Последние посты

O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 18:38
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi oldidan navbatdagi Zoom yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 2026-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi”ga tayyorgarlik ishlari doirasida navbatdagi onlayn Zoom yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🧾Mazkur Forum Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda. Yig‘ilishda Forumga tayyorgarlik jarayonining joriy holati, tashkiliy masalalar, tadbirlar dasturi hamda ishtirokchilar bilan bog‘liq muhim jihatlar batafsil muhokama qilindi. 🧾Shuningdek, Forum oldidan yuzaga kelgan mavjud muammolar va dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollar tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilib, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda tashkiliy
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 17:46
переслано из @minsportuz
Yaponiyada oʻtkazilayotgan XX Yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida 23-sentabr kuni start oladigan musobaqalarda atletlarimiz 16 ta sport turi boʻyicha mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.Vakillarimiz ushbu nufuzli musobaqaga puxta hozirlik koʻrishmoqda va yuqori natijalarni qoʻlga kiritishni maqsad qilishgan.Ushbu shiddatli musobaqalarda sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 10:28
⌛"Huquqiy zakovat" — bilim va huquqiy savodxonlik bellashuvi Bugun O'zbekiston davlat sport akademiyasi xodimlari o'rtasida "Huquqiy zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. 📚 Mazkur bellashuv akademiya xodimlarining huquqiy bilim darajasini oshirish, amaldagi qonunchilik normalarini chuqur o'zlashtirish, shuningdek, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. ⚖️ O'yin davomida xodimlar o'zaro jamoalarga bo'linib, huquqiy bilim, tezkor fikrlash va topqirlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qiziqarli savol-javoblar asosida kechgan bellashuv barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. 🏆 Tadbir yakunida g'olib jamoa va faol ishtirokchilar munosib mukofotlar bilan taqdirlandi. O‘zDSA matbuot xizmati:
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 07:59
Aichi-Nagoya–2026: O'zbekiston delegatsiyasi sovrindorlari Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari munosib natijalarni qayd etib, mamlakatimiz hisobiga qator medallarni qo‘shmoqda. 🏆 O‘zbekiston delegatsiyasi safida Osiyo o‘yinlari sovrindorlari: 🥇 Abdulvaxob Rashidov — Osiyo o‘yinlari chempioni 🥋 Karate, -67 kg vazn toifasi 🥈 Humoyunmirzo Halimov — kumush medal sohibi 🥋 Karate, -55 kg vazn toifasi 🥈 Firdavs Atamuratov — kumush medal sohibi 🥊 MMA, -60 kg vazn toifasi 🥈 Darya Latisheva — kumush medal sohibi 🥋 Ushu, taolu yo‘nalishi 🥈 Hilola Sobirova — kumush medal sohibi 🥊 MMA, -60 kg vazn toifasi 🥉 Nodirbek Shavkatov — bronza medal sohibi 🥊 MMA, -71 kg vazn toifasi 🇺🇿 Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida hozircha 1 ta oltin, 4 ta kumush
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 06:36
#SPORT_ATAMALARI ⌛Isinish mashqlari — asosiy mashg‘ulot yoki musobaqa oldidan organizmni jismoniy yuklamaga tayyorlashga qaratilgan mashqlar majmuasidir. ❗️Nima uchun muhim? Mushaklar va bo‘g‘imlarni faol harakatga tayyorlashga yordam beradi. ➡️Sog‘liq uchun: Organizmni yuklamaga bosqichma-bosqich moslashtirish va jarohatlanish xavfini kamaytirishga ko‘maklashadi. ✔️ Sportda qanday qo‘llaniladi? Yengil yugurish, cho‘zilish, bo‘g‘imlarni harakatlantirish va sport turiga xos mashqlar orqali amalga oshiriladi. 📌 Qiziqarli fakt: Isinish mashqlari sportchining asosiy mashg‘ulotdagi harakatlariga mos ravishda tanlanadi. O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagr
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 03:22
переслано из @minsportuz
Aichi-Nagoya-2026: Delegatsiyamiz bugun 15 sport turida ishtirok etadiBugun Yaponiyada XX yozgi Osiyo oʻyinlarining uchinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda terma jamoalarimiz vakillari quyidagi 15 sport turida bahs olib borishadi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
22 сент., 02:40
#KUN_HIKMATI❗️ “Hayot – bu velosiped minishga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakatda bo‘lishing kerak.”©️ Albert Eynshteyn O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 12:12
⌛ZILZILA VAQTIDA TO‘G‘RI HARAKATLANISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandida aholini zilzila vaqtida amaliy harakatlanishga o‘rgatish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan talabalar va o‘quvchilarning tabiiy ofatlar, xususan, zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida maxsus o‘quv trenajyorlari va zilzila simulyatorlari
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 12:08
переслано из @minsportuz
Abdul Vahhob Rashidov Aichi-Nagoyada Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qabul qilib oldi!Avval xabar berganimizdek, Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida oʻtayotgan XX Osiyo oʻyinlarida karate boʻyicha vakilimiz Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.Ayni daqiqalarda musobaqaning rasmiy taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yaponiyalik Yugo Kozakini magʻlub etgan sportchimizga musobaqaning oltin medali tantanali ravishda topshirildi.Medal topshirish marosimida gʻolibimiz sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yuqoriga koʻtarilib, davlatimiz madhiyasi Aichi-Nagoyada baralla yangradi.Eslatib oʻtamiz, ushbu muvaffaqiyat delegatsiyamiz hisobidagi dastlabki oltin medal hisoblanadi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 11:21изменён
📢📢📢📢📢 🏛O‘zbekiston davlat sport akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Qatag‘on qurbonlari — tarixiy xotiramizda” mavzusida ilmiy maqolalar hamda yozma mulohazalar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovning asosiy maqsadi — qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, tarixiy xotirani asrab-avaylash, ajdodlarimizning ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy merosini keng targ‘ib qilish hamda talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. 📚Tanlov yo‘nalishlari: Ilmiy maqola — qatag‘on qurbonlaridan birining hayoti, faoliyati, ilmiy-ma’rifiy yoki ijtimoiy merosini yoritishga bag‘ishlangan ilmiy ish; Yozma mulohaza — qatag‘on qurbonlari
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 07:00
🇺🇿Bahromjon Gaziyevni tabriklaymiz!Bugun Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash hamda polo federatsiyalari raisi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Bahromjon Gaziyev ham o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.Hurmatli Bahromjon Valiyevich! Sizni O'zbekiston davlat sport akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz. O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 04:58
переслано из @minsportuz
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur natijalari!O‘zbekiston terma jamoalarining 5-turdagi o‘yin natijalari:Erkaklar terma jamoalari:Vengriya — O‘zbekiston: 0 – 4 O‘zbekiston-2 — Filippin: 2.5 – 1.5 Avstriya — O‘zbekiston-3: 2 – 2Ayollar terma jamoalari:AQSh — O‘zbekiston: 2 – 2 O‘zbekiston-2 — Tunis: 4 – 0 O‘zbekiston-3 — Madagaskar: 3.5 – 0.5Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 04:48изменён
🇺🇿Muxtorxon Tashxo’jayevni tabriklaymiz! Bugun O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo’mitasi vitse-prezidenti, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Muxtorxon Tashxo’jayev o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Hurmatli Muxtorxon Maxsudovich! Sizni O'zbekiston davlat sport akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Mamlakatimiz paralimpiya sportini rivojlantirish, sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlarini ta’minlash hamda yosh avlodni sportga keng jalb etish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.El-yurtimiz ravnaqi va sportimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingiz doimo samarali bo‘lsin! O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
21 сент., 02:47
#KUN_HIKMATI❗️Haqiqiy ta‘lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.© N.I. PirogovO‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
20 сент., 19:02изменён
⌛21-sentyabr. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi bahslar05:30 — Triatlon, jamoaviy, final — O‘zbekiston to‘rtligi 05:45 — O‘q otish, 10 metrga miltiqdan — Javohir Sohibov 06:00 — O‘q otish, skit — Ruslan Utaganov 06:00 — O‘q otish, skit — Bekzod Abdurahimov 06:00 — O‘q otish, skit — Behruz Sharapov 06:00 — Sport gimnastikasi, erkaklar — O‘tkirbek Jo‘rayev 06:00 — Sport gimnastikasi, erkaklar — Ravshan Komiljonov 06:00 — Stol tennisi, erkaklar — O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston 07:00 — MMA, yarim final — Firdavs Atamuratov — Dastan Kanibek Uulu (Qirg‘iziston) 07:40 — MMA, yarim final — Hilola Sobirova — Dalin Cheng (Kambodja) 08:30 — Stol tennisi, ayollar — O‘zbekiston — Maldiv orollari 08:40 — MMA, yarim final — Nodirbek Shavkatov — Kadirbek Shinbayev (Qozog‘iston) 10:30 — Suv polosi, ayollar — Singapur — O‘zbekiston 11:00 — Chim ustida xokkey, ayollar
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
20 сент., 18:58изменён
XX Osiyo o‘yinlari: 21 sentyabr kungi bahslar ❗️ O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabasi Javohir Sohibov XX Osiyo o‘yinlarida 10 metr masofaga miltiqdan o‘q otish bahslarida ishtirok etadi. 📆 21-sentyabr ⏰ 05:45 Javohir Sohibovga muhim va mas’uliyatli bahslarda yuqori natija, mustahkam iroda, aniq nishon va omad tilaymiz! O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
20 сент., 04:33
♟ 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston terma jamoalarining 4-tur natijalariOpen: 🇺🇿 O‘zbekiston-1 — 🇹🇷 Turkiya: 2,5:1,5 🇺🇿 O‘zbekiston-2 — 🇳🇿 Yangi Zellandiya: 2,5:1,5 🇺🇿 O‘zbekiston-3 — 🇾🇪 Yaman: 3,5:0,5Women: 🇺🇿 O‘zbekiston-1 — 🇦🇷 Argentina: 3:1 🇺🇿 O‘zbekiston-2 — 🇰🇬 Qirg'iziston: 1:3 🇺🇿 O‘zbekiston-3 — 🇨🇺Cuba: 1,5:2,5O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
20 сент., 04:20
переслано из @minsportuz
Aichi-Nagoya-2026: Bugun dastlabki medallar oʻz egalariga topshiriladiBugun Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarining ilk medallar jamlanmasi oʻynaladi. Kun davomida oʻzbekistonlik atletlar 12 ta sport turida ishtirok etishadi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
20 сент., 04:16
#KUN_HIKMATI❗️Kimki jahon ahlidan inson erur, bilki, nishona anga iymon erur.© Alisher NavoiyO‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
O'ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI
19 сент., 14:55изменён
🇺🇿Oʼzbekiston sport delegatsiyasi XX Osiyo oʼyinlarining tantanali ochilish marosimida! O‘zDSA matbuot xizmati: 🌐Veb sayt │🌐 Instagram │ ✅Telegram
