Последние посты

Stoik kundaligi
18 сент., 12:00
Kitobxonlar bilan bo'ladigan odatiy suhbat.@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
14 сент., 08:42
переслано из @oyinauz
Barqaror jahon tartiboti uchun nimalar muhim?"Siyosiy ma'rifat soati"ning navbatdagi sonini tomosha qiling.Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
Stoik kundaligi
12 сент., 17:10изменён

Stoik kundaligi
11 сент., 11:03изменён
Bilaman, bilmaslik esdan ogʻdirar Boʻshliqda, ovoz beraman past ovozda Oʻliklar ham avval yashagan edi Boʻshliqda boʻlish qandayligini bilmayman Bilganim, oʻliklarning boʻshliqda olma yeyishi Koʻzlarim sun’iy marjondek goʻyo Gullarni koʻmyapman tuproq ostiga
Stoik kundaligi
10 сент., 06:58
“Yagona alifbodan foydalanish qatʼiy belgilanadi”: Senat alifboga oʻzgartirish kiritishga oid qonunni maʼqulladi Yangilangan alifbo amaldagi 26 ta harf, uchta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan tashkil topadi. Batafsil — http
Stoik kundaligi
10 сент., 05:47изменён
Futbolga qiziqib qolganimdan beri oʻzimga qiziq mashgʻulot topib olganman - FC Mobile.Futbol simulatorlar ichida telefonda oʻynash mumkin boʻlgan eng yaxshi varianti shu boʻlsa kerak. Playstation va kompyuter versiyalari ham bundan qolishmaydi.Hozirgi jamoani yigʻishim uchun ancha vaqt va pul sarfladim. Real hayotda futbol oʻynaydigan sherik/jamoa boʻlmagandan keyin shu ekanda. Mobodo, kimdir oʻynashni xohlasa "Bolalar" deb qidiring. Match tashkillavoramiz)@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
10 сент., 03:14изменён
Kitob oʻqish cool mashgʻulotga aylanmoqdaDior’ning klasik kitob muqovali sumkalari qo'lma-qoʻl boʻlib ketgan bir paytda, adabiyot endi mashhurlarning ham ko'rgazma materialiga aylandi. Dua Lipa 2021-yilda asos solgan Service95 platformasi qoshida Service95 Book Club’ni yo'lga qo'ydi va har oy o'zi tanlagan kitobni kitobxonlar bilan bo'lishib, mualliflar bilan intervyu qiladi. Hatto o'tgan oylarda ushbu formatni New York Public Library’da jonli tadbirga, so'ngra Spotify’da podkastga ko'chirdi.Kaia Gerber esa 2024-yilda Alyssa Reeder bilan birga tashkil etgan Library Science bilan buni mutlaqo boshqacha estetikaga olib chiqdi. U kitob klubidan ko'ra ko'proq "vibe" yaratmoqda, u tanlagan kitoblar Instagram’da xuddi moda e'lonidek ulashilmoqda. Bu ismlarning kitob tavsiyalari har tomonda ovoza boʻlmoqda, chunki endi kitob tanlovi ham uslubni e'lon qilishdek gap.Qo'lingda qaysi
Stoik kundaligi
7 сент., 09:19изменён
Bookblogerlarni davlat qoʻllab-quvvatlaydi1000KITOB loyihasi doirasida hamkorlik masalasi boʻyicha gaplashdik. Bookblogerlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirish, kitobxonlik darajasini oshirishga doir fikrlarni oʻrtoqlashdik.1000KITOBdagilarni aytishicha, bookblogerlardan iborat ittifoq tuzish, ular bilan ijodiy uchrashuv va lagerlar tashkillash, shu orqali yangi fikr va gʻoyalarni yuzaga chiqarishni rejalashtirishayotgan ekan.Yaqin kunlarda Stoik kundaligi'da yangi konkurs va tanlovlarni boshlamoqchimiz. Oʻtkazib yubormaslik uchun bildirishnomani yoqib, postlarni kuzatib boring.@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
4 сент., 05:44
переслано из @oriftolib
77 yoshli Murakamining yangi romani talash boʻlyaptiTanqidchilar qariyb yarim asr davomida Haruki Murakamini ayollarni faqat ikkinchi darajali qahramon sifatida tasvirlashda ayblab keladi. Biroq 77 yoshli adib oʻzining 16-romani – The Tale of Kaho asarida bu qarashni butkul parchaladi: u ilk bor butun syujetni ayol nigohi orqali qalamga oldi.Yaponiyada kitobxonlar ilk 300 ming nusxani bir necha kunda xarid qilib tugatdi. Asarning xalqaro bozordagi taqdiri ham qizgʻin kechyapti: Janubiy Koreyaning 10 dan ortiq yetakchi nashriyoti uning tarjima huquqi uchun auksionda kurashyapti. Muallifning agentlari gʻolibni katta taklifga qarab emas, nashriyotning nufuzi va kitobni targʻib qilish byudjetiga tayanib tanlaydi.Ajoyib-a? Asaringni chop etish uchun nashriyotlar kimoshdi savdosida kurashsa!Siz Murakamining biror asarini oʻqiganmisiz?🔥 – Albatta, uning uslubi yoqadi 😎 – Endi
Stoik kundaligi
3 сент., 06:53

Stoik kundaligi
3 сент., 05:50
переслано из @sitorabarliboyeva
Yaqinda Erve Le Tellyening “Anomaliya” kitobini o‘qib tugatdim.Voqealariga aynan to‘xtalib o‘tmoqchi emasman.Bu kitob haqida o‘ylaganimda, meni eng ko‘p hayratga solgan narsa — insonning o‘z-o‘zi bilan uchrashishi qanchalik og‘ir bo‘lishi mumkinligi.Biz odatda o‘zimizdan qochish uchun boshqa odamlarga, ishlarga, shovqinga, munosabatlarga, rejalarimizga berilib ketamiz. Chunki yolg‘iz qolganimizda, o‘zimiz bilan yuzma-yuz kelamiz.Lekin tasavvur qiling: bir kuni qarshingizda sizning aynan o‘zingiz turibdi.U sizning bolaligingizni biladi. Siz yashirgan qo‘rquvlaringizni biladi. Hech kimga aytmagan xatolaringizni ham biladi. Siz nimadan pushaymon ekaningizni, kimni chin dildan sevganingizni, kimga yolg‘on gapirganingizni, qaysi qaroringizni ichingizda hanuz oqlashga urinayotganingizni ham biladi.Eng dahshatlisi — undan hech narsani yashira olmaysiz.Chunki u sizning yuzingizni
Stoik kundaligi
24 авг., 08:43
Oxirgi payt nimalar bilan bandsiz? Men yaqin orada “Odam boʻlish qiyin”, “Ikki eshik orasi”, “Kelajak qanday yaratiladi”, “Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitoblarini tugatdim. Hozir “Oʻtkan kunlar”ni yarmidaman. “Bluelock” animesidan keyin “Parasyte”ni
Stoik kundaligi
22 авг., 17:32
Instagramga yangi video joyladim:https://www.instagram.com/reel/DcWZor9gGqh/?igsi=YW53aDhlM2pmc3Ry
Stoik kundaligi
18 авг., 19:25
Koʻchish azobi kitobxonlarda bir boshqacha boʻladi🤧@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
14 авг., 07:20изменён

Stoik kundaligi
13 авг., 11:40
Oxirgi payt nimalar bilan bandsiz?Men yaqin orada “Odam boʻlish qiyin”, “Ikki eshik orasi”, “Kelajak qanday yaratiladi”, “Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitoblarini tugatdim. Hozir “Oʻtkan kunlar”ni yarmidaman. “Bluelock” animesidan keyin “Parasyte”ni boshladim va hozir uniyam tugatyapman. YouTube’dan mifologiyalarga oid podkastlarni eshitib yuribman. Shuning uchun kanalga kam post yozyapman🥸@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
13 авг., 06:53
1 yilning qadrini DTM imtixonidan o'tolmagan abituriyentdan so'ra;1 oyning qadrini 1 oydan beri oylik olmagan ishchidan so'ra;1 haftaning qadrini haftalik jurnal muharriridan so'ra;1 kunning qadrini 1 kun tuz totmagan odamdan so'ra;1 soatning qadrini uchrashuvni intiq kutayotgan oshiqlardan so'ra;1 daqiqaning qadrini poyezd, avtobus, metroga ulgurmagan odamdan so'ra;1 soniyaning qadrini halokatdan omon qolgan odamdan so'ra;1 millisoniyaning qadrini olimpiadalarda kumush medal olgan odamdan so'ra.Vaqt hech kimni kutmaydi. Shu sabab o'zimizda bor vaqtning qiymatini bilishimiz kerak.@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
12 авг., 09:52
O'zim hurmat qilib kuzatadigan turk professor Ilber Ortaylining "Kelajak qanday quriladi?" nomli asarini eshitib chiqdim.Turklar Ortaylini "Yürüyen kütüphane" (tirik kutubxona) deb bekorga aytishmaydida. Aflotunning "Davlat" kitobiga o'xshab, bu asarda ham har sohadan fikrlarni topasiz. Siyosat, ta'lim, iqtisod, jamiyat, oila, tarbiya, o'tmish, kelajak. Hammasidan ko'ra Ilber Ortaylidagi optimizm menga ko'proq yoqadi.Quyida kitobdan esimdan qolib ketgan joylarini yozaman:Bir talaba Ortaylidan "Ziyoli bo'lishim uchun nima qilishim kerak?" deb so'raydi. Shunda professor "Uchta universitetni tugatish kerak" deb javob beradi. Talaba xursand bo'lib, "Bittasini tugatdim, yana ikkitasini tugatishim kerak ekanda" desa, Ortayli "Bunday emas, uchta avloding, bobong, otang va sen universitetni tugatganingdagina, seni ziyoli deyish mumkin" deydi.Deyarli hamma chiqishlarida yoshlarga sayohat
Stoik kundaligi
12 авг., 06:43
Bitta umr yo'ldosh tanlaganingizda aslida ko'proq narsani tanlagan bo'lasiz.Bolalaringizga chuqur ta'sir o'tkazadigan hamrohingiz;taxminan 20 000 ga yaqin ovqatlanish paytidagi sherigingiz;100 dan ziyod sayohatlaringizdagi yo'ldoshingiz;eng ko'p bo'sh vaqtlaringiz va nafaqadagi yillaringizni birga o'tkazadigan do'stingiz;ish va hayot bo'yicha terapistingiz;va taxminan 18 000 marta har bir kunini aytib beradigan insonni tanlaysiz.@stoik_kundaligi
Stoik kundaligi
10 авг., 09:02
Troya (2004) va Odisseya (2026).Bittasi haqiqiy yunon jangchisidek turibdi, narigisi yaktak kiygan turistdek.Nolan karyerasini dabdala filmi bilan yakunladi.@stoik_kundaligi
