Последние посты

Til va adabiyot ta’limi
22 сент., 05:46
#yil_o‘qituvchisi⚡️Qoraqalpog‘istonning chekka va olis Qonliko‘l tumanidagi 2-sonli maktab o‘qituvchisi Nigora Allambergenova "Yil o‘qituvchisi" respublika tanlovining mutlaq g‘olibi bo‘lib, naqd 616 million so‘m (52 ming dollar) pul mukofotini qo‘lga kiritdi.Ushbu xushxabarni pedagogning o‘z tilidan eshitgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning kayfiyati birdan ko‘tarilib, ular o‘rtasidagi samimiy muloqot barchani to‘lqinlantirib yubordi.🤑Tanlovda respublikadagi 208 ta tuman g‘oliblarining barchasiga xuddi shuncha miqdorda mukofot berildi. Jami mukofot jamg‘armasi 128 mlrd 128 mln so‘mni tashkil qildi.🎁 Ma’lumot uchun, ushbu tanlov har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat
Til va adabiyot ta’limi
21 сент., 05:44
#tilO‘zbek harbiy terminologiyasi o‘quv qo‘llanmasi🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
20 сент., 03:52
#hazil🇺🇿🇨🇳Uyg‘ur qizi haqmi?Videodagi uyg'ur qizi Asiyaning so‘z o‘yinidan keyin ko'pchilik o'ylanib qolishi tabiiy."Yuklarni joylashtirish" — bu ko'proq jismoniy harakatga, ya'ni narsalar yoki buyumlarni ma'lum bir joyga tartib bilan joylab chiqishga nisbatan ishlatiladi. O'zbek tilida faol qo'llanadi."O'rinlashtirish" fe'li esa ko'proq kishilar, xodimlarni ishga yoki muayyan vazifaga joy-joyiga qo'yish ma'nolarini bildiradi.🤔Sizningcha yuklarga nisbatan qaysi so'z to'g'riroq va tushunarliroq chiqadi? Fikringizni izohlarda qoldiring.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
18 сент., 13:26
⚡️Rasman: Pedagoglarning barcha farzandlariga davlat OTMlari to‘lov-kontrakti uchun 30 foiz chegirma beriladi2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bu chegirma kunduzgi bakalavriat yo‘nalishida o‘qiydiganlar uchun amal qiladi. Agar o‘qituvchining bir nechta farzandi o‘qisa — har biri 30 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.Ariza kontrakt.edu.uz sayti orqali beriladi, ota-onaning maqomi esa avtomatik tarzda tekshiriladi.Postni barcha tanish o‘qituvchilarga yuborib qo'ying.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
18 сент., 06:22
#adib_kim?"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining navbatdagi qahramoni o‘zbek nasrining eng zargarona va istehzoli ovozi egasi.🎯Sizningcha, bu ta'rif aynan qaysi adibimizga tegishli? Taxminlaringizni izohda yozib qoldirishingiz mumkin!🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
17 сент., 03:01изменён
📀 ABDULLA QAHHORNING 85 YILLIK XOTIRA KECHASIUshbu xotira kechasi 1993-yili oʻtkazilgan va toʻgʻridan-toʻgʻri yozib olingan.Tadbirni Said Ahmad olib borgan. Ozod Sharafiddinov, Uchqun Nazarov, O'tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Pirimqul Qodirov, Kibriyo Qahhorova va boshqa yozuvchi-shoirlar soʻzga chiqishgan.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
15 сент., 15:46
#elektronjurnal #Filologiya_Pedagogika✨"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2026-yilgi 16 (35)-soni bilan tanishing.📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat muassasasi muassisligida nashr etiladi.“Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.Jurnalni yuklab olish: ⬇️2026-yil 16 (35)-son✅Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama
Til va adabiyot ta’limi
14 сент., 03:12
#bilasizmi?Yangi alifbo uchun maxsus sayt va bot ishga tushdiKutilayotgan o‘zgarishlarga moslashishni osonlashtirish uchun Kontent markazi Undov.uz sayti va @undovbot servisini taqdim etadi.Ushbu xizmat orqali matnlarni kiril, amaldagi lotin va takomillashtirilgan lotin yozuvi o‘rtasida tez va oson o‘girish mumkin. Shuningdek, hujjat fayllarini ham transliteratsiya qilish imkoniyati mavjud.✅Platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Iste'molchilarning matn va fayllari serverlarda saqlanmaydi.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
12 сент., 14:21
#kitob #xushxabar🆕 Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani yangi nashri chiqdi“Otamdan qolgan dalalar” romani – xalqimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytiradigan asar.Farrux Jabborbek📍 Xarid uchun: @Sotuv_Zabarjad +998904400560🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
12 сент., 04:01
#sana12-sentabr — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shavkat Rahmon (1950 — 1996) tug'ilgan kun.Nahot she’rlar aytdim bo‘shliqqa qarab, nahotki sovrildi olov so‘zlarim, nahotki haq bo‘lsa, el-u yurt asli quruq so‘zlar, degan gumroh do‘stlarim?!Nahot, bekor o‘tdi gulday umrimning ming yilga tatirlik oltin choqlari, nahot biror ruhni uyg‘otolmadi shoir yuragimning qaldiroqlari?!Nahotki, birorta dilga yetolmay, behuda sarflanib qancha kuch-chidam, kelib ketaverar yorug‘ dunyoga, kelib ketaverar menday kuychilar?!
Til va adabiyot ta’limi
11 сент., 07:15
#xabarTog‘ay Murod ijodi Rossiya adabiy maydonidaO‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning mashhur “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi Rossiyaning “Drujba narodov” jurnalida (2026/7) e’lon qilindi.Asarni o‘zbek adabiyotining fidoyi targ‘ibotchilaridan biri Vadim Murotxonov rus tiliga o‘girgan.Qissada halollik, oriyat, do‘stlik, sadoqat hamda xiyonat, ikkiyuzlamachilik o‘rtasidagi ziddiyat o‘zbekona ruh, qolaversa sheva, ibora va xalq maqollaridan foydalangan holda yuksak mahorat bilan ochib berilgan.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
11 сент., 04:04
Navoiyni o‘qi(ma)gan shoirlar – Yoshlar she’riyatida Hazrat obrazi bormi?Afsuski, bunday baxtga yosh shoirlar tugul, katta avlod vakillarining ham ko‘pi muyassar bo‘lib ulgurmagan.Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/5014Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTubeu
Til va adabiyot ta’limi
10 сент., 07:36
#xabarSenat alifboga tuzatish kiritish to’g’risidagi qonunni ma’qulladiHujjatga muvofiq, oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo'ladi.Shuningdek, qonun kuchga kirguniga qadar chiqarilgan rasmiy hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishiga toʻsqinlik qilinmasligi belgilanmoqda.Davlat organlari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
9 сент., 06:44
#конкурс #награда🎉 Победителю пятого круга конкурса «Лучший филолог», проводимого журналом «Преподавание языка и литературы», - Тимуру Алимову, преподавателю Ферганского государственного университета, вручён денежный приз.🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Til va adabiyot ta’limi
4 сент., 16:19
переслано из @farrux_jabborbek
#tahrir #hayotBir maqola tahrir qilayotib, e’tibor berdim: muallif "ichki", "ichra" kabi so‘zlarni ko‘p ishlatar ekan. Chindan ham, u juda ichkin shaxs; odamlarning tashiga emas, ichiga qarab muomala qilgisi keladi. Qolaversa, uning fikri ham, so‘zi ham, talanti ham "ichida" qolib ketyapti.Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, Siz qaysi so‘zni ko‘p ishlatasiz?🗄Farrux Jabborbek
Til va adabiyot ta’limi
4 сент., 05:36
#munosabat🔥 Ko‘plab ijtimoiy loyihalar tashabbuskori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sitora Barliboyeva telegram kanalida “Til va adabiyot ta’limi” jurnali haqida fikr bildirdi.“Til va adabiyot ta’limi” jurnalini o‘qishni yaxshi ko‘raman. U xuddi so‘z, tafakkur va ijod uchrashadigan makondek.Bu nashrni varaqlarkanmiz, sahifalarida nafaqat til va adabiyot ta’limiga oid ilmiy-metodik izlanishlar, balki so‘zning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida chuqur mulohazalarni ham uchratamiz.Ayniqsa, birinchi sahifadagi bosh muharrir Farruh Jabborbekning fikrlarini o‘qish xazina topgandek gap.“Shoir kim?” rukni esa adabiyotning boshqa bir – qalbga yaqin qirrasini ochadi. Shoirning she’rlari ortidagi inson, uning dunyoqarashi, iztiroblari, ilhomi va so‘zga munosabatini tanishtiradi.Zero, shoir kimligini anglash she’rlarini o‘qishdan ham
Til va adabiyot ta’limi
3 сент., 05:18
#xabarNepalda maktab toshqin ostida qolishidan bir oz oldin direktor 900 nafar o‘quvchini evakuatsiya qildiRajendra Davadi sinfxonasida bo‘lganida, hamkasbi shoshilinch kirib kelib ogohlantirdi: Nepalning Trishuli vodiysi bo‘ylab shiddatli toshqin kelmoqda, u uylarni, ko‘priklarni va butun qishloqlarni yakson qilmoqda. Shundan so‘ng, boshqa bir o‘qituvchi telefon orqali yana bir xavf xabarini oldi. Biroz o‘tib, bir ona farzandini uyga olib ketish uchun yetib keldi. Xavf hali rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, maktab direktori Davadida ikkilanishga vaqt yo‘q edi. U zudlik bilan maktab bongini chaldi hamda o‘quvchilar va xodimlarga binoni tark etib, balandroq tepalikka qarab harakat qilishni buyurdi."Men darslarni zudlik bilan to‘xtatishga... va bolalarni olib chiqib ketishga qaror qildim", – deydi u Associated Press agentligiga. U bolalar ortidan yaqin tepalikka ko‘tarilar ekan,
Til va adabiyot ta’limi
1 сент., 15:22
переслано из @qora_yigit
Youtubedagi 54-video ❤️🔥Ushbu videoda Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” hamda Olim Toshboyevning “Ultontoz” romanlarida sovet tuzumi davridagi oʻzbek xalqining fojiasi va matonati turli rakurslardan qanday yoritilganini tahlil qilamiz.Videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/K79ZEQVfpMkBosqinchilar zulmi, xalqimiz menini oʻzgartirishga urinishlar aks etgan yana qanday badiiy asarlarni bilasiz? Fikrlaringizni youtubedagi video izohida yozib keting. Boshqa kitobxonlar uchun foydali boʻladi.➡️@qora_yigit
Til va adabiyot ta’limi
1 сент., 04:01
#sana #video1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yo‘ldosh Eshbek tug'ilgan kun.YIGʻLAYOTGAN QIZ...O‘nta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la! Yuzta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la! Mingta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la! Paymonang to‘lguncha, to‘yguncha yig‘la!Ular lazzatxo‘rlar, qaroqchilardir, Umrlari uzun, sob bo‘lmas, esiz! Bu dunyo — aslida aldoqchilardir! Bu dunyo — aslida yig‘layotgan qiz!Men senga qo‘shilib yig‘lay olmasman, Faqat bosh egaman qayg'ungga so‘zsiz. Men senga talpinib, aslo tolmasman, Men seni sevaman, yig‘layotgan qiz!
Til va adabiyot ta’limi
31 авг., 03:02изменён
#Mustaqillik35 #qutlov🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!Qadrli yurtdoshlar!“Til va adabiyot ta’limi” jurnali jamoasi barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan qutlaydi!Mustaqillik — milliy o‘zligimiz, ravnaqimiz va ma’rifiy yuksalishimizning mustahkam poydevoridir. Ona tilimiz va milliy adabiyotimiz rivoji, ta’lim tizimi taraqqiyoti hamda kelajak avlod tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat hamda omonlik tilaymiz.Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Inst
