Последние посты

tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
22 сент., 12:52
Mikrokreditbank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi qariyb 10 foizga yetdiIyul oyida Mikrokreditbank muammoli kreditlari hajmi 486 mlrd so‘mga ko‘payib, 2 trln 282 mlrd so‘mga yetdi.Natijada bank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 7,9 foizdan 9,9 foizga ko‘tarildi. Bu davlat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.Batafsil: https://tanga.uz/news/1680Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
22 сент., 09:52изменён
O‘zagrolizing sobiq boshqaruv raisi Nodir Otajonov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.U Xitoydan avval foydalanilgan paxta terish kombaynlarini yangi texnika sifatida olib kirish sxemasini tashkil qilganlikda aybdor deb topilgan.Sud hujjatiga ko‘ra, Otajonov Xitoy kompaniyasi bilan 100 ta kombaynni 8 mln dollarga olib kirish bo‘yicha shartnoma tuzilishini ta’minlagan.Buning evaziga u shartnoma qiymatining 15 foizini ulush sifatida olishi kerak bo‘lgan. Hujjatda u kelishuv doirasida 1,18 mln dollar olgani qayd etilgan.Batafsil: https://tanga.uz/news/1679Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
22 сент., 06:10
Markaziy bank tijorat banklari hamda ularning mijozlari uchun “Bankda nima gap?” muloqot maydonini yaratdi.Ushbu loyiha orqali bank xizmatlaridan foydalanishda uchrayotgan muammo, savollar va noqulayliklar haqida xabar berish mumkin.Kelib tushgan murojaatlar tegishli bankka yetkazilib, ular bo‘yicha tegishli bankdan izoh olinadi va muammoning qanday hal etilgani ham ko‘rsatib boriladi.Batafsil: https://tanga.uz/news/1678Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
22 сент., 04:40
22-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslariTelegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
21 сент., 11:56
ANORBANK aksiyadori atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi: bankning raqamlari nimani ko'rsatmoqda?So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan birining shaxsiy masalasiga oid xabarlar tarqalmoqda.Bank rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, mazkur holat bank faoliyatiga aloqador emas — gap bank kapitali, boshqaruvi yoki operatsion faoliyatiga daxli bo'lmagan shaxsiy masala haqida bormoqda.Bankda bildirilishicha, barcha bank operatsiyalari, mijozlarga xizmat ko'rsatish, shuningdek, mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar odatdagi tartibda, to'liq va o'z vaqtida bajarilmoqda.Markaziy bankning bank tizimi bo'yicha taqqoslama ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-avgust holatida bank aktivlari 20,2 trln so'mni tashkil etgan. Aktivlari hajmi bo'yicha ANORBANK tizimdagi banklar orasida 17-o'rindan 14-o'ringa ko'tarilgan.Depozit portfeli 16,2 trln so'mga yetgan
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
21 сент., 10:26
Paynet o‘zining sho‘ba korxonasi FurtherIT MChJ orqali GoInvest kompaniyasidagi ulushini 51 foizga yetkazdi.Bungacha uning ulushi 33,14 foiz edi. Shu orqali FurtherIT kompaniyaning nazorat paketiga ega bo‘ldi.Mahalliy birjada aksiya savdolarini amalga oshiruvchi GoInvest platformasini kelgusida Paynet ekotizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.Batafsil: https://tanga.uz/news/1677Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
21 сент., 05:44изменён
Toshkent shahrida tijorat banklaridan birining mas’ul shaxslari fuqaroning mazkur bankka omonatga qo‘yilgan 500 ming dollaridan uning nomidan soxta ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 300 ming dollarini o‘zlashtirib, talon-toroj qilganligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Batafsil: https://tanga.uz/news/1676Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
21 сент., 04:35
21-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslariTelegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
20 сент., 16:00
📣📣📣📣O‘zbekistonlik quruvchilar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani, Toshkentda suv narxi oshishi, aholi murojaatlarini hal qilmagan 151 nafar mansabdorning ishdan olingani, yangilanishi rejalashtirilayotgan pensiya tizimiO‘tgan haftaning shu va boshqa iqtisodiy hamda ijtimoiy yangiliklari tanga.uz haftalik tafsilotida. Endilikda yangiliklarni shunchaki jamlab qolmay, har birining muhim jihatlari, sabablari va odamlar hayotiga ta’sirini alohida ko‘rib chiqamiz.📺 https://youtu.be/lEsvPQ56Y6A
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
20 сент., 09:32
Bu hafta O'zbekiston bank tizimida yuz bergan eng muhim yangiliklar dayjesti:📣 Bahodir Mirzayev Octobank boshqaruv a’zolari tarkibiga kiritildi📣 Agrobank o‘zining venchur fonini tashkil etdi📣 Foizsiz kredit va’dasi bilan fuqarolarning 17 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larini o‘zlashtirgan jinoiy guruh fosh etildi📣 Bu hafta O‘zbekistonda dollar kursi yana uch yillik minimumni yangiladi📣 Asakabank birinchilardan bo‘lib xususiylashtirilishi mumkin📣 Iyul oyida banklarning muammoli kreditlari qariyb 1 trln so‘mga ortdi — tahlil📣 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini Xalq Bankidan Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
19 сент., 04:03
Ushbu haftaning dam olish kunlarida 24 ta bankning ayrim filiallari ishlaydi.Ular valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari kabi xizmatlarni taqdim etadi.Filiallar ro‘yxati quyidagi banklarning havolasida berilgan.📣 Agrobank 📣 Asia Alliance Bank 📣 Apex Bank 📣 Biznesni Rivojlantirish Banki 📣 Ipoteka-bank 📣 O'zmilliybank 📣 Orient Finance Bank 📣 Tenge bank 📣 Trastbank 📣 Hamkorbank 📣 Anorbank 📣 Garant bank 📣 Hayot bank
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
18 сент., 11:01
O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro zaxiralarning bir qismini tashqi boshqaruvga o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda.Bu orqali portfelni boshqarishda xalqaro mutaxassislar tajribasidan foydalanish va keyinchalik ushbu tajribani Markaziy bank tizimiga olib kirish rejalashtirilmoqda.Batafsil: https://tanga.uz/news/1673Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
18 сент., 08:39
Ipoteka-bank boshqaruv raisining o‘rinbosari, Korporativ bank xizmatlari va bozor instrumentlari bloki rahbari Irakli Elashvili hamda boshqaruv raisining o‘rinbosari, Operatsion blok rahbari Maksim Bykov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.Maksim Bykovning o‘rniga Operatsion blokni boshqarish vazifasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Dmitriy Volchekka yuklatildi. Irakli Elashvilining o‘rniga esa hozircha yangi rahbar tayinlanmagan.Batafsil: https://tanga.uz/news/1672Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
18 сент., 06:48изменён
Agrobank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligidagi startap loyihalarni moliyalashtirish uchun ustav kapitali 73 mlrd so‘m bo‘lgan Agro Ventures fondi ta’sis etildi.Batafsil: https://tanga.uz/news/1671Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
18 сент., 04:40изменён
18-sentyabr uchun dollarning banklardagi eng yaxshi sotish va sotib olish kurslariTelegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
17 сент., 16:14
🚗 Orzu sari harakatlanish vaqti keldi!ANORBANK avtokrediti — endi boshlang‘ich badal 10% dan!Avtomobilni qulay shartlarda xarid qiling va Chery, Kia, Changan hamda Haval modellaridan o‘zingizga mosini tanlang.Avtokredit shartlari:• 10% dan — boshlang‘ich badal; • 500 mln so‘mgacha — kredit miqdori; • 8% dan 27% gacha — yillik foiz stavkasi; • 60 oygacha — kredit muddati.Boshlang‘ich badal — kamroq. Orzuingizdagi avtomobil — yanada yaqinroq!Avtomobilni tanlang va ANORBANK orqali avtokredit rasmiylashtiring.Hamkorlik asosida
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
17 сент., 13:16
O‘zbekistonda hozirda mavjud to‘qqizta davlat bankidan biri Asakabank birinchilardan bo‘lib xususiylashtirilishi mumkin.Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyevning ma’lum qilishicha, bankni sotuvga tayyorlash jarayonida maslahatchilar ishlamoqda.Uning aytishicha, bank xususiylashtirish jarayoniga tayyor bo‘lishiga qarab birinchilardan bo‘lib sotilishi mumkin.Miraliyev bankni xususiylashtirish jarayoni katta ehtimol bilan joriy yil oxirigacha yakunlanmasligini bildirdi.Batafsil: https://tanga.uz/news/1670Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
17 сент., 10:59
Bank mijozlarining mablag‘larini raqamli firibgarlikdan himoya qilish maqsadida joriy etilgan session antifrod tizimi 2026-yilning birinchi yarmida qariyb 462 mlrd so‘mlik xavfli operatsiyalarni chekladi. Bu summaning qariyb 93 foizi uchta bank — Xalq Banki, TBC Bank va Uzum Bank hissasiga to‘g‘ri keladi.Batafsil: https://tanga.uz/news/1669Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
17 сент., 07:14изменён
17-sentyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalarini xususiylashtirish bo‘yicha tender tez orada e’lon qilinishini ma’lum qildi.Rejaga ko‘ra, Alvarez & Marsal kompaniyasi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi va savdo jarayonlarini tashkil etadi. Ikki oy muddatda ularning davlat ulushlarini xalqaro bozorda ochiq ommaviy savdoga chiqarish rejalashtirilgan.Batafsil: https://tanga.uz/news/1668Telegram | Instagram | YouTube
tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
17 сент., 05:35
Uzum ekotizimi umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan valyuta obligatsiyalarini chiqarishga tayyorlanmoqda.Ushbu emissiya doirasida investorlarga 8,5 foiz daromadlilik taklif etilmoqda.Kompaniya ushbu valyuta obligatsiyalarini asosan xorijiy investorlar o‘rtasida joylashtirishni rejalashtirgan.Batafsil: https://tanga.uz/news/1667Telegram | Instagram | YouTube
