Последние посты

StartUpper
22 сент., 12:32
AI Hackathon Namaganda!24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu yerda shunchaki sun’iy intellekt haqida gapirilmaydi. Siz g‘oya o‘ylab topasiz, uni loyiha shakliga keltirasiz va jamoangiz bilan shu tashabbusni himoya qilasiz.⏺ Sovrinlar:1-o‘rin: Apple MacBook Air 2-o‘rin: 20 000 000 so‘m 3-o‘rin: 10 000 000 so‘m⏺Talablar:- 16 yoshdan oshgan, Namangan viloyatida yashovchi pasport/ID egasi; - Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart (faqat tasdiqlangan nomzodlar qatnashadi). Eslatma: Boshqa viloyat bosqichida qatnashganlar ishtirok eta olmaydi.Ro‘yxatdan o‘tish: eventflow.uz Murojaat uchun: +998990461459Bizni kuzatib boring:
StartUpper
22 сент., 04:23
“Startap — bu samolyotni yig'ib bo'lib, uni balandlikka ko'tarilish jarayonida pastga qarab sakrash va parvoz davomida dvigatelni ulash demakdir.”Rid HoffmanBizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
21 сент., 16:42
#StartapLugati📌 Pivot [pi'vot] — ot, inglizcha.Startapning bozor signallariga (mijozlar, raqamlar) qarab mahsuloti, auditoriyasi yoki daromad modelini keskin o‘zgartirishi. Startap yopilmaydi: yo‘nalish o‘zgaradi, maqsad qoladi.Misol: ⏺Slack avval Glitch nomli o‘yin edi. 2012-yilda o‘yin o‘zini oqlamadi, jamoa ichki muloqot vositasini alohida mahsulotga aylantirdi (2014). ⏺Instagram esa Burbn ilovasidan faqat foto, komment va layk qoldirdi.Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
21 сент., 13:58
Startap g‘oyangiz ishlaydimi?Reddit foydalanuvchilaridan biri ortiqcha xarajatlarsiz o‘z g‘oyangizning muvaffaqiyat qozonish ehtimolini baholab beradigan sayt yaratdi.G‘oyangiz qanday biznes ekanini qisqacha yozasiz. Sun'iy intellekt shunga o‘xshash loyihalarni qidirib topib, ularning yo‘lini, qanday xatoga yo‘l qo‘yganini va nima uchun yopilib ketganini tahlil qiladi.Natijada g‘oyangiz nima sababdan o‘xshamasligi va boshqalar yiqilgan xatolarga uchramaslik uchun nima qilish kerakligi yozilgan batafsil hisobot beriladi.Ushbu havola orqali foydalanishingiz mumkin!Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
21 сент., 05:38
SGP Life Sciences bitiruvchilar uchun $1 mln gacha investitsiya imkoniyatini e’lon qildi va arizalar muddatini 25-sentyabrgacha uzaytirdi.DOMiNO Ventures va UzVC hamkorligidagi SGP Life Sciences akseleratsiyasi endi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bilan birga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya imkonini ham taqdim etadi.⚫️$1 mln gacha — dasturni muvaffaqiyatli tugatgan startaplar uchun umumiy investitsiya fondi; ⚫️$20 000 — UzVC tomonidan tanlab olingan bitiruvchilarga xalqaro bozorga chiqish uchun beriladigan sarmoya.Dastur Markaziy Osiyodagi Biotech, HealthTech va PharmaTech yoʻnalishida global salohiyatga ega startaplar uchun moʻljallangan.🚀 Ariza topshirishBizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
19 сент., 15:30
✅ O’zbekiston startap ekotizimi 6 yilda qanday o’zgardi? (2020 vs 2026)So’nggi yillarda mamlakatimiz startap sohasi bo’yicha erishilgan asosiy ko’rsatkich va raqamlarni to’pladik:⏺Birinchi Milliard dollar (Unicorn) loyiha:- 2020-yil: 0 ta unicorn. - 2024-yil: Uzum O’zbekistondagi ilk unicorn bo’ldi (bahosi $1 mlrd dan yuqori). - 2026-yil (mart): Uzum qiymati $2,3 mln/mlrdga, foydalanuvchilari soni ~20 mlnga yetdi.⏺Sarmoyalar hajmi (2 yilda 52 barobar o'sish):- 2023-yil: $6,3 mln (34 ta bitim) - 2025-yil: $329 mln (140 ta bitim) - Xorijiy investorlar ulushi: 89% - Eng ko'p investitsiya olgan yo'nalish: Sun'iy intellekt (24,4%)⏺Fondlar va startaplar o'sishi:- Faol venchur fondlar: 2021-yildagi 4 tadan 2024-yilda 11 taga oshdi.
StartUpper
19 сент., 15:04

StartUpper
18 сент., 16:07
Biznesni rivojlantirish banki vakillari bilan uchrashuv“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Biznesni rivojlantirish banki boshqarma boshliqlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida kelgusidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, mehmonlar texnopark faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Uchrashuv kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
17 сент., 14:29
Startapni kimning puliga qurmoqchisiz?Ko‘pchilik yangi boshlayotgan founder'lar investor qidirishga shoshiladi. Lekin har qanday investorning puli – bu erkinligingiz va kompaniyangizdagi ulushingiz evaziga olinadigan qarz.Xo‘sh, qaysi biri yaxshiroq: 👉 Hamma narsani o‘zingiz qilib, sekin o‘sadigan Bootstrapmi? 👉 Yoki qadamni tezlashtirish uchun ulush berib, investor jalb qiladigan Venture Kapitalmi?👇 Fikringizni izohda qoldiring: siz qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz?Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
16 сент., 15:02
“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘oliblari INNO texnoparkda!Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori asosida tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturning 2026-yil 2-choragi tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan g‘oliblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Dastlab yosh olimlar bilan “INNO” texnopark bosh direktori A.Ilxamov muloqot o‘tkazdi. Shundan so‘ng, ularga texnoparkning faoliyati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berilib, laboratoriyalar va texnik ishlab chiqarish zonalari bo‘ylab innotur tashkil etildi.Ma’lumot uchun, “Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarga o‘z ish joyidan ajralmagan holda yetakchi markazlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va asbob-uskunalardan foydalanish huquqini beradi. So‘nggi tanlov natijalariga ko‘ra,
StartUpper
15 сент., 14:00
переслано из @innovatsion_rivojlanish
“Inno” texnoparki rezidentligi bo‘yicha ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.Shuningdek, yig‘ilish doirasida bir qator tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti otkazilib, ularning texnologik yechimlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.Bizni kuzating
StartUpper
14 сент., 13:50
Eng eng yaxshi startup g‘oyalar uchun 30 million so‘m25–27-sentabr kunlari Toshkentda tarixda ilk bor Techstars Startup Weekend Tashkent idealhtoni bo‘lib o‘tadi.54 soat ichida siz quyidagilarga erishishingiz mumkin:• Jamoa tuzib, o‘z mahsulotingizning ilk nusxasini (MVP) yaratasiz; • Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni sinovdan o‘tkazish va biznes-modellashtirish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashasiz; • sun'iy intellekt, IT, biznes va marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan maslahat olasiz; • o‘z mahsulotingizni investorlarga taqdim etasiz; • 30 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashasiz.📍 Toshkent 📅 25–27-sentabr 🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube2,180Открыть в Telegram
StartUpper
11 сент., 15:51
Startapingiz bor, lekin aynan qaysi venchur fond loyihangizga pul tikishini bilmayapsizmi?Yo‘nalishingiz bo‘yicha O‘zbekistondagi asosiy venchur fondlar taqsimoti: - IT va B2B yo‘nalishi: Aloqa Ventures, IT Park Ventures, Avlod Ventures - FinTech va Banking: Uzcard Ventures, SQB Ventures, United Ventures - Meditsina va HealthTech: Asakabank (va maxsus yo‘nalishlar) - Ekotizim va Boshqa sohalar: UzVC, Imkon Ventures, Sarmo Ventures, Yoshlar VenturesUshbu videoda O‘zbekistondagi barcha faol venchur fondlar va ularning yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdik.Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
StartUpper
11 сент., 15:27

StartUpper
11 сент., 14:50

StartUpper
11 сент., 14:04
🚀 INNO LAB akseleratsiya dasturi davom etmoqda!Bugungi mavzu- Customer DevelopmentMijozni tushunish, uning haqiqiy muammosini aniqlash va g‘oyani bozor ehtiyojiga moslashtirish haqida!Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
