Последние посты

Scopus Academy
21 сент., 15:40
💠Scopus AI javobiga endi ishonchlilik bahosi ham qo‘shildi🔸Endi Scopus AI ayrim javoblarida xulosaning qanchalik mustahkam manbalarga tayanganini ko‘rsatadigan ishonchlilik bahosini ham taqdim etmoqda.🧠Bu juda foydali yangilik. Chunki AI chiroyli matn yozishi mumkin, lekin tadqiqotchi uchun eng muhimi — bu xulosa qanchalik asosli ekanidir.🔵Shu bilan birga, yuqori baho ko‘rsatildi degani hammasi tayyor degani emas. Manbalarni ochib ko‘rish, maqolalarni o‘qish va mustaqil baholash har doim kerak.📌 Batafsil: @Scopus_Academy
Scopus Academy
21 сент., 07:16
✅Scopus’dagi jurnal statusini tekshirish endi har qachongidan muhim🔻Jurnal saytida “Indexed in Scopus” deb yozilgani bilan ish bitmaydi. Eng muhim savol — jurnalning hozirgi statusi qanday?⬜️U hali faolmi? Qamrov davom etyaptimi? “Discontinued” holatiga tushmaganmi? Ana shu savollar maqola yuborishdan oldin albatta tekshirilishi kerak.🔺Ba’zan bir daqiqalik tekshiruv sizni ortiqcha xarajat, vaqt yo‘qotish va keyingi afsusdan saqlab qoladi. Shuning uchun Scopus Sources orqali jurnal holatini ko‘rib olish odatga aylanishi kerak.📌 Batafsil: @Scopus_Academy3,540Открыть в Telegram
Scopus Academy
21 сент., 03:31
⚡️Scopus AI endi eski ilmiy adabiyotlarni ham chuqurroq qidiradiYangi imkoniyatlardan biri shuki, Scopus AI endi faqat yangi maqolalar bilan cheklanib qolmay, eski ilmiy adabiyotlarni topishda ham foydaliroq bo‘lib bormoqda.Bu ayniqsa tarix, filologiya, pedagogika, falsafa kabi sohalar uchun juda muhim. Chunki ayrim mavzularni tushunish uchun faqat bugungi maqolalar emas, balki avvalgi ilmiy maktablar va eski manbalarni ham ko‘rish kerak bo‘ladi.Qisqasi, ilmiy izlanishda “faqat yangisi” emas, “asl ildizi” ham muhim.📌 Batafsil: @Scopus_Academy
Scopus Academy
20 сент., 18:26изменён
🫥Scopus AI yangilandi — endi javoblar aniqroq bo‘lishi kerak✔️Scopus AI’da yangi yangilanish paydo bo‘ldi. Endi tizim qidiruv savollarini yaxshiroq tushunishi, keraksiz natijalarni kamaytirishi va dolzarb ilmiy manbalarni topishda ancha foydali bo‘lishi kutilmoqda.Bu ayniqsa ilmiy maqola, dissertatsiya yoki literature review ustida ishlayotgan tadqiqotchilar uchun muhim. Chunki yaxshi qidiruv — yaxshi tadqiqotning boshlanishi.⚡Lekin bir narsani unutmaslik kerak: AI yordamchi vosita, xolos. Asl manbalarni tekshirish baribir zarur.📌 Batafsil: @Scopus_Academy
Scopus Academy
20 сент., 15:19
Ilmiy maqolaning eng muhim qismi ko‘pincha PDF’ning ichida emas, “sahna orti”da bo‘ladi.Biz natijani ko‘ramiz: maqola chiqdi, Q1 ekan, indeksga kiribdi. Lekin ungacha desk reject, peer review, metodologiya tekshiruvi, reviewer izohlari va ba’zan bir necha bor qayta yozish jarayoni bor.Reviewer faqat grammatikani emas, tadqiqot mantig‘i, manbalar, yangilik va metodologiyani ham ko‘radi.Shuning uchun maqola chop etilishi — oddiy PDF emas, sabr, strategiya va ilmiy halollik natijasi.Bizda esa hali ham birinchi savol ko‘pincha shu: “Necha kunda chiqararkan?”Aslida savol boshqacha bo‘lishi kerak: “Bu jurnal ilmni rostdan ham tekshiradimi?”━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
Scopus Academy
18 сент., 06:50
переслано из @scopus_academy
#Scopus_AcademySiyosiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallarAnnual Review of Political Science ▪️Sayti: https://www.annualreviews.org/journal/polisciComparative Political Studies ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fcps20International Organization ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/international-organizationGovernance ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/governanceJournal of European Public Policy ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/rjpp20━━━━━━━━━━━━━━━
Scopus Academy
17 сент., 07:53
#Scopus_Academy_filologiyaFilologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallarLanguage Teaching ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/language-teachingJournal of Pragmatics ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-pragmaticsStudies in Second Language Acquisition ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/studies-in-second-language-acquisitionModern Language Review ▪️Sayti: https://www.mhra.org.uk/publications/journals/mlrLiterary and Linguistic Computing ▪️Sayti: https://academic.oup.com/dsh━━━━━━━━━━━━━━━1,080Открыть в Telegram
Scopus Academy
16 сент., 02:05изменён
Scopus’dagi bir jurnalning barcha 15 editori birdan iste’fo berdiSentabr oyidagi nashriyot yangiliklari orasida juda noodatiy voqea ham bor.Fransiyaning Revue de l’Organisation Responsable jurnali Scopus va SCImago’da indekslangan. Avgust oxirida jurnalning publishing va distribution huquqlari boshqa kompaniyaga o‘tkazilgani editorial board’ga ma’lum qilingan.4-sentabr kuni esa jurnalning barcha 15 muharriri iste’fo berganini e’lon qildi. Voqea 11-sentabrda Retraction Watch tomonidan batafsil yoritildi.Editorlarni tashvishga solgan masalalardan biri yangi €1 350 APC joriy etilishi va muallif maqolasini ayrim holatlarda qaytarib olsa, publication fee’ning 25 foiziga teng withdrawal fee belgilanishi bo‘lgan.Bu hodisa juda muhim narsani ko‘rsatadi:Jurnal bugun Scopus’da indekslangan bo‘lishi mumkin. Ammo uning egasi, editorial siyosati, APC modeli va tahrir hay’ati ertaga
Scopus Academy
15 сент., 17:00
#scopus_academy✅ Scopus ma’lumotlar bazasi yangilandi!🔍 Quyidagi jurnallar Scopus ma’lumotlar bazasidan chiqarildi:1. Edelweiss Applied Science and Technology 2. International Journal of Computer Information Systems and Industrial Management Applications 3. Journal of Algebra, Combinatorics, Discrete Structures and Applications🌐 Asos: https://www.elsevier.com/products/scopus/content❗️Scopus ma'lumotlar bazasidan chiqarilgan jurnallarning keyingi sonlari va yangi maqolalari Scopus ma'lumotlar bazasida indekslanmaydi. Shu sababli, ilmiy faoliyatni baholashda maqolaning haqiqatan ham Scopus ma'lumotlar bazasida indeksatsiya qilinganligini albatta tekshirish zarur.🎯 Mazkur ma’lumotlar ilmiy maqola chop etishni rejalashtirayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy
Scopus Academy
14 сент., 18:50
переслано из @centerasiastudy
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTADunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar esa istalgan yo‘ldan emas, muayyan bo‘g‘oz va kanallardan o‘tadi. Shu nuqtalardan biridagi muammo butun dunyoda narxlar va yetkazib berish muddatlariga ta’sir qilishi mumkin.1. Hormuz bo‘g‘oziFors ko‘rfazidagi neft va gazning tashqi bozorlarga chiqishida muhim yo‘l. Bu hududdagi keskinlik energiya narxlariga tez ta’sir ko‘rsatadi.2. Malakka bo‘g‘oziHind va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo savdosi uchun katta ahamiyatga ega.3. Suvaysh kanaliOsiyo bilan Yevropani eng qisqa dengiz yo‘li orqali bog‘laydi. Kanal yopilsa, kemalar Afrikaning janubidan aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi.4. Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlariQora dengiz davlatlarini O‘rta yer dengizi bilan bog‘laydi. Don, neft mahsulotlari va
Scopus Academy
13 сент., 13:40
#Scopus_Academy_tarix07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir.Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi.Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.1,320Открыть в Telegram
Scopus Academy
12 сент., 15:55
“Ko‘proq maqola yoz” talabi kuchli ilmni kamaytirishi mumkinmi?Universitet olimga yiliga ma’lum miqdorda maqola yozishni talab qiladi. Grant tizimi tez natija kutadi. Yosh tadqiqotchiga esa keyingi kontrakt yoki lavozim uchun publication kerak.Bunday tizim olimni qanday tadqiqot tanlashga undaydi?3-sentabrda Nature Human Behaviourda e’lon qilingan tahlilda zamonaviy akademik tizimlarning qisqa muddatli grantlar, productivity-based baholash va xavfsiz natijalarga moyil mexanizmlari yuqori riskli va konseptual jihatdan yangi tadqiqotlarni cheklashi mumkinligi muhokama qilindi. Ayniqsa early-career researcherlar uchun tez, oson baholanadigan va natijasi oldindan taxmin qilinadigan loyihalarni tanlash ratsional strategiyaga aylanib qolishi mumkin.Bu fikr juda muhim.Olimga faqat “yiliga nechta maqola chiqarding?” deb savol bersak, u eng muhim muammoni emas, eng tez maqolaga
Scopus Academy
12 сент., 10:18
#Scopus_AcademyAnthropological Literature bazasida rasmiy Harvard Library ma’lumotiga ko‘ra 660 ta jurnal va 670 mingdan ortiq maqola bor.Baza antropologiya, arxeologiya va ularga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni qamrab oladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━1,060Открыть в TelegramScopus Academy pinned «#nufuzli_scopus #bepul_scopus #q1_q2_scopus ⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda. Biologiya fanlari - link Sotsiologiya fanlari - link Fizika-matematika fanlari - link Kimyo fanlari…»
12 сент., 10:17

Scopus Academy
12 сент., 04:59
переслано из @phd_supp0rt
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalariO‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalariJami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta.Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
Scopus Academy
11 сент., 12:55
❗️Xitoyda akademik misconduct uchun jazo endi faqat retraction emasIlmiy halollik buzilganda maqolani qaytarib olish yetarlimi?Xitoyda ko‘rilayotgan choralar bu masalani ancha kengroq qo‘ymoqda.Xitoyning asosiy fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi tashkiloti — National Natural Science Foundation of China avgust oxirida 31 ta yangi academic misconduct holati bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Ularda 40 dan ortiq tadqiqotchi tilga olingan. South China Morning Post buni fondning hozirgacha amalga oshirgan eng katta ommaviy disclosure’i sifatida baholadi.Ayrim taniqli professorlarning grantlari va ilmiy unvonlari bekor qilingan, ilgari ajratilgan mablag‘larni qaytarish talab qilingan. To‘rt tadqiqotchiga jami 10 million yuandan ortiq grant mablag‘ini qaytarish va uch yildan yetti yilgacha yangi funding uchun ariza bermaslik sanksiyalari1,060Открыть в Telegram
Scopus Academy
10 сент., 14:34
переслано из @ilm_nur_2020
‼️Ixtisosliklar kesimida scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan bepul jurnallar▪️05.00.00 - Texnika fanlari▪️06.00.00 - Qishloq xoʻjaligi fanlari▪️08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari▪️09.00.00 - Falsafa fanlari▪️10.00.00 - Filologiya fanlari▪️11.00.00 - Geografiya fanlari▪️12.00.00 - Yuridik fanlar▪️13.00.00 - Pedagogika fanlari▪️14.00.00 - Tibbiyot fanlar1,060Открыть в Telegram
Scopus Academy
10 сент., 12:50
AI endi mavjud bo‘lmagan “olimlar”ni ham yaratmoqdaAI hallucination desa, odatda uydirma reference yoki mavjud bo‘lmagan DOI’ni tushunamiz.Muammo bundan ham chuqurroq bo‘lishi mumkin.2026-yilda e’lon qilingan bir preprintda tadqiqotchilar katta til modellari takror-takror bir xil uydirma ism va “ekspertlar”ni yaratishini o‘rgandi. Eng qiziq natija Zenodo’da kuzatilgan: tadqiqotchilar 1 655 ta “ghost-authored” record aniqlaganini xabar qiladi. Ushbu yozuvlarda mavjud bo‘lmagan mualliflar, jurnallar va nashr ma’lumotlari bo‘lgan, biroq ayrimlariga real DataCite DOI’lari ham biriktirilgan.Bu hali peer-reviewed yakuniy tadqiqot emas — natijalar preprint sifatida e’lon qilingan. Shuning uchun ehtiyotkor talqin qilish kerak.Lekin masala juda jiddiy. Agar AI yaratgan uydirma akademik metadata haqiqiy DOI tizimlariga, repositorylarga yoki scholarly aggregatorlarga kirsa, keyinchalik
Scopus Academy
9 сент., 12:01
Nature’dagi maqolani mualliflarning o‘zi qaytarib oldiRetraction so‘zini eshitsak, ko‘pincha plagiarism, fake data yoki boshqa ilmiy qoidabuzarliklarni tasavvur qilamiz.Har doim ham unday emas.2-sentabr kuni Nature 2025-yilda chop etilgan global qurg‘oqchilik va “atmospheric thirst” haqidagi maqolani qaytarib oldi. Sabab — mualliflar aniqlagan hisoblash va kodlash bilan bog‘liq xatolar. Jumladan, vaqt ma’lumotlarini qayta ishlashdagi xato, modelning eski versiyasidan foydalanish va ayrim global hisob-kitoblarda muammolar aniqlangan.Muhimi, mualliflar xatolarni yashirishga yoki maqolani har qanday narxda saqlab qolishga urinmagan. Tuzatishlar ko‘lami katta bo‘lgani uchun maqolani qaytarib olib, yangidan tekshirilgan manuscriptni peer review’ga topshirish yo‘lini tanlagan.Bu research integrity’ning boshqa tomonini ko‘rsatadi.Retraction har doim ilmiy sharmandalik emas. Ba’zan
Scopus Academy
7 сент., 15:03
❗️24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi?Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan.Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa
