Последние посты

Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
22 сент., 09:34
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga javoblar:❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
22 сент., 09:18
#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan: ☑️ bevosita muloqot qilishingiz; ☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz; ☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz; ☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.🎁
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
21 сент., 18:06изменён
📣 BITIRUVCHI KURS TALABALARI DIQQATIGA!📆2-oktyabr sanasidan boshlab bitiruvchi kurs talabalarining o‘z yashash hududlarida bitiruv amaliyotini o‘tash uchun yuborilishi kutilmoqda.🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🔵Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web Sayt | 🔵Facebook
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
20 сент., 13:53
✨🔥 MENTORLIK — BIRGALIKDA YARATILGAN XOTIRALAR!Mana, 4 kun davom etgan mentorlik dasturimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi!⚡️ Ushbu kunlar davomida talabalar Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan yaqindan tanishib, universitet hayoti, fakultetlar, yo‘nalishlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.💠 Ammo mentorlik faqatgina bilim va tanishuvlardan iborat bo‘lmadi! Bu kunlar davomida fiziologiya, farmakologiya, jarrohlik kabi tibbiyot fanlari bilan yaqindan tanishish, turli interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashish, yangi tajribalar orttirish imkoniyati bo‘ldi.Eng muhimi esa — ko‘tarinki kayfiyat, musiqa, qo‘shiq, raqs, san’at, turli o‘yinlar va ko‘plab qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar 4 kunimizga
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
19 сент., 06:59изменён
Qabul rasman ochildi!🇸🇰NSP almashinuv dasturi — Slovakiyada o’qish va tadqiqot olib borish uchun to’liq grantMoliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (sertifikat shart emas)Kimlar uchun ➡️ Bakalavr (kamida 2.5 yilini tugallagan bo'lish) yoki magistratura, doktoranturada o'qiyotgan bo'lish kerak; ➡️ Universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.Foydali tomonlari ➡️ Bakalavr va magistraturaga €620 oylik stipendiya; ➡️ PhDga €1025,50; O'qituvchilar va tadqiqotchilarga — €1470 gacha; ➡️ Yoʻl xarajatlari uchun moddiy yordam (oʻzbekistonliklar uchun €750); ➡️ Tibbiy ko'rik uchun mablag'.Dastur haqida
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
18 сент., 15:12изменён
Tibbiyot talabalari, PF–191 farmonidagi muhim yangiliklar!Birinchisi — “5+1” tizimi. 2027/2028-o‘quv yilidan “Davolash ishi” negizida olti yillik “Umumiy tibbiyot” joriy etiladi: besh yil nazariy va amaliy tayyorgarlik, oxirgi bir yil — to‘liq amaliyot!Ikkinchisi — rezidentura. Shu o‘quv yilidan klinik ordinaturaga yangi qabul to‘xtatiladi. Tor soha shifokorlari rezidentura orqali tayyorlanadi.Stipendiya ham belgilangan! 2027/2028-o‘quv yilidan davlat grantiga qabul qilingan rezidentlarga eng kam ish haqining 2,15 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bu hozirgi hisobda — 2 million 924 ming so‘m! To‘lov boshlanguncha eng kam ish haqi o‘zgarsa, summa ham o‘zgaradi.Magistratura esa ilmiy-pedagogik va boshqaruv kadrlarini tayyorlashga yo‘naltiriladi.Hozirgi magistrant va ordinatorlarga qabul va mutaxassis tayyorlashga oid ushbu o‘zgarishlar tatbiq etilmaydi.Bundan tashqari
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
18 сент., 12:31
❗️RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi. Bu haqda tegishli Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) qabul qilindi,👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’limTelegramEdu.uz#Qonunchilik_yangiliklar ❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining…
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
18 сент., 06:40изменён
📢 “TIBBIYOT MOHIRLARI – 2026” VI Xalqaro talabalar amaliy tibbiy ko’nikmalar olimpiadasi! Toshkent davlat tibbiyot universiteti O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan ushbu yirik xalqaro tanlovga barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini ishtirok etishga taklif qiladi!🗓 Sana: 2026-yil 30–31-oktabr 📍 Manzil: Toshkent shahri 🌐 Til: o’zbek, rus, ingliz5 ta yo’nalish bo’yicha bellashuv: 🩺 I. Terapiya — 4–6-kurslar II. Pediatriya — 3–6-kurslar III. Reproduktiv salomatlik (akusherlik va ginekologiya) — 4–6-kurslar IV. Shoshilinch yordam — 4–6-kurslar V. Tibbiy profilaktika — 3–5-kurslarJamoa tuzilishi: har bir OTMdan 6 nafar talabadan iborat 1 ta jamoa (har bir talaba faqat 1 ta seksiyada ishtirok etadi)📩 Ro’yxatdan o’tish: ishtirokchilar ro’yxatini mas’ul shaxs tasdig’i bilan 2026-yil 1-oktabrga qadar
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
17 сент., 14:37
💉 BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING JARROHLIKKA ILK QADAMLARI!ToshDavTUda mentorlik dasturi doirasida 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan jarrohlik stansiyasi hayajon va yangi tajribalarga boy bo‘ldi.👨⚕️👩⚕️ Talabalar turli amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, boshlang‘ich jarrohlik ko‘nikmalarini o‘rgandilar hamda ko‘rsatilgan usullarni o‘zlari bajarib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.Jamoa bilan ishlash, bir-biridan o‘rganish va ilk bor uddalangan topshiriqlar bu jarayonni yanada esda qolarli qildi. Bunday mashg‘ulotlar talabalarni universitet hayotiga moslashtirish bilan birga, kelajak kasbiga bo‘lgan qiziqishini ham kuchaytiradi.🦾 Jarrohlik stansiyasidagi amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ilk taassurotlari - ushbu videoda!
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
17 сент., 13:08
Bitiruvchi kurslar uchun amaliyotni shamoli esyapti🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🔵Telegram | 🌐Instagram | 🌐 Web Sayt | 🔵Facebook
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
17 сент., 05:24
🇺🇿 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVJoriy yilning 16-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti yetakchi-koordinatori hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar o‘rtasida samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.🤝Uchrashuv davomida yangi talabalar universitetdagi Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning tuzilmasi, asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.✨Shuningdek, talabalarga universitet hayotida faol ishtirok etish, o‘z iqtidor va tashabbuslarini namoyon etish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, ilmiy, ijodiy hamda sport to‘garaklari, turli loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish tartibi haqida tushunchalar
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
16 сент., 13:58изменён
🎤 TALABALIK HAYOTINGIZ QAYSI QO‘SHIQQA O‘XSHAYDI?Universitetdagi har kunning o‘z kayfiyati bor. Ba’zan sokin kuy, ba’zan esa jo‘shqin qo‘shiq shu kayfiyatni aniq ifodalab beradi 😊🎵Bu safar talabalarimizdan universitetdagi hayotini bitta qo‘shiq yoki musiqa bilan ifodalashlarini so‘radik. Ularning tanlovlarini videoda tinglab ko‘ring!💬Siz qaysi qo‘shiqni tanlagan bo‘lardingiz? Nomini va nima uchun aynan shu qo‘shiqni tanlaganingizni izohlarda yozib qoldiring 👇#ToshDavTU #YoshlarIttifoqi #TalabaHayoti🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🔵 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Web sayt | 🔵Facebook
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
16 сент., 07:46
переслано из @yoshlareduuz
🟥🟥🟥🟥🟥🟥🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Fanlar Akademiyasi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining yangi mavsumiga start beradi.☑️Turnirda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin. 🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti,
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
16 сент., 05:27
EKOZAKOVAT o'yini sizni kutmoqdaToshkent davlat tibbiyot universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti va O'zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda EkoZakovat o'yini tashkillshtiriladi.Ushbu musobaqada 6 kishilik jamoa bilan ishtirok etishingiz mumkin.📆O'yin vaqti: 16.09.2026 🕗Vaqt: 14:00 📍Joy: 5-TTJ faollar zali Ro'yhatdan o'tish.P.s: Joylar soni cheklangan🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🔵Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Web Sayt|🔵Facebook
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
15 сент., 16:03
💫 MENTORLIK | PART 2🔥 Mentorlikning 2-kuni yangi taassurotlar, qiziqarli jarayonlar, turli xil o‘yinlar, raqslar va unutilmas uchrashuvlarga boy bo‘ldi!⚡️ Birgalikdagi quvnoq lahzalar va ajoyib energiya kunimizga o‘zgacha ruh bag‘ishladi! Bugun ham birga o‘rganib, birga kulib, universitet hayotining yana bir sahifasini yaratdik.✨ 2-kun ham shunday iliq kayfiyatda yakunlandi.Ertaga esa yangi sahifa ochiladi… 3-kunda 2-kampusda uchrashguncha! ⭐️🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🔵Telegram | 🌐Instagram| 🌐 Web Sayt | 🔵Facebook
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
15 сент., 12:34
🎓 MENTORLIKNING IKKINCHI KUNI HAM YAKUNLANDI!ToshDavTUda mentorlikning ikkinchi kuni ham yangi taassurotlar va samimiy muloqotlarga boy bo‘ldi. ✨Talabalar universitet hayoti, o‘quv jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda o‘zlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishishda davom etdilar. Kun davomida ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, talabalik hayotiga oid foydali tavsiyalar ulashildi.👏 Bunday uchrashuvlar talabalarning yangi muhitga moslashishi, erkin muloqot qilishi va o‘qishni ishonch bilan boshlashiga ko‘maklashmoqda.📚Ikki kun - yangi tanishuvlar, foydali ma’lumotlar va unutilmas taassurotlar! Oldinda esa birgalikda o‘rganadigan va erishadigan yutuqlarimiz ko‘p.#Mentorlik #ToshDavTU #TalabaHayoti #YoshlarIttifoqi
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
15 сент., 07:20изменён
Bugun universitetimizning ichki hovlisida aksiya bo‘lib o‘tadi!OQ va Uklon’dan sovg‘alar yutib oling. Sumkalar, xudilar, kepkalar va bepul safarlar uchun promo-kodlar! Tariflarga 50%gacha chegirma!Сегодня в дворике нашего университета проходит Акция!Приходите и выигрывайте призы от OQ &Uklon. Сумки, худи, кепки, промокоды на бесплатные поездки ! Скидки на тарифы до 50%!
Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
15 сент., 06:54

Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
15 сент., 06:25
🏆 «SHARAFLI YO‘L» — ISTE’DODLAR E’TIROFI! 🇺🇿🎬 Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Sharafli yo‘l» videoroliklar ko‘rik-tanlovi o‘zining munosib g‘oliblarini aniqladi.🥇 Quvonarlisi, «Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik» nominatsiyasida 1-o‘rinni Toshkent davlat tibbiyot universitetining "Talaba-qizlar" koordinatori Nasrillayeva Gulzoda Jamshid qizi egalladi!✨ Ushbu yutuq — zamonaviy texnologiyalar, ijodkorlik va Vatanga bo‘lgan muhabbat uyg‘unligining yorqin namunasi.👏 Nasrillayeva Gulzoda Jamshid qizini ushbu yuksak natija bilan samimiy
