gram news
Аватар канала Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

@sbaxodirovna

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova

ПроектыUZОбразование

5,470подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Sevara Shakirova

    20 сент., 12:20

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
    34,40027169644Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    1 сент., 10:05

    🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT!Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.Aziz yoshlar, dunyodagi eng
    35,5003223411Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    28 авг., 16:02

    #YagonaVatan35🇺🇿 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI — O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI!🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi bilan birgalikda barchamiz uchun quvonchli va muhim voqeaga guvoh bo‘ldik.🎓 Universitetimiz Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha nufuzli tashkiloti — Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) tomonidan xalqaro institutsional akkreditatsiyaga sazovor bo‘ldi. Eng muhimi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimizda ushbu akkreditatsiyani qo‘lga kiritgan birinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.Bugun ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan universitetda QAA xalqaro akkreditatsiya sertifikatini tantanali topshirish marosimini ochib berdim. Tadbirda universitetning Faxriy prezidenti doktor Wolfgang Herrmann, universitet rektori Bahodir Ahmedov,
    8,630241355Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    25 авг., 12:45

    #avgust_kengashi🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadiMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish,
    82,700391412211Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    21 авг., 16:00

    #sayyor_qabul #Fargʻona_viloyati🌿 So‘xda: ota-onalar va pedagoglar bilan yuzma-yuz muloqotSo‘x tumanida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida ota-onalar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdik. Sayyor qabul davomida ularning ta’lim jarayoniga oid murojaatlari, taklif va fikrlarini bevosita tingladik. Ko‘tarilgan masalalarni joyida muhokama qilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab oldik.Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, So‘x tumani hokimi S.Sayidmusayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, pedagoglar va ota-onalar ishtirok etishdi.Shuningdek, So‘x tumanida barpo etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Bunyodkorlik ishlarining holati, o‘quv va yordamchi binolarni zamonaviy talablar asosida jihozlash,
    9,1403415322Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    15 авг., 10:15

    📌 Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarimizning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdim.🎓 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdik. Pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini ham tingladik.Tashrif davomida Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdik. Maktab Al-Xorazmiy universitetiga biriktiriladi, 10–11-sinflardagi o‘quv dasturlari universitetning 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilinadi. Universitet professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilariga oliy ta’lim fanlaridan dars beradi. Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilar esa Al-Xorazmiy
    18,1004519751Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    14 авг., 16:41

    #YagonaVatan35🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija!Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi.🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.Xalqaro olimpia
    37,90022119863Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    5 авг., 15:31

    🌱 Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni🎓 Yangi Toshkentda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti kampusi zamonaviy ta’lim va ilm-fan infratuzilmasining yirik loyihalaridan biridir.Bugun kampus qurilishi jarayoni bilan tanishib, yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.50 gektar hududda 16 ta binoni o‘z ichiga oladigan kampusda muhandislik, agrotexnologiyalar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, tabiiy va gumanitar fanlar kabi ustuvor yo‘nalishlar uchun zamonaviy ta’lim va tadqiqot muhiti yaratiladi.Innovatsion texnopark, ilg‘or texnik tadqiqotlar instituti, tibbiy ilmiy markaz va klinika esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot va ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.Universitetning Massachusetts Institute of Technology (MIT) va Technical University of Munich (TUM) bilan strategik
    47,9004325972Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    4 авг., 16:15

    #Axborot24🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat maktabiga imtihon jarayonlariJoriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.✅ Rasmiy sahifalar
    38,100видео296322Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    31 июл., 11:46изменён

    💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi.🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman.So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli
    58,10020672572594Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    24 июл., 03:05

    #BizningPrezident🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!➡️ Rasmiy sahifalar
    104,0009376201262Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    20 июл., 14:52

    #IChO_2026 #Sevimli TV_"ZAMON"📚 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, balki o‘zaro tajriba almashib, ilmiy hamkorlikni mustahkamladilar.🇺🇿 Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi:🥇 Rayhona Tuymurodova – oltin medal; 🥈 Jasur Mustafoyev – kumush medal; 🥈 Azizmuhammad Hafizov – kumush medal; 🥈 Mirjalol Homidjonov – kumush medal.
    61,200видео321715442Открыть в Telegram
  • Sevara Shakirova

    19 июл., 11:04

    #IChO2026🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi.📍 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdi.💐 Bugungi natijalar bizga alohida faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: Rayhona Tuymurodova oltin medal, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar
    78,80030208541Открыть в Telegram