Последние посты

Saida Mirziyoyeva
23 сент., 06:30
Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildik.Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi.—На встрече с вице-президентом Google Караном Бхатией обсудили возможность запуска в Узбекистане монетизации YouTube.В последние годы мы улучшили законодательство в сфере обработки персональных данных и цифровых платежей, благодаря чему в Узбекистане будут доступны международные платёжные системы.Возможностей для партнёрства с компанией — огромное количество. Впереди много работы.


89,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
23 сент., 05:01
АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdik.Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik.O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyor.—Встретилась с главным исполнительным директором Корпорации международного финансового развития США (DFC) Беном Блэком.Обсудили крупные совместные проекты в сфере транспорта и здравоохранения, реализация которых уже началась.Узбекистан готов и дальше расширять сотрудничество с DFC.


122,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
23 сент., 04:01
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.—Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан.Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.


304,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
21 сент., 20:08
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное


198,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
19 сент., 05:52
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da


82,300Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
18 сент., 04:01
Toshkent | sentabr, 2026-yil—Ташкент | сентябрь, 2026 год
Saida Mirziyoyeva
17 сент., 14:13
“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish.Buning uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir — moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport — zamonaviy talablar asosida


107,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
17 сент., 11:03
Yangi Toshkent hududida bo‘lib, zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdik.Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.Britaniyalik me’morlar tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o‘n yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi. Poydevor qo‘yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo‘lishi endi bevosita o‘zimizga bog‘liq.Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos.Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!—Мы посетили Новый Ташкент и ознакомились с


52,800Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
17 сент., 08:01
Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi.Bunday maskanlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozim. Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur.Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri shu, biz boshlangan ishlarni qat’iy davom ettiramiz.—Ташкенту нужно больше зелёных пространств. Особенно в нашем жарком климате, где деревья, вода и тень


75,200Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
16 сент., 07:30
Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.—В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.Мы регулярно работаем в таком формате.


194,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
15 сент., 12:20
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha,


148,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
11 сент., 17:57
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.—Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства нового Национального музея Узбекистана в Ташкенте.Автор архитектурной концепции музея — Тадао Андо, один из самых известных архитекторов современности, лауреат Притцкеровской премии.Среди его работ — музеи и культурные объекты в Японии, Европе и США. Его архитектура узнаваема во всём мире своей простотой, точностью и особым отношением к пространству и свету.Национальный музей станет одним из крупнейших культурных проектов Центральной Азии. Здесь разместятся выставочные залы, библиотека, реставрационные лаборатории, образовательные центры.Для нас важно, чтобы над такими знаковыми проектами в нашей стране работали архитекторы мирового уровня. Созданные ими объекты остаются городам на десятилетия и сами становятся произведениями искусства, новой частью его истории и культурного наследия.


86,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
6 сент., 13:53
Toshkent | 05.09.2026 — Ташкент | 05.09.2026
Saida Mirziyoyeva
6 сент., 11:12
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo


168,000Открыть в Telegram
Saida Mirziyoyeva
3 сент., 14:00
Doha | sentabr, 2026-yil — Доха | сентябрь, 2026 год33,100Открыть в Telegram
