gram news
Аватар канала Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

@suhrob_buranov

Sharqshunos-afg‘onshunos va siyosatshunos Suhrob Bo‘ronovning Afg‘on muammosi, Afg‘onistondagi vaziyat, qolaversa, Sharq makoni va mintaqamizda sodir boʻlayotgan eʼtiborga molik voqea-hodisalar haqida tahliliy fikr-mulohazalari taqdim etib boriladi.

ПроектыUZПолитика

3,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    21 сент., 12:37

    переслано из @suhrob_buranov

    #кутубхона📚 Американинг катта ўйини: МРБнинг махфий арабшунослари ва замонавий Яқин Шарқнинг шаклланиши✍ Хью Уилфорд (Калифорния университетининг тарих фанлари бўйича профессори)👉@suhrob_buranov
    702файл112Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    19 сент., 12:27

    "Душманимнинг душмани мени дўстим"Покистон оммавий ахборот воситалари разведка манбаларига таяниб, Ҳиндистон разведка агентлиги (RAW) ва "Толибон" раҳбарияти ўртасида Покистонни беқарорлаштиришга қаратилган ҳамкорлик ҳақида хабар беришди.Покистон манбаларига кўра, RАW "Толибон"нинг юқори лавозимли амалдорлари билан биргаликда Афғонистон ҳудудидан Балужистон ва Хайбар Пахтунхвада ҳужумлар уюштираётган жангариларни ўқитиш, молиялаштириш ва бошпана бериш учун фойдаланмоқда. Шу қаторда, RАW "Покистон Толибон ҳаракати" ва "Балужистон Озодлик Армияси (БЛА)" ўртасидаги қўшма операцияларни мувофиқлаштириш учун 7,8 миллион доллардан ортиқ маблағ ажратгани айтилмоқда.Умуман, ҳозирги реал воқелик шароитида “Толибон” омили Ҳиндистон учун стратегик имконият манбаси сифатида қаралмоқда. 2021 йилдан кейин АҚШнинг минтақадаги Хитойни тийиб туриш стратегиясида Ҳиндистонни асосий иттифоқчиси
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    19 сент., 07:33

    Diplomatiya shunchaki so‘zlash san’ati emas, u qarama-qarshi tomonni dunyoga sizning nuqtayi nazaringizdan qarashga undash san’atidir. Abbos Araqchining Stiv Uitkoff bilan olib borgan muzokaralari hikoyasidagi eng ta’sirli lahzalardan biri — bu na tahdid, na statistik ma’lumot va na siyosiy shior, balki shunchaki bir savoldir. Araqchi Uitkoffga quyidagicha savol berganini eslaydi: "Biror marta har qanday lahzada butun bino portlatib yuborilishi mumkin deb o‘ylagan uchrashuvlarda qatnashganmisiz? Oilangiz bilan telefonda gaplashayotib, ayni o‘sha paytda o‘ldirilishingiz mumkinligini bilganmisiz?".Mana shu o‘rinda diplomatik uslub o‘ta qiziqarli tus oladi. Chunki bunday savolning maqsadi shunchaki suhbatdoshni qo‘rqitish emas, balki muzokara ko‘lamini o‘zgartirishdir. Araqchi muhokamaning faqat talablar, yon berishlar va bosim doirasida qolib ketishiga yo‘l qo‘ymay, qarama-qarshi
    1,330видео1543Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    17 сент., 16:53изменён

    🇹🇷🇵🇰 Туркия разведкаси бошлиғи Покистон раҳбарияти билан учрашдиТахминларимиз ўзини оқламоқда. Иброҳим Калин Афғонистонга ташрифидан сўнг, Исломободга ташриф буюриб, у ерда Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф, Бош штаб бошлиғи Асим Мунир ва Покистон Разведка бошлиғи Муҳаммад Асим Малик билан учрашган. Томонлар хавфсизлик соҳасидаги ҳамкорлик, терроризмга қарши кураш ва Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилишган.Афғонистон ва Покистон ўртасидаги кескинликларга, шунингдек, Яман ва Саудия Арабистонидаги вазиятга алоҳида эътибор қаратилган.Анқара ва Исломобод кескинликни камайтириш ва дипломатик каналларни сақлаб қолиш зарурлигини таъкидлашган. Туркия шунингдек, Афғонистон ва Покистон ўртасидаги келишмовчиликларни ҳал қилишга кўмаклашишда давом этишга тайёрлигини билдирган.👉@suhrob_buranov👈
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    16 сент., 15:54

    Иброҳим Калин ва "Толибон" Мудофаа вазири Муҳаммад Яъқуб учрашувиАфғонистон Муваққат ҳукуматининг Мудофаа вазирлиги хабарида маълум қилинишича, томонлар Афғонистон ва Туркия ўртасидаги муносабатларни кенгайтириш, жумладан хавфсизлик ва мудофаа алоқаларини мустаҳкамлаш ҳамда минтақавий хавфсизлик ва барқарорлик масалаларида ҳамкорлик қилиш юзасидан ўзаро фикр алмашишган.👉@suhrob_buranov👈
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    16 сент., 15:09

    Иброҳим Калин "Толибон" Бош разведка бошқармаси раҳбари Абдулҳақ Васиқ билан.👉@suhrob_buranov👈
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    16 сент., 15:04

    Туркия развкедкаси раҳбари Афғонистонга ташриф буюрдиАфғон манбаларига кўра, Туркия Миллий разведка ташкилоти директори Иброҳим Калин Афғонистонга ташриф буюрган. Иброҳим Калин "Толибон" ҳукуматининг Ички ишлар вазири Сирожиддин Ҳаққоний билан учрашув ўтказгани маълум. Хабарларда айтилишича, Иброҳим Калин яна Кобул ва Қандаҳорда "Толибон" раҳбари Мулла Ҳайбатуллоҳ Охунзода, Бош вазир ўринбосари Мулла Абдулғани Бародар, разведка раҳбари Абдулҳақ Васиқ, Мудофаа вазири Муҳаммад Яъқуб ва бошқа расмийлар билан учрашув ўтказиши мумкин.Шунингдек, манбаларда Иброҳим Калин билан бирга Кобулга Қатар Миллий хавфсизлик кенгаши бош котиби ўринбосари Ҳамад Хомс ал-Кубайси ҳам ташриф буюрган.Туркия ва Қатар хавфсизлик масалалари бўйича катта мулозимларининг ташрифидан тахмин қилиш мумкинки, томонлар катта эҳтимол билан Афғонистон ва Покистон ўртасидаги зиддият, хавфсизлик бўйича ҳамкорлик ва
    3,480651Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    16 сент., 07:46

    Termizda O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasining birinchi kuni o‘tkazildiO‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda eksport hajmini oshirishga qaratilgan amaliy muloqotlar Termizda davom etmoqda.Tadbirda O‘zbekistondan 90 dan ortiq, Afg‘onistondan 60 dan ziyod kompaniya vakillari qatnashib, to‘qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, charm-poyabzal, gilam va boshqa yengil sanoat mahsulotlarini namoyish etdi.Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar, biznes-muloqotlar va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Ularda yangi savdo sheriklarini topish, eksport shartnomalarini tuzish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va mavjud hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.👉@suhrob_buranov👈
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    15 сент., 05:54

    переслано из @kunuzofficial

    “Катта ўйин” давом этмоқда. У қандай бошланган эди?XIX асрда Марказий Осиё Россия ва Британия империялари ўртасидаги “Катта ўйин”нинг асосий майдонларидан бирига айланди. Хонликлар икки улкан кучнинг босими остида қолди, бироқ бу геосиёсий вазиятнинг илдизлари жаҳондаги кучлар нисбатининг ўзгаришидан бошланган эди.Ҳозир ҳам икки аср аввалгидек глобал кучлар нисбати ўзгаряпти, Марказий Осиёнинг стратегик аҳамияти эса янада ошган.📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
    1,180видео1132Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    14 сент., 15:54

    Quvaytdagi universitetning psixologiya kafedrasi mudiri, doktor Sulaymon Ibrohim ijtimoiy tarmoqqa yuqoridagi fotoni joylab shunday izoh qoldirdi:"Men qirq besh yillik psixologman. Sizlarga bir sirni ochmoqchiman. Juda ko‘plab odamlar ruhiy tushkunlikka tushib menga murojaat qilishadi. Bilimim yetganicha yordam qilaman, lekin doim ham natija bo‘lavermaydi. Agar kimni onaizori hayot bo‘lsa, unga hech qanaqa ruhshunosni keragi yo‘q. Onani oyog‘iga bosh qo‘yib, bir muddat tin oling. Xuddi men kabi. Bu yorug‘ olamdagi eng kuchli psixolog bu - ONA!".© Facebook sahifalaridan👉@suhrob_buranov👈
    2,1404723132Открыть в Telegram
  • Channel photo updated

    14 сент., 15:53

  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    14 сент., 14:44

    Сиёсатга сиёсат сифатида эмас, аввало билим сифатида қараш лозим!©Суҳроб Бўронов👉@suhrob_buranov👈
    1,470211714621Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    14 сент., 11:42

    переслано из @uz_sfa

    “Kim Yevrosiyo suvlarini nazorat qilsa, dunyoni boshqarish kaliti unda bo’ladi” – Suhrob Bo’ronov
    1,180видео16322Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    14 сент., 06:09

    The Chosun газетасида Шавкат Мирзиёевнинг мақоласи эълон қилиндиЖанубий Кореянинг The Chosun газетасида Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбекистон ва Корея Республикаси: ўзгаришлар даврида келажак сари интилаётган ҳамкорлик” сарлавҳали мақоласи чоп этилди.Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/150845👉@suhrob_buranov👈
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    13 сент., 09:39

    Mozori Sharifda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi.✍Batafsil👉@suhrob_buranov👈
    1,26013411Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    13 сент., 04:32

    Davlatimiz rahbari Koreyadagi vatandoshlar bilan suhbatlashdi.👉@suhrob_buranov👈
    1,350видео322Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    12 сент., 15:04

    переслано из @uzbekmfa

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonotiOʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari munosabati bilan chuqur xavotir bildiradi.Tinch aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish bilan bogʻliq, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz.Xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qatʼiy rioya etilishi zarur, deb hisoblaymiz.Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va oʻzaro hurmat asosida amalga oshirilishi lozim.Birlashgan Millatlar
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    11 сент., 13:57

    переслано из @jahongirolimov_rasmiy

    🇺🇿 O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro merganlar musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldiMudofaa vazirligi merganlar terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan III Xalqaro merganlar musobaqasida 1-o‘rinni egalladi. Sakkizta davlatdan jamoalar qatnashgan musobqada Vetnam ikkinchi va Turkiya uchinchi bo‘ldi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    1,16014621Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    9 сент., 16:00

    O‘zbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy hamkorlik rivojlanmoqdaJoriy yil uchun tasdiqlangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq, O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun shtab muzokaralari boʻlib oʻtdi.Darhaqiqat, O‘zbekistonning harbiy sohadagi hamkorlik geografiyasining kengayishi mudofaa va xavfsizlikka tahdid soluvchi har qanday holatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Ozarbayjonning bu boradagi tajribasi va imkoniyatlaridan foydalanish zaruratini hozirgi murakkab davrning o‘zi talab etmoqda. Buning isbotini Tog‘li Qorabog‘ mojarosida erishilgan muvaffaqiyatlar, Rossiyadek yirik qo‘shni davlat bilan yuz berayotgan taranglik sharoitida qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, uning Janubiy Kavkaz mintaqasidagi taʼsirchan nufuzining tobora ortib borishi bilan amalda
    1,77015521Открыть в Telegram
  • Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

    9 сент., 07:12

    Bugun "Panjsher sheri" Ahmad Shoh Mas'ud vafot etgan kunMas'ud nafaqat SSSRning Afg‘onistondagi bosqiniga, balki Shimoliy Alyans qo‘mondoni sifatida "Tolibon"ga qarshi kurash olib borgan Afg‘oniston Milliy qahramoni hisoblanadi.Ma'lumotlarga ko‘ra, tunislik arab jurnalisti niqobida bo‘lgan ikkita terrorchi suiqasdni amalga oshirgan. Ahmad Shoh Mas'ud vafotidan ikki kun o‘tib Nyu Yorkdagi egizak binolarga terakt uyushtirilgan. Natijada esa Amerika boshchiligida xalqaro kuchlar Afg‘onistonda o‘z harbiy amaliyotlarini boshlab yuborgan.Rasmdagi iqtibos: "Men o‘lik yoki tirik bo‘lsam ham qarshilik davom etadi".👉@suhrob_buranov👈
    1,94015111Открыть в Telegram