Последние посты

Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 17:23
Uchko'prik tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maktab ligasi” musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.🌐Telegram manzilimiz: https://t.me/sporttiime
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 15:28
🏓 Bir g‘alaba — mahallaga yangi imkoniyat!U stol tennisida 3-o‘rin oldi. Ammo uning eng katta g‘alabasi — mahallasiga sport maydonchasini olib kelgani bo‘ldi.“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi stol tennisi A-ligasida Abdumannopova Muhlisaxon Abduhalil qizi 3-o‘rinni egallab, o‘z mahallasiga workout maydonchasi yutib keldi.Bugun mazkur maydoncha Qum MFYdagi 28-maktab hududida foydalanishga topshirildi. Har payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan ochilish tadbirida tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov, tuman IIB boshlig‘i Axmedov Sherzodjon hamda yoshlar ishtirok etdi.Bir yoshning g‘alabasi — butun mahalla uchun imkoniyat. Endi bu maydonchada yana yuzlab yoshlarning yangi g‘alabalari boshlanadi.🌐 Telegram | Instagram | Facebook |
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 15:21
“Hokim kubogi” uchun futbol musobaqalariga start berildi.🔹Payshanba yoshlar kuni doirasida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Quvasoy shahrida umumta’lim maktablari pedagoglari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom ustoz — barkamol avlod tarbiyachisi” shiori ostida futbol bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalariga start berildi.🔸Musobaqada shahardagi umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog va ishchi-xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda.🔰Mazkur sport musobaqasi ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ustozlarning bayramiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida tashkil etildi.✅Musobaqa yakunida yuqori natija qayd etgan jamoalar aniqlanib, “Hokim kubogi” hamda munosib sovrinlar bilan taqdirlanadi.🌐 Telegra
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 14:06
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda🔹Joriy yilning 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.🔸1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.🔰Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.🌐 Telegram | Instagram | Facebook |
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 13:30
YOZYOVONDA SPORTGA BO‘LGAN E’TIBOR E’TIROF ETILDI.🔹Yozyovon yaqinda foydalanishga topshirilgan Sport maktabi binosi, markaziy o‘yingohda olib borilayotgan ishlar hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.🔸Shuningdek, tumanda sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.🔰Yozyovonda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, mas’ullarga minnatdorlik bildirdi hamda kelgusidagi loyihalarni amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyorligi ta’kidlandi.🌐 Telegram | Instagram | Facebook |
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 13:20
BUVAYDA TUMANIDA SPORT OBYEKTLARIGA E’TIBOR🔹Hududlardagi oʻrganish davomida Buvayda tumani Sport maktabi hamda Bachqir sport majmuasining futbol maydonidagi holat va imkoniyatlar baholandi.🔸 Sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni va mavjud moddiy-texnik baza bilan tanishildi. Bachqir sport majmuasidagi kichik futbol maydonining infratuzilmasi hamda undan samarali foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.🔰 Obyektlardan yoshlarni sportga keng jalb etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.🌐 Telegram | Instagram | Facebook |
Sport Time (Farg‘ona)
10 сент., 13:03
NAVBATDAGI MANZIL — RISHTON TUMANI SPORT MAKTABI🔹O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Avazbek Qudratillayevich Karimov tashrifining navbatdagi manzili Rishton tumani Sport maktabi bo‘ldi.🔸 Tashrif davomida sport maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishilib, obyektning qurilish jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida sportchi yoshlar uchun foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.🔰 Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, sportchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.🌐 Telegram | Instagram | Facebook |
