Последние посты

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
22 сент., 13:33
#tahlil🔴 EKSPORT YO‘LIDA YANGI IMKONIYAT!Savdoni rivojlantirish kompaniyasida 2026-yil iyul oyidan boshlab tadbirkorlar uchun mutlaqo BEPUL yangi xizmat yo‘nalishi — Individual tahliliy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. ✅ Endi, eksportchi yoki eksportga tayyorlanayotgan tadbirkorlar kompaniyamizdan quyidagi 5 yo‘nalishda chuqur marketing-tahliliy maʼlumotlarni mutlaqo bepul olishlari mumkin: 💎 maqsadli bozor tahlili; 💎 logistika va transport xarajatlari; 💎 bojxona to‘lovlari va notarif talablar; 💎 potensial xaridorlar bazasi; 💎 xalqaro ko‘rgazmalar va kompensatsiya hisobi.🖥 Qisqa muddatda 140 ta ariza qabul qilinib,
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
22 сент., 11:53
#Made_in_Uzbekistan #IroqMilliy mahsulotlarimiz xalqaro ko‘rgazmadaBugun Iroqning Erbil shahrida yirik ko‘rgazmalardan biri — CONSTRUCT IRAQ 2026 xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.Mazkur nufuzli tadbirda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan 150 kv.m maydonda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi orqali mamlakatimizning eksport salohiyati keng namoyish etilmoqda.🇺🇿 Milliy ekspozitsiya doirasida 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar va potensial hamkorlarga taqdim etmoqda.Bizni kuzatib boring. Ko‘rgazma haqida batafsil yoritib boramiz: 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱 X
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
22 сент., 07:05
#shu_kunlardaNAMANGAN VILOYATI: ISHCHI GURUH FAOLIYATIDAN FOTOLAVHALARTaklflar va savollar bo‘lsa, murojaat qiling: https://t.me/srk_uzb 📞 +998 (99) 003 12 12 📞+998 (71) 207 04 06Kuzatib boring: 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱 X
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
22 сент., 05:27изменён
#ovozaBIZ — SIZ BILAN!🌍 Mahsulotingiz xalqaro bozorga chiqishga tayyormi? Yangi xaridorlar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar sari ishonchli qadamni BIZ BILAN tashlang!Biz mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqaro bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun kompleks ko‘mak ko‘rsatamiz.🗝 SIZ uchun qanday imkoniyatlar mavjud? ✔️ Mahsulotingizni eksportga tayyorlash bo‘yicha professional konsultatsiyalar; ✔️ Xalqaro standart va sertifikatlashtirish jarayonlarida amaliy ko‘mak; ✔️ Istiqbolli xorijiy bozorlar bo‘yicha marketing tahlillari va bozor ma'lumotlari; ✔️ Xorijiy xaridorlarni topish hamda B2B uchrashuvlarini tashkil etish; ✔️ Savdo uylari va xalqaro ko‘rgazmalar orqali mahsulotingizni targ‘ib qilish; ✔️ Eksport shartnomalari, logistika va sug‘urta masalalarida ekspert
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 18:49
#MadeInUzbekistan #IroqKo'rgazmada milliy stend tayyorlanmoqda💠 Iroqning Erbil shahrida bo‘lib o‘tadigan CONSTRUCT IRAQ 2026 xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil etilmoqda.❇️ Xalqaro ko‘rgazmada yurtimizdan 30 dan ortiq tadbirkorlar qatnashishi kutilmoqda.📸 Suratlarda: Ko‘rgazmadan o‘rin olgan MADE IN UZBEKISTAN milliy stendi bo‘yicha tayyorgarlik jarayonlariKuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | X
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 18:19изменён
#yondaftarMaqsadli biznes tadbirlar lug‘ati📈 Biznes-seminar – tadbirkorlik faoliyatiga oid tajriba, bilim va ma’lumotlar almashish maqsadida o‘tkaziladigan interfaol (shu jumladan, onlayn) o‘quv-amaliy tadbir shakli📈 Biznes-trening – ma’lum bir yo‘nalishda tadbirkorlar, ularning vakillari bilim va ko‘nikmalarini hamda faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘qitish shakli, shu jumladan, onlayn o‘qitish shakli📂 Biznes-forum – biznes vakillari uchun ma’lum bir yo‘nalish, soha va tarmoqdagi biznes masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan anjuman, (shu jumladan, onlayn, xalqaro, mintaqaviy formatda)🌐 Ko‘rgazma-yarmarka – xorijda yoki O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan xalqaro, mintaqalararo, hududlararo ko‘rgazma, konferensiya, festival va savdoni rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar, shu jumladan, onlayn
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 17:07
#MadeInUzbekistan #IroqCONSTRUCT IRAQ 2026: ko‘rgazma va biznes-missiya ishtirokchilarini kutib olmoqda✳️ Xabar berganimizdek, Iroqning Erbil shahrida bo‘lib o‘tadigan CONSTRUCT IRAQ 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashabbusi bilan 22–25-sentabr kunlari biznes-missiya tashkil etilmoqda.🛬 Bugun yurtimizdan bir guruh ishtirokshilar hamda tashkilotchi vakillar Erbilga yetib borib, tadbirga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.🔰 Tadbirkorlarimiz Iroq va boshqa davlatlar kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlari o‘tkazish hamda Iroq bozoridagi talab va tendensiyalarni o‘rganish, shuningdek yangi xaridorlar va ishonchli savdo hamkorlarini topish va ular bilan eksport va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniga ega bo‘ladilar.💡Eslatib o‘ramiz: CONSTRUCT IRAQ 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bu
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 15:36
#muloqot🚀 MULOQOT SAMARALI O‘TDIBugun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan hududiy vakillar hamda 20 dan ziyod mahalliy tadbirkorlar ishtirokida onlayn ochiq muloqot tashkil etildi.Mazkur uchrashuv eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Muloqot davomida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar va moliyaviy yordamlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar va tizimdagi so‘nggi yangiliklar atroflicha tushuntirildi: 📦 Xalqaro bozorga chiqish: mahsulot namunalarini xorijiy davlatlarga yuborish tartibi; 💼 Biznesni modernizatsiya qilish: ekspertiza va samaradorlikni oshirish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish; 🏢 Infratuzilma: chet ellarda savdo uylarini ochish
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 13:16
MILLIY BREND EGALARI UCHUN MUHIM IMKONIYAT!Xorijiy bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgan milliy brend egalari uchun eksport faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qo‘llab-quvvatlash chorasi mavjud.🌍 Xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilgan milliy brend egalarining xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yil muddatga jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqini to‘lash xarajatlari belgilangan tartibda qoplab beriladi.📌 Qancha miqdorda? Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: ▪️ bir kalendar yilida bitta xorijiy mutaxassis ish haqining 50 foizi; ▪️ biroq bir oyda bir nafar mutaxassis uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravaridan
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 10:59
🔴 NATIJA: Targ‘ibot ishlari amaliy samara bermoqda🤩 “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan joylarda olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari tadbirkorlarning eksport faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.📌 Navbatdagi uchrashuv “Mebelim Soft” MCHJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.💬 Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot va amaliy tushuntirishlar berildi: 🔹 eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; 🔹 ombor binolaridan samarali foydalanish; 🔹 zarur sertifikatlarni rasmiylashtirish; 🔹 malakali mutaxassislarni jalb etish; 🔹 eksport sug‘urtasi imkoniyatlari; 🔹 chet elga mahsulot namunalarini yuborish tartibi.#⃣ “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ eksportyorlar bilan
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 10:04изменён
#Made_In_Uzbekistan📣 Diqqat, tadbirkorlar va eksportchilar!Afg‘onistondagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — "Imom Abu Hanifa 5-milliy va xalqaro savdo yarmarkasi" (5th Imam Abu Hanifa National & International Exhibition) o‘z eshiklarini ochadi!O‘zbekistonlik tadbirkorlar ushbu nufuzli ko‘rgazmada "Made in Uzbekistan" yagona milliy stendi ostida ishtirok etish va o‘z mahsulotlarini xorijiy bozorga olib chiqish uchun taklif etiladi.📅 Sanasi: 2026-yil 6 – 10-oktyabr 📍 Joyi: Kobul shahri, Afg‘oniston, Xalqaro ko‘rgazmalar markazi (Afghanistan International Expo Center)Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari: 🍏 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ⚡️ Elektrotehnika 🏗 Qurilish materiallari 👕 To‘qimachilik (tekstil) 🩺 Gigiyena va tibbiyot mahsulotlari 🚚 Transport-logistika xizmatlariAfg‘oniston va xalqaro bozorlarda o‘z mavqeyingizni
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 08:51изменён
#dayjestO‘tgan haftada🗓️ 14-sentabr: ✔️ Milliy teleradiokompaniyaning “Iqtisod-24” siyosiy, iqtisodiy-tahliliy ko‘rsatuvida mamlakat eksport salohiyatimi oshirishda Savdoni rivojlantirish kompaniyasining o‘rni va xalqaro ko‘rgazmalarda mahalliy tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan "Made in Uzbekistan" milliy stendining ahamiyati haqida lavha berildi.✔️ “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan viloyatlarga biriktirilgan xodimlar hamda tadbirkorlar ishtirokida onlayni ochiq muloqot tashkil etildi🗓️ 15-sentabr: AQShning Mayami shahrida oziq-ovqat va ichimliklar sanoatiga bag‘ishlangan nufuzli Americas Food & Beverage Show 2026 xalqaro ko‘rgazmasi haqida keng yoritildi.✔️ Rossiyaning Moskva shahrida
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 06:32
#yangilikEKSPORT: YANGI TARTIB VA QOIDALARHukumat komissiyasining tegishli bayoni bilan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar tizimida bir qator muhim yangilanishlar tasdiqlandi. Yangi tartib va o‘zgarishlar haqida rasmiy saytimizda batafsil tanishish mumkin.Bizni kuzatib boring: 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱 X
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
21 сент., 04:50изменён
🔴 Hududiy vakillar va eksportchi tadbirkorlar!"Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ Sizlarni OCHIQ MULOQOTga taklif etadi:🗓 21-sentabr ⏱️ 17:00 💻 Zoom (jonli)🔗 Havolaga o'ting❗️ Ochiq muloqotda: • yangi imkoniyatlar va imtiyozlar; • moliyaviy yordamlar haqida aniq ma’lumotlar; • savollarga onlayn javoblar beriladi.📌 Qatnashish erkin va BEPUL!Kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | X
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
19 сент., 12:55изменён
#marketing🇯🇵 KICHIK LEKIN QIMMAT BO‘LGAN YAPONIYA MOSH BOZORIMosh eksporti haqida gap ketganda, ko‘pchilik Yaponiya bozorini kuzatmaydi. Vaholanki, bu bozor juda barqaror, sifatga talabchan va eng muhimi — mahsulotni qimmat narxda sotish imkoniyatini beradi.〽️ Xitoy ulushi kamaymoqda, muqobil bozorlar qidirilmoqda Yaponiya har yili o‘rtacha 52-54 ming tonna (qiymati qariyb $88 mln) mosh import qiladi. E’tiborli jihati, an’anaviy yetakchi bo‘lgan Xitoyning Yaponiyaga mosh yetkazib berishi 2023-yildagi 32,7 ming tonnadan 2025-yilda 25,1 ming tonnaga tushib ketdi. Bu yaponiyalik xaridorlar Xitoyga muqobil bozorlar qidirayotganidan dalolat beradi.🔝 2025-yilda Yaponiyaga asosiy mosh yetkazib beruvchilar: 🔁 Xitoy — 25,1 ming tonna — $51,4 mln ($2,05/kg) 🔁 Myanma — 19,5 ming tonna — $22,3 mln ($1,14/kg) 🔁 O‘zbekiston — 3,6 ming tonna — $5,6 mln ($1,54/kg) 🔁 Madagaskar — 4,1 mingTelegramSavdoni rivojlantirish kompaniyasihttps://subsidiya.epauzb.uz
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
19 сент., 11:52изменён
#sanoat🏭 O‘zbekiston eksportida sanoat korxonalari ko‘lami oshmoqda🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda 63,9 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.📊 Ular asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 12,8 mingta (20,1 %); boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 9 mingta (14 %); kiyim ishlab chiqarish — 6,5 mingta (10,2 %); tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 5,2 mingta (8,2 %); mebel ishlab chiqarish — 4,4 mingta (6,8 %); to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 3,9 mingta (6,1 %); rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 3 mingta (4,6 %).💰 Eksportdagi hissa: Ushbu korxonalar guruhlari mamlakatning jami eksport tushumlarida yuqori ulushga ega bo‘lib, oltin va xizmatlar sohasidan keyingi eng asosiy drayverlar
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
18 сент., 20:38изменён
#tadbirYoshlar bilan ochiq muloqot qizg‘in o‘tdi18 sentyabr kuni "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida «Eksportchilar bilan hamkorlik dasturi» doirasida o‘quv seminari va B2G formatidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafar eksportchi yosh tadbirkor ishtirok etdi.Kompaniya vakillari ishtirokchilarga tashqi bozorga chiqishda davlat subsidiyalaridan foydalanish tartibi hamda nufuzli xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish imkoniyatlarini atroflicha tushuntirib berishdi.Ochiq muloqot sessiyasida yoshlar bojxona, bank, logistika va chet eldan xaridor topish bilan bog‘liq muammolarini o‘rtaga tashlashdi. Mutasaddilar tomonidan ularga joyida amaliy taklif va yechimlar ko‘rsatildi.Tadbir yakunida har bir yosh tadbirkor kesimida manzilli «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish va tegishli bayonnomani imzolashga kelishib olindi.Kuzatib boring:
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
18 сент., 20:35
#tadbirEksportchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar taqdimotiMamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar yangi avlod tadbirkorlari qatlamini shakllantirishda muhim poydevor bo‘lmoqda. Davlat va hukumat tomonidan yosh tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida yigit-qizlarimiz nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro maydonda ham o‘z o‘rnini topmoqda. Yoshlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.Quyida shu haqida.Kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | X
