Последние посты

Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 14:34
Eron kemalarimizga o‘q uzishda davom etsa, har safar og‘ir badal to‘laydi – RubioAQSH davlat kotibi Marko Rubio Eron harakatlariga nisbatan qattiq bayonot berib, Vashington Tehronning harbiy harakatlariga qarshi keskin choralarni davom ettirishini ma’lum qilgan.Rubio Eronning AQSH harbiy kemalariga qarshi hujumlariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlagan:🔹Eron har gal AQSH kemalariga o‘q uzganda o‘z tankerlarini yo‘qotish orqali buning haqini to‘lamoqda; 🔹Faqatgina o‘tgan tunning o‘zida Eron yana 5 ta tankeridan ayrildi ulardan 4 tasi shikastlandi, biri cho‘ktirib yuborildi; 🔹AQSH rasmiysi Eron bunga qarshi javob tariqasida og‘ir iqtisodiy va harbiy badal to‘lashda davom etishini, shuningdek, Vashington mamlakatni iqtisodiy jihatdan "bo‘g‘ish" siyosatini izchil davom ettirishini bildirgan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 14:01
🇳🇴Norvegiya qiroli xotirasiga bag‘ishlab F-35 qiruvchi samolyotlari maxsus parvozni amalga oshirdi9-sentyabr kuni qirol Harald V ning davlat darajasidagi dafn marosimidan so‘ng Norvegiya harbiy-havo kuchlariga tegishli 4 ta F-35 qiruvchi samolyoti “Missing Man” (Yo‘qotilgan kishi) shaklida maxsus parvozni amalga oshirgan.Marosim davomida samolyotlardan biri asosiy safdan ajralib chiqib, yuqoriga ko‘tarilgan. Bo‘sh qolgan o‘rin vafot etgan qirolni, osmonga intilgan samolyot esa hayot davomiyligini ifodalagan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 12:28
🇮🇱🇺🇸🇬🇧Tramp Isroil aholi punktlariga qarshi sanksiyalar bo‘yicha g‘arb davlatlari bilan muzokara o‘tkazishini aytdi“Isroil va ular bilan gaplashib, vaziyatning sabablarini aniqlayman. Nima bo‘layotganini tushunib turibman, biroq bu holat nima uchun to‘satdan yuzaga kelganini bilishni istayman”, deb ba'yonot bergan Tramp.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 11:59
🇺🇸Tramp amerikaliklarning har biriga 5 ming dollardan berishni va’da qildiAQSH Prezidenti Donald Tramp Texas Respublikachilar partiyasining qurultoyida so‘zga chiqib, bo‘lajak oraliq saylovlarda respublikachilar g‘alaba qozonsa, har bir fuqaroga 5 ming dollardan tarqatilishini bildirgan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 11:42
🇺🇸Tramp Hormuz bo‘g‘ozini o‘z nomi bilan qayta nomlashni taklif qildi“O‘ylashimcha, biz Hurmuz bo‘g‘ozini Tramp bo‘g‘ozi deb nomlashimiz kerak. Men bundan nimadir olishim kerak-ku. Xonimlar va janoblar, bu joy aynan shunday nomlanadi. Men tez orada bu haqda rasman e’lon qilaman”, deb ta’kidlagan AQSH yetakchisi.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 11:19
🇺🇸🇮🇸Islandiya Trampning shov-shuvli posti sabab AQSH elchisini TIVga chaqirtirdiTramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida AQSH bayrog‘i bilan qoplangan xaritani joylashtirgan bo‘lib, unda Islandiya va bir qator boshqa mustaqil davlatlar ham Amerika hududi sifatida tasvirlangan. Shu munosabat bilan Islandiya TIV rahbari Torgerdur Katrin Gunnarsdottir AQSH elchisi Billi Long bilan uchrashuv o‘tkazgan.Ushbu xatti-harakat tamomila nomunosib va qabul qilib bo‘lmas ekanini ta’kidlagan. Islandiya tomoni o‘zining suveren va mustaqil davlat ekanini hamda bu kabi harakatlar xalqaro diplomatik me’yorlarga zid kelishini bildirgan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 10:55
Yevropa FREYJA dasturi atrofida mudofaa kompaniyalarini birlashtirmoqdaUkraina Prezidenti va Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Store hamkor mamlakatlarning mudofaa kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Asosiy mavzu – Ukraina, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya hamda Buyuk Britaniyaning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga Yevropani havo xavflaridan kompleks himoya qilishni ta’minlay oladigan FREYJA raketaga qarshi dasturi bo‘lgan.“FirePoint”, “Kongsberg”, “Weibel”, “Saab”, “Diehl Defence”, “Hensoldt”, “Thales”, “Safran”, “Sener” va “Leonardo” rahbariyati bilan birgalikda rahbarlar va hukumat vakillari o‘z darajasida, ishlab chiqaruvchilar hamda dasturchilar esa o‘z darajasida aniq nimalarni amalga oshirishi kerakligi kelishib olingan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 10:27
🇳🇴Norvegiya Qiroli vafotidan 12 kun o‘tib dafn etildiNorvegiya Qiroli Harald V bilan davlat darajasidagi xayrlashuv marosimi 9-sentyabr kuni Oslo soborida bo‘lib o‘tgan.Marosimga dunyoning turli burchaklaridan qirollik oilalari vakillari va yuqori martabali rasmiylar tashrif buyurgan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
10 сент., 10:03
🇩🇪🇺🇸Germaniya kansleri Tramp bilan rejalashtirilgan telefon muloqotini qoldirdiSuhbatning qoldirilishiga Trampning “Germaniya uchun muqobil” (AFD) partiyasining Saksoniya-Anxaltdagi hududiy saylovlardagi g‘alabasini olqishlagani hamda Germaniyaning migratsiya siyosatini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.Suhbat uchun yangi sana hozircha e’lon qilinmagan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 17:55
🇳🇴Norvegiya Qiroli bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tmoqdaNorvegiya qirollik oilasi va xalqaro hamjamiyat mamlakat monarxi Qirol Harald V bilan so‘nggi vidolashuv marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dafn etish marosimida dunyoning yetakchi qirollik oilalari vakillari va rasmiy delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 17:37
🇪🇸Sanches unga nisbatan aytilgan ayblovlarga keskin javob qaytardi“Siz meni avtokrat, diktator deb atadingiz… Hatto it deb ham atadingiz. Men it bo‘lishim mumkin, lekin mening hech qanday xo‘jayinim yo‘q”, degan Ispaniya Bosh vaziri.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 17:06
🇺🇦🇳🇴Norvegiya Ukrainaga qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam bermoqda“Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Store bilan yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Birgalikda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish, tutib beruvchi raketalarga bo‘lgan ehtiyojimiz, FREYJA antiballistik dasturi ustidagi keyingi ishlar hamda Ukrainaning qish mavsumidan eson-omon o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildik.Uchrashuv va xalqimizga ko‘rsatib kelayotgan o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlashi uchun Yonas Gar Storega minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Ukraina yetakchisi.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 16:40
🇺🇸Tramp o‘yin qahramoniga aylandi: oq uy yangi video e’lon qildiOq uy “the legend of zelda: ocarina of time” (Zelda afsonasi: Vaqt okarinasi) nomli mashhur o‘yin uslubidagi videoni e’lon qilgan. Unda Tramp o‘yin qahramoniga aylanib, bevosita oq uy hududida turli vazifalarni bajaradi.Video yakunida “Prezident Tramp Amerikalarni yana buyuk davlatga aylantirish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda”, degan yozuv paydo bo‘ladi.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 16:17
Moskva va Kiyev yaqin haftalarda muzokaralar jarayonini qayta tiklashi mumkin – RubioMark Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Uitkoff va Kushner muzokaralaridan so‘ng tomonlarda tinchlik muzokaralari jarayonini qayta tiklash hamda yaqin haftalarda Rossiya va Ukrainani qoniqtiradigan yechim sari harakat qilish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘lgan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 15:55
🇨🇦🇪🇺YI va Kanada sheriklik munosabatlarini tayyorlamoqda – BloombergYevropa Ittifoqi va Kanada savdo, mudofaa, xavfsizlik, koinot, ilmiy tadqiqotlar, ta’minot zanjirlari hamda muhim ahamiyatga ega foydali qazilmalarni qamrab oluvchi yangi keng ko‘lamli sheriklik ustida ishlamoqda. Har ikki tomon AQSH va Xitoyga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga intilmoqda.Tomonlar Amerikaning YIga qo‘shilishiga yo‘l qo‘lmagan holda, qonunchilik doirasida imkon qadar yaqin munosabatlarni o‘rnatishni maqsad qilgan. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu tashabbusni 16-sentyabr kuni taqdim etishi, ertasi kuni esa Karni Yevropa parlamentida nutq so‘zlashi kutilmoqda.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 15:39
Kanadaning iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolish uchun AQSH bilan savdo bitimini rad etdik – Mark Karni“So‘nggi daqiqada ham ular fransuz tili va madaniyatimizni himoya qilish hamda targ‘ib qilish imkoniyatimizni cheklashga intilishdi. Ular boshqa davlatlar bilan kelgusidagi savdo bitimlarimizda ham so‘zga ega bo‘lishni xohlashdi.Ular juda ko‘p narsa talab qilib, evaziga juda oz narsa taklif qilishdi. Adolatli bitim stol ustida bo‘lmagani uchun yomon kelishuvdan voz kechish to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Ko‘p sohalarda ular chinakam iqtisodiy sheriklikni emas, balki qaramlikni xohlashdi”, deb bayonot bergan Kanada Bosh vaziri.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 15:18
🇺🇸🇾🇪🇸🇦🇮🇷Rubio husiylarning Saudiyaga hujumlari ortida Eron turganini ma’lum qildiAQSH rasmiysi Mark Rubio husiylarning Saudiya Arabistoniga qilgan hujumlari yuzasidan izoh berib, bu guruh Eronning vakili ekanini ta’kidlagan.“Husiylar ko‘p jihatdan eronliklarning agentlari va peroksid kuchlaridir. O‘ylaymanki, buning ortida yaqqol Eron qo‘li turibdi. AQSH Saudiya Arabistoni bilan juda mustahkam mudofaa-harbiy aloqalarga ega va biz bu voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz.Yamanning o‘z kuchlari husiylarning quruqlikdagi hujumlariga qarshi kurashib, ularning ilgarilab ketishini to‘xtatishga urinmoqda”, deb ta’kidlagan Rubio.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 14:54
🇨🇦🇺🇸Bessent Tramp Karniga eng yaxshi savdo bitimini taklif qilganini aytdiAQSH Moliya vaziri Skott Bessent Kanada Bosh vaziri Mark Karni bilan yuzaga kelgan savdo kelishmovchiliklariga to‘xtalib, Vashington tomonidan bildirilgan shartlar eng maqbul taklif bo‘lganini ta’kidlagan.“Prezident Tramp Bosh vazir Karniga eng yaxshi savdo bitimini taklif qildi, nima uchun u buni rad etganini tushunmayapman. Bu masalaning ortga qaytarilishini kelishuv qayta tiklanishini ko‘rib chiqamiz”, deb ta’kidlagan Bessent.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 14:37
🇷🇺🇺🇸Donald Tramp va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildiRossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti konstruktiv va ochiq ruhda o‘tgan. Putin va Tramp AQSH Prezidenti maxsus elchilarining Moskva va Kiyevga qilgan safari yuzasidan fikr almashgan.Bundan tashqari, Rossiya rahbari Trampga mamlakatning Yevropaga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejalari yo‘qligi va bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Yetakchilar, shuningdek, mahbuslarni ayirboshlash kabi gumanitar masalalar bo‘yicha ishni davom ettirishga kelishib olgan hamda doimiy aloqada qolishni ma’qullagan.Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
9 сент., 14:08
Eron ustidan qozonilgan g‘alaba neft narxining keskin pasayishiga olib keladi – TrampAQSH Prezidenti Donald Tramp Eron yo‘nalishidagi siyosat va neft bozoridagi kutilmalar haqida fikr bildirar ekan, harbiy harakatlar yakunlangach energiya resurslari narxi sezilarli darajada arzonlashishini ma’lum qilgan.“Eron bilan urushda g‘alaba qozonganimizda, neft narxlari boshqa barcha narsalar kabi, hatto undan ham ko‘proq tez sur’atda pasayadi. Bir gallon neft narxi 3 dollarga, oxir-oqibat esa 2 dollardan pastga tushadi. Bularning barchasi juda tez sodir bo‘ladi va Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘la olmaydi”, deb ta’kidlagan davlat yetakchisi.Strategic Focus: Atlantic
