gram news
Аватар канала Sarbon Universiteti

Sarbon Universiteti

@sarbonuniversity

Qabul bo’limi: @sarbon_uni 📚 30+ ortiq yo'nalishlar 🎓O'zbekistonda tan olinadigan diplom 📞 78 888 22 88 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Paxta MFY, Sag'bon ko'chasi , 290-uy

ПроектыUZНовости

34,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Sarbon Universiteti

    19 окт., 05:25

    Yoshligimdan turizm sohasiga qiziqib kelaman. O‘zbekistonning boy tarixi, betakror tabiati va milliy qadriyatlarini dunyoga tanitish doimo mening orzum bo‘lgan. Aynan shu maqsadlarim sabab Sarbon universitetini tanladim.Kelajakda yurtimiz turizmini yangi bosqichga olib chiqadigan, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshiradigan va mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo‘shadigan salmoqli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganman. Men uchun turizm — shunchaki sayohat emas, balki O‘zbekistonni dunyoga tanitish imkoniyatidir!
  • Sarbon Universiteti

    16 окт., 07:47

    Sarbon universitetida talabalar va universitet rektori ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.Uchrashuv onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilib, talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita rektorga yo‘llash imkoniyati yaratildi.Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, rektordan batafsil javoblar oldilar. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv talabalar fikr-mulohazalarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitet hayotiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
  • Sarbon Universiteti

    10 окт., 08:20

    Sarbon universiteti va Gdansk universiteti o'rtasida imzolangan akademik hamkorlik asosida, Sarbon universitetining Yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Jasmina Yuldosheva va Laziza Umaraliyeva Polshaning Gdansk universitetida grant asosida 1 semestr o'qishni davom ettirmoqda.Talabalarimiz xalqaro akademik muhitda yangi bilim va tajribalar orttirib, xorijda ta’lim olish imkoniyatlaridan bahramand bo‘lmoqda.Jasmina va Laziza o‘zlarining o‘quv jarayoni haqidagi taassurotlari bilan ham bo’lishishdi. Talabalarning ta’kidlashicha, darslar mazmunli va qiziqarli tashkil etilgan. Shuningdek, ingliz tilini yaxshi tushunish o‘quv jarayonini osonroq o‘zlashtirishga yordam berishini qayd etdilar.Sarbon universiteti talabalarimizga o‘qishlarida muvaffaqiyat, yangi yutuqlar va unutilmas taassurotlar tilaydi!
    Иллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon Universiteti
  • Sarbon Universiteti

    9 окт., 05:32

    8-oktabr kuni Sarbon universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishga universitet rektori Muzaffar Djalalov raislik qildi. U ilk bor professor va dotsent ilmiy unvonlarini qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilarni tabriklab, 2026/2027-o‘quv yilida universitet jamoasi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.Yig‘ilish kun tartibida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, kafedralar faoliyati hamda professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
  • Sarbon Universiteti

    8 окт., 09:47

    переслано из @startup_labs

    🚀 Sizda zo‘r g‘oya bor, lekin uni qanday qilib real loyihaga aylantirishni bilmayapsizmi?Biznes-model yo‘qmi? MVP yaratish, jamoa tuzish yoki investor topish qiyin tuyulyaptimi? Unda StartapLab aynan siz uchun!StartapLabda siz: 🔹 G‘oyangizni aniq va kuchli konsepsiyaga aylantirasiz 🔹 Tajribali mentor va ekspertlardan maslahat olasiz 🔹 Biznes-model va MVP yaratishni o‘rganasiz 🔹 Bozorni o‘rganib, mahsulotingizni sinovdan o‘tkazasiz 🔹 Startapingizni investorlar oldida taqdim etishga tayyorlanasiz 🔹 Investorlar va investitsiya imkoniyatlariga chiqasiz 🔹 Grantlar, startap tanlovlari va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etasiz 🔹 Startap ekotizimidagi tadbirlar va networking imkoniyatlaridan foydalanasiz📲 StartapLab Telegram kanaliga qo‘shiling!🚀 G‘oyangizni shunchaki o‘ylab yuravermang - uni birgalikda loyihaga aylantiramiz!
  • Sarbon Universiteti

    8 окт., 06:21

    🚀 Sizda zo‘r g‘oya bor, lekin uni qanday qilib real loyihaga aylantirishni bilmayapsizmi?Biznes-model yo‘qmi? MVP yaratish, jamoa tuzish yoki investor topish qiyin tuyulyaptimi? Unda StartapLab aynan siz uchun!StartapLabda siz: 🔹 G‘oyangizni aniq va kuchli konsepsiyaga aylantirasiz 🔹 Tajribali mentor va ekspertlardan maslahat olasiz 🔹 Biznes-model va MVP yaratishni o‘rganasiz 🔹 Bozorni o‘rganib, mahsulotingizni sinovdan o‘tkazasiz 🔹 Startapingizni investorlar oldida taqdim etishga tayyorlanasiz 🔹 Investorlar va investitsiya imkoniyatlariga chiqasiz 🔹 Grantlar, startap tanlovlari va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etasiz 🔹 Startap ekotizimidagi tadbirlar va networking imkoniyatlaridan foydalanasiz📲 StartapLab Telegram kanaliga qo‘shiling!🚀 G‘oyangizni shunchaki o‘ylab yuravermang - uni birgalikda loyihaga aylantiramiz!
  • Sarbon Universiteti

    7 окт., 06:19

    Hurmatli masofaviy ta’lim shakli talabalari!Sizlar uchun masofaviy ta’lim jarayonidan samarali foydalanish va o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha qisqacha qo‘llanma tayyorladik.Unda ta’lim platformasidan foydalanish, darslarni kuzatish, topshiriqlarni bajarish, nazorat jarayonlari va muhim talablar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
  • Sarbon Universiteti

    6 окт., 06:35

    Sarbon Universiteti va Hayot Ventures o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi!Ushbu kelishuv nafaqat startaplarga investitsiya jalb qilish, balki talabalar loyihalarini real sharoitda sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi. 🚀 Hayot Ventures - startaplarning erta bosqichidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi fond bo‘lib, istiqbolli startaplarga $10 000 dan $150 000 gacha investitsiya kiritish imkoniyatiga ega. Hamkorlik doirasida Hayot Ventures Sarbon talabalari tomonidan yaratilgan istiqbolli loyihalarni pilot rejimida sinab ko‘rish, ularning real bozordagi imkoniyatlarini baholash va muvaffaqiyatli loyihalarni keyingi bosqichga olib chiqishni taklif qilmoqda.Kelishuv doirasida: 🔹 talabalar startaplarini aniqlash va rivojlantirish; 🔹 loyihalarni pilot rejimida sinovdan o‘tkazish; 🔹 istiqbolli startaplarga $10 000–$150 000 gacha investitsiya imkoniyati; 🔹 mentorlik va ekspert ko‘magini yo‘lga qo‘yish; 🔹 talabalarni investorlar va biznes vakillari bilan bog‘lash; 🔹 pitch sessiyalar va demo kunlar tashkil etish rejalashtirilgan.Sarbon Universitetida endi talabalarning g‘oyalari nafaqat rivojlantiriladi, balki real muhitda sinovdan o‘tkazilib, investitsiyaga olib chiqilishi uchun imkoniyat yaratiladi. 🚀
  • Sarbon Universiteti

    22 сент., 07:15

    Sarbon Universiteti— American Chamber of Commerce in Uzbekistan a’zosiga aylandi.Sarbon Universiteti rasman AmCham Uzbekistan safiga qo‘shildi. A’zolik sertifikati Universitet rektori Muzaffar Djalalovga AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonathan Henick va xonim Dominique Laura Freire qarorgohida o‘tkazilgan maxsus qabul marosimida topshirildi.Ushbu a’zolik AQSh va xalqaro biznes hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorliklarni rivojlantirish hamda ta’lim, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohalarida yangi imkoniyatlar yaratish uchun muhim qadamdir.Sarbon Universiteti ushbu yangi hamkorlik orqali xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ta’lim va biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga intiladi.
    Иллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon Universiteti
  • Sarbon Universiteti

    21 сент., 15:11

    Sarbon Universitetining Yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi.Bugun talabalarimiz uchun yangi bilimlar, yangi maqsadlar va katta imkoniyatlarga boy o‘quv jarayonining ilk qadamlari tashlanmoqda. 📚Kelajakda huquq sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lishni maqsad qilgan barcha talabalarimizga o‘qishlarida ulkan omad va muvaffaqiyat tilaymiz!Har bir darsingiz yangi bilim, har bir qadamingiz esa katta kelajak sari xizmat qilsin. 🎓
  • Sarbon Universiteti

    20 сент., 14:41

    Bolaligimdan bir orzum bor edi — bankda ishlash. Odamlar bilan muloqot qilish, moliya sohasini o‘rganish, katta mas’uliyatli vazifalarni bajarish va kelajakda o‘z kasbim orqali insonlarga foyda keltirishni xohlardim.Yillar o‘tib, bu shunchaki bolalikdagi orzu emasligini angladim. Bu — men tanlagan yo‘l ekan. Bugun men Sarbon Universitetida Bank ishi yo‘nalishida tahsil olyapman.Bu yerda men nafaqat moliya va bank tizimini o‘rganyapman, balki kelajakdagi kasbim uchun o‘zimni tayyorlayapman. Har bir dars, har bir yangi bilim meni orzu qilgan kasbimga yanada yaqinlashtiryapti.
  • Sarbon Universiteti

    19 сент., 08:11

    Bugungi kunda masofaviy ta’lim shakli ko‘pchilik yoshlar uchun qiziq mavzulardan biriga aylanmoqda. “Masofaviy ta’lim qanday tashkil etiladi?”, “Darslar qanday o‘tiladi?” va “Diplom masalasi qanday?” — kabi savollar ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.Masofadan turib oliy ta’lim olish imkoniyati, ayniqsa, ishlayotgan, boshqa hududda yashayotgan yoki kundalik hayoti sababli universitetga doimiy qatnasha olmaydiganlar uchun bu katta imkoniyat!
  • Sarbon Universiteti

    18 сент., 13:01изменён

    Dunyo har kuni o‘zgaradi. Iqtisodiyot esa bu o‘zgarishlarning markazida turadi. Men — Sarbon universitetida Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabaman. Men bozorlar, xalqaro munosabatlar, investitsiyalar va biznesni o‘rganaman.Bugun bilim olyapman, ertaga esa global iqtisodiyotda o‘z o‘rnimni yaratmoqchiman.Chunki katta imkoniyatlar — katta maqsadlardan boshlanadi.
  • Sarbon Universiteti

    17 сент., 11:41изменён

    Bugun Sarbon universiteti Indoneziyaning Universitas Yudharta Pasuruan universiteti hamda World Forum for Inclusive Education (WFIEd) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum of Understanding (MoU)ni imzoladi.Mazkur kelishuvlar doirasida tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik tajriba almashish, xalqaro dasturlar hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.Shuningdek, uchrashuv davomida Scopus bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish, tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
  • Sarbon Universiteti

    17 сент., 03:42

    📢 SARBON UNIVERSITETI 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA!Sarbon Universitetiga 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga yangi qabul qilingan, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun maxsus Telegram kanal tashkil etildi. Ushbu kanalda: ✅ universitet va o‘quv jarayoniga oid muhim e’lonlar; ✅ 1-kurs talabalariga tegishli yangiliklar; ✅ dars jarayonlari va tashkiliy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar; ✅ talabalar uchun zarur eslatma va xabarlar berib boriladi. 📲 Kanalga qo‘shilish uchun havola: https://t.me/Sukunduzgi2026 🔔 Sarbon Universitetining 1-kurs kunduzgi ta’lim talabalari kanalga qo‘shilib, yangiliklarni kuzatib borishlari tavsiya etiladi. 📌 Ushbu e’lonni 1-kursga qabul qilingan tanishlaringizga ham yuboring!
    Иллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon Universiteti
  • Sarbon Universiteti

    16 сент., 13:04

    Telefonimizdagi bitta parol, kompyuterimizdagi bitta fayl yoki internetdagi bitta akkaunt — bularning barchasi himoyaga muhtoj.Bir paytlar kompyuterlar bir xona hajmida bo‘lgan, telefonlar esa faqat aloqa uchun xizmat qilgan. Bugun esa butun dunyo kaftimizdagi bitta qurilmaga sig‘adi.Men Sarbon universitetida Axborot xavfsizligi yo‘nalishida tahsil olyapman.O‘qish davomida kiberxavflarni aniqlash, ma’lumotlarni himoyalash, tarmoqlar bilan ishlash va zamonaviy axborot xavfsizligi usullarini o‘rganamiz.Chunki texnologiya rivojlangan sari, uni himoya qiladigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi.
  • Sarbon Universiteti

    15 сент., 17:38

    📢 ZOOM TANISHTIRUV HAFTALIGIHurmatli 1-kurs talabalari! 🎓Universitetdagi ta’lim jarayoniga tez va qulay moslashishingiz uchun sizlar uchun maxsus ZOOM tanishtiruv uchrashuvlari tashkil etilmoqda.💻 Ushbu uchrashuvlarda siz:• LMS platformasi nima va undan qanday foydalanish; • darslar qanday tashkil etilishi; • masofaviy ta’lim jarayoni qanday olib borilishi; • siz uchun mas’ul kurator kimligi; • dars jadvali va topshiriqlar bilan ishlash tartibi; • universitetning asosiy qoidalari; • murojaat va aloqa qilish tartibi; • ta’lim jarayonida sizga kerak bo‘ladigan boshqa muhim ma’lumotlar bilan tanishasiz.✨ Ushbu uchrashuv — universitetdagi ilk qadamingizni to‘g‘ri boshlash va o‘quv jarayoniga tez moslashish uchun muhim imkoniyat.📌 ZOOM uchrashuvining sana, vaqti va havolasi guruhga alohida yuboriladi.
    Иллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon Universiteti
  • Sarbon Universiteti

    15 сент., 11:10

    Sarbon Universitetida IT texnologiyalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro konferensiya — “Central Asia TechConf 2026” bo‘lib o‘tdi!Tadbirda xalqaro ekspertlar, IT sohasi mutaxassislari hamda texnologiya hamjamiyati vakillari jam bo‘ldi.Konferensiya davomida quyidagi muhim mavzular muhokama qilindi:Ma’lumotlar xavfsizligi: Oracle Database’ni sun’iy intellekt davrida himoya qilish; TLS/SSL orqali transport qatlami xavfsizligini ta’minlash; Oracle Database infratuzilmasini to‘liq shakllantirish; Oracle Data Guard 26ai — so‘nggi yangiliklar va imkoniyatlar; Panel muhokamasi va ishtirokchilar o‘rtasida networking.“Central Asia TechConf 2026” zamonaviy IT texnologiyalari, ma’lumotlar xavfsizligi va Oracle ekotizimidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish uchun muhim xalqaro platformaga aylandi.
  • Sarbon Universiteti

    14 сент., 12:49

    Central Asia TechConf 2026 Sarbon Universitetida bo'lib o'tadi!Sarbon Universiteti IT texnologiyalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro konferensiya - “Central Asia TechConf 2026” bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.Konferensiyada xalqaro ekspertlar, IT sohasi mutaxassislari va texnologiya hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.Dastur doirasida: - Ma'lumotlar xavfsizligi: Oracle Database'ni sun'iy intellekt davrida himoya qilish; - TLS/SSL orqali transport qatlami xavfsizligi; - To'liq Oracle Database infratuzilmasini qurish; - Oracle Data Guard 26ai - eng so'nggi yangiliklar va imkoniyatlar; - Panel muhokamasi va networking.🤝 Hamkorlar: Oracle, Sarbon Universiteti, A1 Project, CASOUG🕒 09 : 00 da 📅 Sana: 15-sentabr, 2026 📍 Manzil: Toshkent, Sarbon UniversitetiIshtirok etmoqchi bo'lsangiz, hoziroq ro'yhatdan o'ting
    Иллюстрация к посту канала Sarbon UniversitetiИллюстрация к посту канала Sarbon Universiteti
  • Sarbon Universiteti

    10 сент., 05:32изменён

    Bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti va xalqaro savdo tobora rivojlanib bormoqda. Mahsulotlarning bir davlatdan boshqasiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri yetib borishi esa logistika tizimining samaradorligiga bevosita bog‘liq.Kelajakda logistika sohasida professional mutaxassis bo‘lib, xalqaro kompaniyalar va yirik loyihalarda faoliyat yuritishni maqsad qilganman. Sarbon Universitetida aynan shu yo‘nalishda tahsil olayotganimdan faxrlanaman. Bu yerda olayotgan bilimlarim kelajakdagi maqsadlarimga erishishim uchun katta qadamdir.❗️ Onlayn hujjat topshirish uchun havola:https://qabul.sarbon.university/📲 Murojaat uchun: +998788882288 Telegram: @sarbon_uni