafaqat sifatli ta’lim oling, balki o‘z yutuqlaringiz bilan munosib rag‘batga ham ega bo‘ling!📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni
Sarbon universiteti hayoti
28 июл., 12:49
🎓 GDANSK UNIVERSITETIDA BIR SEMESTR BEPUL TA’LIM OLISH UCHUN 3 TA GRANT!Sarbon universitetining kunduzgi ta’lim talabalari Polshaning Gdansk universitetida bir semestr o‘qish uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘olibi bo‘lgan 3 nafar talabaning 1 800 yevrolik bir semestr o‘qish to‘lovi grant hisobidan to‘liq qoplanadi.Ishtirok etuvchi yo‘nalishlar: ⚖️ Yurisprudensiya; 🏛 Davlat va jamiyat boshqaruvi; 📊 Iqtisodiyot; 💻 Axborot texnologiyalari.📌 Grant faqat o‘qish to‘lovini qoplaydi. Safar, viza, sug‘urta, turar joy, ovqatlanish va boshqa xarajatlar talaba tomonidan to‘lanadi.Talab etiladigan hujjatlar: 1. CV; 2. Tasdiqlangan transkript (PDF); 3. Motivatsion xat; 4. Til darajasi haqidagi ma’lumot yoki sertifikat.Nomzodlar hujjatlari, akademik ko‘rsatkichlari, til bilish darajasi va yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra saralanadi.
Sarbon universiteti hayoti
23 июл., 05:06
переслано из @sarbonuniversity
Sarbon Universitetida Yurisprudensiya yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari onlayn shaklda tashkil etildi.Bu, ayniqsa, viloyatlarda yashovchi abituriyentlar uchun katta imkoniyat. Endi uzoq yo‘l bosish shart emas — imtihonni o‘zingiz turgan joydan topshirishingiz mumkin.Orzularingizni ortga surmang. Imkoniyat eshigingizni taqillatib turibdi. Bugun harakat qilsangiz, ertaga talabalik sari dadil qadam qo‘yasiz.❗️ Onlayn hujjat topshirish uchun havola:https://qabul.sarbon.university/📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni📍 Manzilimiz: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 290-uy.Website || Instagram || Telegram
Sarbon universiteti hayoti
20 июл., 07:02
переслано из @sarbonuniversity
DTM balingiz — bu sizning yangi imkoniyatlaringiz kaliti!Sarbon universitetida 30 dan ortiq ta’lim yo’nalishlarida DTM balingiz bilan talaba bo’lish imkoniyati mavjud.Siz o’zingizga qulay ta’lim shaklini tanlashingiz mumkin: kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim.Qaysi yo’lni tanlamang, maqsadingiz bitta — sifatli ta’lim olib, kelajagingizni bugundan qurish.Sarbon universitetida DTM balingiz bilan talabalik sari ilk qadamni bugun tashlang!❗️ Onlayn hujjat topshirish uchun havola:https://qabul.sarbon.university/📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni📍 Manzilimiz: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 290-uy.🧭 Website || 😎 Instagram || 😎 Telegram
Sarbon universiteti hayoti
17 июл., 13:59
🌍 Sarbon universiteti vakili III Turkiy dunyo yozgi forumida ishtirok etdiSarbon universitetining Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi Jamshid Aramov 6–15-iyul kunlari Istanbul shahridagi Ibn Haldun universitetida tashkil etilgan III Turkiy dunyo yozgi forumida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Forum doirasida dolzarb ilmiy-ma’rifiy mavzular muhokama qilinib, turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida tajriba va fikr almashildi. Shuningdek, tashrif davomida Sarbon universiteti va Ibn Haldun universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yaqin istiqbolda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda.🤝 Mazkur hamkorlik akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Sarbon universiteti hayoti
17 июл., 09:52
📣 YUNESKO YOSHLAR XAKATONI – 2026 Sarbon universiteti talabalari YUNESKOning “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusidagi xalqaro Yoshlar xakatonida ishtirok etishga taklif etiladi! Tanlov doirasida yoshlar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion va amaliy yechimlar ishlab chiqadilar: 🔹 media va axborot savodxonligi; 🔹 sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish; 🔹 raqamli xavfsizlik; 🔹 yolg‘on va chalg‘ituvchi axborotlarga qarshi kurashish. 👥 Kimlar qatnashishi mumkin? — 18–30 yoshdagi yoshlar; — 2 nafardan 6 nafargacha a’zodan iborat milliy yoki xalqaro jamoalar; — jamoalarda gender muvozanati va inklyuzivlikni ta’minlash tavsiya etiladi. 🏆 G‘olib jamoalar o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkaziladigan “Ovozlar: Yevropa jurnalistikasi va OAV erkinligi” xalqaro festivalidaTally FormsSubmission - UNESCO Youth Hackathon 2026Made with Tally, the simplest way to create forms.2,040Открыть в Telegram
Sarbon universiteti hayoti
15 июл., 16:43
переслано из @eduuz
O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabuli rasman ochiq2026/2027-oʻquv yili uchun o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklsh va ta'lim shaklini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar topshirish jarayoni rasman start oldi.Arizalar onlayn tarzda transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.❤️ Ariza topshirish muddati: 15-iyuldan 5-avgustga qadar davom etadi.Hujjat topshirish tartibi, sertifikat talablari haqida videoda batafsil ko‘ring!Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
