Последние посты

Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 14:17
Tuman va shahar hokimlarining raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilari Qarshi shahridaBugun tuman va shahar hokimlarining raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilari Qarshi shahri hokimligida tashkil etilgan “Aqlli shahar” vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar.Tashrif davomida ishtirokchilar markazning asosiy vazifalari, shahar infratuzilmasini raqamli boshqarish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlari haqida ma’lumot oldilar.Shuningdek, uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni hududlarda keng tatbiq etish, mavjud loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashildi.👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 13:13
Qarshi shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildiQarshi shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matluba Ochilova ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida 6 nafar fuqaroning turli masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.Jumladan, 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatildi. Qolgan 2 ta murojaat esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 12:19
переслано из @qarshikengashkotibiyati
#Kengash_qarori #Infografika📌 QARSHI SHAHRIDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARIXalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2026-yil 21-sentabrdagi VII-25-114-4-69-K/26-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.📊 1-ilovadagi 14 ta loyiha bo‘yicha jami mablag‘: 💰 22 mlrd 086 mln 555 ming 200 so‘m➖ Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinika binosining ichki qismini tamirlash (tok qismi, kanalizatsiya qismi, xonalar remonti, issiqlik tizimi) uchun — 1 mlrd 648 mln so‘m ➖ Arabxona mahallasining ichki koʼchalari asfaltlashtirish — 1 mlrd 647 mln 628 ming so‘m ➖ Arabxona mahallasi Elobod ko'chasining 3 208 metr qismini asfaltlashtirish — 1 mlrd 647 mln 628 ming so‘m ➖ Aral MFY ning 8 ta kochasida elektr taminotini tubdan yaxshilash oqibatida mahalla infratuzilmasini yaxshilash — 1 mlrd 645 mln so‘m ➖ Qarshi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 11:43
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 10:18
O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Afg‘onistonda yangi imkoniyat!Afg‘onistonda xalqaro ko‘rgazma va B2B uchrashuvlarida ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar uchun muhim taklif!Joriy yilning 7–13-oktabr kunlari Kobul shahridagi “Afg‘oniston xalqaro ko‘rgazmalar markazi”da Imom Abu Hanifa nomidagi 5-Milliy xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ko‘rgazmada: - biznes-forumlar; - B2B uchrashuvlar; - ikki tomonlama shartnomalar tuzish; - o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yaratiladi.Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, qurilish, transport va logistika, gigiyena va sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.Xalqaro bozorga chiqish, yangi hamkorlar topish va eksport geografiyasini kengaytirish istagidagi tadbirkorlar uchun ushbu ko‘rgazma
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 04:17
Shahar hokimi Normo‘min Xolboev rahbarligida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda mahallalardagi “yettilik” vakillari ishtirok etdi.Yig‘ilishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar va budjet tushumlari ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.Muhokamalar yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
22 сент., 01:05
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.Saida Mirziyoyeva1,260Открыть в Telegram
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
21 сент., 15:26
👨👩👧👦 Яқинларингиз келажаги учун бугундан ғамхўрлик қилинг!✔️ Ишламайдиган оила аъзолари учун ижтимоий солиқ тўлаш орқали уларнинг иш стажини шакллантириш имконияти таклиф этилмоқда.🛡 Бу — яқинларингизнинг келажакда пенсия ҳуқуқига эга бўлиши учун муҳим қадам.▶️ Батафсил видеороликда танишишингиз мумкин.👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
21 сент., 06:56
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring. — Угарный газ опасен для жизниУже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким.Boshqayangiliklar📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram |
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
21 сент., 05:58
Yashil sayyora. Qarshi shahridagi "Cho'lquvar" mahallasida tashkil etilgan "Yoshlar bog'i"dan tayyorlandi.👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
20 сент., 15:41
Qarshi shahrida “Al-Xorazmiy vorislari” dasturining saralash bosqichi o‘tkazildiQarshi shahridagi 1-son umumta’lim maktabida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” dasturining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.Saralash jarayonining ochilishida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, raqamli texnologiyalar sohasidagi qiziqish va salohiyatini rivojlantirish muhimligini ta’kidlandi.Test sinovlarida shahardagi umumta’lim maktablaridan 540 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Sinovlarda o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashi, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholandi.Mazkur loyiha orqali yoshlarni maktab davridan boshlab IT va xorijiy tillar yo‘nalishlariga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga tayyorlash va kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bugungi saralash jarayonida eng faol1,410Открыть в Telegram
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
20 сент., 10:04
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi🏡 Mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!Mol-mulk va yer solig‘i — yurtimiz taraqqiyoti, obod mahallalar, zamonaviy yo‘llar va kelajak bunyodkorligiga hissa demakdir.🗓 To‘lovni keyinga qoldirmang!⚠️ Penya hisoblanishining oldini oling!Barqaror kelajak uchun birgalikda!👉Obuna bo‘ling ➖ @shaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
20 сент., 03:40
1,050Открыть в Telegram
Qarshi shahri hokimligi | Rasmiy
19 сент., 12:03
Qarshida «Xotin-qizlar balansi»: muammolar aniqlanib, manzilli yechimlar belgilanmoqdaQarshi shahrida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.Mahallalarda o‘tkazilayotgan xonadonbay o‘rganishlar davomida xotin-qizlarning bandligi, daromad manbalari, ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari aniqlanmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra, har bir holat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.Shuningdek, xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Respublika ishchi guruhi tomonidan Qarshi shahridagi mahallalarda «Xotin-qizlar balansi» asosida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Jarayon davomida
