Последние посты

Ta'limga oid (Perevod)
23 сент., 13:10
переслано из @axmadjanoov
⚡️1-yoʻnalishga super kontrakt qilish mumkinmi?Koʻpchilik soʻragan mavzu!Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.▶️Oʻtgan yili 22-sentabrda super-kontrakt tartibi e'lon qilingan va shu kunidan boshlab 1-yoʻnalishga ariza berish imkoniyati ochilgan edi. Bu yil esa jarayon biroz kechikib ketdi, lekin albatta super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinadi. Amaldagi qoida oʻzgaradimi yoki qoʻshimchalar kiritiladimi bunisi hozircha noma'lum.‼️Oʻqishga kirib qolgan lekin u yerda oʻqishni istamaydigan talabalar dars jarayonlarida ishtirok etib turishlari hamda super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinguniga qadar kontrakt toʻlovlarini toʻlamay turishlari tavsiya etiladi.Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.✅@Axmadjanoov | Instagram
Ta'limga oid (Perevod)
23 сент., 10:09изменён
⚡️Biz buyoqda perevod qabuli tugadi deb vazirlik e'lon qilgan tartib qoidaga amal qilib yuribmiz.Instagramda esa consulting firmalar hali ham talabalarni oʻqishini koʻchirib berish bilan shugʻullanib yuribdi.▶️Biz nodavlat oliygohlar litsenziyasida mavjud yoʻnalishlarga qabul qilishi mumkin xolos deb qonunchilikni sharhlab beryapmiz. Lekin bir necha yuzlab talabalar litsenziyada yoʻq yoʻnalishlarda hemisga kiritilib oʻqitilib kelinmoqda.Qonun-qoidalarga amalda ishlamas ekan, u bir parcha qogʻozdan mutlaqo farq qilmaydi.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
22 сент., 05:29
переслано из @axmadjanoov
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgardi – kvota joriy qilindiMilliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish endi har bir hudud uchun ajratilgan o‘rinlar soni (kvota)dan kelib chiqib amalga oshiriladi.Shu sababli ariza topshirish muddati tugamagan bo‘lsa ham, belgilangan joylar to‘lishi bilan hududda ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin.Tahlil qiladigan boʻlsak:Bu kabi oʻzgarish sertifikat bilan bogʻliq kutilayotgan yangiliklarning amaldagi birinchisi. BMBA rasmiy munosabatida "Mavjud resurslardan oqilona foydalanish xolos, sun'iy ravishda sertifikatlilar sonini kamaytirish emas" deb atayotgani aslida shunchaki tinchlantirish xolos.Aslida bu kabi chora tadbirlar sertifikatlilar sonining oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan bu yilgi muammolarga yechim sifatida qilinayotgan holat. Sertifikat imtihonlarida roʻyxatdan oʻtishdagi qoʻyilgan bu kvota,
Ta'limga oid (Perevod)
21 сент., 14:57
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadiSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha
Ta'limga oid (Perevod)
21 сент., 08:26
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
21 сент., 05:52изменён
⚡️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanmaTalabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:— kontrakt; — nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; — ipoteka kreditlari.❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Tali
Ta'limga oid (Perevod)
21 сент., 00:10

Ta'limga oid (Perevod)
19 сент., 17:52
⚡️Rasman: Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
19 сент., 04:43
📝 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladiVazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim imkoniyat yaratildi.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
18 сент., 13:49
⚡️Rasman: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma berish tartibi tasdiqlandiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va


Ta'limga oid (Perevod)
18 сент., 10:01
⚡️Farzandlaringiz baholarini kuzatingBuning uchun my.gov.uz portalidagi "Mening oilam" bo‘limiga kirib, farzand haqidagi ma’lumotlar yonidagi "Maktab ma’lumotlari" tugmasini tanlash kerak.Xabarni albatta tarqating.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
17 сент., 07:03
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlarida bir qator oʻzgarishlar amalga oshiriladiPrezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra;2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:▶️"Hamshiralik ishi" kasbiy ta'lim mutaxassisligi negizida "Tibbiy hamrohlik ishi", "Oliy hamshiralik" bakalavriat yoʻnalishi negizida esa "Oliy tibbiy hamrohlik ishi" ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi.◀️Tibbiyot yoʻnalishlari uchun qabul parametrlari (kvota) SVV tomonidan tasdiqlanadi;▶️"Davolash ishi" bakalavriat toʻnalishida negizida "5+1" shaklidagi (oxirgi yili toʻliq amaliyot oʻtaluvchi) 6 yillik "Umumiy tibbiyot" bakalavriat ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi;
Ta'limga oid (Perevod)
16 сент., 13:37
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladiPrezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari,
Ta'limga oid (Perevod)
16 сент., 13:20
#Tezkor⚡️Vanihoyat tibbiyot sohasiga oid hamma kutayotgan farmon qabul qilindi.Tez orada batafsil....O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
16 сент., 07:37изменён
⚡️Namangan davlat universitetida super-kontrakt uchun aloqa xatlari 17-sentabrdan beriladiNamangan davlat universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda yetarli ball to‘plagan talabalar 17-sentabrdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli fakultet dekanatlariga murojaat qilib, aloqa xatlarini olishlari mumkin.O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar ham ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli fakultetlarga murojaat qilib, aloqa xatlarini olishlari mumkin.Aloqa xatlarini olish uchun talabalar fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan murojaat qilishlari lozim.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Ta'limga oid (Perevod)
16 сент., 05:34
Stipendiyalimi yoki stipendiyasiz? Qay birini tanlashni bilmayapsizmi?kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov shartnomasini yuklab olishda shoshilmang!🖥 Tizim sizga ikkita variantni taklif etadi: • stipendiyali; • stipendiyasiz.🎥 Qaysi birini tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
15 сент., 11:50изменён
⚡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2026/2027 oʻquv yili uchun super-kontrakt narxlari(Soʻraganlar uchun)O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod


Ta'limga oid (Perevod)
14 сент., 17:07
переслано из @axmadjanoov
⚡️Davlat oliygohida oʻqigan yaxshimi yoki xususiy oliygohda? (Tahliliy maqola)Bugungi kunda odamlar orasida haligacha davlat oliygohida oʻqish kelajakni (diplomni) kafolatlaydi degan tushuncha bor. Xususiy oliygohlarga ishonch yoʻq, diplomi oʻtmay qolishi mumkin degan qoʻrquv sabab davlat oliygohining qandaydir keraksiz yoʻnalishiga oʻqishga kirib qolishsa ham oʻqiyverishadi.Aslida eng katta xato mana shu!Bugungi kunda davlat oliygohimi yoki xususiymi uning farq yoʻq. ENG KATTA MASALA TA'LIM YOʻNALISHIDA. Ayni vaqtdagi talabgir yoʻnalishlar Yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod va Filologiya. Soʻnggi yillarda mana shu yoʻnalishlarga talab oshib ketdi. Sababi bu sohalarga talab mavjudligi hamda turli tarmoqlarda ishlash imkoniyati.Avvalgi yillardagi talabgir boʻlgan Tarix, Milliy gʻoya, Pedagogika, Psixologiya kabi yoʻnalishlar esa deyarli oʻlib boʻldi. Sababi bu yoʻnalishlar ham
Ta'limga oid (Perevod)
14 сент., 14:12изменён
⚡️Barcha oliy ta'lim muassasalari tomonidan aloqa xati berilmoqda.Bugun 14-sentabr deyarli barcha davlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan oʻqishini koʻchirib kelgan talabalarga aloqa xati berilmoqda (yoki oʻqish joyiga yuborilmoqda).Shu sababli "falon oliygoh aloqa xati beryaptimikin?" degan savol bermay oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh bilan bogʻlaning hamda pasport nusxasi, transkritp, titul natijasi bilan mas'ullarga uchrang.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod)
14 сент., 03:23
⚡️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.❗Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
