Последние посты

Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 12:36
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#Axborot24 | 22.09.2026«Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusi e’lon qilindimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 12:04
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 5-bosqichning 160 nafar talabalari ishtirokida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.✨Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash hamda talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi. ✨Uchrashuv jarayonidan fakultet dekani F.I.Salomova talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi: Talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar; Ta’lim sifatini oshirish yo‘llari; Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish; Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Dekan esa har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, amaliy tavsiyalar berdi. ✨Ushbu uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mas’uliyat hissini mustahkamlash, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish kabi muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.“Dekan va yoshlar” uchrashuvi talaba va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlab, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu kabi tadbirlar yoshlarning barkamol avlod bo‘lib shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 10:34
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kafedra mudiri va o‘qituvchilari universitet va texnikumlar o'rtasidagi Hamkorlik doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.🔺 Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi xodimlari hamda Yuz-jag‘ xirurgiyasi va stomatologiya, Epidemiologiya, Odam anatomiyasi va OXTA, Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya, 1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi, 1-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedralari vakillari bilan mazmunli va samarali uchrashuv o‘tkazildi.🔺 Uchrashuvda tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.🔵Shuningdek, hamkorlik doirasida: ◾️ professor-o‘qituvchilar va tibbiyot mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish; ◾️ o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va tibbiy texnologiyalarni keng joriy etish; ◾️ texnikum o‘quvchilarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish; ◾️ texnikum o‘qituvchilarning kasbiy va metodik salohiyatini oshirish; ◾️ ilmiy-uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; ◾️ o‘zaro tajriba almashinuvi va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish; ◾️ kelgusida qo‘shma ilmiy, ta’limiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.🔺Muloqot davomida tibbiyot sohasida malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.🔘 Mazkur kelishuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv-metodik jarayonlarni takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va yosh tibbiyot kadrlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.🔺Eng muhimi, bunday hamkorlik orqali ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yanada mustahkamlanib, kelajakda tibbiyot sohasi uchun bilimli, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shiladi.✈️ Hamkorlik — tajriba va bilimlar almashinuvi, hamjihatlik — yangi imkoniyatlar manbai, birgalikdagi sa’y-harakatlar esa — yuksak natijalar poydevori hisoblanadi.✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 10:27
🎙 «DOKTOR REPORTER» XABAR BERADI Biz voqealarni shunchaki kuzatmaymiz — tibbiyot ichidan turib hikoya qilamiz. 🌍 Ilk intervyu. Xalqaro minbar. Va unutilmas bir jumla: “Be yourself!” 2026-yil 25-sentabr. Yevroosiyo revmatologlar kongressi. Bu kun Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Doktor Reporter» yoshlar jamoasi uchun haqiqiy tajriba maktabiga aylandi. Jurnalist-publitsist Gulchehra Mirzayeva boshchiligidagi yosh reporterlar nufuzli xalqaro anjumanda bu gal shunchaki tinglovchi bo‘lib qolmadilar. Qo‘llarida mikrofon. Qarshilarida esa dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan taniqli mutaxassislar. 🎤 «Doktor Reporter» jamoasi a’zolari Rajabova Lola, Turg‘unpo‘latova Muqaddam va Xolisboyeva Sevinch Fransiyadan tashrif buyurgan Laurent Arnaud hamda Singapurdan Cheng Yew Kuang bilan suhbatlashib, ulardan zamonaviy tibbiyot, ilm va yosh shifokorning kelajak yo‘li haqida qimmatli fikrlarni oldilar. Ayniqsa, Laurent Arnaudning yoshlarimizga aytgan bir jumlasi xotirada qoldi: “Be yourself!” — “O‘zligingizcha bo‘ling!” Yana bir fikri esa hayotning o‘ziga tegishli saboqdek yangradi: “Life has difficulties and we have to find a way around the difficulties.” Ya’ni: “Hayotda qiyinchiliklar bor va biz ulardan chiqish yo‘lini topishimiz kerak.” Oddiy tuyulgan bu ikki jumlada bo‘lajak shifokor uchun katta ma’no bor: o‘zligingni yo‘qotma, qiyinchilikdan qo‘rqma va doimo yechim izla. «Doktor Reporter»ning maqsadi ham aynan shu — bo‘lajak shifokor nafaqat tibbiyotni bilsin, balki savol berishni, tinglashni, fikrlashni va olgan bilimini jamiyatga tushunarli tilda yetkazishni ham o‘rgansin. Bugun yoshlarimiz xalqaro kongressda ilk intervyularini oldilar. Hayajon ham bo‘ldi, ilk tajribaning mas’uliyati ham. Ammo katta yo‘l aynan shunday dadil qadamlardan boshlanadi. Bugun mikrofon tutgan talaba — ertaga yetuk shifokor, olim, balki xalqaro minbarlarda O‘zbekiston tibbiyoti nomidan so‘zlaydigan mutaxassis. ✨ «Doktor Reporter»ning yangi avlodi yo‘lga chiqdi. 🎙 «DOKTOR REPORTER» XABAR BERADI Biz voqealarni shunchaki kuzatmaymiz — tibbiyot ichidan turib hikoya qilamiz. #DoktorReporter #ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti #YoshReporterlar #YevroosiyoRevmatologlarKongressi #Tibbiyot #Yoshlar #Ilm✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 10:25изменён
🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi Workout sport maydonchasi tantanali ravishda ochildi➡️ Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida zamonaviy Workout sport maydonchasi barpo etildi.🔺Mazkur sport maydonchasining ochilish marosimi tantanali ruhda tashkil etilib, unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.🔺 Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.A. Boymurodov ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tdi.🔺Shuningdek, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A. Bobomurotov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning salomatligini mustahkamlash va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.◾️Tadbir davomida yangi Workout sport maydonchasining imkoniyatlari namoyish etilib, talaba-yoshlar tomonidan turli sport mashqlari va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.🔺 Yangi sport maydonchasi zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar undan muntazam foydalanishlari, turli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari va jismoniy tayyorgarliklarini oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.✈️Mazkur sport maydonchasining foydalanishga topshirilishi universitetda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 10:25
переслано из @eduuz
#ByurokratiyaniBartarafEtish2030 #OmmaviyTashabbus🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.⤵️ O‘z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo‘shing.murojaat.byurokratiyasiz2030.uzFacebook | Instagram | YouTube | Telegram




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
25 сент., 10:21
🔺 Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetining Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — dotsent Urunov Z.B., dotsent Murodov T.N., katta o‘qituvchi Yusupova N.Sh. hamda assistent Akbarova G.K. tomonidan Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi.🔺Mazkur tashrif tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik va amaliy tajribalarni o‘zaro almashish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda bo‘lajak tibbiyot xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.🔺 Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi tegishli kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv ta’lim jarayonini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlar va ochiq darslarni tashkil etish, ilmiy-uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tibbiy ta’limning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi.🔺 Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari texnikumning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv-uslubiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.✈️Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash borasida kelishib oldilar.✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin



Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
24 сент., 11:43
переслано из @eduuz
Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmatiO‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Uning chiqishida xalqaro keskinlik, BMTning roli, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va sun’iy intellekt masalalari asosiy o‘rin egalladi.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
22 сент., 10:07
💠Universitetimiz Professori Stomatologiya sohasida dunyoda 10 talikka kirgan jurnal tahrir hay'ati a'zosi bo'lib Chexiyadagi kongressda qatnashdi.🟢Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti vakili sifatida Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasi professori Baxtinur Xudanov joriy yilning 4-7 sentabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon stomatologiya federatsiyasining (FDI - World Dental Federation) kongressida ishtirok etdi. Shuningdek, FDIning rasmiy ilmiy jurnali — Xalqaro stomatologiya jurnali (International Dental Journal) tahrir hay’ati yig’ilishida ham a’zo sifatida qatnashdi. 🟣Muhimi, IDJ 2025-yilda 5.2 Impact Factor’ga erishib, stomatologiya jurnallari orasida eng yuqori 10 foizga kirdi. Bunday nufuzli xalqaro maydonda ishtirok etish O‘zbekiston




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
22 сент., 05:24
🔹🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti dotsenti Indoneziyada xalqaro mehmon ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yuz-jag‘ jarrohligi va stomatologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc) Shohrux Yusupov Indoneziyaning nufuzli Universitas Muhammadiyah Yogyakarta (UMY) universiteti tomonidan xalqaro mehmon ma’ruzachi sifatida taklif etildi.🔹2026-yil 1-sentabr kuni Yogyakarta shahridagi RS PKU Muhammadiyah Gamping klinikasida tashkil etilgan ikki soatlik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
22 сент., 04:48
переслано из @tashmeduni_mth
🚀 STARTUP OLAMIGA BIRINCHI QADAM! 💡 G‘oyadan — haqiqiy startapgacha! Talaba-qizlar uchun startap, innovatsiya va yangi g‘oyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan maxsus seminar tashkil etiladi. 🎙 MAXSUS MEHMON 👩🔬 Artikxodjayeva Barno Alisherovna Biotexnolog, PhD 📌 Seminarda: 🔹 Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin? 🔹 Ilmiy g‘oyani startapga qanday aylantirish mumkin? 🔹 Muammoni aniqlash va innovatsion yechim yaratish 🔹 G‘oyani rivojlantirish va loyihaga aylantirish 🔹 Startap sohasidagi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘llari ✨ Ilmiy g‘oya → Innovatsion yechim → STARTUP! 📅 Sana: 25-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son akademik litseyi, ma’ruzalar zali 🤝 Tashkilotchilar: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Universitet Xotin-qizlar kengashi 👩💻 Aziz talaba-qizlar!


Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 14:40
переслано из @toshdavtuxotin_qizlar_kengashi
😀Toshkent davlat tibbiyot universitetining yana bir hududida “Ona va bola” xonasi tashkil etildi.📣 Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya hududida хotin-qizlar va yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayonida, xususan, imtihon jarayonlarida qulay sharoitlarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ona va bola xonasi tashkil etildi.✅Mazkur xona farzandli talabalarga imtihon topshirish jarayonida qulaylik yaratish, farzandlarini go’dak suti bilan ovqatlantirish uchun zarur sharoitlar bilan jihozlandi.Universitet rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.💠 Ona va bola uchun




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 12:12
🔹🟦🟦🟦🟦🟦🔺 Иркутский государственный медицинский университет приглашает принять участие в международной научно-практической конференции➡️ В рамках сотрудничества с Ташкентским государственным медицинским университетом, Иркутский государственный медицинский университет приглашает представителей нашего университета принять участие в Международной научно-практической конференции «Современное медицинское образование. Достижения, проблемы, пути решения».🔍 Конференция состоится 18–19 ноября 2026 года в Иркутском государственном медицинском университете в гибридном формате.


Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 12:06
переслано из @tashmeduni_mth
Tashkent davlat tibbiyot universitetida 3 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal'at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 📚 1-kuni talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi. 🫀 2-kuni BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. 🏅 3-kuni esa eng yuqori natijalarni qayd etgan 15 nafar talabalar diplom va estalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!👉@tashmeduni_mth
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 09:13
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi🔺 Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, milliy didi hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Bugungi kunda milliy liboslarning o‘ziga xos jozibasi va mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.🔺 18-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va kengash a’zolari tashabbusi bilan “Milliy liboslar — qadriyatlarimiz ko‘zgusi” shiori ostida “Milliy liboslar




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 09:09
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida tashkil etildi.🔻 Mazkur mashg‘ulotda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Abdulhayevich Mavrulov ma’ruza qildi.🔺 Ma’ruza davomida jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob-axloq me’yorlari, o‘zaro hurmat va insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi qadri haqida tahliliy ma’lumotlar berildi.🔺Mashg‘ulot yakunida talabalar ishtirokida savol-javob tashkil etilib, mavzu yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga professor tomonidan batafsil javoblar berildi.🔍




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 08:47
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Ma'ruza O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.🔺 Dars avvalida universitetning birinchi prorektori T.A.Bobomuratov talaba-yoshlar bilan jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik va insoniy qadriyatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Тalabalarga bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat, odob-axloq va mas’uliyat yetuk mutaxassisni shakllantirishning muhim omili ekanligini ta’kidladi.




Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
21 сент., 07:58
📢 E’LON 🏆 “ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVI Toshkent davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi. 🎯 Tanlovda: tyutorlik faoliyati samaradorligi; talabalar bilan ishlash; tashabbuskorlik va faollik; kitobxonlik va targ‘ibotchilik; ilg‘or tajriba va ijodkorlik; erishilgan natijalar Nizom asosida baholanadi. 🌟 Aziz tyutorlar! O‘z faoliyatingiz, tashabbuslaringiz va yutuqlaringizni tanlovda namoyish eting!✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Ссылки
