Последние посты

Tilmoch
12 сент., 08:12
Tilmochda tungi rejim ishga tushdi.U tizimga mos ravishda avtomatik almashadi. Istasangiz, uni saytdagi tugma orqali qo‘lda ham yoqib o‘chirishingiz mumkin.


Tilmoch
10 сент., 09:52изменён
Yangi tasdiqlangan alifboni Tilmoçda sinab körişingiz mumkin!Buning uçun “Öz” yozuvi bor tugmaçani yoqib qöyişingiz kifoya.Jamoa tez orada uşbu alifboni boşqa dasturlarimizga ham qöşişni reja qilgan.


Tilmoch
24 авг., 11:48
O‘zbek tilining raqamli olamdagi hayotini boyitish va rang-barang qilish yo‘lidagi izlanishlarimiz davom etadi!E’tiboringizga havola etilayotgan “So‘ztop”, “Yettilik” va “Tugunlar” o‘yinlari dunyoga mashhur jumboqlarning o‘zbekcha talqinidir. Ularda O‘, G‘, SH, CH harflari xuddi alifbomizdagi kabi yaxlit bir harf sanaladi. Barcha topshiriqlar tilshunoslarimiz saralagan lug‘at asosida tuzilgan.Maqsadimiz oddiy: har kuni atigi besh daqiqa bo‘lsa ham o‘zbek tilida o‘ynang, o‘ylang va so‘z boyligingizni oshiring.O‘yinlar shu yerda: tilmoch.ai/games


Tilmoch
11 авг., 09:39
🗣 Tilmochda endi audiolarni matnga o‘girish funksiyasi bor!Tilmoch audioni shunchaki matnga aylantirib qolmay, kim qachon gapirganini ham avtomatik ajratib beradi. Intervyu, majlis yoki ma’ruza yozuvini yuklang va tayyor suhbat matniga ega bo‘ling.➡️ Sinab ko‘ring: tilmoch.ai/translator/diarization


Tilmoch
11 авг., 05:48
🚀 Tilmochning endi mobil versiyasi bor!Turkiy tillar uchun maxsus yaratilgan tarjimon endi iOS va Android qurilmalaringizda ishlaydi!⬇️ Hoziroq yuklab oling:App Store: https://apps.apple.com/uz/app/tilmoch/id6739621237 Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch


Tilmoch
10 июн., 07:54

Tilmoch
27 мая, 03:59
Barchamizga Qurbon hayiti qutlugʻ boʻlsin.
Tilmoch
22 апр., 07:52изменён
Tilmochda endi ozarbayjon tili bor. Biz bu tilni asosiy til sifatida qo‘shdik, ya’ni endi Tilmoch ingliz va rus tilidan yuqori sifatda ozarbayjon tiliga tarjima qilishi kerak.Tilmoch so‘zi ozarbayjon tilida Dilmanc deyiladi.tilmoch.ai


Tilmoch
21 апр., 06:40изменён
Tilmochda endi tojik tili bor. Model badiiy matnlar asosida o‘qitilgan bo‘lsa ham so‘zlashuvga oid ibora va gaplarni tushunadi. Rus, ingliz va o‘zbek tillaridan tarjima qilishga asosiy e’tibor qaratilgan.Tilmoch so‘zi tojik tilida ham Тилмоч deyiladi.tilmoch.ai


Tilmoch
14 апр., 08:02изменён
Tilmochda endi qirg‘iz tili bor. Modelimiz asosan biznes, tibbiyot, ilmiy matnlar va reklama matnlari uchun moslangan.Qirg‘izistondagi tanishlaringizga ulashib qo‘ying!Tilmoch so‘zi qirg‘iz tilida Тилмеч deyiladitilmoch.ai


Tilmoch
14 апр., 04:14изменён
Fayl tarjimasi bo‘yicha xatolik 10 daqiqada to‘g‘rilanadiTo‘g‘rilandi
Tilmoch
9 апр., 05:08изменён
Xushxabar! Tilmoch kengayishda davom etmoqda!Bir yillik izlanishlardan so‘ng biz Tilmochga oltita til: qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, gruzin, turkman va janubiy o‘zbek tillarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldik!Ushbu tillar tarjimasidagi sifat boshqa yechimlardan qolishmaydi, dastur mahalliy kontekstni inobatga olgan holda tabiiy matnlar tuzadi.O‘zingiz sinab, baho bering: tilmoch.ai


Tilmoch
8 апр., 06:04изменён
Assalomu alaykumSaytimizga yangi o‘qitilgan modelni yuklagandik. Uning hajmi oldingisidan kattaligi sababli saytimizda ozgina qotishlar kuzatilmoqda. Jamoamiz tez orada muammoni hal qiladi. Noqulayliklar uchun uzr.
Tilmoch
1 апр., 04:47изменён
🚨 MUHIM YANGILIK: Tilmochda yangi rejim paydo bo‘ldi! 🚨😇 Dangal rejimni kutib oling!Endi tarjimalarimiz sizga faqat va faqat haqiqatni aytadi.Masalan:🇷🇺 Собираемся в 18:00 🇺🇿 Bemalol sakkizlarga kelaveringlar🇷🇺 Извините, я не смогу вам помочь 🇺🇿 Xo‘p, bir harakat qilib ko‘rib, xabarlashamiz🇷🇺 У меня болит голова, видимо стресс 🇺🇿 Ko‘z tegibdi sizga, kimdir issiq-sovuq qilibdi!🇷🇺 Нет 🇺🇿 Ko‘ramizHoziroq sinab ko‘ring 👉 tilmoch.ai


Tilmoch
20 мар., 04:15
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!- - -С праздником Рамадан хайит!
Tilmoch
3 мар., 06:03
Fayl tarjimasi bo‘yicha bir qancha xatoliklar uchrayapti. Tez orada to‘g‘rilaymiz.
Tilmoch
31 дек. 2025 г., 19:18
Yangi yilingiz bilan!
Tilmoch
29 дек. 2025 г., 07:41
Tilmochdan 2025-yil sarhisobi!Yil yakuniga bag‘ishlab qiziqarli statistika bilan bo‘lishishga qaror qildik.Bizga ishonch bildirganingiz uchun rahmat!




Tilmoch
23 дек. 2025 г., 04:14изменён
Payme to‘lov tizimi hozirda ishlamayapti.Hozircha to‘lov sahifasida mamlakatni tanlaydigan joyda "Boshqa davlat"ni tanlab turib, to‘lovni Visa/Mastercard kartalari orqali o‘tkazib turishingizni iltimos qilamiz. Tushunganingiz uchun rahmat.UPD: Muammo bartaraf etildi


Tilmoch
19 дек. 2025 г., 15:58
Serverimiz ishdan chiqdi. Texnik nosozlikni to’g’rilayapmiz. Ozgina vaqtdan keyin ishlab ketadi.
