Последние посты

Respublika tashxis markazi
22 сент., 12:52
Xotin-qizlar uchun psixologik seminar-trening tashkil etilmoqda.📍Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Livingstone” dam olish maskanida tuman maktab psixologlari tomonidan “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlar uchun psixologik seminar-trening sermazmun tarzda oʻtkazilmoqda.🗓Seminar-trening davomida ishtirokchilarga psixologik motivatsiya, ijobiy fikrlash, oʻziga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, hayotiy maqsadlarni belgilash hamda stressli vaziyatlarni yengib oʻtish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilib psixologik qoʻllab-quvvatlash ishlariga alohida urgʻu qaratilmoqda.✔️Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar va psixologik mashgʻulotlar tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari va savollari tinglanib, psixologlar tomonidan individual yondashuv asosida tegishli tavsiya va tushuntirish
Respublika tashxis markazi
21 сент., 12:03
#Mustaqillik35Yil #OAV_nigohida📺 “Mustaqillik farzandlari” tadbiri — “Dunyo bo‘ylab” telekanalidaO‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan “Mustaqillik farzandlari” bayram tadbiri “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali yoritildi.Tadbir bolalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.Tadbirdan tayyorlangan lavhani e’tiboringizga havola etamiz.👍 Bizni kuzating:✈️Telegram|🔵Facebook 📷Instagram|▶️You Tube
Respublika tashxis markazi
19 сент., 13:23
Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-maktabda o‘tkazilgan "MUSTAQILLIK FARZANDLARI" nomli tadbirdan fotolavhalar.👍 Bizni kuzating:✈️Telegram|🔵Facebook 📷Instagram|▶️You Tube
Respublika tashxis markazi
19 сент., 13:23
2,040Открыть в Telegram
Respublika tashxis markazi
19 сент., 12:34
🇺🇿 MUSTAQILLIK_FARZANDLARI🇺🇿 Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik farzandlari” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.🎉 Bayram tadbiri, ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabassum va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.🌿 Tadbirning asosiy maqsadi - alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni jamiyat hayotiga faol jalb etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.✨ Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, tinchlik, istiqlol va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlarning quvonchi, samimiy chiqishlari va ijodiy
Respublika tashxis markazi
14 сент., 12:03
#inklyuziv_MTT_malaka_oshirish 📚 INKLYUZIV TA’LIM BO‘YICHA MTT UCHUN MAQSADLI MALAKA OSHIRISH KURSI BOSHLANDI Markaz tomonidan 2026-yil 14–19-sentyabr kunlari “Inklyuziv guruhlar tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari hamda barcha pedagog xodimlari uchun maqsadli malaka oshirish kursi” tashkil etildi. Mazkur kursning asosiy maqsadi — har bir bola uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim jarayonidagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlash hamda pedagoglarning zamonaviy inklyuziv ta’lim yondashuvlari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini oshirishdan iborat. 📌 Malaka oshirish kursining 1-kunida ishtirokchilarga quyidagi mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi: 🔹 “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari”; 🔹 “Nogironl2,260Открыть в Telegram
Respublika tashxis markazi
14 сент., 07:27
переслано из @qashqadaryo_mmtb
🧠 Qashqadaryoda pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkazildiQashqadaryo viloyatida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun kasbiy motivatsiyani oshirish, emotsional holatni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.Treninglar davomida stress va kasbiy charchashning oldini olish, emotsiyalarni boshqarish, ichki motivatsiyani mustahkamlash, bolalar bilan konstruktiv muloqot qilish hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Shuningdek, pedagogik agressiyaning oldini olish va psixologik xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating
Respublika tashxis markazi
12 сент., 13:25
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#Axborot24 | 12.09.2026Bolalarning ruhiy salomatligiga bag'ishlangan anjumanmtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Respublika tashxis markazi
11 сент., 05:27
переслано из @marifatziyo
Ayni paytda Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashda innovatsion xalqaro tajriba va barqaror rivojlanish strategiyalari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.Konferensiyaning asosiy maqsadi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy asoslangan, profilaktik va tizimli yondashuvlarni rivojlantirish, xalqaro tajribani oʻrganish va milliy amaliyotga moslashtirish, shuningdek, taʼlim tashkilotlarida barqaror va xavfsiz psixologik muhitni shakllantirish boʻyicha ustuvor strategiyalarni belgilashdan iborat.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Respublika tashxis markazi
11 сент., 05:19
#ilmiy_amaliy_konferensiyaBugun Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan "Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashda innovatsion xalqaro tajriba va barqaror rivojlanish strategiyalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.Konferensiya bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlash borasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilgʻor xalqaro tajribalar hamda milliy taʼlim tizimida samarali qoʻllanishi mumkin boʻlgan innovatsion amaliyotlarni muhokama qilish uchun ilmiy-professional muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.Bizni kuzating: Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|info-tashxis.uz
Respublika tashxis markazi
10 сент., 09:56
Respublika tashxis markazi xodimlari tomonidan 9-sentabr kuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Livingstone” dam olish maskanida Buxoro viloyati hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan “Ayollar daftari” reestorida turuvchi ayollar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.Seminar davomida ishtirokchilarga “Voyaga yetmaganlar orasida erta tugʼruqning psixologik oqibatlari” hamda “Koʼcha va ommaviy joylarda xavfsiz xulq-atvor” mavzularida maʼlumotlar taqdim etildi.Shuningdek, seminar-trening davomida ishtirokchilarning mavzular yuzasidan fikr va savollari tinglanib, psixologlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.Mazkur seminar ishtirokchilarning psixologik savodxonligini oshirish, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish hamda ularning xavfsiz va sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.B1,820Открыть в Telegram
Respublika tashxis markazi
10 сент., 09:10изменён
#onlayn_seminar 📅 Joriy yilning 10-sentabr kuni soat 11:00 da Respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminarda maktab psixologlarining kasbga yo‘naltirish faoliyatidagi muhim vazifalari, zamonaviy yondashuvlar hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlik masalalari keng yoritildi. 📚 Seminar davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi: 1. Psixologning kasbga yo‘naltirishdagi 7 ta muhim vazifasi 2. Ota-onalar bilan ishlash: kasblarni qanday to‘g‘ri tushuntiramiz? 3. Hududdagi mehnat bozori va ishchi kasblar 📚 Mazkur mavzular orqali psixologlarning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishdagi amaliy faoliyatini kuchaytirish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbiy yo‘naltirish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💡 Seminarda nazariy ma’lumotlar bilan bir
Respublika tashxis markazi
10 сент., 09:10
🎓 Maktab psixologlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi onlayn o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Respublika tashxis markazi
4 сент., 11:51
#Inklyuziv_taʻlim ⏰ 298-maktabda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mavzularni o‘zlashtirish va qo‘l motorikasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar muntazam tashkil etiladi. Har bir bolaning o‘z orzusi bor. Biri kelajakda matematika
Respublika tashxis markazi
4 сент., 11:50
#vebinar 🔰 4-sentabr kuni Sentabr-“Moslashuv va xavfsiz ta’lim muhiti” oyligi doirasida onlayn tashkil etilgan vebinar davomida yangi o‘quv yilini samarali boshlash, o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash va maktabda xavfsiz psixologik muhit yaratishga qaratilgan 5 ta
