gram news
Аватар канала Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

@tashkent_pensiya

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali. ☎️ "Ishonch" telefoni - "12-71" ☎️ "Boshqarma qabulxona"-(71) 2

ПроектыKK

803подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    18 сент., 09:32

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣✅Pensiya ma’lumotlari — yagona tizimda📌 Bugungi kunda davlat pensiyasi hamda majburiy va ixtiyoriy jamg‘armalar turli tizimlarda yuritilmoqda.Shu sababli fuqaro ish staji, to‘langan ijtimoiy soliq, shaxsiy jamg‘armasi, hisoblangan daromad va kutilayotgan jami pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ra olmaydi.🔹 Taklif etilayotgan yondashuvga ko‘ra, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini Pensiya jamg‘armasi tasarrufiga o‘tkazish, yagona siyosat, yagona hisob va yagona mobil platformani joriy etish nazarda tutilmoqda.💡 Natijada fuqaro davlat pensiyasi, majburiy va ixtiyoriy jamg‘armalari, hisoblangan daromadi hamda kutilayotgan jami pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda ko‘rishi va zarurat bo‘lsa, jamg‘arish miqdorini oshirish bo‘yicha oldindan qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi.#Pensiya #PensiyaTizimi #YagonaTizim #PensiyaJamgarmasiTelegram |
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    18 сент., 05:53

  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 12:29

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣🟣Jamg‘arib boriladigan pensiya: kelajak uchun qo‘shimcha daromadPensiya davrida davlat pensiyasidan tashqari qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish uchun fuqarolarning shaxsiy pensiya jamg‘armalarini shakllantirish va uzoq muddatli jamg‘arishni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar taklif etilmoqda.Xususan: ✔️fuqaro tomonidan jamg‘arilgan mablag‘ga davlat tomonidan qo‘shimcha badal kiritish; Mazkur jamg‘arish mexanizmi ixtiyoriy bo‘lib, fuqaro qo‘shimcha mablag‘ jamg‘arish yoki jamg‘armaslikni mustaqil ravishda tanlaydi. ✔️yuqori daromad oluvchi fuqarolarning daromadidan ma’lum qismini shaxsiy pensiya hisobvarag‘iga yo‘naltirish; ✔️uzoq muddatli jamg‘arish orqali pensiya davri uchun qo‘shimcha moliyaviy manba shakllantirish nazarda tutilmoqda.🎥 Taklif etilayotgan mexanizmlar qanday ishlaydi va ular fuqaroga qanday imkoniyat yaratadi? Batafsil
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 10:10

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣📲 Pensiya xizmatlari — raqamli va proaktiv shaklga o‘tkaziladiBugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan 25 ta xizmatning 7 tasida qog‘oz hujjat va inson aralashuvi saqlanib qolgan.Shuningdek, ish haqi va ish staji ma’lumotlarini raqamlashtirish, idoralararo ma’lumot almashinuvi hamda stajdagi kamchiliklar haqida oldindan xabardor qilish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada takomillashtirish zarur.🔹 2027-yildan boshlab barcha 25 ta pensiya xizmatini elektron va proaktiv shaklga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bunda sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan Call-markaz va “Pensiya” mobil ilovasi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.👤 Fuqaro yagona pensiya profilida o‘zining ish staji, to‘langan ijtimoiy solig‘i va kutilayotgan pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi, stajdagi kamchiliklar haqida esa oldindan xabardor bo‘lishi mumkin.📌Natijada pensiya
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 10:09

    переслано из @pensionfundruz

  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 10:09

    переслано из @pensionfundruz

    ⏳ Кечроқ пенсияга чиқиш — юқорироқ пенсия имкониятиПенсия ёшига етгандан кейин ҳам меҳнат фаолиятини давом эттиришни истаган фуқаролар учун пенсияга кечроқ чиқишни рағбатлантирувчи механизм таклиф этилмоқда.📈 Бунда фуқаро меҳнат фаолиятини давом эттириб, пенсияга кейинроқ чиқишни танласа, унинг келгусидаги пенсия миқдорини ошириш имконияти яратилади.Бу фуқарога ўз хоҳиши ва меҳнат имкониятидан келиб чиқиб қарор қабул қилиш ҳамда узоқроқ меҳнат қилгани учун юқорироқ пенсия олиш имконини беради.💚 Кечроқ пенсияга чиқиш қандай афзаллик беради? Видеода батафсил танишишингиз мумкин.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 10:09

    переслано из @pensionfundruz

    📊 Пенсия ҳисоблашда иш ҳақи даври — 20 йилгача!😇 Пенсия ҳисоблашда инобатга олинадиган иш ҳақи даврини амалдаги 5 йилдан 20 йилгача босқичма-босқич ошириш таклиф этилмоқда.✔️ Бу фуқароларнинг узоқ йиллик меҳнат фаолияти давомида олган иш ҳақларини пенсия ҳисоб-китобида кенгроқ инобатга олиш имконини беради.💚 Таклиф қандай ишлайди? Видеода батафсил.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    17 сент., 10:09

    переслано из @minecofinuz

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣✔️Pensiya hisobida ish haqi davri kengaytiriladiPensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha oshirish taklif etilmoqda.📆 Bunda davr har yili 1 yildan kengaytiriladi. Hisobga olinayotgan davrning ish haqi eng past bo'lgan 10 foizi chiqarib tashlanadi hamda tartib 2016-yildan keyingi elektron ma’lumotlar asosida qo‘llanadi.🎯Mazkur yondashuv pensiya miqdorini fuqaroning uzoq yillik mehnati, rasmiy ish haqi, ish staji va to‘langan ijtimoiy solig‘iga to‘laroq bog‘lashga qaratilgan.📌 Batafsil — fotokartochkalarda.#Pensiya #PensiyaTizimi
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    15 сент., 12:29

    #пенсия_ислоҳоти❤Пенсия тизимини янада такомиллаштиришга қаратилган Фармон лойиҳасига ўз таклифларингизни қуйидаги телеграм бот орқали ҳам юборишингиз мумкин.❤ Телеграм бот: @Pensiya_taklif_botVeb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    15 сент., 12:29

    📌 Пенсия тизимини янада такомиллаштиришга қаратилган Фармон лойиҳаси жамоатчилик муҳокамасига қўйилди🗂 Ўзбекистон Республикасида пенсия таъминоти тизимини замонавий талаблар асосида янада такомиллаштиришга қаратилган Фармон лойиҳаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари жамоатчилик муҳокамаси портали (regulation.gov.uz)га жойлаштирилди.💬 Фармон лойиҳасида пенсия тизимини такомиллаштириш бўйича қатор муҳим таклифлар назарда тутилган.🔗 Лойиҳа билан танишиш, таклиф ҳамда мулоҳазаларингизни ушбу ҳавола орқали билдиришингиз мумкин.Шу муносабат билан, фуқароларимиз ва кенг жамоатчиликни мазкур Фармон муҳокамасида фаол иштирок этишларини сўраймиз.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    15 сент., 12:29

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣📊 Brifing: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar yuzasidan takliflar📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi (ID-10855) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida brifing tashkil etildi.#pensiya #farovonlik #takliflar #Farmon_loyihasiTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    12 сент., 08:34

    💬 Иш стажингиз тўлиқ ҳисобга олинганига ишончингиз комилми?✔️ Пенсия жамғармаси мутахассиси Х.Хожиев ушбу саволга батафсил жавоб беради.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    12 сент., 08:34

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣⌛Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?✔️Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda 6,0 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.🐈‍⬛Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.🔼Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.➡️Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    10 сент., 06:30

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣❓ Меҳнат дафтарчасини рақамлаштириш нима?☝️ Бу – қоғоз шаклидаги меҳнат дафтарчасидаги меҳнат фаолияти ҳақидаги маълумотларни электрон шаклга ўтказиш жараёни.Меҳнат дафтарчасини рақамлаштиришни нима афзалликлари бор?1⃣ Иш фаолиятингизни рақамли тизимда юритиш ва маълумотларингизни хавфсиз сақлаш имконини беради (қоғоз шаклдаги меҳнат дафтарчалари йўқолиши ёки яроқсиз ҳолатга келиши мумкин)2⃣ Пенсия тайинлашда меҳнат стажи автоматик аниқланади ва фуқароларнинг ортиқча вақт сарфи тежалади.3⃣ Давлат хизматларидан тез ва осон фойдаланиш имконини беради.#меҳнат_дафтарчаси #рақамлаштиришVeb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    10 сент., 06:30

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣✔️Pensiya tizimida ish staji: amaliyot va xalqaro tajriba📆 Bugungi kunda yoshga doir pensiya olish uchun kamida 7 yil rasmiy ish staji talab etiladi. Ushbu talab uzoq muddat rasmiy ishlash imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolarni keksalikda ijtimoiy himoya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.Shu bilan birga, pensiya tizimida uzoq muddatli rasmiy mehnat va tizimga qo‘shilgan hissa o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.🌎 Xalqaro amaliyotda ham pensiya huquqi uzoq yillik rasmiy mehnat bilan bog‘lanadi. Jumladan, ayrim mamlakatlarda minimal ish staji 15–20 yil etib belgilangan.🎯Asosiy maqsad — fuqarolarning pensiya huquqini saqlagan holda, rasmiy mehnat, ish staji va pensiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish.🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajribaTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    10 сент., 06:30

    ⚠️ Диққат. Огоҳ бўлинг!Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси ижро этувчи директори Муродбек Атаджанов номидан Телеграм мессенжерида сохта аккаунтлар очилаётгани ва улар орқали фуқароларга турли шубҳали хабарлар юборилаётгани кузатилмоқда.❗️ Шу муносабат билан, барча обуначиларимизни бу каби ҳолатлардан огоҳликка чақирамиз!Агар Сизга Телеграм орқали Пенсия жамғармаси ижро этувчи директори номи остида нотаниш профиллардан турли хабарлар келса:🚫 Асло ишонманг ва жавоб берманг. Ушбу профилни дарҳол блокланг ва “спам” тугмасини босинг. Яқинларингизга ҳам бу ҳақида хабар беринг.✅ Пенсияга оида барча ишончли ва расмий маълумотлар Пенсия жамғармасининг расмий веб-сайти ҳамда ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари орқали эълон қилиб борилади.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    6 сент., 05:48

    ❗️ Пластик картадан адашиб бошқа картага пул ўтказиб юбордингизми? Пулни қайтариш муаммо эмас!Дарҳол пул ўтказган иловангизнинг ишонч номерига қўнғироқ қилинг ва пулингизни улар қайтариб беришади.☎️ CLICK: +998 (71) 231-08-80 ☎️ UZUM: +998 (78) 777-07-99 ☎️ PAYNET: +998 (71) 202-07-07 ☎️ OSON: +998 (71) 207-80-80 ☎️ PAYME: 1350 ☎️ HUMANS: 1234⚠️ Муҳим: пулни қайтаришда операторга операция вақти, сумма ва транзакция маълумотларини айтишингиз керак.Хабарни яқинларга улашиб қўйинг — керакли пайтда асқатиши мумкин!
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    6 сент., 05:46

    Маҳаллангизда ишловчи "еттилик"нинг юқори турувчи вазирлик ва идоралари телефон рақамлари!✅Ўзбекистон Маҳаллалари уюшмаси 🤙 Телефон: 1276 Маҳалла раиси фаолияти юзасидан! ✅ Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги 🤙 Ишонч телефони: +998 71 200-06-00 Ҳоким ёрдамчилари фаолияти юзасидан! ✅Ёшлар ишлари агентлиги 🤙 Телефон: 71-209-01-04 (ички рақам: 209) Ёшлар етакчилари фаолияти юзасидан! ✅ Оила ва хотин-қизлар қўмитаси 🤙 Ишонч телефони: +998 71 202-10-59 Хотин-қизлар фаолияти юзасидан! ✅ Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги 🤙 Телефон: +998 71 239-59-57 Ижтимоий ходимлар фаолияти юзасидан! ✅ Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги 🤙 Телефон: +998 71 231-43-04 Профилактика инспекторлари фаолияти юзасидан!
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    4 сент., 08:49

    💰 ИЖТИМОИЙ СОЛИҚ — ПЕНСИЯ ТИЗИМИНИНГ МУҲИМ МАНБАИИш берувчи ҳар ой ходим учун ижтимоий солиқ тўлайди. Аммо бу маблағлар қандай ҳисобланади ва қаерга йўналтирилади?📊 Бир ойда қанча? 📆 Бир йилда-чи? ⏳ Бутун меҳнат фаолияти давомида қанча бўлади?🎥 Видеода оддий мисол орқали барча саволларга жавоб топамиз.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    478видео1Открыть в Telegram
  • Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi

    4 сент., 08:49

    🛡 Пенсия — бу келажак ҳақидаги қарор.⚠️ Кўпчилик: "Пенсиягача ҳали вақт бор-ку", деб бу масалага етарлича эътибор бермайди.Лекин яхши пенсия бир кунда пайдо бўлмайди. У расмий меҳнат фаолияти, иш стажи, иш ҳақи ва тўланган қўшимча ижтимоий солиқлар орқали шаклланади.✔️ Бугунги расмий иш — эртанги муносиб пенсия кафолати.➡️ Видеони «Пенсия бир гап бўлар-да» деб юрган танишларингизга ҳам юбориб қўйинг.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube