Последние посты

SIZGA XAT
22 сент., 13:18
Ba'zi insonlar bilan ko'risha olmasak ham, ular doim qalbimizda bo'ladi.
SIZGA XAT
22 сент., 07:12
Har bir ishni chin yurakdan qil. Yoki umuman qilma.
SIZGA XAT
21 сент., 13:18
Mening yuragimda shunchalar ko‘p joy egallaysanki, hatto ba’zan yuragim o’zi o'zimga tegishli ekanligiga shubhalanib qolaman.
SIZGA XAT
21 сент., 07:12
Go'zallik — bu sensan.
SIZGA XAT
20 сент., 13:18
Sen ta'sirchan bo'lishing va turli hissiyotlarga berilishing tabiiy.Hissiylik va ta'sirchanlik ba'zida seni bezovta qilishi mumkin, lekin bilginki, bu sening kuchli tarafingdir. Ta'sirchanlik seni tabiiyligingi va tirik inson ekangligini bildirib turadi.
SIZGA XAT
20 сент., 07:12
Xotirangizni xafagarchiliklar bilan to‘ldirmang, aks holda, unda go‘zal lahzalar uchun joy qolmasligi mumkin.
SIZGA XAT
19 сент., 13:18
Qanchalik mehribon bo‘lmang, oxir-oqibat har kim sizga qanday munosabatda bo‘lsa, siz ham unga shunday munosabatda bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
SIZGA XAT
19 сент., 07:12
Asabiylashish — boshqalarni deb o‘z sog‘lig‘ingdan voz kechishdir.
SIZGA XAT
18 сент., 13:18
Befarq bo‘lmagan inson harakat qiladi.
SIZGA XAT
18 сент., 07:12
Hech kim seni barvaqt uyg'noshingni, o'yin-kulgulardan voz kechib, tunlari bedor bo'lib, ko'p dars qilishingni bilmaydi, lekin hammasini uddalagan vaqtingda buni omad deydilar.
SIZGA XAT
17 сент., 13:18изменён
Uy har doim ham to‘rt devor degani emas. Ba’zan u - qiyin paytlarda ham yuzingda tabassum uyg'ota oladigan do'stingdir.
SIZGA XAT
17 сент., 07:12изменён
Bir necha soniyalar ichida biz 1-sentyabrdan 17-sentyabrga ko‘chib o‘tdik. Yana birozdan keyin Yangi yil ham keladi.
SIZGA XAT
16 сент., 13:18
Ayol kishi ko‘pincha ideal erkakka oshiq bo‘lmaydi, u oshiq bo‘lgan o'sha “landovur”ni idealashtiradi.
SIZGA XAT
16 сент., 07:12
Do‘stligingiz vaqt o‘tib, yanada chuqurroq rishtaga aylangan insonning hayotingda borligi — ta’riflab bo‘lmas tuyg‘u. Endi siz shunchaki do‘st emassiz, balki bir-biringiz uchun bir oilaga aylangansiz. U hayotingning ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Bir paytlar hatto bir-biringizning borligingizdan ham bexabar bo‘lgan insonlar, endi esa bir-biringizsiz hayot qanday bo‘lishini ham tasavvur qila olmaysiz.
SIZGA XAT
15 сент., 13:18
Hech qachon hayotingizdan ketgan insonlar uchun achinmang. Biz faqatgina o'sha vaqtlardagi hissiyot va tuyg'ularni eslab, sog'inamiz. Lekin bu tuyg'ularning sababchisi ular emas, aslida o'zimizdir. Demak, bu narsalarning hammasi o'zimizda qoladi.
SIZGA XAT
15 сент., 07:12
Hammasi kerakli paytda va kerakli joyda sodir bo‘ladi. Xotirjam bo'l.
SIZGA XAT
14 сент., 13:18
Yoningda shunday insonlar bo‘lsinki, ularning oldida o‘zingni oqlashga, indamay yurishga yoki yaxshi ko‘rinishga hojat qolmasin. Ular bilan shunchaki o‘zing bo‘la ol.
SIZGA XAT
14 сент., 07:12
Aynan shu kuzda sen uzoq vaqtdan beri kutgan orzuing amalga oshishiga umid qilaman.
SIZGA XAT
13 сент., 13:18
G'iybat va o'yin-kulgulardan yuqoriroq pog'onada bo'lgan do'stlik orttirish muhim.Dardlaringi ayta oladigan insonlar bilan do'st bo'l.Sening maqsadlaringa ishonadigan va seni qo'llab-quvvatlaydiganlar bilan birga bo'l.
SIZGA XAT
13 сент., 07:12
Vaqt o'tishi bilan shuni tushunib yetasanki, yagona boylik – bu ota-onang sog'lig'i, hayotingda seni sevuvchi insonlarning mavjud bo'lishi, sayohatlar va sevimli ishing bilan shug‘ullanish imkoniyatidir.
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →