Последние посты

Siddiqa Hasan
22 сент., 19:18
Odamlarning Allohdan eng uzogʻi qalbi qattigʻidir.©️Hadis
Siddiqa Hasan
22 сент., 18:40
Ayol-qizlar uchun sahifam. Hozir u yerda chellenj qilyapmiz.https://t.me/+VyDOfPttkrkyMzZiTurli xil nuqta, vergul, ayolligiga shubha soluvchi va feyk akkauntlar qabul qilinmaydi.TelegramSiddiqa bilan🪔 Oʻqish, oʻrganish, oʻrgatish va insonlarni ilhomlantirishni yaxshi koʻraman. • Filolog • Muharrir • Musahhih • Kopirayter • Talaba Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Murojaat: @tahrirchiqizz
Siddiqa Hasan
22 сент., 09:30
☎️ Reklama va hamkorlik uchun murojaat: @tahrirchiqizz
Siddiqa Hasan
22 сент., 08:29
18 yoshli qizlarga qalbdan nasihat: #youasked1. Jamiyat standardlari emas, islomiy qadriyat bilan ulg'ay. Bilib-bilmay, feminist g'oyalarga uchma. Mo'minning karami taqvosi bilan - karyerasi, layklari, gullari, mashinasi bilan emas.2. Qalbingni va fe'lingni go'zallashtir. Shu qalbing seni boshqalardan ajratib turadi. Qalbingga avvallo Allohning muhabbatini joyla.3. Ibodatlaringni muhofaza qil. Namoz, Qur'on, zikr va nafllar - qo'rg'oning bo'lsin.4. Jismingni ko'z-ko'z qilma. "Olmos"deksan. O'zingni asra. Libosing taqvo va hayo bo'lsin. (Iloji boricha) hatto rasmingni begona ko'zlardan asra.5. Yolg'iz qolishdan, qadriyatsizlar tomonidan ajratib qo'yilishdan qo'rqma. Bu vaqtni o'z foydangga, rivojlanishingga ishlat.6. Xarakter/fe'l-atvoringni bahona qilma. Introvert bo'lsang, qobig'ingdan chiqishni, ekstravert bo'lsang, nozik va sezgir bo'lishni o'rgan. Hech kim seni
Siddiqa Hasan
21 сент., 20:55
Allohim, paygʻambarimizga u zotga munosib salavotlar yoʻllayman. ✨
Siddiqa Hasan
21 сент., 20:34
Xattotlik bilan shugʻullanuvchilar bormi oramizda. Ijod mahsulingizni yuboring, koʻzlarimiz quvonsin.Oʻzim boshlab beraman)) 🥰 Xatolari bor menikini. Ancha yildan beri shugʻullanmaganimga qoʻlim qochgan. Har kun shugʻullanilsa yana qaytadi.
Siddiqa Hasan
21 сент., 19:14
Nazorat qilishingiz kerak boʻlgan narsa birovning hayoti emas, oʻz qarashlaringiz, fikrlaringiz, nafsingiz.Sizni nazorat qilishi mumkin boʻlgani esa qadriyatlaringiz, prinsiplaringiz.Lekin negadir bizni jamiyatda birov birovning hayotini, oilasini, fikrlarini nazorat qilishga urunadi, bosim oʻtkazadi, hamma uning yoʻrigʻiga yurishini xohlaydi. Oʻzining hayoti esa oyogʻi osmonda boʻlib yotgan boʻlsayam parvoyiga kelmaydi, bu uni umuman bezovta qilmaydi.
Siddiqa Hasan
19 сент., 23:08изменён
🪞Oynaga bir musht tushirganingizda sinmasligi mumkin, ammo qayta-qayta uraversangiz, bir kun albatta sinadi. Singan oyna esa qayernidir jarohatlashi mumkin.Gap oyna haqida emas.
Siddiqa Hasan
19 сент., 15:06
Menga musobaqalar yoqmaydi. Kimdandir oldinda ketayotganim yoki kimdandir qolib ketayotganim men uchun umuman ahamiyatsiz. Kimningdir soʻnggi rusumdagi telefoni, mashinasiga ham suqlanib qaramayman.Men uchun muhim narsalar boshqalarnikidan tamoman farq qiladi:✅Men uchun halovat va xotirjamlik hammasidan muhimroq.✅Niqoblardan holi samimiyat, iliq soʻzlar va hayotning mayda, ammo rostakam quvonchlari menga har qanday moddiy narsadan koʻproq huzur beradi.Oʻtkinchi moddiy narsalarni emas, xotirjam qalbni, toza vijdonni va yillar oʻtsa ham oʻzgarmaydigan qadriyatlarni boylik deb bilaman.Siddiqa 💕
Siddiqa Hasan
16 сент., 19:30
Nega ilm olish kerak? Oshxonada yangi taom tayyorlamoqchi bo’lsak nima qilamiz? You tube’ga kirib, uning qanday tayyorlanishini o’rganamiz. Agar o’rgatilganidek qilmasak nima bo’ladi? Ovqat o’xshamaydi va masalliqlar uvol bo’ladi. Oddiygina ovqat tayyorlab
Siddiqa Hasan
16 сент., 15:53
Nega ilm olish kerak?Oshxonada yangi taom tayyorlamoqchi bo’lsak nima qilamiz? You tube’ga kirib, uning qanday tayyorlanishini o’rganamiz. Agar o’rgatilganidek qilmasak nima bo’ladi? Ovqat o’xshamaydi va masalliqlar uvol bo’ladi. Oddiygina ovqat tayyorlab yeyishning ham o’z qonun-qoidalari bor bu hayotda. Xo’sh, butun boshli umrimizning qonun-qoidalari haqida o’ylab ko’rdikmi?Alloh insonni yaratar ekan, shunchaki uni o’z holiga tashlab qo’ymadi, balki har bir insonga yaxshilik bilan yomonlikni farqlash qobiliyatini, ya'ni fitratni, vijdonni berdi. Inson gunoh ishga qo‘l urganda, uning tabiati va vijdoni buni darhol sezadi va bezovtalanadi. Aksi bo’lsa qalbi sururga to’ladi. Yomonlik qilayotgan odamga siz bu ishi noto’g’riligini aytmasangiz ham aslida u odam bu ishining yomonligini juda yaxshi biladi.Shams surasi 7-8-oyatlar: ”Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.
Siddiqa Hasan
10 сент., 13:03
Barcha umidvor insonlarga chiroyli tasalli va umid:Va tezda Robbing ato qilur va sen rozi boʻlursan. 🌷
Siddiqa Hasan
8 сент., 20:01изменён
🤜 TurtkiMen sharoitlari qishloqdan sal yaxshiroq bo'lsa ham, ammo to'rt tomoni tog' bilan o'ralgan, uyimizning pastrog'idan daryo o'tadigan, havosi tooza, xullas, qishloqqa o'xshab ketadigan shaharchada tug'ilib o'sganman. Bu hamma qatori bizning uyda ham ish tiqilib yotardi degani. Ishlardan bezillab ketganim uchun kelajagimni faqat дом'da tasavvur qilardim. Chunki дом'da ish kam. Bittagina foydali shu jihatini bilaman va bu menga yetarli sabab edi. Дом’da yashaydigan bo'lalarim jannatda yashaydigandek tuyulishardi. 🥲O'zi esimni taniganimdan beri uyda kam bo'lganman. Doim qandaydir to'garaklarda, repetitorlarda yurardim, sal kattaroq bo'lib, dadam ochgan magazinda sotuvchi bo'lib ishladim. Uyda kam bo'lganim uchun onam, opamga o'xshab ko'p ish qilmaganman tag'inam. Tabiatan unaqa ishlarni yoqtirmaydigan odamman.
Siddiqa Hasan
7 сент., 19:49изменён

Siddiqa Hasan
5 сент., 18:21
Eshikni taqillatib turavergan kishiga darvozalar bir kuni albatta ochiladi.
Siddiqa Hasan
5 сент., 18:02
🥹🥹🥹https://t.me/boost/SiddiiqaTelegramSiddiqa HasanBu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.
Siddiqa Hasan
5 сент., 17:55
Misrning o'ziga xos estetikasi: qadimiy me'morchilik, iliq quyosh nuri va sokin odamlar. 🖲
Siddiqa Hasan
4 сент., 14:23изменён
• Mening uyimda baqir-chaqirlar bo'lmaydi. • Mening uyimda qo'rquv bo'lmaydi. • Mening uyimda eshiklar qarsillatib yopilmaydi. • Mening uyimda doimiy janjallar bo'lmaydi. • Mening uyimda sakinat bo'ladi. • Mening uyim haqiqiy uy bo'ladi.Inshaalloh🏡 Uy shunchaki jihozlar, ashyolardan iborat makon emas. U insonning oʻzini eng xavfsiz his qiladigan, dunyo shovqinidan qochib bora oladigan, sizni mehr bilan qarshi oladiganlar yigʻilgan makon. Agar inson uyidan baxt topmasa, boshqa hech qayerdan topolmaydi. Uyida tinch boʻlmasa, boshqa hech qayerda tinch boʻlmaydi.Shuning uchun ham uyni gʻurbat toʻla joyga emas, balki sokinlik ufurib turadigan, saodatli maskanga aylantirishimiz kerak. Bu har bir oila boshliqlarining oʻz qoʻlida. 🏡Siddiqa 🥀
