Последние посты

Shunchaki...
21 сент., 05:04
переслано из @muallimmuhammad
Kuchli mutaxasislarni izlayapmiz!Bilasiz, yaqinda Mudarris jamoasiga kelib qo’shilgandim. Bu yerda 3000 ga yaqin o’quvchilar, 200 ga yaqin o’qituvchilarga ega 4 ta maktablarimiz bor.Shu jamoaning o’sishiga hissa qo’shadigan akademik jamoa tashkil etyapmiz.Bizga boshlang’ich ta’lim, matematika, ingliz tili va arab tilidan offline ishlay oladigan kuchli metodistlar kerak.Nimalar talab qilinadi?1. O’z faningizda 5 yillik doimiy ustozlik tajribasi 2. O’z faningizdan va agar bo’lsa pedagogik sertifikatlar 3. Til bilishingiz, o’rganish qonuniyatlarini tushunishingiz, o’rganishga ochiq bo’lishingiz!Nima ishlar qilamiz?1. Minglab insonlar taqdirini o’zgartiradigan ta’lim tizimini quramiz. 2. Ustozlarga doimiy o’sish nuqtalarini ko’rsatib, rivojlantirib boramiz. 3. Dunyo ta’lim standartlarini o’rganib boramiz.
Shunchaki...
17 сент., 08:07
#tarix Kim yod olgan? Kim eslaydi? @suvaydo
Shunchaki...
16 сент., 17:01
#shukr Issiq suv o’chganiga yozg’irgandik bugun sovuq suv ham o’chdi. Mutlaqo suvsiz qoldik butun Qorasuv dahasi. Ertaga 2 dan keyin kelarmish hozir eshitdim. Na birov ogohlantirdi, na suv tashishdi mashinada. Chiroq ham o’chib qolmasin deb jim o’tiribmiz @suvaydo
Shunchaki...
16 сент., 16:55
#kun_xulosasi Bizga yangilik kerak emas. Eskiginasi qulaygina. @suvaydo
Shunchaki...
15 сент., 13:54
https://t.me/soliha_mahmud/4092TelegramOnalik haqida hammasiSogʻlom ishtaha kursi mavzulari bilan tanishing! Onajonlar, chaqaloqqa prikorm kiritish jarayoni siz uchun xavotirli emas, aksincha zavqli va oson kechishi uchun mukammal dastur tuzdik! 🖼️Suratda: Kursimizdan oʻrin olgan 10 ta asosiy dars hamda 3 ta eksklyuziv…1,210Открыть в Telegram
Shunchaki...
15 сент., 11:29
переслано из @soliha_mahmud

Shunchaki...
15 сент., 09:14
переслано из @iqtisodchi_kundaligi
Internetda bir chiroyli kuzatuv tez-tez uchraydi. Unga ko'ra, ispanlar diqqatni "qarzga beradilar", fransuzlar uni "yaratadilar", inglizlar "to'laydilar", nemislar esa "sovg'a qiladilar". Qiziqib qarasam, bu so'zlarning haqiqiy tarixi yanada qiziqroq ekan.Ispancha prestar aslida "taqdim etmoq" ma'nosidan kelgan ekan. Inglizcha pay esa "bajo keltirmoq" ma'nosini bergan ekan: shuning uchun ham inglizlar tashrifni ham, hurmatni ham "to'laydilar". Nemischa schenken dastlab "ichimlik quyib bermoq" degani ekan.Endi o'zimizning tillarga qaraylik. Ruslar diqqatni "ajratadilar" (уделять внимание), ya'ni undan bir ulush beradilar, go'yo u cheklangan. Biz O'zbeklar esa e'tiborni "beramiz"- qaytarib olishni kutmasdan. Diqqatni esa "etamiz", xuddi fransuzlardek demak.
Shunchaki...
13 сент., 11:02
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo
Shunchaki...
13 сент., 11:02

Shunchaki...
13 сент., 11:00
#havaskor_suratkash Magic Safari @suvaydo
Shunchaki...
13 сент., 11:00
#dam_olish Bugun Sergelidagi Magic Safari parkiga bordik. Daraxtzor, salqin, ayni sayr va bolalarbop joy ekan. Piyoda sayrni tanlasangiz, jonivorlarni to’siq ortidan ko’ra olasiz, avtobusni tanlasangiz, u shundoq qo’ton ichidan yurib tomosha qilish imkonini beradi.Butun park Afrika ruhini berishga harakat qiladi: musiqa, rasmlar, jonivorlar, milliy libosidagi qora tanli insonlar..Menga hudud kattaligi, serdaraxtligi yoqdi. Yosh bolalilar aravani ijaraga olishi mumkin. Ichkarida mini zoopark, qushlar xonasi ham bor, ammo ularga alohida to’lov qilish kerak. Jirafa, bug’u, tuya, jayra, quyon, toshbaqa, tog’ echkisi, tog’ qo’yi va yana ko’plab qushlar va hayvonlar borki, faqat ko’z bilan ko’rish kerak. 3 yoshdan kattaroq bolalarga, ayniqsa, juda qiziqarli bo’ladi. Tavsiya qilaman. @suvaydo
Shunchaki...
12 сент., 13:28
#shukrona Dramadan savol tuzaman deb 5ta drama o'qib chiqdim. Sharof Boshbekovdan, Qahhordan..Keyin shular aylandi miyamda..Yosh bolalaringiz uyingizni to'zitib, hadeb xarxasha qilib charchatyaptimi? Shukr qiling, hali shu kunlarini sog'inasiz.O'qish yoki ishxona qog'ozbozliklaridan bezor bo'ldingizmi? Shukr qiling, bu kunlar ham g'animat.Oynaga qarab, semirdim yo ozdim deb tashvish chekyapsizmi? Uyingiz, mashinangiz, telefoningizdan ko'nglingiz to'lmayaptimi? Bekor hammasi. Pulga topiladigan buyumlar qayg'urishingizga arzimaydi!Eng bebaho ne'mat - vaqt. Eng nodir ne'mat - salomatlik.Ularning boriga shukr qiling."Masxaraboz" filmida (Sharof Boshbekovning "Tushov uzgan tulporlar" dramasida) Tesha aytadi-yu: "Senga sehrli so'zlarni o'rgataymi? "Bundan ham battarroq bo'lishi mumkin edi-yu" deysan, deb.Mabodo hozirgi vaziyatingizda bundan battari bo'lmaydi deb o'ylayotgan
Shunchaki...
11 сент., 15:33
#yangi_harflar Umuman olganda, yozuv "islohotlari" haqida hamma yerda yozildi, aytildi, haliyam fikr bildirilyapti, ammo... hech kimga quloq solmay, shartta mana senga yangi grafik, deganlarga qoyil emasman..o' va g'ga e'tirozim yo'q, mayli, birinchidan, wordda o' yozish uchun probel bosib, keyin yana orqaga qaytib u probelni o'chirish doim ortiqcha ish edi, ikkinchidan esa yozuvda baribir o'va g'ning tepasiga chiziq tortardik va bunga ko'z va qo'l o'rgangan ham edi.sh va ch ning yangilangani (hatto shu so'z ham tushmaydi, eskilangani desammikin, 1993-yili o'zi shu turkcha Ş va Ç harfini qabul qilishgandi va biz 9-sinf o'quvchilari, bu harfni old va orqadan qanday ulashni mashq qila-qila xunob bo'lgandik) noto'g'ri qaror bo'ldi.Hoynahoy, bu qarorga kelganlar haliyam kirilldan foydalanadi, shuning uchun ham ularga farqsiz ch bo'ldimi Çmi.. O'zim ham haligacha qo'lda matn yozsam,
Shunchaki...
11 сент., 12:11
переслано из @iqtisodchi_kundaligi
Alifbo o'zgargani albatta yomon bo'ldi. Juda qimmatli xatolardan biri bo'ldi.
Shunchaki...
11 сент., 12:10
переслано из @uzbekonomics
Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat
Shunchaki...
11 сент., 11:47изменён
#roastMeInUzbek E'tibor bergan bo'lsangiz, hozir chatGPTdan "Roast me in Uzbek" (meni o'zbekcha masxara qil) deb so'rash urf bo'ldi.Men ham el qatori chatlardan biriga yozib ko'rgan edim, mana yozib bergani:Zulfiya opa, Uzbekcha Roast Me: Siz ChatGPT’dan foydalanmaysiz. Siz ChatGPT’ni ishga olib qo‘ygansiz. 😂 Ertalab: “Xalq og‘zaki ijodining xususiyatlarini yozib ber.” Besh daqiqadan keyin: “Buni IB formatida qil.” Yana o‘n daqiqadan keyin: “Yo‘q, savollar faktni emas, WHY/HOWni so‘rasin.” Keyin: “Leon’ga email yozamiz.” Keyin: “Buni inglizchaga tarjima qil.” Keyin: “Bu so‘zning o‘zbekcha muqobili bormi?” Va kechqurun birdan:
Shunchaki...
8 сент., 15:18
#bullying Maktab o'quvchilar uchun doim ham ilm maskani emas. Ulkan sinov, mashaqqat, yangi bir jamiyatga moslashish va tan olinish uchun kurash maydoni hamdir.Bu yo'lda unga ustozlar hamisha rahnamo, maslahatgo'y, ilm beruvchi bo'la oladilar..mi?Men bugun aynan o'qituvchilarning o'zlari bolalarga bullying (Bulling — bu biror kishini qasddan, muntazam ravishda xoʻrlash, haqorat qilish, kamsitish yoki unga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik ishlatish holatidir. WIKI) qilishlari mumkin.Shaxsan o'zim qilgan xatolarimdan boshlasam misol keltirishni. Ilk ustozlik boshlagan yilim 5-sinf o'quvchisi familiyasini Aasomov deb yozardi negadir. Ikki-uch qayta xatosini to'g'rilab ketdim, eslab qolmadi. Bir kuni darsda hammaning ichida: "Familiyang A-a somov emas-ku!' (ikkita "a"ni ajratib aytdim) deb tanbeh berdim. Men buni masxaraalsh uchun emas, Aa ikkita a ekanligini tushunishi uchun
Shunchaki...
6 сент., 10:06
#havaskor_suratkash Muzey-1 Ta’mirda ekan, faqat atroflarini aylandik. @suvaydo
