gram news
Аватар канала Strategic Focus: Central Asia

Strategic Focus: Central Asia

@stratfocusca

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

ПроектыENВоенное

13,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Strategic Focus: Central Asia

    22 сент., 15:51

    Vashingtondagi manbalarga ko‘ra, Turkiya va AQSh F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagan. Bu jarayon prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Nyu-Yorkda Donald Tramp bilan kutilayotgan uchrashuvi arafasida faollashgani bilan e’tiborlidir.Muzokaralarda 40 ta yangi F-16 Block 70 xaridi, mavjud samolyotlarni modernizatsiya qilish va AQShning CAATSA sanksiyalarini bekor qilish masalalari muhokama qilinmoqda. Masalaning asosiy to‘sig‘i esa hanuz S-400 bo‘lib qolmoqda. Aynan Rossiya tizimlarini xarid qilgani sabab Turkiya F-35 dasturidan chiqarilgan va 2020-yilda AQSh sanksiyalariga uchragan.Turkiya uchun F-16 masalasi muhim, chunki mamlakat 230 dan ortiq F-16ga ega va ular harbiy-havo kuchlarining asosini tashkil etadi. F-35 dasturiga qaytish bo‘yicha noaniqlik saqlanayotgan bir paytda, F-16 Block 70 Anqaraga mavjud havo
    661411Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    22 сент., 08:04

    переслано из @stratfocusmena

    30-sentabr kuni AQSh Iroqdagi qolgan harbiylarini olib chiqishni yakunlashi kutilmoqda. Shu tariqa, Vashingtonning Iroqdagi bevosita harbiy ishtirokining navbatdagi bosqichi tugaydi. Biroq AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi Vashingtonning Iroqdagi ta’siri tugashini anglatmaydi. Aksincha, Amerika ishtirokining yangi formatga o‘tishi kutilmoqda.AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi Iroq hukumati oldiga muhim vazifani qo‘ymoqda - mamlakatdagi qurolli kuch ustidan davlat nazoratini ta’minlash. Bag‘dod Eron bilan yaqin aloqalarga ega qurolli guruhlarni qurolsizlantirishga harakat qilmoqda. Yangi rejaga ko‘ra, 30-sentabrdan boshlab qurolli guruhlar 90 kun davomida hujumlarni to‘xtatishi, shundan so‘ng qurollarni davlatga topshirish jarayoni boshlanishi kerak. Jarayonni 2027-yil 30-iyungacha yakunlash rejalashtirilgan.Biroq bu jarayon oson kechishi kutilmaydi. Kata’ib Hizbulloh kabi kuchli
  • Strategic Focus: Central Asia

    20 сент., 16:55

    Turkiyaning yadro siyosatida muhim o‘zgarish kuzatilmoqda: Anqara hozircha yadro qurolini yaratish yo‘lidan borayotgani yo‘q, biroq NATOning yadroviy tiyib turish kafolatlariga bo‘lgan ishonchning pasayishi va mintaqadagi xavfsizlik muhitining keskinlashuvi
    1,2609621Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    20 сент., 16:53изменён

    Yaqin Sharqdagi xavfsizlik muhitining keskinlashuvi, Eronning yadroviy salohiyati, Isroil omili va NATO doirasidagi xavfsizlik kafolatlariga nisbatan Turkiyaning qarashlari o‘zgarayotgani Anqaraning yadro masalasini yana kun tartibiga olib chiqmoqda. Turkiya
    1,1305541Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    19 сент., 17:57

    Yaqin Sharqdagi xavfsizlik muhitining keskinlashuvi, Eronning yadroviy salohiyati, Isroil omili va NATO doirasidagi xavfsizlik kafolatlariga nisbatan Turkiyaning qarashlari o‘zgarayotgani Anqaraning yadro masalasini yana kun tartibiga olib chiqmoqda.Turkiya yadro quroliga intilyaptimi yoki hozircha faqat kelajak uchun strategik imkoniyatlarni saqlab qolishga harakat qilyaptimi?Sizningcha, Turkiyaning yadro strategiyasi qaysi yo‘nalishda rivojlanadi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring, ertaga esa biz shu mavzu boʻyicha material chiqaramiz.Strategic Focus: Central Asia
    1,3005431Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    19 сент., 17:51

    Yaqin Sharqdagi davom etayotgan nizolar va husiylarning Saudiya Arabistoniga nisbatan harakatlari Ko‘rfaz monarxiyalarining uzoq yillik xavfsizlik va harbiy strategiyasidagi tizimli nuqsonlarni yana bir bor yuzaga chiqardi. Hozirgi vaziyat tasodif emas, balki Ar-Riyodning ko‘p yillik noto‘g‘ri geostrategik hisob-kitoblari va harbiy-sanoat nigilizmining mantiqiy oqibatidir.Ushbu masalani quyidagi asosiy va geostrategik omillar orqali tahlil qilish mumkin:1. Yamandagi inqiroz va strategik xatolar. Saudiya Arabistoni Yamanga harbiy agressiyani boshlar ekan, mintaqaviy barqarorlik va o‘z xavfsizligini ta'minlashni maqsad qilgan edi. Biroq, samarasiz harbiy harakatlar va uzoq davom etgan qamal natijasida gumanitar inqirozi chuqurlashdi, millionlab tinch aholi qiyin ahvolda qoldi. Natijada, husiylar kutilganidek taslim bo‘lmadi, aksincha, tashqi agressiyaga javoban Eron bilan yanada
    1,300752Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    19 сент., 09:03

    AQSh Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati $24,3 mlrd bo‘lgan 48 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi. Bu bitim Saudiya Arabistonining harbiy salohiyatini kuchaytirish bilan birga, AQSh - Saudiya munosabatlarining kelajagi, Isroilning mintaqadagi
    1,4405521Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    18 сент., 17:13

    AQSh Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati $24,3 mlrd bo‘lgan 48 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi.Bu bitim Saudiya Arabistonining harbiy salohiyatini kuchaytirish bilan birga, AQSh - Saudiya munosabatlarining kelajagi, Isroilning mintaqadagi harbiy ustunligi va Xitoyning mintaqadagi roli bo‘yicha yangi savollarni ham yuzaga keltirmoqda.Fikrlaringizni yozib qoldiring. Ertaga mazkur mavzuni tahlil qilamiz.Strategic Focus: Central Asia
    1,6506421Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    18 сент., 10:29изменён

    “O‘rta davlat” sindromi: Turkmanistondan Markaziy Osiyoga signalmi?News Central Asia saytida T.Saidining xalqaro munosabatlarda tobora ko‘proq ishlatilayotgan “o‘rta davlat” (middle power) tushunchasi tanqidiy tahlil qilingan maqolasi chiqdi. News Central Asia (nCa) – bosh ofisi Pokistonda, tahririy faoliyati esa Turkmanistonda olib boriladigan axborot-tahliliy nashr. Saidi fikricha, “o‘rta davlat” maqomi xalqaro miqyosda rasman belgilanmagan bo‘lib, ko‘p jihatdan davlatlarning o‘zini o‘zi shu maqomda namoyon etishiga asoslanadi. Bunday yondashuv ayrim hollarda “o‘rta davlat sindromi” ni yuzaga keltirishi mumkin, deb yozadi muallif.Ekspertga ko‘ra, davlatning xalqaro maydondagi diplomatik ambitsiyalari bilan mintaqadagi qo‘shnilar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin. Davlat o‘zini mintaqaviy kuch yoki alohida geosiyosiy markaz sifatida ko‘rsatgan sari, qo‘shni
    1,860985Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    18 сент., 04:04

    Pokiston - Saudiya Arabistoni - Turkiya mudofaa pakti ilk sinovga duch keldi. Husiylar hujumlari fonida Islomobod qanday yo‘l tutadi? Eron omili, Bob al-Mandab va mojaroning kengayish xavfi - vaziyat qayerga qarab ketmoqda? Sizningcha, bu mojaro qanchalik
    1,590642Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    17 сент., 18:58

    Pokiston - Saudiya Arabistoni - Turkiya mudofaa pakti ilk sinovga duch keldi. Husiylar hujumlari fonida Islomobod qanday yo‘l tutadi?Eron omili, Bob al-Mandab va mojaroning kengayish xavfi - vaziyat qayerga qarab ketmoqda? Sizningcha, bu mojaro qanchalik kengayishi mumkin?Fikrlaringizni yozib qoldiring. Ertaga ushbu masalani batafsil tahlil qilamiz.Strategic Focus: Central Asia
    1,570731Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    17 сент., 17:56

    Yaqin Sharqda yangi harbiy-siyosiy konfiguratsiya shakllanmoqdaEron atrofidagi mojaro davom etayotgan bir paytda Germaniyada AQSh, Isroil va yetti arab davlatining (Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Iordaniya va Misr) yuqori martabali harbiy vakillari ishtirokida yopiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper tashkil qilgan. CENTCOM uchrashuv faktini tasdiqlagan bo‘lsa-da, muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmagan.Uchrashuvning asosiy ahamiyati uning rasmiy kun tartibidan ko‘ra, ishtirokchilar tarkibida namoyon bo‘ladi. Bir stol atrofida Isroil va u bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan ayrim arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni va Qatar vakillari yig‘ilgan. Bu esa Eron atrofidagi mojaro mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi harbiy-siyosiy koordinatsiyani jadallashtirayotganini ko‘rsatadi.Bundan
    1,8708711Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    17 сент., 16:58

    переслано из @jahongirolimov_rasmiy

    🇷🇺 Rossiyada migrantlarning xorijga pul oʻtkazmalariga soliq joriy etish taklif qilindiLDPR yetakchisi Leonid Slutskiy chet el fuqarolarining Rossiyadan xorijga yuboradigan pullaridan 5 foiz majburiy yig‘im undirishni taklif qildi. Tashabbus Moliya vazirligiga yuborilgan.Taklifga ko‘ra, yig‘im banklar va to‘lov tizimlari orqali avtomatik undiriladi va federal byudjetga yo‘naltiriladi. Hozircha bu faqat taklif bo‘lib, uni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    1,6802996Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    16 сент., 15:12

    переслано из @suhrob_buranov

    Туркия развкедкаси раҳбари Афғонистонга ташриф буюрдиАфғон манбаларига кўра, Туркия Миллий разведка ташкилоти директори Иброҳим Калин Афғонистонга ташриф буюрган. Иброҳим Калин "Толибон" ҳукуматининг Ички ишлар вазири Сирожиддин Ҳаққоний билан учрашув ўтказгани маълум. Хабарларда айтилишича, Иброҳим Калин яна Кобул ва Қандаҳорда "Толибон" раҳбари Мулла Ҳайбатуллоҳ Охунзода, Бош вазир ўринбосари Мулла Абдулғани Бародар, разведка раҳбари Абдулҳақ Васиқ, Мудофаа вазири Муҳаммад Яъқуб ва бошқа расмийлар билан учрашув ўтказиши мумкин.Шунингдек, манбаларда Иброҳим Калин билан бирга Кобулга Қатар Миллий хавфсизлик кенгаши бош котиби ўринбосари Ҳамад Хомс ал-Кубайси ҳам ташриф буюрган.Туркия ва Қатар хавфсизлик масалалари бўйича катта мулозимларининг ташрифидан тахмин қилиш мумкинки, томонлар катта эҳтимол билан Афғонистон ва Покистон ўртасидаги зиддият, хавфсизлик бўйича ҳамкорлик ва
    Иллюстрация к посту канала Strategic Focus: Central AsiaИллюстрация к посту канала Strategic Focus: Central AsiaИллюстрация к посту канала Strategic Focus: Central AsiaИллюстрация к посту канала Strategic Focus: Central Asia
    2,1109921Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    15 сент., 06:00

    Yaman: Husiylar qanday qilib Saudiya Arabistonining strategik zaifligini ochib berdi?O.Amonov, SFCA kuzatuvchisiYaqin Sharqda kuchlar nisbati o‘zgarayotganini ko‘rsatadigan eng muhim belgilar ba’zan yirik davlatlar o‘rtasidagi urushlarda emas, balki nisbatan kichik harbiy-siyosiy kuchning yirik davlatga qarshi qanday qarshilik ko‘rsatayotganida namoyon bo‘ladi. Yamandagi husiylar aynan shunday fenomenni yaratmoqda. Saudiya Arabistoni 2015-yildan buyon harbiy ustunligi, iqtisodiy salohiyati va tashqi hamkorlariga qaramay, husiylar muammosini kuch ishlatish yo‘li bilan hal qila olmadi.Bugungi vaziyat esa masalani yanada murakkablashtirmoqda: husiylar Yaman ichidagi qurolli siyosiy harakatdan Qizil dengiz, Bob al-Mandab bo‘g‘ozi va Saudiya Arabistonining energetika infratuzilmasiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mintaqaviy aktorga aylanmoqda.Shu nuqtai nazardan, Saudiya
    2,180652Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    14 сент., 18:33

    Saudiya Arabistoni Husiylar tahdidi fonida AQSh va Isroil bilan aloqalarni kuchaytirmoqdaHusiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari va Bob al-Mandab bo‘g‘ozidagi pozitsiyalarini mustahkamlashi Ar-Riyodni AQSh va Isroil bilan harbiy-razvedka hamkorligini kuchaytirishga majbur qilmoqda. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQShdan Husiylarga qarshi harbiy yordam so‘ragan. Vashington bevosita zarba berishdan hozircha tiyilgan bo‘lsa-da, Ar-Riyodga razvedka va nishonlarni aniqlash bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.14-sentabr kuni Muhammad bin Salmon AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper bilan Jiddada uchrashdi. Shu bilan birga, Isroil ham Saudiya tomoniga Yamandagi Husiylar kuchlari, ularning joylashuvi va ehtimoliy keyingi harakatlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etgani xabar qilinmoqda. Ushbu aloqalar AQSh CENTCOM
    2,1408641Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    14 сент., 18:20

    переслано из @stratfocusmena

    So‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Yaqin Sharqdagi mojaro yangi bosqichga o‘tmoqda. Xususan, Eronga qarshi bosim tobora mintaqaning strategik energetika va dengiz yo‘llari uchun kurashga aylanmoqda.Buni Saudiya Arabistonining 1200 km uzunlikdagi neft quvuriga zarba berilishi, husiylarning Yamandagi oldinga siljishi va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi markazidagi Mayyun orolini egallashi yaqqol ko‘rsatmoqda. Natijada bir vaqtning o‘zida ikki strategik yo‘nalish - Hormuz va Bob al-Mandabga bosim kuchaymoqda.Bu jahon energetikasi uchun jiddiy xavf. Saudiya quvuri faoliyati tiklanmasa, Yanbu portidagi zaxiralar atigi 5-7 kun eksportni ta’minlashi mumkin. Shundan so‘ng jahon neft ta’minotining 4 foizigacha xavf ostida qolishi mumkin. Hormuzdagi uzilishlar va kemalarga hujumlar esa global dengiz savdosiga qo‘shimcha bosim bermoqda.Vashington oldida yangi dilemma paydo bo‘lmoqda: Saudiya
    1,5806431Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    14 сент., 06:05

    2026-yil 11-sentabrda Husiylarning Bab al-Mandab bo‘g‘ozi va unga tutash hududlarda nazoratni keskin kuchaytirishi Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshilikning yangi bosqichini boshlab berdi. Mayyun orolining egallanishi harbiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga
    1,880552Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    14 сент., 06:02

    2026-yil 11-sentabrda Husiylarning Bab al-Mandab bo‘g‘ozi va unga tutash hududlarda nazoratni keskin kuchaytirishi Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshilikning yangi bosqichini boshlab berdi. Mayyun orolining egallanishi harbiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega, chunki mazkur orol Bab al-Mandabning markaziy qismida joylashgan va bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi dengiz yo‘llarini kuzatish hamda ularga bosim o‘tkazish imkonini beradi.3-sentabrda boshlangan operatsiya davomida Husiylar 10-sentabr kuni Moxa port shahri va Zukar orolini, 11-sentabrda esa Dhubab va Murad hududlarini egalladi. Natijada Yamaning Qizil dengiz sohilidagi muhim qismlari Husiylar nazoratiga o‘tdi. Hukumat kuchlarining 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi Hanisha orollarida qurshovda qolgan.Bu jarayonni faqat Yaman ichidagi harbiy operatsiya sifatida baholash yetarli emas. Bab al-Mandab orqali jahon savdosining qariyb
    1,890552Открыть в Telegram
  • Strategic Focus: Central Asia

    12 сент., 17:34

    переслано из @uzbekmfa

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonotiOʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari munosabati bilan chuqur xavotir bildiradi.Tinch aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish bilan bogʻliq, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz.Xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qatʼiy rioya etilishi zarur, deb hisoblaymiz.Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va oʻzaro hurmat asosida amalga oshirilishi lozim.Birlashgan Millatlar
    1,6406631Открыть в Telegram