Последние посты

Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
22 сент., 13:29
переслано из @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
22 сент., 10:08
💠Universitetimiz Professori Stomatologiya sohasida dunyoda 10 talikka kirgan jurnal tahrir hay'ati a'zosi bo'lib Chexiyadagi kongressda qatnashdi.🟢Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti vakili sifatida Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasi professori Baxtinur Xudanov joriy yilning 4-7 sentabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon stomatologiya federatsiyasining (FDI - World Dental Federation) kongressida ishtirok etdi. Shuningdek, FDIning rasmiy ilmiy jurnali — Xalqaro stomatologiya jurnali (International Dental Journal) tahrir hay’ati yig’ilishida ham a’zo sifatida qatnashdi. 🟣Muhimi, IDJ 2025-yilda 5.2 Impact Factor’ga erishib, stomatologiya jurnallari orasida eng yuqori 10 foizga kirdi. Bunday nufuzli xalqaro maydonda ishtirok etish O‘zbekiston
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
22 сент., 05:24
🔹🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti dotsenti Indoneziyada xalqaro mehmon ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yuz-jag‘ jarrohligi va stomatologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc) Shohrux Yusupov Indoneziyaning nufuzli Universitas Muhammadiyah Yogyakarta (UMY) universiteti tomonidan xalqaro mehmon ma’ruzachi sifatida taklif etildi.🔹2026-yil 1-sentabr kuni Yogyakarta shahridagi RS PKU Muhammadiyah Gamping klinikasida tashkil etilgan ikki soatlik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
22 сент., 04:48
переслано из @tashmeduni_mth
🚀 STARTUP OLAMIGA BIRINCHI QADAM! 💡 G‘oyadan — haqiqiy startapgacha! Talaba-qizlar uchun startap, innovatsiya va yangi g‘oyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan maxsus seminar tashkil etiladi. 🎙 MAXSUS MEHMON 👩🔬 Artikxodjayeva Barno Alisherovna Biotexnolog, PhD 📌 Seminarda: 🔹 Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin? 🔹 Ilmiy g‘oyani startapga qanday aylantirish mumkin? 🔹 Muammoni aniqlash va innovatsion yechim yaratish 🔹 G‘oyani rivojlantirish va loyihaga aylantirish 🔹 Startap sohasidagi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘llari ✨ Ilmiy g‘oya → Innovatsion yechim → STARTUP! 📅 Sana: 25-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son akademik litseyi, ma’ruzalar zali 🤝 Tashkilotchilar: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Universitet Xotin-qizlar kengashi 👩💻 Aziz talaba-qizlar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 14:40
переслано из @toshdavtuxotin_qizlar_kengashi
😀Toshkent davlat tibbiyot universitetining yana bir hududida “Ona va bola” xonasi tashkil etildi.📣 Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya hududida хotin-qizlar va yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayonida, xususan, imtihon jarayonlarida qulay sharoitlarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ona va bola xonasi tashkil etildi.✅Mazkur xona farzandli talabalarga imtihon topshirish jarayonida qulaylik yaratish, farzandlarini go’dak suti bilan ovqatlantirish uchun zarur sharoitlar bilan jihozlandi.Universitet rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.💠 Ona va bola uchun
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 12:12
🔹🟦🟦🟦🟦🟦🔺 Иркутский государственный медицинский университет приглашает принять участие в международной научно-практической конференции➡️ В рамках сотрудничества с Ташкентским государственным медицинским университетом, Иркутский государственный медицинский университет приглашает представителей нашего университета принять участие в Международной научно-практической конференции «Современное медицинское образование. Достижения, проблемы, пути решения».🔍 Конференция состоится 18–19 ноября 2026 года в Иркутском государственном медицинском университете в гибридном формате.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 12:06
переслано из @tashmeduni_mth
Tashkent davlat tibbiyot universitetida 3 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal'at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 📚 1-kuni talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi. 🫀 2-kuni BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. 🏅 3-kuni esa eng yuqori natijalarni qayd etgan 15 nafar talabalar diplom va estalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!👉@tashmeduni_mth
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 09:14
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi🔺 Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, milliy didi hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Bugungi kunda milliy liboslarning o‘ziga xos jozibasi va mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.🔺 18-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va kengash a’zolari tashabbusi bilan “Milliy liboslar — qadriyatlarimiz ko‘zgusi” shiori ostida “Milliy liboslar
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 09:09
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida tashkil etildi.🔻 Mazkur mashg‘ulotda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Abdulhayevich Mavrulov ma’ruza qildi.🔺 Ma’ruza davomida jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob-axloq me’yorlari, o‘zaro hurmat va insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi qadri haqida tahliliy ma’lumotlar berildi.🔺Mashg‘ulot yakunida talabalar ishtirokida savol-javob tashkil etilib, mavzu yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga professor tomonidan batafsil javoblar berildi.🔍
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 08:47
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Ma'ruza O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.🔺 Dars avvalida universitetning birinchi prorektori T.A.Bobomuratov talaba-yoshlar bilan jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik va insoniy qadriyatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Тalabalarga bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat, odob-axloq va mas’uliyat yetuk mutaxassisni shakllantirishning muhim omili ekanligini ta’kidladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 07:58
📢 E’LON 🏆 “ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVI Toshkent davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi. 🎯 Tanlovda: tyutorlik faoliyati samaradorligi; talabalar bilan ishlash; tashabbuskorlik va faollik; kitobxonlik va targ‘ibotchilik; ilg‘or tajriba va ijodkorlik; erishilgan natijalar Nizom asosida baholanadi. 🌟 Aziz tyutorlar! O‘z faoliyatingiz, tashabbuslaringiz va yutuqlaringizni tanlovda namoyish eting!✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 06:23
➡️MOHIR QO‘LLAR TO‘GARAGI“MOHIR QO‘LLAR” TO‘GARAGI — IJOD VA MAHORAT MASKANI! 🧶😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Mohir qo‘llar” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.✨To‘garak davomida talaba-qizlar: ✅Qo‘l mehnati va amaliy san’at sirlarini o‘rganadilar; ✅Ijodiy qobiliyat va mahoratlarini rivojlantiradilar; ✅Yangi hunar va foydali ko‘nikmalarni egallaydilar; ✅O‘z ijodiy ishlari orqali yangi g‘oyalarini namoyon etadilar.⬅️ “Mohir qo‘llar” — iste’dod, ijodkorlik va go‘zallik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti - Stomatologiya | rasmiy
21 сент., 04:58
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “1-kurs maktabi”🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetiga yangi o‘quv yilidan 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan “1-kurs maktabi” dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. 🔺 Tadbir davomida birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati, undagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi, stipendiya tayinlash tartibi, Prezident va nomli davlat stipendiyalari hamda universitetdagi mavjud stipendiya va tanlovlar, darsdan tashqari bo‘sh vaqtda axborot resurs markazida o‘quv va badiiy adabiyotlardan foydalanish, turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarda ishtirok etish, sport majmuasida o‘zlari qiziqqan sport turi bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil
