Аватар канала Kun.uz | Sog’lom hayot

Kun.uz | Sog’lom hayot

@soglomhayotuz

Ma’lumotlar tibbiy madaniyatni oshirish uchun qisqa taqdim etiladi va tavsiyaviy xarakterga ega. Reklama: +99878 113 77 33 Boshqa qiziqarli maqolalar saytimizda👇 https://kun.uz/news/category/soglom-hayot

ПроектыKKЗдоровье

21,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    26 сент., 10:32

    💪Suyak yemirilishi oldini olish uchun 7 muhim tavsiya!Oziqlantirilmagan suyak — erta sinish xavfi demak. Ayniqsa, ayollar va 40 yoshdan oshganlar bundan ogoh bo‘lishi kerak.📒 Quyida suyak zaiflashuvi oldini olishda asqotuvchi foydali ko'rsatmalarni taqdim etamiz:• Kalsiyga boy mahsulotlar iste'mol qiling. Ushbu modda suyaklarning mustahkam va zich bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Agar tanada kalsiy kamaysa, organizm suyaklardan uni tortib oladi, bu esa yemirilishga olib keladi. Organizmda kalsiy moddasini ko'paytirish uchun sut, qatiq, tvorog, ko‘katlar, bodom va brokkoli kabi mahsulotlarni tanovvul qilish lozim.• D vitamini tanqisligi oldini oling. U tanada kalsiyning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Quyosh nuri, baliq yog‘i va tuxum sarig‘i ushbu moddaning tabiiy manbalaridir. Zarur hollarda shifokor maslahatiga binoan D vitamini mavjud bo‘lgan qo‘shimchalar qabul qilish mumkin.• Doimiy harakatda bo'ling. Yugurish, piyoda yurish, raqs, yoga kabi yuk tushiruvchi jismoniy faolliklar suyak zichligini oshiradi. Har kuni kamida 30 daqiqa harakatlanish zarur.• Gazli ichimlik va ortiqcha kofein iste'molini kamaytiring. Kofein va fosfatga boy mahsulotlar kalsiyni yuvib chiqaradi. Kofeinni me’yorida (kuniga 1-2 stakan qahva) iching.• Tamaki va spirtli ichimlikdan voz keching. Chekish va alkogol suyak to‘qimalarini yemiradi, regeneratsiya jarayonini sekinlashtiradi.• Gormonal muvozanatni nazorat qiling. Menopauzadan keyin ayollarda estrogen darajasi ozayadi. Mazkur holat suyaklar zaiflashuviga olib keladi. Bu borada ginekolog bilan maslahatlashish muhim.• Suyak zichligini tekshirtiring. 40 yoshdan keyin har 2–3 yilda suyak zichligi (densitometriya) tekshiruvidan o‘ting. Bu osteoporozni erta aniqlash va oldini olish imkonini beradi.🌱 Yanada foydali ma'lumotlar olishni istasangiz, Sog'lom hayot kanalini kuzatib boring!
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    26 сент., 10:00

    ❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)✅ Qachon qo‘llanadi: • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️ Shakli: tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.Nazofеron — ishonchli himoya.Reklama
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    26 сент., 09:07

    💡Har kuni amal qilsangiz, hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi 7 odatInsonlarni oldinga yetaklaydigan kuch mayda, lekin muntazam takrorlanadigan odatlardir. Doimiy bajaradigan ish-harakatingiz sog‘lig‘ingiz, kayfiyatingiz, munosabatlaringiz va hatto kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizni ham belgilab beradi. Agar siz quyidagi 7 odatni hayotingizga kiritsangiz, asta-sekin o‘zingizni butunlay yangilangan inson sifatida ko‘rasiz.1. Kunni ongli boshlangTong sizga yangi imkoniyat hadya qiladi. Erta uyg‘onib, xotirjamlikda bir stakan iliq suv iching, chuqur nafas oling, shukr qiling. Bu oddiy harakat kuningizni butunlay o‘zgartiradi.2. Har kuni bilimga sarmoya qilingKitob varaqlash, maqola o‘qish yoki yangi narsani o‘rganish o‘zingizga bag‘ishlagan eng yaxshi investitsiyangiz hisoblanadi. Chunki bilim hech qachon qadrsizlanmaydi. 20 daqiqa kitob mutolaa qilish sizni asta-sekin odamlardan bir qadam oldinga chiqaradi.3. Tana harakati — ruh quvvatiJismoniy mashqlarni bajarsangiz, tanangiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Yurish yoki uydagi oddiy mashqlar ham energiyangizni ko‘paytiradi, kayfiyatingizni yaxshilaydi.4. Sog‘lom tanlov — sog‘lom hayotOvqat – dori ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Shakar hamda qayta ishlangan taomlarni kamaytirib, meva, sabzavot va suv iste’molini ko‘paytiring.5. Kundalik reja — tartibli hayotEng muhim uch ishni yozib oling va kunni shu vazifalarni amalga oshirishdan boshlang. Rejalilik sizni charchatmaydi, balki yelkangizdahi yukni yengillatadi. Tartibli hayot – muvaffaqiyatning kaliti sanaladi.6. Minnatdorlikni odat qilingKun davomida uchragan yaxshi narsalar uchun shukr qilish ruhiy holatni ko‘taradi. Minnatdorlik daftariga qisqa qaydlar yozish mumkin. Haqiqiy boylik – mavjud narsalardan quvonishni bilishda.7. Texnologiyaga emas, o‘zingizga vaqt ajratingTelefon va ijtimoiy tarmoqlarni cheklang. Kechqurun gadjetlardan uzilib, kitob o‘qing, atrofingizdagilar bilan suhbat qiling yoki sokinlikdan bahra oling. Shunda uyqu ham, kayfiyat ham yaxshi bo‘ladi.🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
    1,1506321Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    21 сент., 10:32

    Tungi futbol tomoshasi vazn ortishiga olib kelishi mumkin - tadqiqotTaxminan 6 hafta davom etadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari ko‘pincha Toshkent vaqti bilan tunda boshlanadi, shu sababli muxlislar o‘yinlarni tomosha qilish uchun uyqusini qurbon qiladi. Bu esa ba’zi toifadagi odamlar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.👉 https://kun.uz/uz/306c57🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
    3,16044211Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    21 сент., 09:59

    ❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)✅ Qachon qo‘llanadi? • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️ Shakli: tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.Nazofеron — ishonchli himoya.Reklama
    3,190видео52211Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    21 сент., 08:56

    SSV bolalarni OʻRVI va grippdan himoya qilish boʻyicha muhim tavsiyalar berdiKuz - mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr. Ayniqsa, bu faslda gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari koʻpayadi.Xoʻsh, shamollash mavsumiga qanday tayyorgarlik koʻrish, bolalarni OʻRVI dan himoyalash va kasallikni yengil oʻtkazish uchun nimalarga eʼtibor berish zarur?👉 https://kun.uz/uz/29168767🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    16 сент., 17:31

    Kesarcha kesish: zaruratmi yoki tanlov?So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq amaliyoti oshib bormoqda. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 20–21 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil yakuniga kelib 27–28 foizga yetgan.Kesarcha kesish faqat tibbiy zarurat masalasimi? Yoki ayrim ayollar tug‘ruq og‘rig‘idan qochish uchun buni tanlayaptimi? Kesarcha kesishning o‘zi qanday xavf va oqibatlarga ega? Qachon operatsiya haqiqatan zarur? Ko‘rsatmasiz kesarcha kesish talab qilgan ayollar va bunday operatsiyani amalga oshirgan shifokorlarni qanday javobgarlik kutadi?Kun.uz mazkur savollarga javob izladi. Soha mutaxassislari, shifokorlar va kesarcha kesishni boshidan o‘tkazgan ayollar fikri yangi materialimizda.📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
    5,980видео3Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    16 сент., 10:00

    ❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)✅ Qachon qo‘llanadi: • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️ Shakli: tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.Nazofеron — ishonchli himoya.Reklama
    5,710видео2Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    16 сент., 07:38

    Qurtlagan shokolad: u yaroqlilik muddati oʻtmagan mahsulotlarda ham uchraydiIjtimoiy tarmoqlarda qadoqlangan shirinlik ichidan tirik qurt chiqqani aks etgan video tarqaldi. Eʼtiborli jihati - videodagi mahsulotning yaroqlilik muddati hali tugamagan. Mahsulot yaroqlilik muddati oʻtmagan boʻlsa ham, qadoq ichida qurt yoki boshqa zararkunanda paydo boʻlishi mumkinmi? Bunday holatga nima sabab boʻladi va hasharot mahsulotga qachon tushib qoladi?Kun.uz oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mutaxassisdan shu savollarga javob oldi.👉 https://kun.uz/uz/31916973🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
    5,520видео2Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    22 мая, 12:00

    Kuniga 8–10 soat kompyuter qarshisida vaqt o’tkazish ofis xodimlari uchun odatiy holga aylandi.Ishxona, avtomobil, telefon bilan vaqt: deyarli barcha jarayonlar harakatsiz o’tyapti. Shifokorlar buni “yangi avlodning sekin rivojlanayotgan sog‘liq muammosi” deb atamoqda.Masala faqat bel og‘rig‘ida emas. Tibbiyotda uzoq vaqt harakatsiz o‘tirish kamharakat turmush tarzi sifatida baholanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson organizmi uzoq muddat qimirlamasdan qolsa, tanadagi bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida sekinlashishni boshlaydi.Birinchi navbatda, zarar qon aylanishiga yetadi. Oyoq mushaklari harakat qilmagani sabab qon pastki qismda ko‘proq to‘planadi, venalardagi bosim ortadi. Bu esa oyoq shishishi, varikoz va tromb hosil bo‘lish xavfini oshiradi.Kun bo‘yi ofisda o‘tiradigan yoki uzoq masofaga mashina haydaydiganlarda bu holat ko‘proq uchraydi.Ikkinchi muammo, umurtqa va
    14,000видео34811Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    21 мая, 08:15изменён

    Omega 3 nomi bilan keng tarqalgan baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam qabul qilish ayrim insonlarda yurak kasalligi va insult xavfini oshirishi mumkinligi aniqlandi.Bu haqida BMJ Medicine jurnalida tadqiqot xulosasi chop etildi.Tadqiqotda Buyuk Britaniyaning UK Biobank bazasidagi 40–69 yosh oralig‘idagi 415 737 kishi ishtirok etgan. Ularning 55 foizi ayollar bo‘lgan. Jarayonda qatnashchilarning ovqatlanish odatlari, turmush tarzi va sog‘lig‘i haqida o‘rganilgan.Natijalarga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalligi bo‘lmagan insonlarda baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam iste’mol qilish: • yurak ritmi buzilishi ya’ni atrial fibrillyatsiya xavfini 13 foizga; • insult xavfini esa 5 foizga oshirgan.Eng qizig‘i, tadqiqot boshqa bir paradoksal holatni ham ko‘rsatdi. Allaqachon yurak kasalligi bilan yashayotgan bemorlarda baliq yog‘i aksincha foyda berishi mumkinligi qayd etildi.Olimlar
    11,700видео10211Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    8 мая, 13:35

    ☕️ Qahvaning kayfiyatga ijobiy ta’siri haqida ko‘p gapiriladi. Biroq olimlar yaqin vaqtgacha mazkur ichimlikning ruhiy holatni qanday o'zgartirishini aniq tushuntirib bera olmagandi.Irlandiyadagi mikrobiom va ichak bakteriyalari bo‘yicha tadqiqot markazi hamda Kork universitet kolleji olimlari olib borgan yangi tadqiqot qahvaning ichak mikrobiomi orqali miya faoliyati va hissiy holatga ta’sir mexanizmini ko‘rsatdi.👨🏻‍⚕️ Tadqiqotda ikki guruh ishtirok etdi: birinchi guruh muntazam qahva ichgan, ikkinchisi esa umuman iste’mol qilmagan. Olimlar ishtirokchilarning ovqatlanishi, kofein qabuli, ichak bakteriyalari va hissiy holatini kuzatgan.Tajriba mobaynida doimiy qahva ichadiganlar ikki hafta davomida bu ishni umuman qilmagan. Keyin esa ishtirokchilarga oddiy va kofeinsiz qahva berilgan, biroq ular qaysi turdagi ichimlikni ichayotganini bilmagan.☺️ Natijada har ikki guruhda ham
    12,100видео151132Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    26 апр., 04:59

    “Dietologning dori sotishga haqqi yo‘q” - endokrinologBugungi real holat shuki, tibbiy diplomi bo‘lmasdan o‘zini “dietolog”, “nutrisiolog” deb e’lon qilganlar, ayrim kosmetologlar, ozish bo‘yicha “kurs”, “dars” sotayotganlar klinik protokollarsiz ozdiruvchi ukol-dorilarni taklif etyapti.Aslida lipolitik in’yeksiyalar, infuzion muolajalar, organizm ichki tizimiga bevosita ta’sir qiluvchi preparatlar faqat shifokor nazoratida, aniq tashxis va tekshiruvlardan so‘ng qo‘llanishi kerak.“Muammo faqat muolajaning o‘zida emas. Bozorda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yoki to‘liq nazorat qilinmaydigan vositalar ham erkin reklama qilinayotganida. Ijtimoiy tarmoqlarda “tez ozdiradi”, “garantiyali natija beradi” deb sotilayotgan ayrim dorilar yoki ukollar aslida qayerda ishlab chiqarilgani, qanday sinovdan o‘tgani haqida aniq ma’lumot berilmaydi.Eng og‘riqli nuqta – javobgarlik masalasi.
    13,500видео1131Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    25 апр., 08:18изменён

    “Bu preparatlar aslida yog‘ni eritmaydi”: arzon ozishning qimmat badali va ochiq qolayotgan javobgarlik masalasiParhez va mashqlarsiz tez ozish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar mana shunday chaqiriqlar bilan to‘lib-toshdi. Dastlab qandli diabetni davolash uchun ishlab chiqilgan dori vositalari endi “sehrli ukol” sifatida ommaviy sotilyapti, go‘zallik salonlari-yu Telegram-kanallarda ham “ozdiruvchi moʻjiza”lar taklif etilyapti.Xo‘sh, bu preparatlar organizmda o‘zi qanday ishlaydi? Tibbiyotda tan olinmaydigan, taqiqlangan yoki rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan proseduralardan xavfli asoratlar yuzaga kelganda javobgarlikni kim o‘z bo‘yniga oladi?Kun.uz’ning navbatdagi ko‘rsatuvi ayni shu mavzuga bag‘ishlanadi.Intervyuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
    11,800видео731Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    22 апр., 12:34

    🏞 Yaqin vaqtgacha plastik ifloslanish haqida gapirilganda insoniyat okeanlar yuzasidagi chiqindilar yoki nobud bo‘layotgan kitlarni tasavvur qilar edi.Biroq, 2026-yilga kelib vaziyat yanada jiddiyroq tus oldi: plastik endi faqat atrof-muhitda emas, u bizning qonimizda, a’zolarimizda va hatto tug‘ilajak farzandlarimizning hujayralarida aniqlanmoqda.📝 PLOS One jurnalida chop etilgan tadqiqotda, odamlar kuniga 68 mingtagacha mikroplastmassa zarrachasini nafas orqali yutishi qayd etilgan.Ya’ni inson organizmi haftasiga o‘rtacha 5 gramm plastik, tushunarliroq qilib aytadigan bo’lsak, bitta bank plastik kartasi miqdoridagi mikrozarralarni qabul qilmoqda.🫁 Ushbu zarrachalar o‘pkaga kirib, keyinchalik qon orqali boshqa a’zolarga ham tarqaladi.Arteriya devorlarida to'plangan plastik zarralari insult va infarkt xavfini 4 baravargacha oshirishi mumkin.🌱 Sog‘lom hayot kanalini
    12,700видео12931Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    30 мар., 14:59

    🥱Uyqusizlik nega ko‘paymoqda?Mutaxassislarning aytishicha, uyqusizlikning eng asosiy sabablaridan biri telefon va boshqa gadjetlardan kechki payt ham faol foydalanishdir.📱Smartfon ekranidan chiqadigan ko‘k nur organizmda uyquni boshqaruvchi melatonin gormoni ishlab chiqilishini sekinlashtiradi. Oqibatda inson charchagan bo‘lsa ham uyquga ketishi qiyinlashadi.Yana bir yetakchi omil — doimiy stress va axborot bosimida yashash. Kun davomida ko‘p miqdordagi yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar va ish bilan bog‘liq masalalar miya faoliyatini tinimsiz ishlashga majbur qiladi. Bu esa organizmning kechqurun dam olish rejimiga o‘tishini qiyinlashtiradi.❗️Shuningdek, kamharakat turmush tarzi ham uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kun bo‘yi o‘tirib ishlash, jismoniy faollikning yetishmasligi organizmning tabiiy charchash mexanizmini buzadi. Natijada inson kechqurun uxlashga harakat qilsa
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
    16,60015655Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    30 мар., 14:03

    ❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazoferon — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy-1 yosh bolalar uchun Nazoferon tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazoferon spreyi)✅Qachon qo‘llanadi: • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️Shakli: tomchi yoki sprey oddiy va qulay.Nazoferon — ishonchli himoya.Reklama
    11,800видео6Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    30 мар., 06:47

    ☕️Kuniga qancha qahva ichish foydali?Qahvaning ta’siri asosan undagi kofein bilan bog‘liq. Kofein markaziy asab tizimini faollashtirib, uyquchanlikni kamaytiradi, diqqatni oshiradi va vaqtincha energiya beradi. Shu sababli ko‘pchilik ertalab uyg‘onish yoki ish unumdorligini oshirish uchun qahva ichadi.📌 Bundan tashqari, qahvada antioksidantlar ham mavjud. Ular organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga va hujayralarni zararlanishdan himoya qilishga yordam beradi.🔖 Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘rtacha sog‘lom inson uchun kuniga 300–400 milligramm kofein xavfsiz me’yor ekanini ta’kidlaydi. Bu taxminan 3–4 piyola qahvaga teng.Ayrim tadqiqotlarda aynan shu miqdor yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabeti va ayrim nevrologik kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkinligi qayd etilgan. Ya’ni me’yorida ichilgan qahva ayrim holatlarda foydali ham bo‘lishi mumkin.
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    28 мар., 16:09

    🥛Uxlashdan avval suv ichmangKun davomida organizm uchun zarur bo‘lgan suv kechki payt noto‘g‘ri iste’mol qilinsa, uyqu sifati va ayrim fiziologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.🥱 Uyqu sifati bilan bog‘liq muammo Buyraklar organizmdagi suyuqlik muvozanatini doimiy ravishda nazorat qiladi. Kechqurun ko‘p suv ichilganda, buyraklar faoliyati davom etadi va tunda hojatga turish ehtiyoji paydo bo‘ladi.Uyqu bo‘linishi chuqur uyqu bosqichlarini qisqartiradi, oqibatda ertalab odam dam olgandek emas, charchoq bilan uyg‘onishi mumkin.😚 Shishlar va suyuqlik ushlanishiBa’zi odamlarda uxlashdan oldin ko‘p suyuqlik ichish ertalab yuz yoki ko‘z atrofi shishlariga olib keladi. Bu holat suyuqlikning vaqtincha to‘planishi bilan bog‘liq.Kun davomida tanada suyuqlik harakatlanib turadi. Ammo yotgan holatda qon aylanishi va suyuqlik taqsimoti biroz o‘zgaradi. Shu sababli ayrim
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
    11,10015333Открыть в Telegram
  • Kun.uz | Sog’lom hayot

    27 мар., 02:59

    🌰🥜🫘Quruq mevalar: kichik hajm, katta foydaMevalar tarkibidagi suv tabiiy yoki sun’iy usulda chiqarilgach, ular quritiladi va uzoq muddat saqlashga yaroqli holga keladi. Bu jarayon davomida mevaning asosiy ozuqaviy moddalari saqlanib qoladi, ba’zi hollarda konsentratsiyasi oshadi.Shu sabab, quruq mevalar organizm uchun foydali moddalarning muhim manbai hisoblanadi.🔋Energiya va quvvat manbai Quruq mevalar tarkibida tabiiy shakar — fruktoza va glyukoza ko‘p. Bu moddalar organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladi va qisqa vaqt ichida energiya beradi. Mazkur yeguliklar sportchilar, faol turmush tarzini olib boradigan insonlar yoki tez charchaydiganlar uchun foydali tamaddi sifatida tavsiya etiladi.😋 Hazm tizimiga ijobiy ta’sir Mayiz, quritilgan o‘rik va anjir kabi quruq mevalar tolaga boy. Tolalar ichak faoliyatini yaxshilab, ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Ayniqsa,
    Иллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayotИллюстрация к посту канала Kun.uz | Sog’lom hayot
    12,00018441Открыть в Telegram